Научная статья на тему 'MUTАXАSSISLАRNI TАYYORLАSHDА OʼQITISHNING ZАMONАVIY DIDАKTIK VOSITАLАRINI YARАTISHNING INNOVАTSION YOʼLLАRI'

MUTАXАSSISLАRNI TАYYORLАSHDА OʼQITISHNING ZАMONАVIY DIDАKTIK VOSITАLАRINI YARАTISHNING INNOVАTSION YOʼLLАRI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
21
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
megatendensiya / didaktika / innovatsiya / taksonomiya / metod / keys / interaktiv. / megatendency / didactics / innovation / taxonomy / method / case / interactive.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Lolaxon Xikmatovna Nematova

Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida alohida bir yo’nalishdagi mutaxassislarni tayyorlashda o’qitishning zamonaviy didaktik vositalarini yaratishning innovatsion yo’llari va uslubiy ko’rsatmalari berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INNOVATIVE WAYS OF CREATING MODERN DIDACTIC TOOLS FOR TRAINING SPECIALISTS

This article presents innovative ways and methodical instructions for creating modern didactic teaching tools for training specialists in a particular field in higher education institutions.

Текст научной работы на тему «MUTАXАSSISLАRNI TАYYORLАSHDА OʼQITISHNING ZАMONАVIY DIDАKTIK VOSITАLАRINI YARАTISHNING INNOVАTSION YOʼLLАRI»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 4 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

MUTAXASSISLARNI TAYYORLASHDA O'QITISHNING ZAMONAVIY DIDAKTIK VOSITALARINI YARATISHNING INNOVATSION YO'LLARI

Lolaxon Xikmatovna Nematova

Buxoro muhandislik va texnologiyalar universiteti [email protected]

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada oliy ta'lim muassasalarida alohida bir yo'nalishdagi mutaxassislarni tayyorlashda o'qitishning zamonaviy didaktik vositalarini yaratishning innovatsion yo'llari va uslubiy ko'rsatmalari berilgan.

Kalit so'zlar: megatendensiya, didaktika, innovatsiya,taksonomiya, metod, keys, interaktiv.

INNOVATIVE WAYS OF CREATING MODERN DIDACTIC TOOLS FOR

TRAINING SPECIALISTS

ABSTRACT

This article presents innovative ways and methodical instructions for creating modern didactic teaching tools for training specialists in a particular field in higher education institutions.

Key words: megatendency, didactics, innovation, taxonomy, method, case, interactive.

Hozirgi vaqtda ilg'or pedagogik texnologiyalarni qo'llashda zamonaviy axborot texnologiyalari keng imkoniyatlar yaratmoqda. Innovatsion texnologiyalar hamda zamonaviy uslublar ta'limning sifat va samaradorligini oshirib, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi. Mazkur innovatsiyalarning samaradorligi ko'p jihatdan ta'lim muassasasida amalga oshirilayotgan innovatsion faoliyatning to'g'ri tashkil etilganligiga bog'liqdir.

O'zbekistonda ta'lim sohasidagi kuchli va izchil siyosat, bir tomondan, jahon ta'lim standartlarining yuksak darajasiga erishishga qaratilgan, ikkinchi tomondan esa xalqimizning ma'naviy-madaniy qadriyatlari va o'ziga xosligini hisobga oladi. 20172021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida fan va ta'lim sohalarini rivojlantirishning eng muhim yo'nalishlari sifatida ilmiy va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish belgilangan.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 4 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

Jahon ta'lim sohasidagi rivojlanish tendentsiyalari axborotlashgan jamiyatda o'qitishning zamonaviy didaktik vositalarini kengroq joriy etish va ularning samaradorligini yanada oshirishning dolzarbligini ko'rsatmoqda. Yevropa mamlakatlariga xos global ta'lim muhitini shakllantirishga ilmiy endashuvlar kontekstidagi "megatendentsiyalar" ko'rsatadiki, ta'limning uzluksizligi va amaliy yo'nalganligini ta'minlash, mustaqil ta'lim olish, ijodiy rivojlanishga yo'naltirish, o'qitishning yangi formatlarini faol rivojlantirishda zamonaviy didaktik vositalarni yaratish va ulardan foydalanish mexanizmlarini takomillashtirish alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Ta'lim jarayonini tasavvur qilar ekanmiz, doimo ko'z o'ngimizga ikki kishi -o'qituvchi va o'quvchi keladi. O'qituvchi rahbarligida o'quvchilar fan cho'qqilarini egallaydilar: o'qish - yozishga topshiriqlar, masalalar yechishga o'tadilar, mavzu bo'yicha xulosalar qilishga, o'z fikrlarini asoslab berish, taqqoslashni o'rganadilar. O'qitish jarayonining samarali bo'lishi ham o'quvchilarga faollik, hamfikrlikni talab qiladi. Xususan bugungi kunda ommaviy axborot vositalarining kengayishini, hayotimizga komptyuter, internet tarmoqlarining kirib kelishi o'qituvchidan juda katta mehnatni talab qiladi.

