Научная статья на тему 'NAMANGAN O‘ZBEK SHEVALARIDAGI UDA, JIYAN TERMINLARINING ETIMOLOGIYASI VA LEKSIK –SEMANTIK XUSUSIYATLARI'

NAMANGAN O‘ZBEK SHEVALARIDAGI UDA, JIYAN TERMINLARINING ETIMOLOGIYASI VA LEKSIK –SEMANTIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
97
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
turkiy tillar / o‘zbek shevalari / qarindoshlik terminlari / etimologiya / uda / jiyan terminlari / fonetik farqlar / ma‘no torayishi / Turkic languages / Uzbek dialects / kinship terms / etymology / uda / nephew terms / phonetic differences / narrowing of meaning

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Saidova, Muhabbatxon Shukrullayevna

Mazkur maqola Namangan shevalarida qayd etilgan uda va jiyan terminlarining etimologiyasi va leksik-semantik xususiyatlariga bag‘ishlangan. Qarindoshlik terminlari juda qadim tarixga ega bo‘lib, o‘z tarkibida yaratilish davriga ko‘ra xatto yozma yodgorliklarda ham qayd qilinmagan shakllarini saqlab kelayotganligi tarixiy leksika, dialektologiya xamda terminlar orqali butun bir jamiyatni shakllanish tarixini, oila, nikoh va qarindoshlik terminlari orqali ifodalab kelishi bilan qimmatbaho manba vazifasini o‘tay olish imkoniyatiga ega. Uda qarindoshlik termini qadimiy turkiy tillar uchun umumiy hodisa bo‘lgan va ba‘zi shevalarida saqlanib qolgan, boshqalarida unut bo‘lib, uning ayrim shevalarida esa qoldiq sifatida saqlanib qolgan. Jiyan termini qarindoshlik termini sifatida turkiy tillarning barchasida, fonetik farqlari bilan mavjud. O‘zbek tili va uning shevalarida jiyan terminining ma‘nosi torayib, konkretlashib, faqat opa-singillar va o‘rni bilan aka-ukalarning farzandlari ma‘nosinigina anglatadi. Bu fikrlar turkiyshunos olimlar ilmiy asarlariga asoslangan holda dalillangan va atroflicha izohlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ETYMOLOGY AND LEXICAL-SEMANTIC CHARACTERISTICS OF THE TERMS UDA, JIYAN IN SAMPLE UZBEK LANGUAGES

This article is devoted to the etymology and lexico-semantic features of the terms Uda and Zhiyan, used in Namangan dialects, as well as recognized kinship terms. Kinship terms have a very ancient history and, while retaining forms that are not recorded even in written monuments at the time of creation, they can serve as valuable sources reflecting the history of the formation of an entire society through historical vocabulary, dialectology and the terms family, marriage and kinship. Kinship terms are a common phenomenon for ancient Turkic languages and have been preserved in some dialects, and in some of its dialects as past-experienced. The term nephew as a kinship term, with their phonetic differences, is used in all Turkic languages. In the Uzbek language and in the dialects of the Uzbek dialect, the meaning of the term nephew has been narrowed and concretized, meaning only the children of brothers and their sisters. These thoughts were proved and interpreted in detail on the basis of scientific works of Turkic scientists.

Текст научной работы на тему «NAMANGAN O‘ZBEK SHEVALARIDAGI UDA, JIYAN TERMINLARINING ETIMOLOGIYASI VA LEKSIK –SEMANTIK XUSUSIYATLARI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

NAMANGAN O'ZBEK SHEVALARIDAGI UDA, JIYAN TERMINLARINING ETIMOLOGIYASI VA LEKSIK -SEMANTIK XUSUSIYATLARI

Mazkur maqola Namangan shevalarida qayd etilgan uda va jiyan terminlarining etimologiyasi va leksik-semantik xususiyatlariga bag'ishlangan.

Qarindoshlik terminlari juda qadim tarixga ega bo'lib, o'z tarkibida yaratilish davriga ko 'ra xatto yozma yodgorliklarda ham qayd qilinmagan shaMlarini saqlab kelayotganligi tarixiy leksika, dialektologiya xamda terminlar orqali butun bir jamiyatni shakllanish tarixini, oila, nikoh va qarindoshlik terminlari orqali ifodalab kelishi bilan qimmatbaho manba vazifasini o 'tay olish imkoniyatiga ega.

