XORAZM GANCH O'YMAKORLIGI SAN'ATI
Gulchexra Ozodovna Sultanova sultonovagulchehra5 @gmail .com
Xalima Torabayevna Baltayeva baltayevaxalima@gmail .com Urganch davlat universiteti
Annotatsiya: Ushbu maqolada qadimdan Xorazmda ganchkorlik o'ymakorligi san'ati rivojlanganligi bayon etilgan. Ayniqsa tarixiy obidalarda ganchkorlik san'atini keng qo'llanilganligi haqida ma'lumotlar yoritilgan. Xorazm ganchkorlik san'ati boshqa viloyat ganchkorlik maktablaridan o'yish uslubi hamda naqshlarining takomillashganligi bilan farq qilishi borasida fikrlar bayon qilingan. Xorazimlik ganch o'ymakor ustalari va ularning ishlari to'g'risida va Xiva " Ichan - qal'a" Davlat muzey - qo'riqxonasi amaliy san'at bo'limida ham turli ko'rinishdagi ganchkorlik namunalari keng o'rin olganligi bayon qilingan. Bugungi kunda bu san'at turi davom etayotganligi, bir qator ma'muriy va madaniy imoratlar ichki va tashqi ko'rinishlarini bezashda keng foydalanilayotganligi haqida ma'lumotlar berilgan.
Kalit so'zlar: Xorazm, ganchkorlik, tarixiy obidalar, ganchkor ustalar, ganchkorlik namunalari, an'analar
THE ART OF THE KHORAZM CARVING ON THE GANCH
Gulchehra Ozodovna Sultanova sultonovagulchekhra5 @gmail .com Halima Torabaevna Baltaeva [email protected] Urgench State University
Abstract: This article states that the art of ganchkor carving has been developed in Khorezm since ancient times. Information about the wide use of the art of carving in historical monuments is highlighted. Opinions are expressed about how the Khorezm art of carving on ganch differs from other regional carvings on ganch schools by improving the style of carving and patterns. It tells about the Khorezim ganch carvers and their works, as well as that in the department of applied art of the Khiva State Museum-Reserve "Ichan-kal'a" there are many samples of ganch carving in various forms. It is reported that this art form continues today, and that it is widely used for interior and exterior decoration of a number of administrative and cultural buildings.
Keywords: Khorezm, ganch carver, historical monuments, ganch masters, examples of ganch carving, traditions
Xorazm qadimdan ilm-fan, san'at rivojlangan ilg'or o'lkalardan biri bo'lgan. Arxeologik izlanishlar natijasi qadimgi Xorazm tuprog'ining rivojlangan fan, madaniyat va hunarmandchilik makoni bo'lganligidan dalolat beradi. Xorazm amaliy san'atining turlaridan kulolchilik, yog'och, ganch o'ymakorligi, kandakorlik, zargarlik, tosh o'ymakorlik, gilamchilik, matoga gul bosish va boshqa ko'plab turlari asrlar osha rivojlanib, takomillashib o'zga xos xususiyatlari mujassamlashgan maktablari shakllangan. Shuning natijasida usta hunarmandlar mehnati samarasida jahonga mashhur betakror tarixiy obidalar barpo etilgan. Masalan, Xorazmdagi Islomxo'ja minorasi, Faxriddin Rozi makbarasi, Juma machiti va boshqa tarixiy obidalar O'rta asr Sharq me'morchilik san'atining go'zal namunalaridan biridir. Ular o'zining soddaligi va naqsh motivlarining ulug'vorligi bilan dunyoga dong taratgan. Xivadagi tarixiy obidalarning har biri shahar me'morchilik ansamblining tarkibiy qismi bo'lsa-da, ammo ularning har qaysisi o'ziga xos takrorlanmas san'at asaridir.
