Научная статья на тему 'NAMANGAN VILOYATINI AHOLISI VA YASHIL IQTISODIYOTINING BARQAROR RIVOJLANISHINI HOZIRGI HOLATI'

NAMANGAN VILOYATINI AHOLISI VA YASHIL IQTISODIYOTINING BARQAROR RIVOJLANISHINI HOZIRGI HOLATI Текст научной статьи по специальности «Социальная и экономическая география»

CC BY
5
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Namangan / yashil iqtisodiyot / Farg‘ona / Chotqolsoy / Poshshaotasoy / Kosonsoy / G‘ovasoy / Norin / Sirdaryo / aholi.

Аннотация научной статьи по социальной и экономической географии, автор научной работы — Madrimov R.M, Yusupov X.B

Ushbu maqolada Namangan viloyatini aholi va yashil iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi omillar keltirilgan bo‘lib, hududning tabiiy iqlim sharoiti, tarixi, aholisini hozirgi holati bo‘yicha fikrlar bildiriladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «NAMANGAN VILOYATINI AHOLISI VA YASHIL IQTISODIYOTINING BARQAROR RIVOJLANISHINI HOZIRGI HOLATI»

NAMANGAN VILOYATINI AHOLISI VA YASHIL IQTISODIYOTINING BARQAROR RIVOJLANISHINI HOZIRGI HOLATI 1Madrimov R.M, 2Yusupov X.B

12Atrof- muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.11002683

Annotatsiya. Ushbu maqolada Namangan viloyatini aholi va yashil iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi omillar keltirilgan bo'lib, hududning tabiiy iqlim sharoiti, tarixi, aholisini hozirgi holati bo'yicha fikrlar bildiriladi

Kalit so'zlar: Namangan, yashil iqtisodiyot, Farg'ona, Chotqolsoy, Poshshaotasoy, Kosonsoy, G 'ovasoy, Norin, Sirdaryo, aholi.

Abstract. In this article, the factors of sustainable development of the population and green economy of Namangan region are given, opinions are given on the natural climatic conditions, history, and current situation of the population of the region.

Key words: Namangan, green economy, Fergana, Chotkalsoy, Poshshaotasoy, Kosonsoy, Govasoy, Norin, Syrdaryo, population.

Kirish

Namangan viloyati Farg'ona vodiysining shimoliy qismida joylashgan bo'lib, g'arbdan sharqqa 130 km. shimoldan janubga esa 35km dan 80 km ga cho'zilgan. Hududi 7,9 ming kv.km. Shimoliy va shimoli-sharqdan Qirg'iziston Respublikasining Jalolobod viloyati, shimoli-garb va g'arbda Toshkent viloyati va Tojikiston Respublikasi janubiy-sharqda Farg'ona va Andijon viloyatlari bilan chegaralanadi. Viloyat hududining asosiy qismi Norin va Sirdaroning o'ng soxilida ya'ni, Chotqolsoy, Poshshotasoy, Kosonsoy, G'ovasoy soyliklarining konussimon yoyilmasida joylashgan. Ushbu hududda vertikal mintaqaviylik yaqqol ko'zga tashlanib turadi. Relyefi shimoldan janubga va g'arbdan sharqqa tomon pasayib boradi va dengiz sathidan balandligi Zarkent-880 m, Kosonsoy-790 m, Uchqo'rg'on -500 m, Namangan-450 m, Shahand-400 m, Jomosho'y-350 m ni tashkil etadi.[1-46]

Namangan viloyatida tabiiy iqlim sharoitiga ko'ra, qulayligi aholi o'sishi va barqaror rivojlanishga imkoniyat mavjud. Hozirgi iqlim o'zgarishi va ekologik vaziyatdan kelib chiqib, viloyatni barqaror rivojlanishi uchun uning hozirgi holatini baholash dolzarb hisoblanadi.[2-47]

Olingan ma'lumotlarning tahliliy natijalari va muhokamasi:

Namangan viloyatining qadimgi aholisi Farg'ona vodiysining shimoliy hududida joylashgan bo'lib, o'troq hayot kechirishi va dastlabki sug'orma dexqonchilik faoliyati yuritishi haqidagi ma'lumotlar eramizdan avvalgi VI- IV asrlarga borib taqaladi.