Uda qarindoshlik termini qadimiy turkiy tillar uchun umumiy hodisa bo 'lgan va ba'zi shevalarida saqlanib qolgan, boshqalarida unut bo'lib, uning ayrim shevalarida esa qoldiq sifatida saqlanib qolgan. Jiyan termini qarindoshlik termini sifatida turkiy tillarning barchasida, fonetik farqlari bilan mavjud. O'zbek tili va uning shevalarida jiyan terminining ma'nosi torayib, konkretlashib, faqat opa-singillar va o'rni bilan aka-ukalarning farzandlari ma'nosinigina anglatadi. Bu fikrlar turkiyshunos olimlar ilmiy asarlariga asoslangan holda dalillangan va atroflicha izohlangan.

Kalit so'zlar: turkiy tillar, o'zbek shevalari, qarindoshlik terminlari, etimologiya, uda, jiyan terminlari, fonetikfarqlar, ma 'no torayishi

Данная статья посвящена этимологии и лексико-семантическим особенностям терминов уда и жиян, использующиеся в наманганских диалектах.

Термины родства имеют очень древнюю историю и, сохраняя в своем составе формы, не зафиксированные даже в письменных памятниках по времени создания, могут служить ценными источниками, отражающими историю формирования целого общества через историческую лексику, диалектологию и термины семья, брак и родство.

Термины родства являются общим явлением для древнетюркских языков и сохранились в одних диалектах, а в некоторых его диалектах как прошлое-пережитое.Термин племянник как термин родства, с их фонетическими различиями, используется во всех тюркских языках. В узбекском языке и в

Saidova Muhabbatxon Shukrullayevna, Nam DU, O'zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi saidovamuhabbat@gmail .ru

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

диалектах узбекского говора значение термина племянник сузилось и конкретизировалось, имея в виду только детей братьев и их сестёр. Эти мысли были доказаны и подробно истолкованы на основе научных трудов тюркских учёных.

Ключевые слова: тюркские языки, узбекские диалекты, термины родства, этимология, уда, термины племянника, фонетические различия, сужение значения.

This article is devoted to the etymology and lexico-semantic features of the terms Uda and Zhiyan, used in Namangan dialects, as well as recognized kinship terms.

Kinship terms have a very ancient history and, while retaining forms that are not recorded even in written monuments at the time of creation, they can serve as valuable sources reflecting the history of the formation of an entire society through historical vocabulary, dialectology and the terms family, marriage and kinship.

Kinship terms are a common phenomenon for ancient Turkic languages and have been preserved in some dialects, and in some of its dialects as past-experienced. The term nephew as a kinship term, with their phonetic differences, is used in all Turkic languages. In the Uzbek language and in the dialects of the Uzbek dialect, the meaning of the term nephew has been narrowed and concretized, meaning only the children of brothers and their sisters. These thoughts were proved and interpreted in detail on the basis of scientific works of Turkic scientists.

Keywords: Turkic languages, Uzbek dialects, kinship terms, etymology, uda, nephew terms, phonetic differences, narrowing of meaning

Qarindoshlik terminlarining leksik qatlami o'zbek tili lug'at fondining ajralmas qismidir. Insoniyat tarixi qanchalik qadimiy bo'lsa, o'zi yaratgan va hayotda aralashuv vazifasini bajarib kelayotgaya til birligi ham shunchalik qadimiydir.

Shunday ekan, u yoki bu xalqning hayoti, turmush tarzi bilan uzviy bog'liq bo'lgan qarindoshlik munosabatiarini ifodalovchi terminlar ham qadim davrlarga borib taqaladi. Chunki qarindoshlik terminlari formatsiyalarning bosqima-bosqich o'zgarishi fan va madaniyatning uzluksiz taraqqiyoti samarasi sifatida yuzaga kelgan, hozir o'nlab tarmoqlarni qamrab oluvchi terminlardek insoniyat tarixiy bosqichining so'nggi davrlarda yuzaga kelgan va kelayotgan terminlar bo'lmay, balki insoniyat o'zini tanib, hayotiy zaruriyat asosida yaratgan va asrlar osha asrab-avaylab kelayotgan terminlar deb qaraladi.