Xorazm arxitektura yodgorliklaridagi o'yib, chizib, pishirib ishlangan naqshlarni ko'rsak o'ziga xos shakllardan iboratligi, naqshlarning o'ziga xos aylanma islimiy kompozitsion tuzilishga egaligi hamda novdalarning juda nozik chizilishi, o'yilishi, chiziqlarni bir-biri bilan kesib ketganligi, jim-jimadorligi bilan ajralib turadi. Xorazm me'morchilikning manzarali bezaklarida geometrik naqshlar keng o'rin olgan bo'lib, O'zbekistonning boshqa viloyatlar naqshlaridan o'zgachadir. Ayniqsa, o'simliksimon naqshlar novdalarning aylanma shaklida harakatlanishi, dinamikligi bilan farq qiladi1. Xorazm san'atida naqshlarni aylanma islimiy tuzilishi juda qadimdan qo'llanib kelganligini guvohi bo'lamiz. Bunga eramizdan oldingi III asrlarda qurilgan Tuproqqal'a saroyi xonalaridagi bezaklarni misol keltirishimiz mumkin. Xorazmdagi XIX asrda oid yodgorliklarda ham aylanma islimiy ko'rinishdagi naqshlar bilan bezatilganligini ko'ramiz.
Xorazmda "madohil", "turunj", "qalampir" shaklidagi naqsh kompozitsiyalari ko'p qo'llanililishi bilan xarakterlidir. Xorazm ganchkorlik san'ati Farg'ona, Buxoro, Toshkent maktablaridan o'yish uslubi hamda naqshlarining takomillashganligi bilan farq qiladi. Xorazm an'anaviy naqshli bezaklari orasida geometrik shakllar hamda o'simliksimon "novda", "barg", "olmaguli", "anor" elementlari keng foydalaniladi.
Ganch uymakor ustalari o'z shogirdlariga naqsh elementlarini chizishdan tortib pardoz bilan tugaguncha bo'lgan bosqichlarni mukammal o'rgatganlar. Shogirdlar ustozlaridan 5-7 yillab ta'lim olgan va ko'p yillar davomida amaliy saboqlar olganlar. Ular ustozlaridan naqsh elementlarini o'rganib naqsh kompozitsiyalarini to'plab borganlar. Shogirdlar o'z ustozlari naqsh kompozitsiyalaridan ijodiy foydalanib va
1 Булатов С.С. Узбекистан халк амалий безак санъати. -Т: Ме^нат, 1991. 16-б
Пс^Щ^^В! 757 ISSN 2181-063Х/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
o'zlarini mustaqil kompozitsiyalarini chizib o'yib tasvirlarlaganlar. Ganch o'ymakor ustalardan Ro'zimat Masharipov, Karimbergan Rahimov, Karimbergan Polvonov, Yusuf Xudoyberganov, Bekjon Yoqubov, Odamboy Bobojonov, Odamboy Yoqubov va boshqalar o'z davrinig taniqli ustalaridan bo'lib, ular qadimiy obidalarni ta'mirlash ishlarida faol ishtirok etib, o'tmishning ilg'or ganchkorlik an'analariga yangi hayot baxsh etganlar. Xorazm ganch o'ymakorligi san'atining yuksalishiga salmoqli hissa qo'shganlar.
Ro'zmat arbob Masharipov Xivaning mashhur naqqosh, ganchkor, gilkor, ustasi hisoblangan. U yoshligidan Xivaning taniqli ustalariga shogird tushib, ulardan ko'p hunar sirlarini o'rgangan. XX asr boshida Ro'zmat usta quruvchi, qo'li gul naqqosh bo'lib, el va xon nazariga tushgan. Usta 1912 yilda Asfandiyorxon (1910-1918)ning topshirig'i bilan Dishan qal'adagi Nurullaboy saroyini qabulxona qismini Xudoybergan hoji, Nurmat naqqosh, Quryoz chaqqon, Bobojon kabi ustalar bilan birga ishlagan. Bu qurilishda ko'rsatgan jonbozligi uchun xon Ro'zmat Masharipovga ustalarning ustasi - "arbob"unvoni bergan. Shundan keyin usta "Ro'zmat arbob" deya elga mashhur bo'lgan. R.Masharipov Xivadagi obidalarni qurish bilan birga, keyinchalik ularni ta'mirlashda ham ishtirok etgan.2 Usta 60 yoshida Pahlavon Mahmud maqbarasini ta'mirlash ishlarida qatnashgan. Keksa usta noyob yodgorlikni qayta tiklashda bor mahorati, teran bilimi va iqtidorini to'la namoyon qilgan.
