SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 7 I 2022 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
MUSIQA MADANIYATI DARSI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA ZAMONAVIY AXBOROT TEXNALOGIYALARDAN FOYDALANISHNING
AHAMIYATI
Zarnigor Jondorova
Chirchiq davlat pedagogika universiteti Musiqa ta'limi yo'nalishi talabasi
ANNOTATSIYA
Axborot texnologiyalari - bu axboriy ma' lumotni bir ko'rinishdan ikkinchi, sifat jihatidan yangi ko'rinishga keltirish, axborotni yig'ish, qayta ishlash va uzatishning usul va vositalari majmuasidan foydalanish jarayonidir. Ushbu maqolada musiqa madaniyati darslari samarasini oshirishda darslarni zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanib tashkil etishning o'ziga xosligi va bugungi kundagi ahamiyati haqida so'z boradi.
Kalit so'zlar: Zamonaviy axborot texnalogiyalari, musiqa madaniyati darslari, multimedialar, musiqi dasturlar.
KIRISH
Ma'lumki, ta'lim olish (ma'lumot olish) jarayoni - bu ma'naviy va aqliy qobiliyatlarni tizimli rivojlantirib borish, bilim va tushunchalarni shakllantirish va olingan bilimdan foydalana olish qobiliyatini tarkib toptirishdan iborat bo'lgan jarayondir. Bu jarayon ta'lim oluvchining o'zi orqali yoki boshqa shaxsning ya'ni ta'lim beruvchining ko'magida amalga oshirilishi mumkin.
O'qitishdan ko'zlanadigan maqsad bu davlat ta'lim standartlarida belgilangan bilim va ko'nikmalarini o'quvchiga yetkazishdan iboratdir. Qachonki o'quvchi tomonidan bilim qabul qilinsa va tushunib yetilsa yoki o'quvchi malaka oshirish uchun mo'ljallangan topshiriqlarni amalda namoyish etib bera olsagina, o'qitish muvaffaqiyatli kechdi, deb hisoblasa bo'ladi.
Barcha sohalar kabi pedagogika sohasida ham zamonaviy axborot texnalogiyalaridan foydalanish zamon talabiga aylanib ulgurdi. Hozirgi vaqtda ta'lim jarayonini rivojlantirishning eng istiqbolli yo'nalishlaridan biri bo'lgan maktab ta'limida musiqa madaniyati darslarini zamonaviy axborot texnalogiyalari yordamida tashkil etish o'quvchining darsga bo'lgan qiziqishini oshiradi, olayotgan bilimlarini yuqori saviyada bo'lishiga samarali yordam beradi. Afsuski, hozir ham XXI asrning uchinchi o'n yilligida ta'lim muassasalaridagi ko'pgina musiqa o'qituvchilari darslarda kompyuter texnalogiyalaridan foydalanmaydilar. Musiqa madaniyati darslarida komyuter texnalogiyalaridan foydalanish dolzarb masalaligicha qolmoqda. Biroq ularni amalga oshirish uchun shart-sharoitlar mavjud.
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 7 I 2022 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Bugungi kunda faqatgina ma'ruzaga asoslangan an'anaviy darslar vaqti o'tdi. Axborot oqimi sur'ati tezlashgan bir paytda o'tilayotgan har bir dars rang-barang bo'lmasa, o'quvchi e'tiborini bilimga jalb etish mushkul. Buning uchun o'qituvchi tinmay izlanishi, ijodkor bo'lmog'i darkor. Bunday xolda, ayniqsa darsni o'yinlar asosida ko'rish tizimiga asoslanib o'tish sezilarli samara beradi. O'yinlar esa o'quvchi psixologiyasidan kelib chiqib, tanlangani ma'qul. Birinchi bo'lishga undash uslubi doimo o'zini oqlaydi. Chunki bolalar hamisha o'zini ko'rsatgisi, tengdoshlaridan bir qadam oldinda yurgisi keladi.
Ta'lim sohasida xususan musiqa darslarini tashkillashtirishda
kompyuterlashtirish, internetlashtirish, shuningdek, axborotlashtirish jarayonlari mavjud. Ushbu o'zgarish natijasida ta'lim sifati, samaradorligi va mavjudligi yaxshilanmoqda. Aynan axborot texnologiyalari o'quvchilarga yo'naltirilgan ta'limni yanada qulaylashtirdi.
