Научная статья на тему 'NAMANGAN ME’MORIY BEZAKLARI VA ULARNI SAQLASH MUAMMOLARI'

NAMANGAN ME’MORIY BEZAKLARI VA ULARNI SAQLASH MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
46
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
naqsh / ganch / me’moriy bezak / islimiy / mahalliy / uslub / na’mayon / axta

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Abdulvohid Mamarasulovich Nazarov

Namangan viloyati me’moriy binolarining noyob naqqoshlik namunalari tadqiq etilgan. Ushbu san’atni o‘rganish va saqlab qolish ayni paytda dolzarb masaladur. Shunga ko‘ra maqolada Namangan naqqoshlik maktabi vakili naqqosh va ganchkor usta Ibrohim Mamadalievning ijod yo‘li, me’moriy bezaklardan naqqoshlik va ganchkorlik na’munalarining ayni paytdagi xolati yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «NAMANGAN ME’MORIY BEZAKLARI VA ULARNI SAQLASH MUAMMOLARI»

NAMANGAN ME'MORIY BEZAKLARI VA ULARNI SAQLASH

MUAMMOLARI

Abdulvohid Mamarasulovich Nazarov [email protected] Namangan davlat universiteti

Annotatsiya: Namangan viloyati me'moriy binolarining noyob naqqoshlik namunalari tadqiq etilgan. Ushbu san'atni o'rganish va saqlab qolish ayni paytda dolzarb masaladur. Shunga ko'ra maqolada Namangan naqqoshlik maktabi vakili naqqosh va ganchkor usta Ibrohim Mamadalievning ijod yo'li, me'moriy bezaklardan naqqoshlik va ganchkorlik na'munalarining ayni paytdagi xolati yoritilgan.

Kalit so'zlar: naqsh, ganch, me'moriy bezak, islimiy, mahalliy, uslub, na'mayon,

axta

ARCHITECTURAL DECORATIONS OF NAMANGAN AND PROBLEMS

OF THEIR PRESERVATION

Abdulvahid Mamarasulovich Nazarov [email protected] Namangan State University

Abstract: Unique examples of painting of architectural buildings of Namangan region were researched. Studying and preserving this art is an urgent issue at the moment. Accordingly, the article describes the creative path of Ibrahim Mamadaliev, a representative of the Namangan school of painting and engraving, and the current state of examples of painting and engraving from architectural decorations.

Keywords: pattern, ganch, architectural decoration, islamic, local, style, na'mayon, akhta

Xalq amaliy bezak san'ati qadimdan o'zbek madaniyatining muhim bo'lagi sifatida namoyon bo'ladi. O'zbekiston hududidan topilgan qadimga davrga (grek-baqtriya, kushonlar davri, turk xoqonligi davri) mansub topilmalarda amaliy bezak turlarini kuzatish mumkin. Bu bezaklar qadimgi amaliy san'atimizning noyob na'munalari xisoblanadi. Biroq O'rta Osiyoda bo'lgani kabi, O'zbekiston hududida ham amaliy san'atning yangi turlari aynan Islom sivilisatsiyasi davridan boshlab rivojlana boshladi. Naqshlarda san'atning boshqa turlari kabi milliy an'analarning davomiyligini ko'rish mumkin. Ushbu san'at turi ijodiy an'anasiga ko'ra o'rganish metodlari uztozdan shogirdga o'tib kelgan. Shunga ko'ra naqqoshlik san'atining