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

Etnografik adabiyotlarning guvohlik berishlaricha, qarindoshlik biologik nuqtai nazardan emas, ijtimoiy nuqtai nazardan qaralganda tarixiy, aniqrog'i tarixiy-etnik xodisa bo'lib, har bir xalq hayotida qarindoshlik munosabatlarini ifodalovchi va belgilovchi terminlar yig'indisini yaratishi bilan ajralib turadi. Bir butun tizimni tashkil etuvchi ana shu xodisalar yig'indisi qarindoshlik sistemasini tashkil etadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Mamlakatimizning mustaqil davlat deb e'lon qilinishi munosabati bilan milliy qadriyatlarimiz unut bo'lgan udumlar asta-sekin tiklandi. Shu munosabat bilan to'y-xasham marosimlari bilan bog'liq bo'lgan terminlar o'zi yaratgan xalq tilining oltin fondidan o'rin olmoqda. Ana shunday unutilgan, sirtdan qaralganda na ilm, na qarindoshlik terminlari sirasida ahamiyati yo'qdek tuyuladigan uda termini haqida maqolamizda fikr yuritmoqchimiz.

Namangan shevalarida oilada ketma-ket, yiliga etib-etmay tug'ilgan bolalarni uda deb ataydilar. Masalan, Agar belalari yilga yetiv-yetmay tu ulavvessa ula:ni u:da balarken deyishedi.

O'zbek adabiy tili va uning shevalarida shu ma'noda u:da termini qayd qilinmagan. Mazkur termin qadimgi turkiy tilga xos xususiyatmi yoki o'zlashtirilgan hodisami, degan tabiiy savol tug'iladi. Albatta, bunday hodisa qadimgi yozma manbalar, qardosh turkiy tillar materiallariga murojaat qilish va ularda saqlangan materiallar bilan tahlil qilish, hamda tarixiy-fonetik qonuniyatlar asosida fonemalarning tadrijiy takomiliga, shakllanish tarixiga nazar tashlamoq kerak bo'ladi.

S.E.Malovning qayd qilishicha, qadimgi turkiy tillarda ud-следовать, затем, потом; udug'-следование, подчинение; ug'u-потомство; uk/k/g'-ug'u- потомство, ya'ni orqasidan ergashmoq, orqasidan yurmoq, sulola, bo'g'in, avlod ma'nolarini anglatgan [ S.E.Malov 1951: 405-437].

A.M Sherbakning ta'kidlashicha, uz-следовать-ergashmoq, ketma ket yurmoq [A.M Sherbak 1970: 83]. A.K.Borovkov O'rta Osiyo tafsirining leksemasiga bag'ishlangan ishida ug'u- следуя/ за кем, чем-либо/; uy-o'z-udZ-следовать-ergashmoq, birovning orqasidan yurmoq; uya-6par-aka; ma'nolarida ishlatilganini ta'kidlaydi [A.K.Borovkov 1963:114]. Uyg'ur tilida uda к ряду, подряд-surunkasiga-qatorasiga; muttasil, beto'xtov, ketma-ket, birin-ketin. Qirg'iz tilida u:daa- один за другими, подряд; udaalash, birin-ketin; udalaash bola -дети погодки-yilma-yil tug'ilgan bola. Yoqut tilida -^'шг-потомок,-потомство^^, nasl, urug'.

Mahmud Koshg'ariy "Devoni"da ud-vaqt; xorazm o'g'uz shevasida - uya -ergashmoq, orqasidan yurmoq, bo'ysunmoq, iqtido qilmoq ma'nosida ishlatiladi. Masalan, Imam qalbip, adamla apan-diya uyad'la - Imom qolib odamlar afandiga

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

ergashib ketadilar. O'sh, o'zbek shevalarida uda - ketma-ket, birin-ketin, yilma-yil tug'ilgan bolalarga nisbatan ishlatiladi. [Mahmud Koshg'ariy 1984: 550]

Yuqoridagi fikrlardan ma'lum bo'ladiki, ud/uz/uy/uq/-ug' o'zaklari asosida yasalgan so'zlar bir tomondan, birin-ketin, ketma-ket, muttasil, surunkasiga, qatorasiga, vaqt kabi ma'nolarni anglatsa, ikkinchi tomondan urug' -avlod, ajdod, aka-uka qarindosh ma'nosini ham bildirgan.