Namangan viloyatini tarxiy jihatdan quyidagicha 3 ta davrga ajratishimiz mumkin.

1-davr. Ushbu hudud eramizning I- asridan boshlab Buyuk Kushon imperiyasi tarkibida hamda V-VI asrlarda Eftalitlar, VI-VII asrlarda esa, turk hoqonligi, VII-IX asrlarda arablar, IX-X asrlarda somoniylar, keyinchalik, Qoraxoniylar XIII - asrda esa, janubiy Farg'ona Xorazm shohi Kuchlik-xon tomonidan bosib olinganligi.

2-davr. XIII-asrning 2-armidan boshlab Temuriylar, XVI asrda Markaziy Osiyo hududida Buxoro va Xiva xonliklari, XVII- asr boshlarida esa, Qo'qon xonligida. 1876-yildan Qo'qon xonligi Rossiya tomonidan bosib olinib, Umumrossiya ma'muriy-boshqaruv tizimida

joylashganligi. 1918-1924 yillarda Turkiston ASSR, keyinchalik 1924-yildan O'zbekiston SSRda Farg'ona viloyati, 1941-yil 6-martdan alohida Namanagan viloyati bo'lib tashkil etildi.

3-davr. Hozirda Namangan viloyati siyosiy-ma'muriy jihatidan Mingbuloq (Zadaryo), Kosonsoy, Namanagan, Norin, Pop, To'raqo'rg'on, Uychi, Uchqo'rg'on, Chortoq, Chust, Yangiqo'rg'on tumanlari va Namangan shahridan iborat.

Namangan viloyati geologik tuzilishi jihatidan, paleozoy, mezazoy va kaynazoy eralarining turli sharoitlarida xosil bo'lgan va yotqizilgan tog' jinslaridan iborat. Sirdaryo darosining sohilidan, to baland tog' xududiga tomon tog' jinslari yotqiziqlarining yoshi ortib boradi. Viloyatning shimoliy qismida joylashgan Tan-Shan tog' tizmasi va tog'oldi xududi paleozoy erasining inturiziv va effuziv jinslaridan tarkib topgan.[3]

Mezazoy yotiziqlari viloyat tog'oldi xududlarini egallab, qumtosh, yirik va mayda shag'alli jinslardan iborat. Bu jinslarning zichlik (jipslashuv) darajasi suvli va suvsiz sharoitlarda yotqizilganligiga ko'ra turlicha bo'lib, unda lossimon tog' jinslari xam uchraydi. Kaynazoy yotqiziqlari paleogen va to'rtlamchi davrlarda berk va yarim berk suv xavzalari, shuningdek, quruq sharoitda xosil bo'lgan va viloyatning tog' oldi, adir, adirliklararo va adiroldi qiya tekisliklarida, Sirdaroning qayir usti tekisliklarida keng tarqalgan. Mazkur yotqiziqlar xosil bo'lish jarayoniga ko'ra allyuvial, prolyuvial' va eol xosilalaridir. Ularda loss, lossimon qumoq, qum, shag'allar xam uchraydi.[4]

Namangan viloyati iqlimi esa, (B.A.Kamalov,2007,2010) Markaziy Osiyoda joylashganligi, okean va dengizlarning uzoqligi, atrofi baland tog' tizmalari bilan o'ralganligi, radiatsion va sirkulyatsion jarayonlarining o'ziga hosligi bilan ajralib turadi. Bu esa uning barcha xududlarida keskin, quruq-kontinental iqlim qaror topishiga, cho'l va chala cho'l mintaqalarining xosil bo'lishiga olib kelgan. Viloyat iqlimining o'ziga hos hususiyatlarining shakllanishida shimoldan keladigan Arktika xavo oqimi, Markaziy Osiyo xududida xosil bo'ladigan mo''tadil quruq xavo janub tomonidan xarakatlanuvchi tropik xavo oqimlarining to'qnashuvida yuzaga keladi. G'arbiy nam xavo oqimlarining aksariyatini baland tog' tizmalari to'sib qoladi va fen shamollari orqali quruq xavo massalari kirib keladi.[5] Kuz va qish oylarida Arktika xavo massalarining kirishi xavo xaroratining keskin pasayib ketishiga, yog'inning ortishiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Yoz oylarida mo''tadil quruq va tropik xavo oqimlari viloyat iqlimining quruq xamda issiq bo'lishini ta'minlaydi (1-jadval). Natijada eng optimal turistlar oqimini baxor va kuz oylarida mavsumiy harakterga ega bo'lishiga olib keladi.[6]

