XALQ AMALIY SAN'ATI - O'ZBEK MILLIY VA ZAMONAVIY
ME'MORCHILIGINING AJRALMAS QISMI SIFATIDA (ANDIJON
ME'MORCHILIGI MISOLIDA)
Bobirjon Botirjonovich Qodirov [email protected] Isroiljon Kadirjonovich Urinbayev israilO [email protected] Andijon davlat universiteti
Annotatsiya: Mutaxassislar bu borada to'rtta - Samarqand, Buhoro, Toshkent va Farg'ona (Qo'qon xonligi) me'morchilik maktablari shakllangani, ularning bir-biridan farq qiluvchi hususiyatlari haqida fikr bildiradilar. Biz Farg'ona vodiysi m'morchilik maktabi tarkibiga kiruvchi Andijonda alohida me'mlrchilik va naqqoshlik maktabi shakllanganligi to'g'risida hech qanday ma'lumot yoki manbaga ega emasmiz. O'sha davrga oid va shu kungacha saqlanib qolgan me'moriy obidalarni o'rganish davomida bir nechta moxir, o'ziga hos me'mor va me'moriy bezak ustalari, ustalar sulolalari faoliyati bilan tanishdik. L.I.Rempel bu davrdagi Farg'ona vodiysi ustalarining o'ziga hos me'moriy bezak san'ati asosan yog'och va ganch o'ymakorligi, sir naqqoshligi va koshinkorlikda rivojlanganini yozadi.
Kalit so'zlar: san'atshunoslik, me'morchilik, shaxarsozlik, milliy madaniyat
APPLIED FOLK ART AS AN INTEGRAL PART OF UZBEK NATIONAL AND MODERN ARCHITECTURE (EXAMPLE OF ANDIJAN
ARCHITECTURE)
Bobirjon Botirjonovich Kadyrov [email protected] Isroiljon Kadirjonovich Urinbayev israilO [email protected] Andijan State University
Abstract: Experts comment on the formation of four schools of architecture -Samarkand, Bukhara, Tashkent and Fergana (Kokhanate) and their distinctive features. We do not have any information or sources about the formation of a separate school of architecture and painting in Andijan, which is part of the Fergana Valley School of Architecture. During the study of the architectural monuments of that period, which have been preserved to this day, we got acquainted with the activities of several masters, unique architects and masters of architectural decoration, master
dynasties. L.I.Rempel writes that the unique art of architectural decoration of the masters of the Fergana Valley during this period was mainly developed in wood and ganch carving, enamel painting and tiling.
Keywords: art history, architecture, urban planning, national culture
Tarixiy merosni asrab-avaylash, o 'rganish va avlodlardan avlodlarga qoldirish davlatimiz siyosatining eng muhim ustivor yo 'nalishlaridan biridir. (Sh.MMirziyoyev)
Binoning ichki bezaklari xonaning shift va devor qismlaridan o'rin olgan. Shuningdek ayrim hollarda o'ymakorlik ishlaridan eshik va ustunlarga ham duch kelamiz. Me'moriy interyer bezaklari haqida yozishdan avval, bezaklar uchun asos bo'lgan binokorlik haqida umumiy tushunchaga ega bo'lmog'imiz lozim bo'ladi. Binokorlikda, hususan tom yopishda eng avvalo duradgor ustaning san'atkorona mahorati muhim rol o'ynaydi. San'atshunoslik doktori P. Zohidov:"Tom yopishning uchta uslubi bo'lib, ular vassajuft, qabza ustunli va lampa shift ko'rinishida namoyon bo'ladi," - deydi. Bino shifti naqqoshlik qo'llanadigan asosiy yuza, maydon hisoblanadi. Shuning uchun bino shifti va uning qismlari haqida biroz tushuncha berib o'tishimizni taqozo etadi.
"Ship (shift) - xona, uy ichining tepa qismi, tomning xona ichidan ko'rinish sirti,- ma'nosiga ega.
1) Vassajuft uslubida oddiy tom yopish uchun avval devorga to'sin tashlanib, har ikki to'sinlar oralig'iga tepadan vassalar teriladi va uning tepasidan bo'yra, qamish yoki shox-shabbalar so 'ngra loy ,tuproq bosiladi. Mehmonxona, masjid kabi hashamatli binolar tomlari ancha murakkab bo 'lib, qo 'shimcha sarrob, araqi sarrob, navo, pirmon kabi qismlar bilan ko'tarilib, so'ngra tom yopiladi hamda har bir qismlarga alohida naqshlar bilan sayqal beriladi.