davomiyligi hozirgacha saqlanib kelmoqda. "Buyuk tarixda hech narsa izsiz ketmaydi. U xalqlarni qonida, tarixiy xotirasida saqlanadi va amaliy ishlarida namoyon bo'ladi. Shuning uchun ham u qudratlidir. Tarixiy merosni asrab-avaylash, o'rganish va avlodlardan avlodlarga qoldirish davlatimiz siysatining eng muhim ustuvor yo'nalishlaridan biridir"[1]. O'zbekistonning an'anaviy me'morchiligida naqqoshlik asosan bino shiftlarini, jimjimador araqi1larni, saroy ustunlarini, masjidlar, maktablar, boylarning uylari, yog'ochdan yasalgan buyumlarni bezashda qo'llangan. Nozik o'simliksimon-geometrik naqshdagi o'zaro singib ketgan novdalar, shoxlar va hashamatli tasvirlangan gullarning ritmik harakati, o'zbek ustalarining ijodida islimiy va girih naqshlarining mumtoz motivlari shiftlarning shakliga moslangan. Naqsh ko'proq inter'erlarni va yopiq ayvon, peshayvonlarni bezashga xizmat qiladi. "XIX-XX asrlar boshlarida turar joy binolari, masjidlar, saroy va o'quv yurti binolari, choyxonalarning devor va shiftlari jimjimador naqshlar bilan bezatildi. Ayniqsa devor sirtiga daraxtlar, guldastalar, guldonli guldastalar, gulli butoqlar jonli chiziqlar bilan bezatildi. Chunonchi Quvadagi Zayniddin boyning uyi, Toshkentdagi knyaz N.K. Romanovlar saroyi, A.A.Polovtsev uyi, Marg'ilondagi Saidmahmudxo'ja madrasasi va boshqalar. Farg'ona naqshi Xo'jand, Marg'ilon, Farg'ona, Andijon, Namangan, Chust, Quva, Oltiariq va Rishton shaharlarida vujudga kelgan uslublardan iborat" [2]. Namangan naqqoshlik va ganchkorlik san'atini rivojida usta Ibrohim Mamadalievning ham o'z o'rni bor. Usta 1976 yil Toshkentdagi P.Benkov nomidagi respublika rassomlik bilim yurtini tamomladi. Ustozlari naqqosh, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi (1968). Tohir To'xtaxo'jaev va ustaning akasi Tojimirza Mamadalievlardan naqqoshlik va ganchkorlik sir-asrorlarini egallagan. Ustaning qo'l ostida o'ttizdan ortiq shogirdlar yetishib chiqqan. Ustaning ijodiy ish bilan mashg'ulligi bilan birgalikda shogirdlar tayyorlashga ham alohida e'tibor berdi. Bu esa shogirdlar uztozning mavjud an'analarini uzluksiz davom etishini ta'minlaydi. Bulardan Ilhomjon Xudayberganov, Islomjon To'xtasinov, Abduraxim Sultonov, Davlatbek Shahrixoniy, Ismoiljon Mamadaliev, Ilhomjon Ashuraliev, Olimjon Ergashev, Zokirjon Yusupov, Isroiljon Dedaboev, Sayfiddin Maxmudov, Komiljon Nurmatov, Ismoiljon Elnazarov, Nosirjon Xudayberganovlar o'z ijodlarini davom ettirib, yurtimizda qurilayotgan binolarni naqsh va ganch san'ati bilan bezab, soha rivojiga o'z hissalarini qo'shmoqdalar.2 Ustaning yutuqlaridan biri naqshlar chizishga ixtisoslashgan pardozlash ustalarining maxsus guruhlarni tuzdi. O'zi boshchiligida alohida guruh, shogirdlaridan esa yana alohida guruhlar shakllandi. Ustaning uslubini Andijonlik shogirdlari o'sha hududlarda davom ettirdi. Xozirgi kunda ustaning o'g'li

1 ARAQI — me'moriy bezak; binolarni bezashda ishlatiladigan handasiy naqsh. Ishlanishi jihatidan muqarnas, sharafani eslatadi. Sharq, jumladan, O'zbekiston me'morligida keng qo'llaniladi.

2 Ushbu naqqoshlar orasida Olimjon Ergashev, Ismoiljon Mamadaliev, Ilhomjon Ashuraliev, Zokirjon Yusupovlar vafot etgan.

Bekzod Mamadaliev va nabirasi Sherzod Ibrohimov ustaning ijod yo'lini davom ettirmoqda.

Ibrohim Mamadaliev ijodi o'tgan asrning saksoninchi yillari va mustaqillik davrining o'n yilliklarida sermaxsul kechgan. Qurilgan bino intererlarini naqsh va ganch kompozitsiyalari bilan bezab, Farg'ona vodiysida, Toshkent, shuningdek (Rossiya, Ukraina va Qirg'iziston) respublikalaridan buyurtmalar olib, katta e'tibor qozondi. Ustaning ijodida Andijon viloyatining diqqatga savovor joylari, "Andijon xalqaro aeroporti" (1994 yil), "Andijon jome masjidi" (1982 y), "Andijon Temir yo'llar restarani" (1983yil) , Andijondagi "Bog'i Bobur" majmuasini 1992-1993 yillarda naqsh va ganchkorlik asarlari bilan bezadi.