So'nggi yillarda umumta'lim maktablari, kollej, litseylar va oliy ta'lim muassasalarida tobora ko'proq o'quv fanlarini o'rganishda axborot texnologiyalaridan foydalanishga murojaat qilmoqdalar, ta'lim sohasini axborotlashtirish amalga oshirilmoqda. Axborotlashtirish deganda kompyuter texnologiyalari va yangi axborot texnologiyalarini ishlab chiqarish, ta'lim, odamlarning ijtimoiy va shaxsiy hayotining turli sohalariga joriy etishning faol jarayoni tushuniladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Pedagog-olim V. K. Selevko o'qituvchining kompyuter savodxonligini kompyuterli texnologiya mazmunining muhim qismi deb hisoblaydi va uning tarkibiga quyidagilarni kiritadi:
• informatika va hisoblash texnikasining asosiy tushunchalarini bilish;
• kompyuterli texnikaning umumiy tuzilishi va funksional imkoniyatlarini bilish;
• zamonaviy operatsion tizimlarni bilish;
• umumiy vazifa bajaradigan zamonaviy dasturning qobiqlar va operatsion vositalarini (Norton Commander, Windows va boshqalarini) bilish
hamda ularning vazifalarini o'zlashtirish;
• hech bo'lmaganda bir matn redaktorini o'zlashtirganlik;
• dasturlashtirish algoritmlari, tillari va paketlari haqidagi boshlang'ich tasavvurlarining bo'lishi;
• utilitar (amaliy foyda beradigan) vazifalarini bajaradigan amaliy dasturlaridan foydalanishning boshlang'ich tajribasi.
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 7 I 2022 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7
Umumta'lim maktablarida, xususan musiqa madaniyati darslarini axborot texlnalogiyalari yordamida tashkil etish o'quvchilarning bilish va ijodiy faolligini oshiradi. Musiqa madaniyati darsi o'qituvchining darslarga ijodiy yondoshuvini talab qiladi. O'qituvchi darsda musiqiy dasturlar, mavzu bo'yicha taqdimotlar, komyuter texnalogiyasi yordamida musiqiy o'yinlar tashkil etishi mumkin.
Xususan, multimediya texnologiyalaridan foydalanib interfaol darslarni o'tkazish yaxshi samara beradi. Odatdagi darsda o'qituvchi dars mavzusi mazmunini bayon qiladi, o'quvchilar esa tinglab, ko'rib, eslab qoladilar, kerakli yozuvlarni daftarlariga yozadilar. Ular har qanday ma'lumotni tayyor holda qabul qiladilar. Aksincha, interfaollik o'quvchilarga o'qitish jarayoniga faol kirishishga imkon beradi. Bolalar shunchaki tinglamaydilar. Ular savollar berib, o'z fikrlarini bildiradilar, o'quv materialining tushunarsiz qismlarini batafsilroq anglab olishga intiladilar, baxslashadilar, o'zlari to'g'risida xulosalarga va yechimlarga keladilar. Interfaollikda har ikki tomon: o'qituvchi ham, o'quvchilar ham faollik ko'rsatadi, birgalashib, hamkorlikda darsda qo'yilgan maqsadlarga erishadilar. Biron bir o'quvchi darsdagi asosiy ishdan chekkada qolmaydi.
XULOSA
Shunday qilib, ta' limni, mehnatni va umuman zamonaviy hayotni axborot texnologiyalarisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Bugungi kunda institutlar, universitetlar, gimnaziyalar, maktablar, kollejlar, texnik maktablar va hattoki bolalar bog'chalari eng so'nggi kompyuter texnologiyalari bilan jihozlangan. Musiqada kompyuter texnologiyalarining rivojlanishi istiqbolli, dolzarb va
ob'ektiv zarurdir. Axborot kompyuter texnologiyalaridan malakali va tizimli foydalanish talabalar, o'qituvchilar, tadqiqotchilarga vaqtni yanada samarali taqsimlash, ijodiy salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatini beradi.
REFERENCES
1. Arobidin Xusnidinovich Arabbayev Andijon davlat universiteti o'qituvchisi. MUSIQA DARSLARIDA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING SAMARASI, O'ZIGA XOSLIGI VA BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI.
2. Dadabaeva R.A.,Nasridinova Sh.T., Shoaxmedova N.X., Ibragimova L.T., Ermatov Sh.T., Axborot-kommunikatsiya texnalogiyalar va tizimlar. O'quv qullanma. "Sano-standart",2017. -552b.
3. Tojiev Nuriddin Shukur o'g'li Samarqand Iqtisodiyot va servis instituti o'qituvchisi Adilov Axror Ablaqul o'g'li Toshkent davlat Iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali o'qituvchisi DARS SIFATINI OSHIRISHDA ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 7 I 2022 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7
4. Qozog'iston Respublikasining 2007 yil 27 iyuldagi 319-III-sonli "Ta' lim to'g'risida" gi qonuni (2012 yil 10 iyuldagi o'zgartirish va qo'shimchalar bilan).
5. Xizmat ko'rsatadigan televidenie Musiqa darslarida axborot texnologiyalari / TV xizmat ko'rsatishi mumkin. // Musiqani o'rgatish. - 2007. -№. 10.-C. 15.