Научная статья на тему 'MUSTAQILLIK YILLARIDA SURXON VOHASIDA GO‘SHT VA SUT MAHSULOTLARIGA BO‘LGAN EHTIYOJNI QONDIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR'

MUSTAQILLIK YILLARIDA SURXON VOHASIDA GO‘SHT VA SUT MAHSULOTLARIGA BO‘LGAN EHTIYOJNI QONDIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Surxondaryo / mustaqillik / sut va go‘sht / chorvachilik / parrandachilik / yaylovlar. / Surkhandarya / independence / milk and meat / livestock / poultry / pastures.

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — Tilakov, Abdurahmon Iskandarovich

Mazkur maqolada istiqlol yillarida Surxondaryo viloyatida go‘sht va sut mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyoj va ularni qondirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar borasida so‘z yuritiladi. Shuningdek, chorvachilik sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha mulohazalar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MEETING THE NEED FOR MEAT AND DAIRY PRODUCTS IN SURKHAN OASIS DURING THE YEARS OF INDEPENDENCE: PROBLEMS AND SOLUTIONS

This article discusses the need for meat and dairy products in the Surkhandarya region during the years of independence and the measures implemented to meet them. Also comments on the work being carried out in the field of animal husbandry are presented.

Текст научной работы на тему «MUSTAQILLIK YILLARIDA SURXON VOHASIDA GO‘SHT VA SUT MAHSULOTLARIGA BO‘LGAN EHTIYOJNI QONDIRISH: MUAMMO VA YECHIMLAR»

MUSTAQILLIK YILLARIDA SURXON VOHASIDA GO'SHT VA SUT MAHSULOTLARIGA BO'LGAN EHTIYOJNI QONDIRISH: MUAMMO VA

YECHIMLAR

Tilakov Abdurahmon Iskandarovich

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tarix (yo'nalishlar va faoliyat turlari) yo 'nalishi II bosqich magistranti

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada istiqlol yillarida Surxondaryo viloyatida go'sht va sut mahsulotlariga bo 'lgan ehtiyoj va ularni qondirish bo 'yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar borasida so 'z yuritiladi. Shuningdek, chorvachilik sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bo 'yicha mulohazalar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Surxondaryo, mustaqillik, sut va go'sht, chorvachilik, parrandachilik, yaylovlar.

АННОТАЦИЯ

В данной статье рассматривается потребность Сурхандаръинской области в мясомолочной продукции в годы независимости и реализуемые меры для ее удовлетворения. Также представлены комментарии о работе, проводимой в области животноводства.

Ключевые слова: Сурхандаръинская область, независимость, молоко и мясо, скот, птица, пастбища.

ABSTRACT

This article discusses the need for meat and dairy products in the Surkhandarya region during the years of independence and the measures implemented to meet them. Also comments on the work being carried out in the field of animal husbandry are presented.

Key words: Surkhandarya, independence, milk and meat, livestock, poultry, pastures.

KIRISH

Dunyoda ro'y berayotgan global o'zgarishlar oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash masalasining muhimligini ko'rsatmoqda. Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlarda ham oziq-ovqat narxining keskin oshishi kuzatilmoqda. Mamlakatimiz rahbariyatining aholi ehtiyojlarini qondirish borasida amalga oshirib kelayotgan izchil ijtimoiy siyosati tufayli oziq-ovqat mahsulotlari narxining keskin oshishi kuzatilmadi. Bu borada amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bozor mexanizmlarining barqaror ishlashiga xizmat qilmoqda. Xususan, mamlakatimizda

295

go'sht va sut mahsulotlari, jumladan, parrandachilik mahsulotlari tannarxida ham keskin tebranish kuzatilmaydi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Aholi iste'mol mahsulotlari ichida chorvachilik sohasida ishlab chiqarilgan go'sht va sut mahsulotlarining ahamiyati yuqori darajada bo'lib, so'nggi yillarda aholini ushbu mahsulotlar bilan ta'minlash ko'lamini son va sifat jihatidan oshirish masalasiga alohida ahamiyat qaratib kelinmoqda. Buning uchun intensiv chorvachilikni rivojlantirish, chorvachilik bilan shug'ullanuvchi fermerlar faoliyatini qo'llab-quvvatlashda xalqaro moliya tashkilotlarining yordami muhim ahamiyatga ega. Prezidentimizning 2017-yil 1-iyundagi "O'zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo'mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori mazkur sohani yangi bosqichga olib chiqqanini alohida ta'kidlash joiz. Hujjatga muvofiq, veterinariya sohasida xalqaro aloqalarni o'rnatish jarayoni boshlandi. Mamlakatimizda Butunjahon hayvonlar salomatligi tashkiloti bilan hamkorlik yo'lga qo'yilgan. O'zbekiston hukumati va xalqaro tashkilot o'rtasida veterinariya sohasida shartnoma imzolanib, uning asosida mamlakatimizda veterinariya farovonligini jahon andozalari bilan tenglashtirish maqsadida to'qqiz nafar nufuzli ekspert jalb etildi1.