2) Kabza ustunli shiftlaryanada murakkab bo'lib,qo'shimcha ustunchalar bilan shiftning maraziy qism ko 'tarilib, natijada shiftda chuqur hovuzaklar hosil bo 'ladi. Ayrim hollarda hovuzaklar teasi gumbazsimon uslubda yopiladi.Bunday shift qismlariga ham o 'ziga hos va joyiga mos naqshlar bilan bezak beriladi.
3) Lampa uslubidagi shift ikki hil ko 'rinishda bo 'lib, bosma va osma lampa deb ataladi. Osma lampa xona ichidan faqat poytesha bilan ikki tomoniga ishlov berilgan to'sinlarga reykalar orqali fanera yoki DVP osib mahkamlanadi va butun xona bo 'ylab keng tekis yuza hosil bo 'ladi. Bunday yuzalarga naqshlar chizish ustalarga alohida zavq beradi. Bosma lampa bir tomoniga randa bilan bilan tekis pardoz berilgan taxta to 'sin tepasidan mihlanib mahkamlanadigan shift ko 'rinishi.
Uch turdagi shift qismlari har birining o'zaro uyg'un bo'yoqlar bilan beriladigan o'z naqshlari bo'lib, naqqosh ustalar ulardan mohirlik bilan foydalanib kelganlar. Bunday uslubda yopilgan bino xonalari juda ko'rkam, mahobatli va bahavo ko'rinib,
har qanday odamni bahri dilini ochadi, kayfiyatini ko'taradi, Andijon shahrining Eski shahar hududida joylashgan Xojar Noyib (Ark ichi)madrasasi 14-asrga oid bo'lib, viloyatdagi eng qadimiy me'moriy obidalardandir. Madaniy meros me'moriy ob'yekti sifatida davlat muhofazasiga olingan mazkur obida to'g'risida san'atshunos D.Yusupov tomonidan tuzilgan yodgorlik pasporti hamda yog'och o'ymakori Usta Tesha Ismoilov to'g'risidagi kitobida batafsil ma'lumotlar berilgan. Ularda yozilishicha, madrasa tarxi 6 tomonli yopiq hovli, 23 ta hujra, darvozaxona, 3ta gumbaz va kichikroq ayvonli xonaqohdan iborat.Ta'mir ishlariga milliy amaliy bezak san'atining yog'och va ganch o'ymakorligi, sir naqqoshligi va koshinkorlik turlari bo'yicha ustalar jalb etilgan. Madrasaning Bozor ko'chasi tomnidan kirish darvozasi, hujralarning eshiklari, honaqohning 6 ustuni va madrasaga kirish darvozasi Andijonlik usta Teshaboy Ismoilov tomonidan yog'och o'ymakorligi uslubida amalga oshirilgan. Xonaqoh ichki xonasi, ayvon, darvozaxona hamda ayrim hujralar Qo'qonlik ustalar tomonidan sir naqqoshlik san'ati turlarining Farg'ona vodiysi maktabiga hos qadimiy an'analar asosida bezatilgan.
O'ziga hos uslubdagi hovli ko'rinishi tashqariga nisbatan interyer kabi nomoyon bo'ladi. Har bir hujraga kirish alohida mehrobsimon shakldagi devor yuzasi va o'rtadagi pastak o'ymakor eshiklardan iborat bo'lib, gumbaz, namozgoh va darvozaxonalar bilan yaxlit kompozitsiya hosil qiladi. Xonaqoh ustunlarining "ko'zaki" qismiga "madohil shobarg" va "qo'sh band" islimi naqshlari bilan sayqal berilib, "ustunboshi" 8 qirrali uch qatorli muqarnas bezaklari bilan yakunlangan va vassajuft uslubida yopilgan shiftdagi sir naqqoshlik san'ati bilan uyg'unlik hosil qilgan. Usta Tesha eshiklarning har biriga alohida mehr bilan naqshin sayqal va joziba berganligi natijasida pastak eshiklar mahobatli, hush kayfiyat baxsh etuvchi amaliy bezak san'ati namunalariga aylangan. Naqshinkor eshiklar "qushband islimiy", "choryaproq madohil", "mehrobi madohil", "madohil islimiy", "oygul islimiy", "chinnigul islimiy", "namoyon" naqshlari bilan bezatilgan. Naqshinkor eshiklar "qushband islimiy", "choryaproq madohil", "mehrobi madohil", "madohil islimiy", "oygul islimiy", "chinnigul islimiy", "namoyon" naqshlari bilan bezatilgan.
