Научная статья на тему 'O`SMIRLARNING INTELLEKTUAL VA IJODIY FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK USLUBLARI'

O`SMIRLARNING INTELLEKTUAL VA IJODIY FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK USLUBLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
443
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta’lim / to`garak / interaktiv metodlar / an’anaviy metod / o`quvchi / o`qituvchi / auditoriya / dialog / maruza / kichik guruh / aqliy hujum.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Gavhar Nazarqulovna Pirmanova, Nozigul Bahrom Qizi Haydarova

Ushbu maqolada O`smirlarning intellektual va ijodiy faoliyatini rivojlantirishning pedagogik uslublari va ushbu uslublar orqali darsdan tashqari mashg`ulotlarni samarali tashkil qilish haqida qisqacha tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O`SMIRLARNING INTELLEKTUAL VA IJODIY FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK USLUBLARI»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 5 I 2022 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

OSMIRLARNING INTELLEKTUAL VA IJODIY FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK USLUBLARI

Gavhar Nazarqulovna Pirmanova Nozigul Bahrom qizi Haydarova

Navoiy davlat pedagogika instituti Navoiy davlat pedagogika instituti

pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori magistranti

(PhD), dotsent

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Osmirlarning intellektual va ijodiy faoliyatini rivojlantirishning pedagogik uslublari va ushbu uslublar orqali darsdan tashqari mashg'ulotlarni samarali tashkil qilish haqida qisqacha tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: ta'lim, to'garak, interaktiv metodlar, an'anaviy metod, o'quvchi, o'qituvchi, auditoriya, dialog, maruza, kichik guruh, aqliy hujum.

Umumta'lim maktablarida o'smirlarning intellektual va ijodiy faoliyatlarining rivojlantirilishi hamda takomillashtirilib borilishi bevosita interaktiv o'qitish texnologiyalari zamirida amalga oshadi. Interaktiv o'qitish texnologiyasini mu hammal egallash ham o'qituvchini zamonaviy darslarni tashkil etish omillaridan biridir.

Interaktiv o'qitish Interaktiv so'zi ingliz tilidan olingan bo'lib, "inter" — o'zaro, "act"- faoliyat qilmoq ma'nosini bildiradi. Interaktivlik, bu o'zaro munosabatda bo'lmoq, dialog rejimida o'qimoq ma'nosini bildiradi. Shu sababli interaktiv o'qitish -dialogli o'qitish demakdir. Dialog an'anaviy o'qitish uslublarida ham mavjud, jumladan "o'qituvchi-o'quvchi", "o'qituvchi-o'quvchilar guruhi" ko'rinishida. Interaktiv o'qitishda esa dialog "o'quvchi-o'quvchi", o'quvchi-o'quvchilar guruhi", "o'quvchi-auditoriya", "o'quvchilar guruhi-auditoriya" (guruhlar prezentatsiyasi), "o'quvchi-kompyuter" kabi ko'rinishlarda ham bo'ladi. O'quvchi maruzada fakat "passiv" tinglovchi sifatida emas, balki "aktiv" ishtirokchi sifatida qatnashadi.Buning yorqin dalili sifatida darsdan tashqari to'garak mashg'ulotlarida Angliyaning tarixiy va madaniy yodgorliklarini ingliz tilida o'rgatish jarayonini aytib o'tish joizdir. Misol tariqasida Vestminstr saroyini o'rganadigan bolsak, o'quvchilarning o'tilgan mavzuni qay darajada qabul qilishi va o'zlashtirishi quyidagi jadvalda ko'rsatib berilgan. O'quvchilar tomonidan mavzu ma'lumotlarini qabul qilish va o'zlashtirish darajasi

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 3 I ISSUE 5 I 2022 ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

O'qitishning interaktiv uslublari birinchi navbatda o'quvchining o'quv jarayonini faol ishtirokchisiga aylantirishga qaratilgan innovatsion pedagogik uslublar majmui va texnik vositalar tizimidir. Interaktiv uslubdagi mashg'ulotda o'quvchi berilayotgan ma'lumotlarni tinglashi, o'qishi, ko'rishi, yozib borishi, mavzu bo'yicha savollar berishi, o'z fikrini erkin bayon etishi, amaliy topshiriqlarni bajarishi va o'zining hayotiy tajribasi bilan bog'lab, mavzu bo'yicha nazariy bilim va amaliy ko'nikmalar hosil qilishi lozim. Quyida o'qitishning interaktiv uslublarini ayrimlari to'g'risida ma'lumotlar keltiramiz:1