Bugungi o'qituvchi o'z fanini chuqur bilishi bilan bir qatorda o'qitishni zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda tashkil qila olishi darkor. Demak, o'qitish - bilimlar, malakalar, ko'nikmalar hosil qilish va o'zlashtirish jarayonidir. O'qitishning asosiy vazifasi - yosh avlodni bilimlar bilan qurollantirishdir. Yoshlarga bilim berishda nimalarni asos qilib olish?, nimaga va qanday o'rgatish yo'llarini pedagogikaning didaktika qismi o'rganadi.

Didaktika grekcha so'z bo'lib, «Didayko» - o'qitish, «Didasko» - o'rgatuvchi degan so'zlardan kelib chiqqan bo'lib, ta'lim nazariyasi degan ma'noni anglatadi. Qaysi fan bo'lishidan qat'iy nazar didaktika umumiy qonuniyatlarini hisobga olgan holda o'tiladi, chunki u har bir o'quv fanini o'qitish usullari uchun umumiy asos bo'lib xizmat qiladi.

Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o'qituvchi va o'quvchi faoliyatiga yangilik, o'zgarishlar kiritish bo'lib, uni amalga oshirishda asosan interaktiv metodlardan to'liq foydalaniladi.

Interaktiv metodlar - bu jamoa bo'lib fikrlashdan iborat deb yuritiladi, ya'ni pedagogik ta'sir etish usullari bo'lib, ta'lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarning o'ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o'quvchilarning birgalikda faoliyat ko'rsatishi orqali amalga oshiriladi.

O'qituvchi va o'quvchining maqsadi bo'yicha natijaga erishishida qanday texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi aniq: natijaga erishishga qaratilgan, bunda o'quvchilarning bilim saviyasi, guruh

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 4 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

xarakteri, sharoitga qarab ishlatiladigan texnologiya tanlanadi. Masalan, natijaga erishish uchun balki, kompyuter bilan ishlash lozimdir, balki film, tarqatma material, chizma va plakatlar, turli adabiyotlar, axborot texnologiyasi kerak bo'lar, bular o'qituvchi va o'quvchiga bog'liq.

Xulosa qilib aytganda, innovatsion faoliyatni to'g'ri tashkil etish, ta'lim jarayonida yuzaga kelgan muammolarni aniqlash, muammoni hal etish usullarini shakllantirish, unga doir qaror qabul qilish hamda tanlab olingan qarorni amalga oshirish va uni baholash imkonini yaratib, tizimning alohida tarkibiy qismlaridagina emas, yaxlitlikda butun jarayonga doir muammolarni samarali hal etish imkonini beradi.

Yangi pedagogik texnologiyalarning xislati shundaki, unda qo'yilgan maqsadlarga erishish kafolatini beruvchi o'quv jarayoni rejalashtiriladi va amalga oshiriladi. Darhaqiqat, mashg'ulotlarning muvaffaqiyatli o'tishining 80 foizi ta'lim jarayonini to'g'ri loyihalashtirish, tashkil etish va uni amalga oshirishga bog'liqdir. Kelajakda ta'lim taraqqiyotini harakatlantiruvchi kuch sifatida innovatsion ta'lim o'qituvchi faoliyatini yangilash, ta'lim-tarbiya jarayonini maqbul qurishga, o'quvchi yoshlarda hur fikrlilik, bilimga chanqoqlik, Vatanga sodiqlik, insonparvarlik tuyg'ularini shakllantirishga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

Zamonaviy ta'lim sharoitida texnik oliy ta'lim muassasalarida mutaxassislarni kasbiy bilim, ko'nikma va malakalar shakllantirish bilan bir qatorda ularda bilimlarni mustaqil egallash, kelajakda muammoni mustaqil ravishda hal etishda ijodiy yondashish qobiliyatlari ham shakllanishi kerak. Texnik oliy ta'lim muassasalarida ushbu xususiyatlarni shakllantirishda ularning mustaqil va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish va o'quv biluv faoliyatini faollashtirish muhim ahamiyatga ega.