Xorazm ganch o'ymakorligi namunalarini nafaqat tarixiy obdalar va bino inshootlarda balki muzey ekspozitsiyalarda ham uchratish mumkin. Jumladan, Xiva "Ichan qal'a" davlat muzey qo'riqxonasida Xorazm amaliy san'ati bo'limining ganch o'ymakorligi zalida ham ganch o'ymakorligining turli namunalari o'rin olgan. Muzeyda usta Ro'zmat arbob Masharipov tomonidan 1937 yilda ishlangan Ota darvoza tasviri tushirilgan va islimiy naqshlar bilan bezatilgan ganch namoyon ham saqlanadi.3 Ushbu noyob namoyon naqsh bezaklari juda nozik ishlanganligi bilan tomoshabinlar e'tiborni tortadi.
Xorazm amaliy san'atida ustoz-shogir an'analari muhim o'rin tutadi. Usta Ro'zmat arbob Masharipovning shogirdi Odomboy Bobojonov Xiva naqqoshlik san'atining rivojiga salmoqli hissa qo'shgan. O.Bobojonovning ham bir qator iqtidorli shogirdlar yetishtirgan. Bugungi kunda ustaning naqqoshlik, ganch o'ymakorligi san'ati an'analarini davom etayapttirayotgan, ayni chog'da ganchkorlik sohasida o'ziga xos yangi usulub yaratayotgan ijodiy ishlari bilan nazarga tushgan usta Davlatnazar Muhammedov hisoblanadi. Xalq amaliy san'atiga qiziqish Davlatnazar Muxamedovda Xiva shahridagi maktab-internatda o'qib yurgan paytida uyg'ondi. U 70-yillarda Xivadagi bolalar va o'smirlar saroyida naqqoshlik to'garagida o'z
2 Абдуллаев К. На^шларга битилган умр. - Тошкент: F.Fулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти, 1995.- 48 б.
3 Хива давлат музей курщхонаси, КП 114 ва КП 115
davrining yetuk naqqoshi ganch o'ymakori, rassomlar uyushmasi a'zosi Odomboy Bobojonovdan naqsh chizishni o'rgandi.
D.Muxamedov Toshkentdagi politexnika institutining me'morchilik bo'limida tahsil olgan. U oliygohda bilim olish bilan birga naqqoshlik va ganch o'ymakorligi to'garagida O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi Davlat mukofoti savrindori Maxmud Usmonovdan ganch o'ymakorligi sir-asrorlarini, O'zbekiston Badiiy akademiyasi akademigi Abduraxim Umarovdan loyiha chizishni o'rgandi. D.Muxamedov oliygohni muvaffaqiyatli tugatib, Xorazm viloyati qurilish va me'morchilik bo'limida bosh muhandis lavozimida, keyinchalik "Usto" birlashmasi Xorazm bo'limida faoliyat olib bordi. Shu davlarda loyiha va naqsh chiza oladigan me'mor mutaxassis "Usto" birlashmasiga juda zarur edi. Chunki Xorazm uslubida mukammal ravishda madaniy ma'muriy binolarni xalq amaliy san'ati, ganch o'ymakorligi naqqoshlik, koshinpazlik bilan badiiy bezashga buyurtmalar juda ko'p edi. D.Muxamedov ustozi Odomboy Bobojonov, ganch o'ymakori usta Odamboy Yoqubov, kulol Rayimberdi Matchonov, mashhur ko'hna urganchlik kulol Eshmurod Sapaevlar bilan hamkorlikda o'z ijodiy faoliyat olib borgan. Ota-bobolarining boy an'analariga, uslublariga mukammal naqshlar tizimilariga suyangan holda buyurtmalar uchun ma'muriy va madaniy imoratlar ichki va tashqi ko'rinish loyihalarini chiza boshladi.4
O'zbekiston mustaqillikka erishganidan so'ng hunarmandchilik va xalq amaliy san'ati borasida asrlar davomida to'plangan tajriba, an'analardan bugungi kunda jamiyat taraqqiyotida keng foydalanish masalasi davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Mustaqillik barcha saholar qatori xalq amaliy san'ati shu jumladan ganch o'ymakorligining ham taraqqiy etishiga katta imkoniyatlar yaratib berdi.
