darajasini o'zgartirish uchun ishlatilishi mumkin.
Kaolinlar ko'proq oquvchanlik, uyumlanish belgilarini kamaytirish, plyonkalarning mustahkamligi, plyonkalarning silliqligi, atmosfera ta'siriga chidamliligini oshirish uchun ishlatiladi. Kalsinatsiyalangan kaolinlar juda qattiq bo'lganligi uchun qoplamalarning karroziyaga chidamliligini oshiradi.
ADABIYOTLAR
1. Kaolin. Metodicheskie rekomendatsii po primeneniyu Klassifikatsii zapasov mestorojdeniy i prognoznbix resursov poleznbix iskopaembix// Geoinformmark. Moskva .-2007.-Str. 3-9.
2. Jumanov YU.K. Fiziko-ximicheskoe issledovanie kaolinov Zarafshanskogo regiona. Universum. TEXNICHESKIE NAUKI Oktyabr 2018g. №10(55) str. 49-53J.
3. Kadirova Z.R., Usmanov X.L., Erkabaev F.I., Umarov F.SH., Xodjaev N.T., Vozmojnosti ispol'zovaniya glinistix slansev Devanasayskogo mestorojdeniya v kachestve sir'evogo komponenta sementnogo klinkera. Stroitel'nie materiali, oborudovaniye, texnologii XXI veka, jurnal Tehnologii betonov, 2010, № 5-6-, Rossiya, Moskva, S. 38-42.
4. A. D. Slukin, N.S. Bortnikov, A.P. Juxlistov, A. V. Moxov, N. M. Boeva Mikromorfologiya i geneticheskie vzaimootnosheniya glavnbix gipergenniix mineralov boksitonosniix lateritniix profiley (po rezultatom elektronno-mikroskopicheskogo izucheniya)// Institut geologii rudnbix mestorojdeniy, petrografii, minerologii i geoximii (IGEM), RAN Noviie danniie o mineralax. Moskva:2015 g.
5. Eminov A.M., Kadirova Z.R., Bayjanov I.R.,Kuryazov Z.M., Djabbergenov J. Jumanov YU.Q. Oltintog' kaolin xomashyosini boyitishning samarali usullarini tanlash. Kompozitsion materiallar jurnali 2020-yil 4-son. b.148-152.
6. Avtorii patenta: Bruno Passarello Sposob ochistki ot jeleza i ego soedineniy kaolina ili kvarsevogo peska. http://www.findpatent.ru/ patent/ 204/2042654.html
http://lkmprom.ru/analitika/kak-v-promyshlennosti-proizvodyaschey-laki-i-krask/
УДК 628.11
QIZIL-ROVOT SUV OLISH VA UZATISH INSHOOTI MODERNIZATSIYAsí
MUAMMOLARI
Yakubov Qutfiddin Asliyevich SamDAQU t.f.n.dotsent
Abdullayev Muhammadali Rustamjonovich SamDAQU doktorant. [email protected]; [email protected] +99893 943-45-47
Annotatsiya: ushbu maqolada Qizil-Rovot suv olish va uzatish inshooti haqida umumiy ma'lumotlar, Namangan viloyat "Suvta'minot MCHJ" korxonasi tarkibiga kiruvchi inshootlar texnik imkoniyatlari, hamda mavjud texnik muammolari haqida masalalar ko'rilgan.
Аннотация: в данной статье приведены общие сведения о водозаборном и передающем узле Кызыл-Ровот, технических возможностях сооружений, входящих в состав предприятия ООО «Сувтаминот» Наманганской области, существующих технических проблемах.