Texnik oliy ta'lim muassasalarida talabalarni mustaqil va ijodiy yondoshgan holda muammolarni yechimini izlab topish va mustaqil qaror qabul qilish, erkin fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan faol ta'lim metodlaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.Talabalarining bilim olish va o'rganish faoliyatini faollashtirish orqali ularning ta'lim olish imkoniyatlari, mustaqil ishlash qobiliyatlarini hamda amaliy ko'nikmalarini o'rganish darajalarini rivojlantirishga erishiladi, ijodiy yondashgan holda muammolarning yechimini izlanadi.Maxsus fanlardan o'qitish jarayonini faol metodlar asosida tashkil etishda talabaning psixologik imkoniyatlari va aqliy qobiliyati, mustaqil fikrlashi va mehnat qila olishi, ta'lim muassasasidan tashqari bo'sh vaqtidan to'g'ri foydalanishi, o'z ishiga ijodiy yondashishi, kelajakda kasbiy yo'nalish bo'yicha muammolarni mustaqil hal qila olish kabi bir qator jihatlarga e'tibor qaratilishi kerak. Texnik oliy ta'lim muassasalarida talabalarni maxsus fanlarni faol metodlar asosida o'qitish shaxsga yo'naltirilgan ta'limni amalga oshirish imkoniyatlaridan ekanligi ko'rsatildi. Faol ta'lim metodidan maksimal foydalanish orqali maxsus fanlardan qo'yilgan o'quv maqsadlariga,

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 4 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

talabalaming o'rganish faoliyatini faollashtirishni va ta'lim natijalariga samarali erishish mumkin.

Talabalarning ongliligi va faolligini oshirish uchun o'qitish jarayonini shunday tashkil etishni nazarda tutadiki, bunda talabalar ilmiy bilimlarni hamda ularni amalda qo'llash metodlarni ongli va faol egallab oladigan,ularda ijodiy tashabbuskorlik va o'quv faoliyatida mustaqillik,tafakkur, nutq rivojlanadi.

Faol metodlarni o'quv jarayoniga qo'llash, o'qituvchidan ijodkorlik faoliyatini, qolaversa, o'zi dars berayotgan fan (mutaxassislik)ni Blum taksonomiyasining tahlil, sintez va baholash darajalarida o'zlashtirigan bo'lishini talab qiladi [2].

Faol ta'lim metodlaridan o'rinli va maqsadli foydalanilganda pirovard natija -ta'lim samaradorligi an'anaviy ta'limdagiga nisbatan har doim yuqori bo'ladi. Eng asosiysi talabada mustaqil fikrlash, turli masalalarni va muammolarni mustaqil yechimini topish, o'z-o'zini nazorat qilish kabi masalalarning shakllanishini ta'minlaydi [1].

Ta'limni faollashtirishning quyidagi shakl va metodlaridan foydalanish bo'yicha tavsiya beradilar:

- faollashtirish shakllari: kichik guruhlarda ishlash, individual ishlash, juftlikda ishlash, jamoada ishlash, ommaviy ishlash;

- faollashtirish metodlari: keys, amaliy mashq, rolli o'yin, adabiyotlar bilan mustaqil ishlash, ijodiy munozaralar, muammoli vaziyatlar, lateral fikrlash, tajriba almashish kabilardir.

Faol ta'lim metodlarining yuqorida ta'kidlangan ijobiy tomonlari bilan bir qatorda ayrim kamchiliklarni ham aytib o'tish joizdir. Bularga an'anaviy ta'lim metodlariga nisbatan vaqtning ko'p talab qilishi, auditoriyada shovqinning yuzaga kelishi, o'qituvchidan alohida tayyorgarlik talab qilinadi [2].

Faol metodlar yordamida talabalar o'z fikrlarini erkin ifodalash, axborotlarni tanqidiy qabul qilish, jamoa faoliyatida faol ishtirok etish, o'z mavqeini mustahkamlash, fikrlarini himoya qilish, haq - huquqlarini anglab yetish kabi imkoniyatlarga ega bo'ladilar.

Texnik oliy ta'lim muassasalarida talabalarni maxsus fanlarni faol metodlar asosida o'qitish shaxsga yo'naltirilgan ta'limni amalga oshirish imkoniyatlaridan ekanligi ko'rsatilib o'tildi. Faol ta'lim metodidan maksimal foydalanish orqali maxsus fanlardan qo'yilgan o'quv maqsadlariga, talabalarning o'rganish faoliyatini faollashtirishni va ta'lim natijalariga samarali erishish mumkin.