Surxon vohasi aholisi azal-azaldan chorvachilik bilan shug'ullanib kelgan. Shu boisdan voha aholisining asosiy iste'mol mahsulotlaridan biri go'sht va sut mahsulotlari hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan sohada tub sifat o'zgarishlarini amalga oshirish, uni zamonaviy texnologiyalar bilan ta'minlash ushbu mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi va sifatining oshishiga xizmat qilmoqda. Natijada Surxondaryo viloyatida 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida barcha toifadagi fermer xo'jaliklari tomonidan tirik vaznda 209,8 ming tonna go'sht (2021-yil yanvar-dekabrga nisbatan 103,6 foiz), 936,3 ming tonna sut (102,9 foiz), 542,0 million dona tuxum (104,0%) yetishtirilgan, 6004 tonna baliq (109,6%) ovlangan2.

Surxondaryo viloyati o'zining geografik joylashuvi bilan respublikamizning boshqa viloyatlaridan farq qiladi. Viloyat katta chorvachilik salohiyatiga ega bo'lib, Boysun, Sariosiyo kabi tog'li tumanlar ko'proq tog' chorvachiligiga ixtisoslashgan bo'lsa, Surxondaryo atrofidagi hududlar, shuningdek, yangi o'zlashtirilgan Sherobod

1 Raxmatov A.F. Surxondaryo viloyati fermer xo'jaliklari tomonidan qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish. "O'zbekistonda geografiya fanining dolzarb masalalari" mavzusidagi Respublika ilmiy- amaliy konferensiyasi. - Termiz: 2020-yil. - B. 142-148.

2 Jumayeva Sh.Ch. "O'zbekistonda chorvachilikning rivojlanishi va taraqqiy yetishi: natijalar va muammolar (Mustaqillik yillarida Surxon vohasi misolida)" mavzusidagi tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori dissertatsiyasi avtoreferati. - Termiz:

2023.

296

www.birunijournal .uz

cho'li, Amudaryo bo'yidagi hududlar parrandachilik, asalarichilik, sut va go'shtli chorvachilikka ixtisoslashgan3.

Ma'lumki, aholiga sifatli va arzon sut hamda go'sht mahsulotlarini yetkazib berish chorvachilik uchun yaratilgan shart-sharoitlar, yem-xashak, xomashyo va yaylovlarning mavjudligi bilan bevosita bog'liq. Chorvani boqish uchun yetarli yaylovlar va yem-xashakning mavjud bo'lishi sohada faoliyat olib borayotgan fermer xo'jaliklari va tadbirkorlik subyektlari faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. Statistik ma'lumotlarga ko'ra, 2015-yilda Surxondaryo viloyatida ekin maydoni 284271,0 gektarni tashkil etgan bo'lsa, g'alla uchun makkajo'xori maydonlarining ulushi 0,1 foiz, yem-xashak ekinlari ulushi 6,1 foizni tashkil etdi. Vohada 2015-yilda barcha yerlarda, barcha toifadagi fermer xo'jaliklari bo'yicha yem-xashak ekinlari ekilgan maydonlar 17,2 ming gektarni tashkil etdi. Asosiy maydonlarni silos, yashil yem va pichan uchun ekinlar egallagan. Yem-xashak ekinlarining asosiy qismi fermer xo'jaliklarida joylashgan bo'lib, ular umumiy ekin maydonlarining 81,1 foizini, dehqon xo'jaliklarida 12,6 foizini va qishloq xo'jaligi korxonalarida 6,3 foizini tashkil etadi.

Vohada aholini sut va go'sht mahsulotlari bilan ta'minlash masalalarini quyidagi statistic ma'lumotlar asosida aniqroq tahlil qilish mumkin:

- Surxondaryo viloyatida 2017-yil boshida 892,6 ming bosh qoramol bor edi. 2016-yil boshidagi ko'rsatkichlarga nisbatan qoramollar sonining o'sishi 105,0 foizni tashkil etmoqda. Fermer xo'jaliklarida qoramollar soni 50,4 ming boshni tashkil qiladi. Shu bilan birga, chorva mollari sonining 2016-yil boshidagi ko'rsatkichlarga nisbatan o'sishi 97,5 foizni tashkil etdi. 2015-yilda Surxondaryo viloyatida barcha toifadagi fermer xo'jaliklarida so'yish uchun 155 ming 610 tonna tirik vaznda go'sht va parranda yetishtirildi. Shu bilan birga, fermer xo'jaliklarida 7518 tonna, dehqon xo'jaliklarida 146457 tonna, qishloq xo'jaligi faoliyati bilan shug'ullanuvchi tashkilotlarda 1635 tonna mahsulot yetishtirildi.