1997-yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy sanatni yanada rivojlantirishni davlat yo'li bilan qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoni barcha sohalar qatorida ganchkorlik an'analarini rivojlantirishiga samarali turtki bo'ldi.
Hurmatli Prezidentimiz Sh.Mirziyoev tomonidan xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy san'atini yanada rivojlantirishni davlat yo'li bilan qo'llab-quvvatlash yuzasidan bir qancha qarorlar qabul qilindi.
Bugungi kunda ganchkorlikdan nafaqat devor yoki shiftlarni bezashda, balki ustunlar, ravoqlarni bezashda keng foydalanilmoqda. Chunki u mahalliy iqlim sharoitiga mos xom ashyo bo'lganligi sabab har qanday o'lchamdagi inter'erlarga mos keladi. Shuning uchun nafaqat davlat ahamiyatiga molik imoratlarda, balki keng aholining yashash uylarida ham ganchkorlikdan unumli foydalanishga harakat qilinmoqda.
4 Султанов О. Навдош// "Хоразм хакщати".Т.22.12.1985.Б.3;
Пс^Щ^^В! 759 ISSN 2181-063Х/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
Xorazmlik ganchkor ustalarning ijodiy ishlarini Xivadagi "Malika" xususiy mehmonxonasida, Toshkentdagi Senat binosining kirish qismi katta gumbazi va Majlislar zali devori va shiftilarida, bundan tashqari 2007 yilda Toshkendagi "Xasti-Imom" masjidi katta namozxona zal qismida, 2011 yil "Ichan-qal'a" restorani tashqari va ichkaridagi zal shiftida, 2018-2019 "Navro'z" nomli madaniyat va istirohat bog'idagi Xorazm uylarida va boshqa bir qator binolarda ko'rishimiz mumkin. Ganchkorlik namunalarini kuzatar ekanmiz ularda Xorazm naqqoshlik, ganchkorlik an'analirini saqlab qolishga va ayniqsa, naqshlarida zamonaviy ham milliy naqshlarni uyg'unlashtirishga harakat qilinganligiga guvohi bo'lamiz..
Bugungi kunda Xorazmlik ganchkor ustalar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan barpo etilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi binosini bezatish ishlarida ham o'zlarining munosib hissasini qo'shmoqdalar.
Xiva davlat muzey qo'riqxonasi, KP1436/2 Xiva davlat muzey qo'riqxonasi, KP
6190/2
Ganchkor usta D. Muxamedov ijodiy ishlaridan namunalar.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Bulatov S.S. O'zbekistan xalq amaliy bezak san'ati. -T: Mehnat, 1991.16-b
2. Abdullaev K. Naqshlarga bitilgan umr. - Toshkent: G'.G'ulom nomidagi adabiet va san'at nashrieti, 1995.
3. Xiva davlat muzey qo'riqxonasi, KP 114 va KP 115
4. Sultanov O. Naqqosh// "Xorazm xaqiqati".T.22.12.1985.B.3;