Fonetik qonuniyat asosida ud/uz/uy/uq/-ug' bo'lib, konkret bola, farzand, bo'g'in, nasl ma'nosini anglatgan. Qayd qilingan fonetik qonuniyat va saqlanib qolgan etimonning anglatgan ma'nolarini qardosh turkiy tillar materiallari ham to'la tasdiqlaydi. Jumladan, turkman tilida: 1. Uya-ini-младший брат, uya-singil, ozungdan kichiy giz, dog'an- младшаяm сестра ma'nolarini anglatadi. Agar turkman tilini qadimgi turkiy tillarga xos xususiyatlarini eng ko'p saqlagan tillardan biri ekanligini e'tiborga olsak, yozma yodgorliklarda ud/uz/uy/uq/-ug' yo'nalishi bo'ylab fonetik o'zgarishi ayrim tillarda ud, uda, udaa, ikkinchilarida, uz/ug /ug'; uchinchilarida - uy/uv/uq/ug' shaklida rudiment sifatida saqlanib, bola, farzand, bo'g'in, nasl, ketma-ket tug'ilganda; ini-uka, singil ma'nolarini anglatadi [S.Drazkuliev 1977:178]

O'zbek adabiy tili va uning shevalarida ud/uz/uy/uq/-ug' o'zaklari mustaqil holatda ma'no anglatuvchi so'z sifatida saqlanib qolmagan. Lekin katta fonetik o'zgarishlar yuz bergan holda, mazkur o'zaklar asosida juft so'zlar yasalib, qarindoshlik terminlari ma'nolarini ifodalash uchun xizmat qiladi, jumladan, odatda nikoh to'ylarida yoshlarga fotiha berilganda, "..uvali-juvali bo'lib yurishsin" deyiladi. Mazkur juft termin yuqorida qayd qilingan ud/uv/ o'zagining fonetik varianti bo'lib, bola-chaqali bo'lsin, bolalari ko'p bo'lsin degan ma'noda ishlatiladi. Uning ikkinchi juvali qismidagi /j/ fonemasi takror so'zlarda orttirilgan tovush deb qaralmog'i kerak.

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, o'zbek shevalarida, xususan, Namangan shevalarida saqlangan uda ma'nosini anglatish uchun turli xil so'z birikmalari qo'llanadi.

Masalan, Qashqadaryo shevalarida sut ustiga bo'lgan bola; sutda bo'lgan bola deyilsa, chimkent o'zbek shevalarida uyalma-suyalma birikmasi ishlatiladi. Uyalma-suyalma deganda birin-ketin tug'ilgan ma'nosini anglashilganda ham har ikkala ma'no farqlovchi leksemalarning o'zagi ud/uy etimoni orqali yasalgan.

Demak, uda qarindoshlik termini qadimiy turkiy tillar uchun umumiy hodisa bo'lgan va ba'zi shevalarida saqlanib qolgan, boshqalarida unut bo'lib, uning ayrim shevalarida esa qoldiq sifatida saqlanib qolgan.

Jiyan. Jiyan termini o'zbek tili va uning shevalarida bo'lganidek, Namangan shevalarida ham opa-singillarning farzandlarini ajratib ko'rsatish uchun ishlatiladi.

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

Masalan: Nomongondayam jiyanni huquqi katta, tog'asinikka bossa xohlagan nassasini aliv ketishi mumkin. Jiyalla tog'alarini aldida ja: erka volushedi, so'zlarini o 'tkuzshadi.

Jiyan termini qarindoshlik termini sifatida turkiy tillarning barchasida, fonetik farqlari bilan mavjud. Shuni ta'kidlash lozimki, o'zbek tili va uning shevalarida jiyan terminining ma'nosi torayib, konkretlashib, faqat opa-singillar va o'rni bilan aka-ukalarning farzandlari ma'nosinigina anglatishi ma'lum. Ammo boshqa turkiy tillarda jiyan o'z ma'nosidan tashqari nabira, evara va hatto yoqut tilida ammavachcha va xolavachcha farzandlari ma'nosini ham anglatishi ham mumkin [M.Mirzaev 1965:51-53]. Shuning bilan birga ikki termini asosida jinsiy bo'linish, ularni farqlash bo'lmagan. Shuning uchun ham hozirgi turkiy tillarda jiyanlarni jinsiy farqlash kerak bo'lganda, adbatta aniqlovchi so'z: o'g'il; jiyan, qiz jiyan qo'shib ishlatiladi [M.Ismoilov 1975:52-53]. Nima uchun tog'a-jiyan huquqlari faqat turkiy tillarda emas,buryat-mo'g'ul, tungus-manjur va hattoki janubiy Nigeriya, Togo, Dogomeya va Braziliya kabi mamlakatlarda ham oilada ustun turadi. Onaning oilasi oldida tog'aning obro'yi, roli ustun va tog'aning oldida jiyanning huquqi chegaralanmagan bo'lgan. Tarixiy manbalarning xabar berishicha, shuningdek etnograf olimlarning ilmiy izlanish natijalariga ko'ra, boshqa qabilaga turmushga berilgan qizning bir farzandi uning akasi yoki ukasiga qaytarib berilgan. U qiz bo'lsa, tog'asining o'g'liga kelin qilib olingan. Ona va uning eri vafot etganda oilaning hamma ko'chma mol-dunyosi moli, uy-anjomlari, ishlab chiqarish qurollari, jamg'armalarini tog'asi va uning jiyani meros qilib olish huquqiga ega bo'lgan. O'zining farzandlariga faqat ko'chmas mol-mulk va ekin maydonlari qolgan xolos. So'ng formatsiyalarning o'zgarishi xususiy mulkchilikning asosiy rol' o'ynashi, otaning oila va ijtimoiy hayotdagi nufuzi oshib borishi bilan mazkur udum ham asta-sekin susayib borgan va o'z kuchini yo'qotgan. Lekin hozir ham ma'lum shaklda turli xalqlar orasida o'z izini qoldirgan.

