Научная статья на тему 'MUZEYLAR TARIXI VA VIRTUAL MUZEYLARNING PAYDO BO’LISHI'

MUZEYLAR TARIXI VA VIRTUAL MUZEYLARNING PAYDO BO’LISHI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

495
49
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
muzey / galereya / kutubxona / virtual muzey / asori-atiqalar / Italiya uyg’onish davri / virtual muzey.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Temur Abdullayev

Ushbu maqola dastlabki muzeylar, yangi soha ya’ni, virtual muzeylarning qisqacha tarixi haqida so’z boradi. Bu joylar to’g’ridan-to’g’ri muzey deyilmasa ham, u barcha muzey ko’rinishlariga ega edi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUZEYLAR TARIXI VA VIRTUAL MUZEYLARNING PAYDO BO’LISHI»

Chirchik State Pedagogical University Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023

Effectiveness of Introduction of Digital Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni

MUZEYLAR TARIXI VA VIRTUAL MUZEYLARNING PAYDO BO'LISHI

Temur Abdullayev

IJGFO'M yo'nalishi magistranti Chirchiq davlat pedagogika universiteti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola dastlabki muzeylar, yangi soha ya'ni, virtual muzeylarning qisqacha tarixi haqida so'z boradi. Bu joylar to'g'ridan-to'g'ri muzey deyilmasa ham, u barcha muzey ko'rinishlariga ega edi

Kalit so'zlar: muzey, galereya, kutubxona, virtual muzey, asori-atiqalar, Italiya uyg'onish davri, virtual muzey.

Muzey, bu so'zni eshitishimiz bilan hayolimizga qadimiy asori-atiqalar va qimmatli qo'lyozma-yu, kitoblar keladi. Muzeylar tarixiga nazar soladigan bo'lsak, ilk muzeylar hozirgidek alohida binoda joylashgan emas, balki ular saroy yoxud kutubxonalarda, shoh xazinalariko'rinishida bo'lgan. Misol tariqasida, 2500 yil oldin Bobil (Vavilon) malikasi tomonidan qurilgan. Bu joy san'at buyumlari, kolleksiya namunalari, noyob buyimlarni o'z ichiga olgan va shu sababdan ham mo'jizalar xonasi yoki qiziqarli cabinet deb atalsa kerak. Bu muzey miloddan avvalgi 530 yilda Ennidaldi-Nanna muzeyi edi. Bu asori atiqalar to'plamining topilishi 1925-yilgi qazishmalar bilan bog'liqdir, ya'ni, shu yilda arxeolog Leonard Vulli Bobil saroyini qazish chog'ida qizizq artefaklarga duch keladi. Bu artefaktlar ma'lum buyumlar to'plami emas, balki tartiblangan, hatto etiketlangan ilk muzey ashyosi ko'rinishida edi. Lekin bu kolleksiya jamoat uchun mo'ljalanmagan edi. Bunday jamoat uchun mo'ljallangan muzeylar Italiyada Uyg'onish davridan boshlanadi. Shunday muzeylardan biri Kapitolin muzeyidir. Kapitolin 1471 yilda Rim papasi Sixtus IV Rim aholisiga bir guruh muhum qadimgi haykallarni sovg'a qilishdan boshlangan. Yana biri Vatikan muzeyidir. U ham Rim papasi tomonidan tashkil etilgan.

Muzeylar Italiyadan paydo bo'la boshlagan ekan, lekin bizning diyorimizda yoxud O'rta Osiyoda bunday noyob buyumlar saqlovchi joylar bo'lganmi? Bilamizki dastlabki muzey 1876-yilda Toshkentda paydo bo'lgan. Lekin ancha oldin ham muzey deb atalmasa ham kolleksiyalar mavjud bo'lgan. O'zbekistonda muzeylarning tarixi bir necha asrlik tarixga ega. Narshaxiyning "Buxoro tarixi" asarida keltirilishicha arablar Buxoroga yurish qilishganida xazinadan Buxoroni boshqarib turgan malikaga yegishli

https://cspi.uz/

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

917

Chirchik State Pedagogical University Effectiveness of Introduction of Digital

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni

etish samaradorli

jort^

qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan oyoq kiymini topishgan. Yana bir misol, Eron shohi Nodirshoh Buxoro va Xivaga yurish qiladi va bu hududlarni egallaydi hamda boyliklarni olib ketadi. Bu buyumlar orasida Amir Temur maqbarasidagi ashyolar ham mavjud edi. Tarixchi Arabshohning yozishicha :" "Maqbara ichiga sohibqironning" ishchilari, devoilarga qurol yarog'Iari osilgan edi. Bu qurollar oltin kumishdan yasagan bo'lib qimatlilari la'l yoqut sliamlari bilan bezalgan edi. Maq ara gumbazi ostida osmondagi yulduzlarni eslatuvchi oltin, kumush qandillar osilgan edi. Beshta qandil 4000 misqol tilladan yasalgan yerga maqbara o'lchovida inom va duxoba gilamlar solingan edi". Aytishlaricha Nodirshoh bu xazinani olib ketayotganda bu ashyolar ichida G'ori amirdagi nefrit toshi ( Ulug'bek tomonidan Mo'g'ulistonga yurish o'ljasi sifatida olib kelib, shu yerga o'rnatgan) sinib qoladi va buni lanat deb bilib darxol joyiga qaytaradi.

Lekin hozirgi texnika va texnologiyalar rivojlangan davrda muzeylarga qiziqish pasaygandek go'yo, lekin buni ham yechimi mavjud, u ham bo'lsa virtual muzeydir. Bu har tomonlama qulay, arzon va qiziqarlidir. Chunki biz Londonga yoki New Yorkka bormay turib u yerda joylashgan muzeylarga online sayohat qilishimiz mumkin. Virtual muzeylarda an'anaviy muzeylarda bo'lgani kabi tarixiy obyektlar, buyumlar mavjud bo'ladi, ammo ular rasm, video, 3D modellar orqali yaratiladi va siz huddi o'sha muzeyda bo'lgandek taasurotga ega bo'lasiz. Bu turdagi muzeylar paydo bo'lishi o'tgan asrning oxiri bilan bog'liq. 1991-yilda yangi media rassom Jeffri Shou dunyoda birinchi virtual muzeyni taqdim etdi. Sal keyinroq Apple kompaniyasi Bu turdagi muzeylarni CD-ROM sifatida chiqardi hamda 1000 ta maktab, universitetlarga bepul tarqatdi. Bu davrda veb-saytlar ancha oddiy, server esa ancha sekin ishlardi. Shunga qaramay online muzeylar kengaydi. Shundan so'ng, Kompyuter san'at muzeyi, WebMuseum (Parij), Lin Xsin Sin san'at muzeyi, Isroil muzeyi, Oxforddagi Fan tarixi muzeyi, Virtual hisoblash muzeyilari paydo bo'ladi. Yaqin davrlarda muzeylarni raqamlashtirish avj oldi, Bunga COVID-19 pandemiyasi ham ta'sir qilgan desak adashmaymiz. Bu raqamlashtirish insonlarda qiziqishni kuchaytiradi va san'at buyumlaridan bahramand bo'lishiga imkon beradi.

REFERENCES

1.Boltayev. Muzeyshunoslik(o'quv uslubiy qollanma). "Durdona" nashriyoti. Buxoro.2016.

2. Abu Bakr Muhammad ibn Jafar an-Narshaxiy. Buxoro tarixi ( fors tilidan A. Rasulev tarjimasi).

3. en.m.wikipedia.org

4. museums.eu

https://cspi.uz/

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

918

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.