Abstract: this article provides general information about the Kyzyl-Rovot water intake and transmission unit, the technical capabilities of the structures that are part of the Suvtaminot
LLC enterprise in the Namangan region, and the existing technical problems. Kalit so'zlar: suv, inshoot, tindirgich, aglomeratsiya, reagent Ключевые слова: вода, состав, умягчитель, агломерация, реагент Key words: water, composition, softener, agglomeration, reagent. Ishning maqsadi;
- Inshootni normal ishlashini tiklash uchun takliflar ishlab chiqish;
- Mavsumiy omillarni ichimlik suvi sifatiga ta'sirini tadqiq qilish;
- Reagent xo'jaligi, koagulyantlar samaradorligini tadqiq qilish;
- Suv sifati bilan bog'liq epidemiologik xavflarni kamaytirish orqali, sanitariya va ijtimoiy turmush sharoitlarini yaxshilashga erishish;
O'zbekistonda mustaqillik yillarida aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta'minlashni yaxshilash borasida kattagina ishlar amalga oshirildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 25 sentiyabrdagi PQ-3286-son "Suv obyektlarini muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlarl chora tadbirlari to'g'risida"gi qarori hamda O'zbekiston Respublikasining 22 iyul 2022 yildagi O'RQ-784-son "Ichimlik suvi ta'minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish to'g'risida"gi qonuniga muvofiq ichimlik suvi ta'minoti tizimini rivojlantirish bo'yicha g'oyat muhim dasturlar va loyihalarni izchillik bilan amaliga oshirish shahar va tumanlarda, shu jumladan, qishloq joylarda suv ta'minoti holatini sezilarli darajada yaxshilash imkonini berdi. Shu bilan birga, ayrim mintaqalarni, eng avvalo, Qoraqalpog'iston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarini sifatli ichimlik suvi bilan ta'minlashning bir qancha yechilmagan muammolari hamon saqlanib qolmoqda. Aholi sonining muttasil ortib borishi, yangi turar joy massivlari barpo etilishi, shaharlar va aholi punktlarining tobora kengayishi energiya va resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni faol joriy etish asosida suv olish inshootlarini, suv quvurlari, nasos stansiyalari, taqsimlash uzellari va vodoprovod tarmoqlarini modernizatsiyalash va ildam rivojlantirishga yo'naltirilgan kafolatlangan suv ta'minoti tizimini tubdan yaxshilash bo'yicha amaliy choralar ko'rilishini taqozo etmoqda [1,2].
O'zbekiston Respublikasi hudud jihatdan o'n ikki viloyat va bitta poytaxt Toshkent shahridan tashkil topgan bo'lib, har bir hududning o'ziga xos tabiiy iqlim xususiyati mavjud. Har bir viloyatning hududiy ichimlik suvi ta'minoti korxonalari "Suvta'minot MCHJ" tarkibiga kiruvchi butun viloyatdagi suv va chiqindi suv xizmatlari uchun javobgar davlat unitar korxonasi xisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasi kommunal xizmatlarni, shu jumladan suv va uy-joy mijozlari, sanoat va tashkilotlarga chiqindi suv xizmatlari, "Suvta'minot MCHJ" bevosita 100% uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi tasarrufiga kiradi.
"Namangansuvta'minot MCHJ" Namangan shahri hamda, qo'shni aholi punktlari Chust, Chortoq, Uchqo'rg'on, Namangan, Yangiqo'rg'on, Kosonsoy, Norin, Uychi, Mingbuloq, To'raqo'rg'on va Yangiqo'rg'on tumanlari hamda 450 ta mahalliy qishloq suv ta'minoti tizimlarida iste'molchilarga xizmat ko'rsatish vazifalarini oz ichiga oladi.
Korxonaning xizmat ko'rsatish hududida yashovchi aholining umumiy soni taxminan 1,3 mln kishini tashkil qiladi. Korxona ma'lumotlariga muvofiq, suv ta'minoti xizmatlari aholining taxminan 61 foiziga yoki 795 000 kishiga taqdim etiladi. Lekin mavsumiy yog'ingarchilik davrida hamda, yozgi istemol ortishi davrida mijozlarning aksariyati kechayu kunduz suv ta'minotidan foydalanish imkoniyatiga ega emas. Masalan, iste'molchilarning 30% dan kamrog'i 24 soat 7 kun jadvalga muvofiq suv bilan ta'minlanadi, bunday mijozlarning aksariyati Namangan shahrida yashaydi. Boshqa mijozlarga ichimlik suvi faqat cheklangan tartibda kunduzi soat 6-10 gacha, taxminan 60000 iste'molchi (xususiy transport yoki yetkazib
beruvchi transport)larda tashib suv oladi. Bunga quvurlarning o'tkazuvchanligi yetarli emasligi va shahar infratuzilmalari samarasiz rejalashtirish sabab bo'lmoqda.