Namangan viloyatining gidrografiyasi I.A.Ilin (1959), V.L.Shuls (1963,1969), M.N. Bol'shakov (1974), O.P.Sheglova va D.U.Usupova (1980), V.E.Chub va boshq. (2006) tomonidan atroflicha o'rganilgan xamda E.A.Soliyevning ilmiy tadqiqotlarida (2005,2008) umumlashtirilgan. Ularga ko'ra viloyatda 16 ta daryo , soy va ko'plab mavsumiy soylar mavjud bo'lib, ular asosan sug'orma dexqonchilikda ishlatiladi.[7] Viloyat Farg'ona vodiysining boshqa viloyatlariga nisbatan daryo va soylari kamsuvligi bilan ajralib turadi. Chunonchi, Farg'ona tizmasining g'arbiy yonbag'irlarida 1km2 maydonda o'rtacha 12,4 l/sek, Oloy va Turkiston tizmalarida - 7,1 l/sek suv yig'ilsa, viloyatga tegishli Chotqol va Qurama tog'larining janubi-sharqiy tizmalarida - 5,8 l/sek suv yig'iladi holos.[8]

Namangan viloyati O'zbekistonning iqtisodiy jihatidan rivojlangan hududlaridan bo'lib, mehnat taqsimotida qishloq xo'jalik maxsulotlari paxta, meva, uzum, sabzavot va poliz, sut go'sht jun, pilla yetishtiruvchi hamda yengil sanoat mahsulotlari yetkazib beruvchi tarmoqlar rivojlanganligi bilan ajralib turadi.[9] Viloyat hududida qadimdan xunarmandchilik, kulolchilik,

zargarlik, paxtani qayta ishlash, ip yigirish, to'qimachilik kabi soxalar rivojlangan. XIX asrning 70-yillaridan boshlab dastlabki zavod-fabrika ishlab chiqarish shakllana boshladi.[10]

Viloyatda sanoat ishlab chiqarish hajmi tarkibida eng ko'p Namangan shahri (viloyat sanoat ishlab chiqarish hajmning 37,0 % ulushini), To'raqo'rg'on (20,2 %), Chust (7,9 %), Namangan tumani (6,5 %), Mingbuloq tumani (5,6 %), Uychi (5,6 %) tumanlari hissasiga to'g'ri kelmoqda. Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning hududlarga nisbatan ko'rilganda, To'raqo'rg'on tumanida 3 728,0 ming so'm, Namangan shahrida 2 406,0 ming so'm, Mingbuloq tumanida 1 862,4 ming so'm, Namangan tumanida 1 530,4 ming so'm, Chust tumanida 1 247,0 ming so'mni tashkil etib, boshqa tumanlarga nisbatan yuqori ko'rsatkichni tashkil etmoqda. Tuman (shahar)lar kesimida aholi jon boshiga o'rtacha sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining yuqori o'sish sur'atlari Mingbuloq tumanida (2022- yil yanvar-mart oylariga nisbatan 112,9 %), Norin (111,3 %), Chortoq (111,3 %), Chust (106,6 %) tumanlarida kuzatildi. Shu bilan birga, Uchqo'rg'on tumanida (79,2 %) va Namangan tumanida (98,2 %) o'sishning past sur'atlari kuzatildi.