Namanganda esa "Madaniyat saroyi" (1985y), "Chortoq tumani markaziy choyxonasi" (1985y), "Chortoq Sanatoriyasi" (1981y), "Namangan Ip yigiruv fabrikasi" (1987y), "Chortoq profilaktoriya" binosi (1987y), "Yangiqo'rg'on tilla magazini" binosi (1982y), Kosonsoy markaziy choyxonasi" (1987y), Yangiqo'rg'on avtoshox bekati binosi (1989y), Yangiqo'rg'on 29-sonli avtobaza binosi (1989y), To'raqo'rg'on tumanidagi "Shahand sanatoriysi" binosi (1991 y), "Namangan shahar prokratura binosi" (1997y), "Namangan shahar Savdogar bank" binosi (1997 y), Uchqo'rg'on "Qizil Rabot suv tozalagich" binosi (1997 y), usta va shogirdlariningning qo'lida sayqal topdi. Farg'onada esa "Farg'ona korparativ instituti" (1990y), Marg'ilon shoyi ipak fabrikasi (1990 y), Farg'ona viloyati Oltiriq masjidida (1990 yil) ishlangan naqsh va ganch bezaklarida nafislik, yangi shakllarni takomillashib borganini ko'rish mumkin. Ustaning ijodida naqsh kompozitsiyalarida, o'zaro shakllar uyg'unligi va barg naqshlarini 3 go'zalligi bilan farqlanadi. Binolardagi naqsh va ganch ishlari bir-birini qaytarmasligi va bino arxetekturasiga uygunligi ustaning nozik didi va professional mahoratidan dalolat beradi. Usta xar bir bino uchun alohida loyiha (eskiz) tayyorlaydi. Tayyorlagan axta4lardan foydalanib bo'lgach esa uni saqlab qo'ymaydi. Shogirdlariga ham shuni uqtiradi. Bu esa ustani doimiy izlanishda va rivojlanishga turtki bo'ladi. Bir eskizni boshqa yerda ishlatilmasligi esa kompozitsiyani orginalligini ta'minlaydi. Usta shogirdlari bilan bajargan naqshu-nigorlar va ganchkorlikning go'zal namunalarini o'rganish davomida ularni quyidagi yo'nalishlarga bo'lib chiqdik.

Ustaning boshqa respublika hududlarida bajarilgan ishlari hozircha qanday saqlangani to'liq o'rganilmadi. Yaltadagi "O'zbekiston sanatoriyasi" 1989-1991yillarda bajarilgan ganch va naqsh bezak ishlari, "Sochi sanatoriyasi" 1989-1990

3 Barg naqshlari - islimiy naqsh elementi; o'simlik bargining bezak san'atidagi badiiy ifodasi, naqsh mujassamotini tashkil etuvchi asosiy elementlardan. Tabiatda uchraydigan o'simlik Barg naqshlari ustalar tomonidan bezakda uslublashtirib olinadi xamda turli (shobarg , qo'shbarg , chorbarg , madohil barg va h. k.) ko'rinishlarda sodda va murakkab holda aks ettiriladi.

4 Axta, ulgi - naqsh yoki rasmni qog'ozga chizib, chiziq yo'llari igna bilan teshib tayyorlangan andaza; shuningdek andazadagi naqshni bezatiladigan buyum, sirtga o'tkazish usuli. Bezatiladigan yuzaga A. qo'yilib ustidan pista kumir kukuni surilsa, rasm asosga tushib qoladi. A. simmetrik takrorlanuvchi taqsimon naqshlar shaklini ko'chirish uchun juda qulay