Hozirgi kunda "Namangansuvta'minot MCHJ" Namangan shahri va uning atrofidagi hududlar uchun ikkita asosiy "Qizil-Rovot suv olish va uzatish inshooti" yer usti (Norin daryosi) suvlaridan, bitta yer osti Jidakapa 49 (quduq) va bitta yordamchi Kurashxona suv tozalash inshooti (Shimoliy Namangan va Farg'ona kanallari) suvni olib istemolchilar ta'minotini amalga oshirmoqda. [3]
1-rasm Namangan viloyatining haritada joylashuvi
Suv manbalarini daryo, ko'l, suv ombori, yer osti suvlari tashkil etib, asosan sug'orish, gidroenergetika yoki shu kabi tarmoqlarga suv olish uchun qo'llaniladigan gidrotexnika inshootlari sugorish, yaylovlarga suv chiqarish, gidroelektr stansyalarga suv berish, aholi punktlari va sanoat korxonalarini suv bilan ta'minlaydi. Suv olish inshootlari esa suv yo'liga zurur miqdorda, sifati saqlangan va suv iste'moli grafigiga muvofiq suv tushishini ta'minlashi shart. Suv olish inshootlari to'g'onsiz, to'siqli va to'g'onli turlarga bo'linib, to'g'onsiz suv suv olish inshooti, asosan suvni o'z oqimi bilan chiqarish imkoniyati bo'lgan sharoitlarda quriladi. To'gonsiz suv olish inshootlari bir quloqli yoki ko'p qulokli bo'lishi mumkin. Bir quloqli suv olish inshootlari bevosita daryo qirgog'idan boshlanadi yoki daryo o'zaniga kirgan bo'ladi (Norin daryosida Shimoliy Farg'ona kanali, Vaxsh daryosida Vaxsh kanali suv olish inshootlari). Ko'p quloqli suv olish inshootlarida daryo qirg'og'ining bir necha joylarida bir kanalga suv beruvchi yo'laklar qaziladi (Amudaryoda Amu-Buxoro kanali, Paxtarna va Qoraqum kanallari). Ko'p quloqli suv olish inshootlari daryolardan kanallarga uzluksiz suv o'tishini va suv bilan ta'minlanishni birmuncha oshiradi. Bunda suv yo'llarialar tindirgich vazifasini ham o'taydi va ehtiyojga ko'ra, navbatma-navbat ishlatiladi. To'siq (shpora)li suv olish inshooti daryo suvi sathi past bo'lgan hollarda suvni damlashda qo'llanilib, hozirda to'siqli suv olish inshootlari deyarli qo'llanilmaydi. To'g'onli suv olish inshootlari turg'un suv olish uchun daryo suvi sathini bir xil darajada saqlab turishni ta'minlaydi. U gidrouzel tarkibiga kirib kichik, o'rta va yuqori bosimli,
suv olish sharoitiga qarab bir tomonli;
- suvni faqat bir qirg'oqqa beradigan qo'sh tomonli (Chirchiq daryosida Chapqirg'oq Qorasuv),
- suvni ikkala qirg'oqqa frontal oqizadigan (Zarafshon daryosida Birinchi May);
- oqim yo'nalishiga perpendikulyar joylashgan (Qurshob daryosida Qurshob) va yonbosh
- oqim yo'nalishiga malum burchak ostida joylashgan (Amudaryoda Taxiatosh) suv olish inshootlariga bo'linadi [4].