(1-jadval)

Namangan viloyatining o'rtacha oylik va yillik yog'on miqdori

Manba: ushbu jadval statistika ma'lumotlari asosida tuzildi.

oylar Sovuq davr 1-3

№ Kuzatuv stansiyalari 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 Issiq davi 4-10 Yog' in

1 Kosonsoy 31 31 50 35 32 19 9 6 3 22 38 32 189 126 315

2 Uchqurg'on 30 30 42 28 22 12 8 3 2 18 30 35 157 93 250

3 Qizilravot 30 31 42 21 23 14 8 2 2 18 31 26 161 95 256

4 Paxtaliko'l 15 22 22 19 11 11 5 1 1 7 18 23 100 48 148

5 Namangan 22 19 29 21 19 8 6 2 4 15 19 18 107 75 182

6 Pop 20 17 25 18 17 8 5 2 2 12 18 16 97 64 161

Korxona va tashkilotlar yagona davlat registri ma'lumotlariga ko'ra, 2023- yilning 1- aprel holatiga ro'yxatga olingan yuridik shaxslar soni (fermer va dehqon xo'jaliklarisiz) 39 357 taga etdi, shundan faoliyat ko'rsatayotganlar soni 28 934 tani yoki jami ro'yxatga olingan yuridik shaxslarning 73,5 % ni tashkil qildi. Ro'yxatdan o'tgan korxona va tashkilotlarning asosiy ulushi Namangan shahri (33,0 %), Chust (8,0 %), Uychi (6,5 %) va Namangan (6,4 %) tumanlari hissalariga to'g'ri keladi.

Yashil iqtisodiy ko'rsatkichlar Xorijiy kapital ishtirokidagi faoliyat ko'rsatayotgan korxonalarning asosiy qismi Namangan shahar 98 ta (42,6 %), Pop 29 ta (12,6 %), Kosonsoy 17 ta (7,4), Chust 14 ta (6,1 %) tumanlari hissalariga to'g'ri keladi. Eng kam xorijiy kapital ishtirokida korxonalar Mingbuloq, To'raqo'rg'on 6 tadan (1,6 % dan) tumanlari hissalariga to'g'ri keladi. Bu esa mazkur hududlarda xorijiy hamkorlar bilan ishlashni, investitsiyalar jalb etish borasida amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlarni yanada rivojlantirishni talab etadi.

Faoliyat ko'rsatayotgan 230 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarni iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha olib qaraydigan bo'lsak, 98 tasi (42,6 %) sanoat, 55 ta (23,9 %) savdo, 21 ta (9,1 %) qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligida, 17 tasi (7,4 %) qurilish, 6 tasi (2,6 %) yashash va ovqatlanish bo'yicha xizmatlarda, 8 tasi (3,5 %) sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish, 4 tasi (1,7 %) tashish va saqlashda hamda 21 tasi (9,2 %) boshqa faoliyat turlari hissalariga to'g'ri keladi. Shundan ko'rinib turibdiki, faoliyat ko'rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning asosiy qismi sanoat, qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaligi va savdo faoliyat turiga to'g'ri keladi. Shuningdek, eng kam ulushi esa axborot va aloqa, tashish va saqlash hamda yashash va ovqatlanish bo'yicha xizmatlar faoliyat turlariga to'g'ri keladi.

Viloyatdagi 16 ta yangi tashkil etilgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning asosiy qismi Namangan shahar (12 ta), Kosonsoy, Norin, Pop va Yangiqo'rg'on (1 tadan) tumanlari hissalariga to'g'ri keladi. Mingbuloq, Namangan, To'raqo'rg'on, Uychi, Uchqo'rg'on, Chortoq va Chust tumanlarida xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar tashkil etilmagan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, 2023- yilning holatiga viloyatda doimiy aholi soni 3 012,5 ming kishini tashkil qildi va yil boshiga nisbatan 15,0 ming kishiga yoki 100,5 % ga ko'paydi. Shundan, 1953,5 ming kishi - shahar joylarida (jami aholi sonining 64,8 %) va 1 059,0 ming kishi - qishloq joylarida (35,2 %) istiqomat qiladi. Shuningdek, viloyatdagi jami doimiy aholining 1 531,0 mingtasi erkaklar (jami aholi sonining 50,8 %) va 1 481,5 ming tasi ayollarni (49,2 %) tashkil etadi. Viloyatning hududiy maydoni 7,444 ming kv.km.ni tashkil etib, aholi zichligi 1 kv.km.ga o'rtacha 404,9 kishi to'g'ri keladi. Aholi zichligi yuqoriligi bo'yicha shahar va tumanlar kesimida tahlil qilib ko'rilganda, Davlatobod tumanida 1 kv.km.ga o'rtacha 3 124,0 kishi, Yangi Namangan tumanida 1 kv.km.ga o'rtacha 2645,0 kishi, Namangan shaharda 1 kv.km.ga o'rtacha 2 448,7 kishi, Namangan tumanida 1 kv.km.ga o'rtacha 946,0 kishi va To'raqo'rg'on tumanida 1 kv.km.ga o'rtacha 891,9 kishi to'g'ri kelmoqda. Aholi zichligi past bo'lgan tumanlar kesimida tahlil qilib ko'rilganda, Pop tumanida 1 kv.km.ga o'rtacha 79,8 kishi, Mingbuloq tumanida 1 kv.km.ga o'rtacha 182,0 kishi to'g'ri kelmoqda.