Faollashtirilgan ta'limda - ta'lim jarayonida tarbiya beruvchi va talabalarning ongli va faol ishtiroki, mustaqilligi hamda ijodiy qobiliyatlarini ta'minlovchi ilmiy-pedagogik jarayon yuzaga keladi. Faollashtirilgan ta'lim sharoitida o'zlashtirilgan bilim

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 4 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

va ish harakat metodlarini mazmunan mukammal tizimli, mantiqan tugal va turli ishlab chiqarish vaziyatlarida qo'llanishga juda katta yordam beradi [3] .

Texnik oliy ta'lim muassasalarida talabalarni ta'lim jarayoniga faol metodlarni qo'llash orqali talabalarining bilim imkoniyatlari, mustaqil ishlash qobiliyatlarini, ijodkorligini hamda amaliy ko'nikmalarini o'rganish darajalarini rivojlantirishga erishish mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Nematova L.X. Application jf information technologies at the scientific world and intellectual level of students. Novateur publications a Multisciplinary Peer Reviewed journalVolume 6, Issue 5, May-2020. Р.41-44.

2. Nematova L.X,Sadullayeva D.A. Introduction of electronic textbooks in the process of teaching students. Novateur publications international journal of innovations in engineering research and technology journal.Volume 7, Issue 5, May-2020. Р.270-272.

3. Sharifovna, T. Z., Kizi, T. M. K., Khikmatovna, N. L., Ramazonovna, E. M., Narzullaevna, A. M., & Kizi, K. S. N. (2020). Opportunities for the development of creative abilities of the future teacher and student. Journal of Critical Reviews, 7(12), 103-107.

4. Bahriddinova, N. M., Nematova, L., Hasanova, Z. D., Salomov, B. K., & Khamidov, Y. Y. (2020). Analysis of ecological and toxicological safety of agricultural raw materials of Uzbekistan. Journal of Critical Reviews, 7(14), 310-312.

5. Khujaeva, M. B. Essence of professional education system improvement / M. B. Khujaeva // . - 2022. - Vol. 2, No. 43. - P. 349-353.

6. Хужаева, М. Б. (2023). ПЕДАГОГИЧЕСКИЙ ОПЫТ И КАЧЕСТВА. Scientific progress, 4(1), 334-341.

7. Хужаева, М. Б. (2023). KIYIMLARNI TIKISHDA INSON TANASI O'LCHAMLARINI OLISH USULLARI. Scientific progress, 4(3), 49-57.

8. Shukhratovna, A. G., & Shukhratovna, A. S. (2023). DISTANCE EDUCATION PERSPECTIVES AND INNOVATIONS. Journal of new century innovations, 21(2), 97-99.

9. Pulatova, S., Bebutova, N., Kodirova, S., Tashpulatov, S., & Cherunova, I. (2023, February). Analysis of the Problem of Digital Designing Modern Special Clothes for Extreme Climatic Conditions and Environmental Risks. In XV International Scientific Conference "INTERAGROMASH 2022" Global Precision Ag Innovation 2022, Volume 2 (pp. 2057-2066). Cham: Springer International Publishing.

10. Pulatova, S., & Kodirova, S. (2019). Research of Hygienic Properties and Choice of Materials for Workwear at Electricity Industry. International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering, 9(2), 1258-63.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 4 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

11. Худойбердиева, С. Н. К. (2022). АНАЛИЗ СИСТЕМЫ ОБРАЗОВАНИЯ НЕКОТОРЫХ РАЗВИТЫХ СТРАН. Universum: психология и образование, (3 (93)), 8-10.

12. Nizomiddinovna, K. S. (2022, February). THE IMPORTANCE OF DEVELOPING PROFESSIONAL CREATIVITY OF STUDENTS. In Archive of Conferences (pp. 1719).

13. Худойбердиева, С. Н. (2022). ПОДГОТОВКА ПЕДАГОГОВ ПРОФЕССИОНАЛЬНОГО ОБУЧЕНИЯ С УЧЁТОМ ТРЕБОВАНИЙ СОВРЕМЕННОЙ СИСТЕМЫ ОБРАЗОВАНИЯ. Международный научно-практический электронный журнал «МОЯ ПРОФЕССИОНАЛЬНАЯ КАРЬЕРА». Выпуск №, 33.

14. Kh, K. D., & Kh, N. L. (2022). Determination of Typology Characteristics of Consumers Based on Behavioral Characteristics of Older Women. Zien Journal of Social Sciences and Humanities, 14, 122-125.

15. Ражабова, Г. Д., & Тошева, Г. Д. (2014). КОНСТРУКТИВНЫЙ И ТЕХНОЛОГИЧЕСКИЙ СТЕНД ПРИ ИЗУЧЕНИИ ДИСЦИПЛИН ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ НАПРАВЛЕННОСТИ. In Инновации в строительстве глазами молодых специалистов (pp. 107-110).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.