yillarda bajarilgan ganch bezak ishlari, Qirgiziston respulikasi O'zgan shaxridagi "Madaniyat saroyi" (1982 y) binosida bajarilgan ganch ishlari, shuningdek, O'sh shahridagi Restoran va savdo majmuasida (1985 y) bajarilgan ganch va mozaika ishlari, Jalolobod shahridagi markaziy choyxonada (1992y) bajarilgan ganch va naqsh ishlari shular jumlasidandur. O'zbekiston xududidagi, jumladan Namangan viloyatida joylashgan me'moriy bezaklarlarni o'rganish mabaynida, ustaning ijodini dastlabki davridagi ijodiy ishlarini o'rganish tadqiqotni dastlabki ishlari sifatida belgilab olindi. O'sha davrning eng go'zal me'moriy bezaklari sifatida Yangiqo'rgon tumanidagi avtoshoxbekatni olish mumkin. Ganchkorlik namunalaridan esa Chortoq tumanidagi "Chortoq sanatoriyasi" oshxonasiga ishlangan ish shular jumlasidandir.

Usta va uning shogirdlari tomonidan bajarilgan naqsh va ganch san'ati namunasidir 1-(a)rasm. Katta zalning shiftiga ishlangan kompazitsiyada naqsh va ganch bezaklarining uyg'unlikda ishlanganini ko'rishimiz mumkin. Kompazitsiya ost qismiga oynalardan foydalanilgan. Bu esa xonani inter'erini yanada boyitgan va yorug'likni teng taqsimlanishini ko'rish mumkin. Kompazitsiya 6x20 metrlik keng 2 ta zalni tashkil etadi. To'g'ri to'rtburchak shaklidagi yuzadan 30sm lik bo'rtib chiqqan ikkinchi yuzaga, yuzani 5 ta xovuzchaga ajratilgan. Xovuzchalar esa chuqur bo'lmagan gumbazsimon, o'rta qismi esa bo'rtib chiqqan murakkab shakl kompazitsiyasi tanlangan. Devorda o'rnatilgan yarim kalonna5lar xonaga yanada salobat va vazminlik beradi. Kolonnalar kapiteli6ga bino inter'eriga mos ganch bezaklari bilan bezatilgan. Naqsh bezaklarida islimiy naqshlardan mohirona foydalanilgan. Islimlarning gul barglari bilan o'zaro shakl munosabati kompazitsiyaning murakkabligini yanada oshiradi. Naqsh kompazitsiyasida och yashil rang kolariti tanlangan. Umumiy fonda yashil, sariq va ko'k ranglardan murakkab fon ranglari tayyorlangan. Gul novdalari va islimlarning ritmik takrorlanishi va uyg'unligi kompazitsiyani yanada nafisligini oshiradi. Ganchlar naqsh shakllariga mos xolatda nafis ishlangan. Kompazitsiyada ganch ishlari ichiga chiroqlar qo'yilgan. Naqsh bezaklari yaxshi saqlangan, biroq ganch bezaklari ta'mirga muhtoj.1-(b)rasm.

Chortoq sanatoriyasi oshxona binosiga ustaning shogirdi va jiyani Ismoil Mamadalev boshchiligida ishlar olib borilgan. Oshxona binosi ikki qavatlik bino o'rtasi esa ikkinchi qavat bilan xam o'z ichiga olgan katta zaldan iborat. Tayanch ustunlar va rigillar, devorlar esa ganch kompazitsiyalari bilan bezatilgan Ustundagi Ismoil Mamadaliev va uning shogirdlari tomonidan ishlanganini yozib qoyilganini ko'rishimiz mumkin. 2-(a) rasm. Milliy ganchkorlik san'atida oynadan foydalanishni

Kalonna- (frans. solonne, lot. solumna — to'g'ri) — bino tomini ko'tarib turishga xizmat qiladigan, ko'ndalang kesimi aylana shakldagi bino qurilmasi, me'moriy orderlarning ishlov berilgan tik tayanch qismi, ustun.