Tug'ilish darajasi. 2023-yil yanvar oyida tug'ilganlar soni 18 592 kishini tashkil qildi va 2022- yilning mos davriga (17 475 kishi) nisbatan 1 117 taga ko'paydi. Tug'ilish koyeffitsiyenti mos ravishda 25,1 promilleni tashkil qildi va 2022- yilning mos davriga (24,1 promille) nisbatan 1,0 promillega o'sish bo'ldi. Tug'ilish darajasining ko'payishi viloyatning Mingbuloq tumanida (23,3 dan, 25,0 promillega), Namangan tumanida (22,7 dan, 24,5 promillega), Chortoq tumanida (20,3 dan 22,0 promillega) va Yangiqo'rg'on (23,3 dan 25,8 promillega) tumanlarida kuzatildi.

O'lim darajasi. 2023-yil yanvar oyigacha vafot etganlar soni 3 094 kishini tashkil qildi. 2022- yilning mos davriga (3 020 kishi) nisbatan 74 taga kopaydi. Mos ravishda o'lim koyeffitsiyenti 4,2 promilleni tashkil qildi (2022- yil yanvar- mart oylarida - 4,2 promille). Vafot etganlar soni ko'payishi Mingbuloq tumanida (3,0 dan 3,2 promillega), Kosonsoy tumanida (2,9 dan 4,7 promillega), Pop tumanida (3,1 dan 4,3 promillega), Uychi tumanida (4,2 dan 5,3 promillega) kuzatildi.

Migratsiyasi bo'yicha, dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, 2023- yil yanvar oylarida viloyat bo'yicha ko'chib kelganlar soni 558 kishini, shu davr mobaynida ko'chib ketganlar soni esa 1 110 kishini tashkil qildi. Migratsiya qoldig'i manfiy -552 kishiga (2022- yilning mos davrida - manfiy -732 kishi) teng bo'ldi. Eng katta manfiy qoldiqlar Namangan shahrida (manfiy -124), Chust (manfiy -107) va Pop (manfiy -69) tumanlarida kuzatildi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoni.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2019-2025-yillarda O'zbekiston Respublikasi sog'liqni saqlash tizimini yanadar rivojlantirish to'g'risida"gi 2018-yil 7-dekabrdagi PF-5590 sonli farmoni.

3. Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. -T.: O'zbekiston, 2017. 488-b.

4. Ahmedov E.A. O'zbekiston shaharlari. T. 1991.

5. Ahmedov E. A. O'zbekiston shaharlari mustaqillik yillarida. - T.: Abu Ali Ibn Sino, 2002. -224

6. Ata-Mirzaev O.B.Potensial selsko-gorodskiy migratsii molodeji v O'zbekistane. - M.: 1999.

7. Inomov I. O'zbekistonning yangi shaharlari, T,84-bet.

8. Musaev P. Musaev J. O'zbekistonning iqtisodiy ijtimoiy geografiyasi. - T, 2006.

9. Persik E.N. Geografiya gorodov (geourbanistika): Vqsshaya shkola, 1991.- 318 s.

10. Soliev A. Nazarov M. Qurbonov SH. O'zbekiston hududlari ijlimoiy - iqtisodiy rivojlanishi. T ."Mumtoz so'z". 2010.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.