Qarindoshlik terminlarining tahliliga bag'ishlangan ilmiy maqola, monografiyalar va etimologik lug'atlarda jiyan terminining juda qadimiy tarixga egaligi haqida batafsil fikr-mulohazalar mavjud. Xattoki ba'zi tadqiqotchilar uning turkiy tillardagi variantlari asosida anlaut tovushi d-j//dj//d'/ch/s/y/ yo'nalishi bo'ylab sirg'alish hosil bo'lganligini ta'kidlaydilar[V.I.Cevortyan 1966:51].

Turkiy tillardagi mazkur fonetik hodisa mo'g'ul tillarda eye, eey /byryat/, eze /qolmiq/ shaklida ishlatiladi[H.B Bikbulatov 1973:82]. Tungus-manjur tillarida esa je/-ze) shaklida talaffuz etiladi [[B.Osmanalieva 1976: 99].

Qayd qilingan adabiyotlarda jiyan terminining anglatgan ma'nosi bayon qilingan holda, uning etimologiyasi haqida deyarli mulohaza bildirilmaydi.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

Faqat B.Osmanalieva o'zining maxsus maqolasida jiyan termini qo'shma so'z bo'lib, tungus-manjur tilida jiyan opa-singillarning o'g'li ma'nosini anglatuvchi je/ze/ va shu tillarda sinonim so'z sifatida jiyan ma'nosini anglatuvchi ina so'zi bilan birikib je-ina-jiyan ma'nosini ifodalaydi, deydi. U turkiy tillardagi jiyan /о/ shaklida /о/ unlisining tushirilib talaffuz etilishi esa, mo'g'ul tilidan o'zlashgan so'zlar umumiy hodisadir, yegan shakli esa /je-ina) e va i unlilarini biriktirish uchun /g/ undoshi orttirilishi asosida yuzaga kelgan. So'z boshidagi j/-z/-y bo'lgan, degan xulosaga keladi [B.Osmanalieva 1976: 99].

Shunday ekan, jiyan terminining etimologiyasi va genezisi turkiy, mo'g'ul va tungus-manjur tillari uchun umumiy so'z hisoblangan va u qadimiy turkiy tillarda qayd qilingan ida-idi- ibi -хозяин, владелец, обладатель' ma'nolarini ifodalovchi so'zlar asosida shakllangan. Boshqa turkiy tillarda uning turli variantlari mavjud: Sagay tilida achi, qozoq tilida ija, gospadin, хозяин, tuva tilida хозяин, владелец, mo'g'ul tillarida mazkur leksemaning asosi edin-ezin-ezen shakllariga ega bo'lib, o'sha ma'noni anglatadi. Qadimgi yozma yodgorliklarda: ezen, mo'g'ul tilida ezen, qalmiq tilida en- хозяин, владелец, обладатель, владыка, повелитель, buryat tilida хозяин ejen-xozyain, владелец ma'nolarini anglatgan.

Tungus-manjur tillari oilasiga kiruvchi evenk, even tillarida xoзяин, solor tilida-yoza-xoзяин, sar'; negidil tilida ezen, правитель ma'nolarini anglatgan [B.Osmanalieva 1976: 80].