Mavsumiy omillar ta'sirida daryolarda suv sathi va sarfining keskin o'zgaruvchanligi, oqimlarning juda ham loyqaligi suv olish inshootlarini istemolchilarga suv berish jarayonini qiyinlashtiradi. Bunday sharoitlarda suv olish inshootlari uchun asosan samaradorligi va ta'sir vaqti qisqa muddatli bo'lgan tehnologik jarayon zarur, bu esa daryo sathini mavsumiy (sel, toshqin) vaqda tarmoq tindirgichlarinii loyqa bosishidan himoya qiladi.
Hozirgi kunda Namangan viloyati "Namangansuvta'minot MCHJ" tarkibiga kiruvchi "Qizil-Rovot suv olish va uzatish inshooti"da ham shunday muammolar kuzatilmoqda.
"Qizil-Rovot yer usti suv olish va uzatish inshooti" (loyiha quvvati 200000 m3/ kun) tarmoqqa kuniga 150 000 m3 gacha suv yetkazib beradi. Shimoliy Namangan kanalidan chiqarilgan suv gorizontal cho'kindi rezervuarlarda va tezkor filtrlarda gazli xlor va alyuminiy sulfat yordamida tozalanadi va zararsizlantiriladi. "Qizil -Rovot suv olish va uzatish inshooti" yer usti suvlaridan olinadigan suv asosan Chortoq shahri, tuman va Namangan shahrining Shimoliy qismiga Uchqo'rg'on Namangan suv ta'minoti tizimi orqali yetkazib beriladi. Chortoq tumani va Chortoq shahridan 37 796 kishi atigi 65,0% qismi ichimlik suvi bilan ta'minlangan. Namangan shahrining shimoliy Uchqo'rg'on-Namangan magistral suv o'tkazgichi istemolchilarida, mavsumiy yog'ingarchilik davrida va yilning yoz oylarida ichimlik suvi taqchilligi kuzatilmoqda. Ayni paytlarda Chortoq shahri Uchqo'rg'on-Namangan magistral suv o'tkazgichi orqali kuniga 6-8 soatlik jadvalga muvofiq suv yetkazib beriladi.
"Qizil-Rovot suv olish va uzatish inshooti" 1997 yilda ishga tushirilgan bo'lib, uning umumiy quvvati kuniga 200 ming m3 ni tashkil etadi, ushbu inshoot Namangan viloyati aglomeratsiyasidagi suvga bo'lgan ehtiyojning 40% dan ortig'ini qoplaydi. Ish boshlanganidan beri ob'ektlar hech qanday rejalashtirilgan ta'mirdan o'tkazilmagan. Bugun kata uskunaning bir qismi klapanlar, nasoslar, yangilanayotganligiga qaramay (tozalash, tindirish, avtomatlashtirish moslamalari, nazorat klapanlari va boshqalar) kabi inshoot tarkibiga kiruvchi ob'ektlar shikastlangan yoki ishlamaydigan holatga kelib qolgan. Ikki gorizontal tindirgich, filtrlarning drenaj tizimi va shag'al-qum filtrini yuklash kerakli filtrlash darajasini ta'minlamaydi, reagent yetkazib berish uskunalari eskirgan bu loyqalik va suv sifatining davriy busilishiga olib kelmoqda. Agar inshootni kapital ta'mirlamasdan faoliyati davom ettirilsa, kelgusi 5-7 yil ichida inshootlarning ishlash quvvati pasayadi va yetkazib beriladigan suv sifati yanada yomonlashadi (2-rasm).
Namangan shahrining bir qismi loyiha quvvati 180,000 m3/kun bolgan "Jiyidakapa yer osti suv olish inshooti"dan suv oladi. Inshoot "Janubi-Sharqda joylashgan bolib 1975 yildan beri faoliyat ko'rsatib kelmoqda, hozirda inshoot kuniga tarmoqqa taxminan 80,000 -90,000 m3 suv yetkazib beradi. Cheklangan ta'minot 49 ta suv qudug'idan 20 tasi ishlamay qolishi bilan bog'liq. Bu suv olish inshooti Norin daryosi yer osti suv havzasi zaxiralaridan foydalanadi.