:Теслинов А.Г., Чернявская А.Г. Образовательные технологии в высшей школе: Формы организации образовательного процесса: Учебное пособие. - Жуковский: МИМ ЛИНК, 2007. - 54-60сс

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 5 I 2022 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

Kichik guruhlarda ishlash. O'quvchilami bir necha guruhga bo'lib, ularga mavzuga oid aniq bir masala yoki vazifa ustida ishlash topshiriladi. Ularga ma'lum vaqt beriladi, keyin berilgan vaqt tugagach har bir guruhning ushbu mavzu bo'yicha qarori, fikrlari tinglanadi. Tadqiqot jarayonida Angliyaning tarixiy va madaniy yodgorliklarini o'quvchilarga o'rgatishda ushbu usul samarali yordam berishiga ishonch hosil qilindi. Masalan Angliyaning mashhur tarixiy yodgorliklaridan biri bo'lmish Big Ben saroyi haqida o'rgatmoqchi bo'lsak, o'quvchilarni interactive o'qitish usulidan foydalangan holda kichik guruhlarga bo'lib darsni tashkillashtirishimiz mumkin. Shu bilan birga o'quvchilarga ushbu tarixiy yodgorlik haqida ma'lumot bermasdan, faqat yodgorlikning suratlarini ko'rsatib, ularning yogdorlik to'g'risidagi fikrlarini so'rash orqali ulardagi intellectual va ijodiy faoliyatni rivojlantirishimiz mumkin Kichik guruhlar uslubida mashg'ulot olib borilganda quyidagilarga erishiladi:

• har bir o'quvchini faol ishtiroki ta'minlanadi va ularning faoliyatini nazorat qilish va baxolash imkoniyati ortadi;

• . O'quvchilar qisqa vaqt ichida ko'plab yangi g'oyalar ijodkori bo'lishadi;

• mashg'ulotning istalgan vaqtida o'quvchilarning qiziqishini orttirish va butun katta guruh bo'yicha muhokama qilish imkoniyati ta'minlanadi;

• ayrim o'quvchilar o'zlarining mavzuga oid ushbu muammo bo'yicha shaxsiy fikrlarini o'qituvchiga aytishdan tortinishadi, kichik guruhlarda esa ular guruhdoshlari bilan erkin fikr almashishadi, ya'ni mashg'ulotda faol ishtiok etishadi.

Aqliy hujum. Aqliy xujum uslubini birinchi bo'lib bundan bir necha o'n yillar oldin F.Osborn Aleks reklamasi orqali Batter, Barton, Dastin va Osborn firmalarida qo'llagan. Keyinchalik ushbu uslubdan yirik xalqaro korporatsiyalar ham foydalana boshlashgan. Hozirgi kunda ko'pgina rivojlangan davlatlarda, ushbu uslub ma'muriy boshqarishda va nodavlat tashkilotlarda oddiy odatiy holga aylandi.

Respublikamizdagi ta'lim muassasalarida ushbu uslubdan 2000 yillardan boshlab foydalanila boshlandi. Ushbu uslubning mohiyati juda oddiy. O'quvchilar mavzuga oid muammoli savol yoki masala bilan tanishtiriladi. Masala bo'yicha o'quvchilar o'z g'oya va fikrlarini bildirishlari uchun aniqvaqt ajratiladi, masalan - 5 minut. 5minut ichida bildirilgan barcha g'oyalar va fikrlar yozib boriladi. Bildirilayotgan g'oyalar baholanmaydi, auditoriyada shovqin bo'lishiga, ayrim o'quvchilaraning boshqa o'quvchi fikri ustidan kulishi yoki uni baholashiga ruxsat berilmaydi. Alohida faol o'quvchilarning yetakchilik qilishlariga, ya'ni faqat bir necha o'quvchi fikr bildirishlariga yo'l qo'yilmaydi. Mumkin qadar barcha o'quvchilar fikrini bayon etishlariga imkoniyat yaratiladi va shu orqali oquvchilarda intellektual va ijodiy faoliyat rivojlantiriladi. Buning yorqin misoli sifatida o'quvchilarga Angliyaning