Shunday ekan, tog'asining uyida yurgan bola qonuniy ravishda mol-mulk egasi, xo'jayini, vorisi, boshqaruvchisi bo'lganligi tufayli u bola-jiyanni o'z farzandlaridan ajratib ko'rsatish, farqlash uchun uni maxso's nom bilan, ega deb atagan. Qadimgi davrlarga xos bo'lgan edi ida- iba /boshqa tillarda/ -eding- ezin-_ezen-zen shaklida murakkab fonetik jarayonni kechirib, so'z boshidagi e-e-j yo'nalishi bo'ylab je-lashgan va ikkinchi undosh d-z-o shaklida tushib qolib, ezen- shakli yuzaga kelgan. Ikkinchidan so'z boshidagi ezen /e/ tushirilib, d-z-j/shaklida j/z/en e-jiyan sirg'alish hosil bo'lib, ezen-/e/ zen-jeen, jiyan shakli yaratilgan yo'ki ye-lashgan tillarda esa eden-ezen-egen:yegan shakli yaratilgan bo'lishi ham mumkin.

Turkiy va turkiy bo'lmagan tillarda mavjud bo'lgan fonetik variantlar qanchalik rang-barang bo'lmasin, hammasida ega, egasi, vorisi, boshqaruvchi kabi ma'noni anglatgan mazkur termin yillar osha ma'nosi konkretlashib, mol egasi ma'nosini anglatuvchi terminga aylanib qolgan. B. Osmonalieva ta'kidlaganidek, tungus-manjur tilida je/,ze/ shaklida jiyan ma'nosini anglatadi, degan fikri mulohazamizni to'g'riligini isbotlaydi [B. Osmonalieva 1976: 44-51].

Faktlarning ko'rsatishicha, sheva materiallarini sinchiklab o'rganish, qiyosan tahlil qilish, adabiy tilni yangi, ekvivalenti yo'q so'zlar - leksemalar bilan boyitibgina

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

qolmay, balki adabiy tilda yo'q, uning shevalarida ma'nosi torayib yoki xiralashib borayotgan terminlarni tiklashda qabul qilingan davrni aniqlashga katta yordam beradi. Insoniyat taraqqiyotining dastlabki bosqichlariga mansub bo'lgan, ularning hayotida oila va qarindosh-urug'chilik shakllana borayotgan davrga xos bo'lgan, qavm-qarindoshlik terminlari uni yaratgan va asrab kelayotgan xalqning asrlar osha tarixi, etnografiyasi, urf-odati, o'zaro muomala me'yorini aniqlashda muhim manba bo'lib xizmat qiladi.

REFERENGES

1. Aliev A.D. Namangan dialekti leksikasidan kuzatishlar//O'zbek shevalari leksikasi. Toshkent, 1966. -B.378—381.

2. Боровков Х.А. Узбекские говоры Наманганской области//Труды Ташкентского Государственного университета Языкознание. -Ташкент; 1963. Бун.2 ИИ.

3. Бикбулатов Х.Б. Башкирская система родства. - Москва; Наука,1981.-120 с.

4. Drazkuliev S. Turkmen dilining gisgacha dialektologik sezlugi. -Ashgabad, Ilim, 1977. 178 b.

5. Ismoilov I. Turkiy tillarda qavm-qarindoshlik terminlari. -Toshkent; Fan, 1966. -

6. Ismoilov I. Turkiy tillarda farzand ma'nosini ifodalovchi so'z va terminlar. O'zbek tili va adabiyoti. 1976.5-son.-B.72-76.

7. Osmanalieva B. Qirziz tilidagi tuuganchilikka boshlanushtu qez bir so'zdardun etimologiyasi jonundo, Bishkek : 1976. 1206.

8. Олдерогге Д.А. Малайская система родства. Родовое общество, Материалы исследования. - Москва, 1951. -С.30—46.

9. Покровская А. Термины родства в тюркских языках. Историческое развитие лексики тюркских языков. -Москва, 1961.-С.Т1-81.

10. Mirzaev M. O'zbek tilining Buxoro shevalari. Toshkent; Fan, 1965.214 b.

11. Koshg'ariy M. Devonu lug'otit turk. Indeks. Toshkent;Fan, 1984, 550 b.

12. Малов С.Р. Памятники древнетюркской письменности, Москва-Ленинград; Наука, 1951. 421 с.

13. Миржанова С.Ф. Терминология родства в диалектах башкирского языка. -М., Наука. 1979. -27c.

14. Шербак А.М. Сравнителъная фонетика тюркских языков.-Ленинград; Наука, 1970. 194 c

15. Цинциус В.И. К этимологии Алтайских терминов родства. Очерки сравнительной лексикологии алтайских языков. - Ленинград,1972.-С.210-261.

146 b

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.