Kurashxona suv tozalash inshooti 1957 yilda qurilgan bo'lib yer usti suv olish joyi Shimoliy Farg'ona kanalining chap qirg'og'idan suv oladi (SH.F.K), bu yerda kuniga 10 000 m3 dan 30 000 m3 gacha suv qayta ishlanadi. Berilgan texnologiya ichimlik suvining talab qilinadigan standart sifatini ta'minlashga imkon bermaydi. Mahalliy rasmiylar inshootni yopish niyatida. Asosiy toza suv omborlari (taxminan 24000 m3 sig'imga ega) kurashxona Shimoliy Farg'ona kanalining chap qirg'og'idan suv olish hududida joylashgan, u yerda olingan suv, faqat
^ypHHHm
radial va gorizontal quduqlarni yoritish va xlor qo'shish orqali amalga oshiriladi. Berilgan texnologiya ichimlik suvining talab qilinadigan standartda sifatini ta'minlashga imkon bermaydi.
Korxona ma'lumotlariga ko'ra, hozirda hech qanday tarmoq haritasi va gidravlik hisob-kitoblar mavjud emas. Suv ta'minoti uzulishlari bilan bog'liq hodisalarning chastotasi suv ta'minoti tarmoqlarida yiliga 1 km ga taxminan 2,7 ta hodisa ro'y beradi. Suv ta'minoti tarmoqlarining umumiy uzunligi taxminan 2600 km, shu jumladan deyarli 414 km suv quvurlari hisoblanib suv yo'qotilishi taxminan 41% ni tashkil qiladi.
2-rasm Qizilirovot suv olish va uzatish inshooti gorizontal tindirgich joriy holati
Aslida esa haqiqiy yo'qotishlar ko'proq ko'rinadi, chunki asosiy istemolchilar hisoblangan ulgurji istemolchilarning aksariyat suv o'tkazgichlarida suv hisoblagichlari mavjud emasligidir. Ichimlik suvi sifatini monitoring qilish korxonaning uchta laboratoriyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Asosiy (Markaziy) korxonaning laboratoriyasi korxonaning bosh ofisida joylashgan va alohida qavat ajratilgan. Laboratoriyada mikrobiologik tahlillar, shuningdek sanitariya va kimyoviy tahlillar uchun bo'limlar mavjud.
Ushbu laboratoriya korxona tarkibiga kiruvchi barcha inshootlarda filiallari uchun suv sifati monitoringini olib boradi. Namangan shahar suv ta'minoti tarmog'i suv olish, shuningdek, laboratoriya bajarish uchun O'zbekiston Respublikasining akkreditatsiya tizimi sertifikatlagan talablariga muvofiq ichimlik suvi va oqava suvlarning ichki sifati monitoringini yuritadi [3]. Suv olish joylarida olingan ichimlik suvi namunalarini laboratoriya tekshiruvlari soni va chastotasi, tarqatish tarmoqlarida amaldagi qonun hujjatlari O'zbekiston Respublikasi talablari (O'zbekiston Davlat standarti o'zdst 950:2011 ichimlik suvi Gigiena talablari va suv sifatini nazorat qilish; SanPiN o'z № 0211-06 gigiena mezonlari va markazlashtirilgan maishiy suv ta'minoti tizimining suv sifatini nazorat qilish, 2006) ga muvofiq belgilanadi [5,6].
Har yili markaziy laboratoriya 18 000 ga yaqin sinovdan o'tkazadi va 1500 ga yaqin namuna oladi, ishlab chiqarish jarayonida monitoring namunalari har chorakda suv manbalarida tanlanadi va har oy suv ta'minoti tarmoqlaridan chiqishda va tarqatish tarmoqlarining tasdiqlangan joylarida hammasi bo'lib 86 ta monitoring punkti 23 parametr bo'yicha amalga oshiriladi. Bundan tashqari, asosiy parametrlarni (harorat, loyqalik, pH) kundalik ishlab chiqarish nazorati amalga oshiriladi [7].