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 3 I ISSUE 5 I 2022 ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

tarixiy va madaniy yodgorliklaridan biri Vestminster saroyi haqida ma'lumot berishda ushbu usuldan foydalanilsa, samarali natija beradi. Doskaning markaziga "Vestminstr saroyi" deb yozib, Uning atrofiga o'quvchilarning ushbu saroy haqidagi ma'lumotlarini birma-bir yoziladi. So'ng o'quvchilarga Vestminstr saroyi haqida ma'lumot beriladi. Ma'lumotga ega bo'lgan o'quvchilar doskada yozilgan barcha fikrlarni o'qib, mushohada qilishlariga vaqt ajratiladi. Bu orqali o'qituvchi o'quvchilarning Angliya tarixiy va madaniy yodgorliklari to^risida qay darajada ma'lumotga ega ekanliklari haqida bilib olish imkoniga ega boladi.

Aqliy hujum uslubining asosiy qoidalari:

• ilgari surilgan fikr iva g'oyalarni tanqid ostiga olinmaydi va baholanmaydi;

• maqsad-fikr va g'oyalar sonini ko'paytirish;

• qancha ko'p g'oya va fikr bildirilsa, shunchalik yaxshi. Yangi, bebaho fikr va g'oyaning to'g'ilish ehtimoli paydo bo'ladi;

BBXB (bilaman, Bilishni xohlayman, Bilib oldimtexnikasini. Ushbu texnologiyada har bir o'quvchiga shaxsiy topshirik berilishi mumkin. Topshiriq muayyan mavzu bo'yicha savollar tarzida beriladi. O'quvchi ushbu savollar bo'yicha nimalarni bilishini, bilishni xohlashini va mashg'ulot davomida nimalarni qo'shimcha ravishda bilib olganligini BBXB jadvaliga yozadi. Bunda tayanch iborlar o'qituvchi tomonidan berilishi ham mumkin. BBXB JADVALI

№ Mavzu savoli Bilaman Bilishni xohlayman Bilib oldim

1 2 3 4 5

1 Angliya tarixiy va madaniy vodgorliklari haaida ma'lumotga

2 Vestminstr saroyi tarixi haqida ma'lumotga egamisiz?

3 Big Ben so'zinmg ma'nosini s

O'qituvchi o'qitishning interaktiv uslublarni bilishi bilan bir qatorda ularni qaysi mashg'ulot turida, qachon, qanday qo'llashni ham bilishi kerak. Chunki ta'lim -tarbiya jarayonida turli interaktiv pedagogik texnologiyalarni qo'llash guruhdagi tinglovchilarning bilimi, saviyasi, ma'lumoti, yoshi va boshqa ko'rsatkichlarini ham hisobga olishni taqozo etadi. Har bir sinf, har bir o'quvchi (tinglovchi)ga aynan bir mavzuni o'zlashtirishda alohida yondashishni talab etiladi. Shu sababli o'qitishning samaradorligini oshirishda pedagog ijodkor bo'lishi, o'zi ham pedagogik texnologiyalarni rivojlantirishi, boyitishi zarur.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 5 I 2022 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Z. T. Nishonova. Ijodiy mustaqil fikrni tarbiyalashda o'qituvchining rolini oshirish. Ta'lim va tarbiya.-2001.

2. Hoshimov. U.X, Yoqubov I.Y Ingliz tili o'qitish metodikasi - Toshkent. Oqituvchi, 1993. - 190 с.

3. Xarlamov. I.FPedagogika. - М., 1990. - 613 с.

4. Andriyanova V.I. Pedagogicheskiy usloviya i texnologi intellektu-alnogo vospitaniya uchashixsya v sovremenix usloviyax. Bazoiy kriteriy sovremennoy lichnosti -svobodnoye, kriticheskoye, samostoyatelnoye, tvorcheskoye mishleniye. / V uchebno-metodicheskom posobii dlya uchiteley i vospitateley «Formirovaniye intellektualnogo, duxovno-nravstvennogo i fizicheskogo potentsiala uchashixsya obsheobrazovatelinoy shkoli Respubliki Uzbekistan na sovremennom etape. - Toshkent, 2005. - S. 6-10

5. Теслинов А.Г., Чернявская А.Г. Образовательные технологии в высшей школе: Формы организации образовательного процесса: Учебное пособие. - Жуковский: МИМ ЛИНК, 2007. - 54-60сс

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.