Zaxiriddin Muhammad Bobur tavalludining 530 yilligi munosabati bilan "Xojar Noyib" ("Ark ichi") madrasasi me'moriy obidasida shoh va shoir, davlat arbobi va alloma Bobur yodgorlik muzeyi barpo etilgan. Muzey nafaqat mahalliy balki, xorijiy sayyohlar muntazam tashrif buyuruvchi shaharning eng diqqatga sazovor maskanlaridan biriga aylangan.Viloyatdagi qadimiy yodgor-liklardan yana biri Paxtaobod tumani Madaniyat qishlog'idagi respublika ahamiyatiga ega bo'lgan madaniy meros ob'yekti sifatida ro'yhatga olingan Otaqo'zi madrasasi hisoblanadi. Madrasa qurilishi va uning me'moriy bezaklari haqida san'atshunos D.Yusupov tomonidan tuzilgan madaniy meros ob'yektining pasporti, maqolasi, I.Azimovninig kitobida to'liq ma'lumotlar keltirilgan. Obida pasportida yodgorlikka shunday ta'rif
beriladi:"Madrasa 1870-yillarda Namanganlik ustalardan usta Qirg'izboy va usta Mamajonlar mahorati bilan qad rostlagan betakror milliy me'morchilik san'ati namunasidir. Obidaning betakrorligi eng avvalo uzoqdan yaqqol ko'zga tashlanuvchi shaklu - shamoyilida, me'moriy yechimida, yuksak mahorat namunasi sifatida e'tirof etish mumkin bo'lgan g'isht terish san'atida, o'ziga hos xattotlik hamda go'zal niqqoshlik san'atida, beshta minorasimon guldastalar bilan yakunlanuvchi, ravoqsimon mahobatli peshtog'ida ko'zga tashlanadi". Ushbu ta'rif-dan ma'lum bo'lishicha, madrasa qurilishi va badiy bezak ishlarida me'morchilik bilan birga xalq amaliy san'atining g'ishtkorlik, sir naqqoshligi, yog'och o'ymakorligi va xattotlik yo'nalishlari bo'yicha o'z davrining eng mohir ustalari ishtirok etganlar. Ichki hovli tomonidan namozgohga kirish eshigining o'ymakor naqshlari ta'mir paytida (1980-yillar) yog'och o'ymakori usta Tesha Ismoilov tomonidan asosiy darvozadan andoza olib qayta qilingan. Xonaqoh shifti ustunli, aroqi sarrob to'sinli vassajuft, qisman lampa usulida yopilgan. Madrasa hovlisi to'rtburchak shaklida bo'lib, uch tomoni vassajuft usulida yopilgan xujralar bilan o'ralgan va ular darsxona vazifasini o'tagan. Obida qibla tomonini mahobatli masjid tashkil etadi. Madrasa yuksak did va mahorat bilan eski usuldagi to'rt burchakli pishiq g'ishtdan qad rostlagani uchun ichki va tashqi devorlarini suvash uchun xojat ham bo'lmagan. O'ziga xos naqqoshlik namunalari orasida usta Sa'dullo nomini o'qiymiz va bu go'zallik ijodkori mahalliy Usta Sa'dullo ekanligini anglaymiz. Bu mahobatli me'moriy obidani mutaxassislar Qo'qon xonligi davri me'morchiligining bebaho namunasi sifatida e'tirof etadilar. Madrasa o'z davrining ma'rifat o'chog'i ziyo maskani bo'lib malakali mudarrislar saboq berib, ko'plab ilmi toliblar ta'lim - tarbiya, diniy - dunyoviy bilim olganlar. Madrasa "Otaqo'zi xoji" jome' masjidi nomi bilan respulika ahamiyatidagi madaniy me'ros ob'yekti sifatida davlat muhofazasiga olingan.
Mustaqillik yillaridagi shaxarsozlikni jadal sur'atlar bilan rivojlanishi, bunyodkorlikdagi xalqaro andoza, milliy o'ziga xoslik me'morlarimiz oldiga ulkan vazifalar qo'ymoqda. Qurilayotgan diniy va jamoatchilik va ma'muriy inshoatlar eng avvalo me'moriy ko'rinishi, badiiy yechimi jihatidan qadimiy milliy me'morchilik an'anlari va zamonaviy ruhiyat uyg'unligida bunyod etilmoqda. Ularining tashqi va ichki bezaklariga me'moriy dizayn san'ti borasida malakaga,tajribaga ega amaliy bezak san'ati ustalari ko'proq jalb ztilmoqda. Ularning ijodida milliy an'anaviylik va zamonaviylik ruhiyatni uyg'unligini kuzatamiz.