Xulosa: Hozirgi kunda Namangan viloyati aholisini ekologik toza ichimlik suvi bilan ta minlash borasida soxa korxonalari oldida bir qator yechimini kutayotgan muammolar mavjudligi va soxaga yangi texnologiyalar joriy etilmasa kelgusi 5-7 yil ichida muammolar ko'lami ortishi mumkin va ulardan ayrimlarini yoritib otildi. Texnik yechimlar va takliflarni kelgusi maqolalarimizda yoritib boramiz.
ADABIYOTLAR
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-2021-yillarda "Ichimlik suvi ta'minoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish dasturi to'g'risida"gi qarori, Toshkent sh., 2017-yil 20-aprel PQ-2910-son.
2. O'zbekiston Respublikasining 22 iyul 2022 yildagi "Ichimlik suvi ta'minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish" to'g'risidagi O'RQ-784-son qonuni 1-bob.
3. Surkhandarya and namangan regional water projects - feasibility study namangan oblast non-technical summary European Bank for Reconstruction and Development December 2019. Surxondaryo va Namangan mintaqalarining suv loyihalari, Namangan viloyatining texnik-iqtisodiy asoslari yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining texnik bo'lmagan xulosasi 2019 yil dekabr 1- 6 betlar.
4. https://uz.wikipedia.org/wiki/Suv_olish_inshootlari
5. O'zbekiston Respublikasi davlat standard O'zbekiston metrologiya va sertifikatlashtirish standartlashtirish agentligi ichimlik suvi texnik shartlar (O'z DSt 950:2011) "O'zstandart" agentligining 02.02.2011-yildagi 05-273-son qarori bilan tasdiqlangan va kiritilgan.
6. Gigiena talablari va suv sifatini nazorat qilish; SanPiN o'z № 0211 -06 gigiena mezonlari va markazlashtirilgan maishiy suv ta'minoti tizimining suv sifatini nazorat qilish, 2006) 1-2- bob.
7. BALANCES OF SOIL WATERS OF COTTON ROOTABLE LAYER IN EXPERIMENTAL PRODUCTION SECTIONS OZATBOY BAZAROVICH IMAMNAZAROV, Associate professor, Ph.D. TOKHIRJON OLIMJONOVICH QOSIMOV, Senior Lecturer MAKHAMMADALI RUSTAMJONOVICH ABDULLAEV Lecturer, Namangan engineering-construction institute 318-bet.
УДК 55/3179
ИНСОН ХДЁТ ФАОЛИЯТИГА ЗИЛЗИЛАНИНГ ТАЪСИРИ ХАМДА КЕЛИБ
ЧЩИШ ОМИЛЛАРИ
Рузиев Акмал Носирджонович Андижон ФВБ Х.ФХ укув маркази укитувчиси [email protected] +998997646265
Х,амрабоев Илх,омжон Сотволдиевич Андижон ФВБ Х.ФХ укув маркази укитувчиси ilho mjo nhamraboyev2 @gmail.com +998979940443
Аннотация: Зилзила интенсивлиги масаласи илгаридан мутахассисларни кизиктириб келган. Зилзилани турларга ажратишга доир кизикарли материаллар XVIII асрдан бошланиб, бизгача етиб келган. Зилзила содир булиб турадиган сейсмоген зоналарда ташки ва ички кучлар таъсирида аста-секин эластик куч йигилиб борадива йигилган куч тог жинсларининг каттиклик нуктаси чегарасидан утганда зилзила учогида ердаги турли катталикдаги плиталар дафъатан бири иккинчисига нисбатан сурилади. Натижада зилзила учогида йигилган эластик энергия механик энергияга айланади ва сейсмик тулкинлар куринишида хдракатга келади.