6 Kapitel (lot. capitellum — kallak) — kolonna, ustunning tepa bezatilgan qismi. K.lar qad. me'morlikdagi order tizimida takomillashtirilgan. U arxitrav (bosh ustun, hari)ni yoki ustiga qo'yilgan yukni ushlab turadi. K. dastlab Sharqsa, keyinchalik Yevropa me'morligida keng qo'llanilgan. O'rta Osiyo, Sharq, Kavkazda ham milliy naqsh va bezakli K.lar mahalliy me'morlikning o'ziga xos uslubida shakllangan.

nöcTii^^Bl 154 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

Buxorolik mashhur Usta Shirin Murodov yangi uslub yaratadi. Bu oynapardoz uslubidir. Ustalar bu binoda ham ganch bezaklarida oynadan keng foydalanishgan. Bu esa zalning kengligini yanada oshirib, bezaklarni o'ziga xos ko'rinishini ta'minlagan. Ganch bezaklari orasida tovus tasviri bir biriga qarab turgan xolati o'yilgan. Tovus dumlari esa gul va novda bezaklari bilan ba'diiylashtirilgan. O'yma naqsh kompozitsiyasida shoh-barg va tupbarglar yirik jimjimador qilib bezatilgan. Devorlarga o'yilgan ganch o'ymakor namoyonlar joylashtirilgan, atrofi geometrik mayda ensiz zanjira, islimiy hoshiya naqshlar bilan bezatilgan. Namoyonlar xuddi yuqoriga qarab o'sayotgan tabiat o'simliklarini eslatadi. Pardoz turlari xonaga tushayotgan yorug'lik hisobiga juda o'rinli tanlangan. Derazadan tushgan yorug'lik oynalarda sinib bezaklarni yanada badiilashtirgan. O'yma ganch zaminlari bilan ishlangan. Zaldagi bezaklar inter'erdan kelib chiqib, to'g'ri tanlanganligi, uning jozibasi haligacha yo'qotmagan. O'yma naqsh kompozitsiyalari qat'iy va aniq ritm asosida tuzilgan. 2-(b)rasm. Ushbu memoriy bezak qo'shni respublikadan dam olish maqsadida kelgan sayyohlarda va mahalliy dam oluvchilarda katta taassurot qoldirgan. Xozirda bino qayta ta'mirlashga topshirilgan.

Umuman olganda, XX asr oxiri va XXI-asr boshlarida Namangan viloyatida me'moriy obidalar, masjidlar va davlat ma'muriy binolari, turar joy binolari, choyxonalarni naqqoshlik va ganchkorlik san'ati asarlari bilan bezash alohida o'rin egallagan. Yangiqo'rg'onlik katta naqqosh va ganchkor ustalar Javlonbek Jamolov, Asqarali Akbarov va Ibrohim Mamadalievlar ushbu san'atni badiiy xususiyatlarini yanada boyitishga katta xissa qo'shdilar. Ibrohim Mamadaliev ijodiga oid Namangan, Andijon va Farg'ona viloyatlari shaharlaridagi me'moriy bezaklar va ularni saqlanish holatlarini o'rganishga harakat qildik. Binolar keyinchalik turli maqsadlarda foydalanilgani, ularning aksariyati ta'mirlash natijasida naqsh va ganch ishlarini saqlab qolish muammosi mavjud ekanligi ko'zga tashlanmoqda.

Binobarin, me'moriy bezaklar holati bilan tanishish jarayonida bu yerda fotografik fiksatsiya zarurati, ularning ko'pchiligini saqlab qolgan bezak turlarini san'atshunoslik tahlili asosida o'rganish dolzarbligi sezilmoqda. Bu esa Namangan me'moriy bezak turlarida naqqoshlik va ganchkorlik san'atining shakllanishi va rivojlanishining mahalliy ko'rinishlarida yanada to'liqroq tasavvur beradi.

Ilovalar

1-(b)rasm."Yangiqorg'on avto shoxbekati. Naqsh va ganch "1982y

2-(a )rasm."Chortoq Sanatoriyasi" Ganch. 1981y

2-(b )rasm."Chortoq Sanatoriyasi" Ganch. 1981y

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Mirziyoev SH. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. 1-jild.-T.: "O'zbekiston" 2017.592

2. O'zbek xalq amaliy bezak sanati. S.Bulatov. Toshkent."Mexnat"1991

3. Ro'zimov B.A Rajabova S, Ismoilov Yu, Qosimov A.Namangan viloyati madaniy merosi, «Namangan» 2013

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.