"Andijon" aeroporti uchun qurilgan maxsus kutish zalining badiiy jihozlash ishlariga rassom Ulug'bek Boltaboyev, ganch o'ymakori Ibrohimjon Mamadaliyev va yog'och o'ymakori Yo'lbars O'taganovlar guruhi taklif etildi. Har bir ijodkor o'z vazifasini oliy darajada ado etdi.Tayyoragoh orqali shahrimizga tashrif buyurayotgan mehmonlar qalbiga ko'taringki kayfiyat, go'zal hissiyot, temir-betonli zamonaviy binoga esa milliy ruhiyat kasb etadi. Tayyoragoh eshiklaridagi "islimiy doira",
"qo'shband isli-miy","changak","o'ynaqi","o'sma gul" kabi an'anaviy naqshlarning usta Yo'lbarsaliga hos bo'lgan ijrosi ko'zimizni quvontiradi. Naqshinkor eshiklar I.Mamadaliyevning o'zbek milliy kashtalaridagi jozibador so'zona, falak, choyshab va zardevorlarni eslatuvchi o'smliksimon va geometrik naqshlar uyg'unligidagi ganch o'ymakorlik san'ati hamda mo''jaz favvora, sitrusli o'simliklar hamda mahobatli rangtasvir ustasi U.Boltaboyevning devoriy suratlari bilan o'zaro uyg'unlikda ajib bir xuzurbaxsh mo''tdil muhit tashkil qiladi",-deb yozadi D.Yusupov. Viloyat hokimligi binosi ichki bezaklari ham o'z davrida milliy amaliy san'at turlaridan foydalanishning betakror namunasi bo'lgan desak mubolag'a bo'lmaydi. Binoning "Ganch zali", uning muallifi bo'lgan I.Mamadaliyev ijodida ham Andijon ganchkorlik san'ati tarixida ham bir voqea bo'lgan desak aslo mubolag'a bo'lmaydi. Eng avvalo mahoratli usta tomonidan ganchkorlik san'atining muvaffaqiyatli badiiy yechimi topilgan. Majlislar zalining makaziga oynavand ganchkorlik usuli bilan O'zbekiston gerbining bo'rtma tasviri tushirilgan. Gerbning devoriy asosiga o'zaro uyg'unlikdagi nafis o'simlksimon va geometrik naqshlar ishlangan. Sahnaning ikki yon va peshona devorlari atrofi, o'ng va orqa devorlar hamda chap yondagi deraza oynalari atroflari ham o'ziga hos geometrik va o'simliksimon naqshlar uyg'unligidagi naqshlar bilan bezatilgan. Ayniqsa hona shiftida usta o'z mahorat darajasini to'la namoyon etgan. Naqshlar kompozitsiyasi, oynavand uslubdan samarali foydalanish, pardoz ijro muvaffaqiyati, naqshlar asosiga berilgan nafis moviy va yashil ranglar zalga yengillik, nafosat va alohida yoqimli ruhiyat olib kirgan. "Ganch zali" va foyedagi ganchkorlik ishlari yog'och o'ymakori Y.O'taganovning naqshinkor eshiklari o'zaro uyg'unlikda ichki muhitning yanada go'zal va hushkayfiyatligi uchun xizmat qiladi. 1993 yilda qurilgan Andijonning Bog'ishamol hududidagi Bog'i Bobur madaniy dam olish oromgohida joylashgan Zahiriddin Muhammad Boburning ramziy maqbarasi, 2018-2019 yillarda qo'shimcha ravishda bunyod etilgan Bobur va jaxon madaniyati muzeyi va masjidlardan tashkil topgan majmua me'moriy va milliy amaliy bezak san'atlari bilan sayqal berilgan ichki hamda tashqi bezaklari bilan bu madaniy-ma'rifiy maskanga tashrif buyuradigan xorijiy hamda mahalliy sayyohlar e'tiborini o'ziga tortishi shubhasiz.
Me'mor-muhandis M.Mirzayev loyihasi bilan milliy me'morchilik an'analari asosida qurilgan alloma maqbarasi markaziy gumbazi va atrofidagi milliy uslubdagi ayvonlari bilan o'ziga hos ko'rinishga ega. Majmuaning badiiy bezak ishlarida viloyatning taniqli ijodkorlaridan yog'och o'ymakori Yo'lbarsali O'taganov, ganch o'yma-kori I.Mamadaliyev va mahobatli rangtasvir ustasi U.Boltaboyevlardan iborat ijodiy jamoa ishtirok etdilar.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. P.Zohidov.Samarqand me'morchilikk maktabi 19-20 asr boshlari.'Tan" nashryoti T. 1965 y.
2. O'zbek tilining izohli lug'ati. 11-tom. 414.b
3. D.Yusupov. E'tirof kitobi. 54-bet.