- 2015-yilda Surxondaryo viloyatida barcha toifadagi fermer xo'jaliklarida 748 ming 174 tonna sut yetishtirildi. Shu bilan birga, fermer xo'jaliklari tomonidan 17 ming 466 tonna, dehqon xo'jaliklari tomonidan 727 ming 220 tonna, qishloq xo'jaligi faoliyati bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar tomonidan 3 ming 488 tonna mahsulot yetishtirildi.

- Hududda 2017-yil boshida 2089,7 ming bosh mayda hayvonlar bor edi. Shu bilan birga, 2016-yil boshidagi ko'rsatkichlarga nisbatan mayda qoramollar sonining o'sishi 103,2 foizni tashkil etmoqda. Fermer xo'jaliklarida mayda qoramollar soni

3 Solyev A. A. Qishloq xo'jaligi geografiyasi. - Toshkent: 2002. - 78 b.

297

www.birunijournal .uz

293,3 ming boshni tashkil etadi. Qishloq xo'jaligi faoliyati bilan shug'ullanuvchi tashkilotlarda mayda qoramollar soni 2017-yil boshida 72,9 ming boshni tashkil etdi.

- 2017-yil boshida viloyatda 3 985,8 ming bosh parranda bo'lgan. Shu bilan birga, nisbatan parrandalar sonining ko'payishi ko'rsatkichlari 2016-yil boshiga nisbatan 118,9% ni tashkil etadi.

2022-yil 10-mayda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "2022 — 2026-yillarda Surxondaryo viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 245-sonli qarori4 qabul qilingan bo'lib, ushbu qaror asosida aholini arzon va sifatli go'sht-sut mahsulotlari bilan ta'minlash hamda mavjud ehtiyojni qondirish maqsadida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilgan. Jumladan, mazkur qaror asosida chorva mollari bosh sonini ko'paytirish va mahsuldorligini oshirish bo'yicha yangi loyihalarni amalga oshirish, chorvachilik sohasida 146 ta loyihani amalga oshirish bo'yicha moliyalashtirish manbalari aniq ko'rsatilgan manzilli dasturni ishlab chiqish, sun'iy urug'l antirishga jalb etilgan texnik oseminatorlar sonini 254 nafardan 265 nafarga yetkazish, 32 ta chorvachilik subyektlarini "naslchilik toifasi"ga o'tkazish, aholi xonadonlaridagi 196 ming bosh (51 foiz) qora mollarni sun'iy urug'lantirish, Qumqo'rg'on, Shero bod va Boysun tumanlarida qo'ychilik klasterlarini tashkil etish va jundan gilam to'qishni yo'lga qo'yish, parrandachilik yo'nalishida naslchilik xo'jaliklari sonini oshirish, inkubatsion tuxum ishlab chiqarishni 537 ming donaga yetkazish, parrandachilik yo'nalishidagi 22 ta loyihalarni amalga oshirish, shundan 2 ta korxonani modernizatsiya qilish va kengaytirish hamda 2 ta klaster yo'nalishidagi loyihalarni amalga oshirish, aholi xonadonlariga jami 6,5 mln bosh, shu jumladan, 2022-yilda 842 ming bosh parranda tarqatishni yo'lga qo'yish, baliqchilikni rivojlantirish va baliq yetishtirish hajmini ko'paytirish bo'yicha chora-tadbirlarni belgilash, hosildorligi past bo'lgan 820 gektar sun'iy suv havzalarini bosqichma-bosqich intensivlashtirish va baliq yetishtirish hosildorligini 4-5 barobarga oshirish, baliqchilik klasterlari sonini 2 taga yetkazish va 320 ta aholi xonadonlarida kooperatsiya usulida intensiv baliq yetishtirishni yo'lga qo'yish, qimmatbaho sovuq suv baliqlari yetishtiruvchi korxonalar quvvatini 2 barobarga oshirish va yiliga 300 tonna sovuq suv (forel, osyotr, losos) baliqlarini yetishtirish, qayta ishlash korxonalari sonini 1 taga (2 barobarga), omuxta yem korxonalar sonini 2 taga (2,5 barobarga) yetkazish, asalari oilalari sonini ko'paytirish va mahsuldorligini oshirish,

4 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "2022 — 2026-yillarda Surxondaryo viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 245-sonli qarori.

298

2022-yilda asalari oilalari sonini 1,2 mln donaga yetkazish va 27,2 ming tonna asal yetishtirishni tashkil etish maqsad qilib olingan5.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, Surxondaryo viloyatida mustaqillik yillarida aholining chorvachilik mahsulotlari, xususan sut va go'shtga bo'lgan ehtiyojlarini qondirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Bu islohotlar ayniqsa so'nggi yillarda o'zining samarasini ko'rsatmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "2022 — 2026-yillarda Surxondaryo viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 245-sonli qarori.

2. Begamova, N. K. (2022, November). Works Implemented in the Field of Agriculture in Our Country (In the Case of Farms). In International Conference on Multidimensional Research and Innovative Technological Analyses (pp. 148-150).

3. Jumayeva Sh.Ch. "O'zbekistonda chorvachilikning rivojlanishi va taraqqiy yetishi: natijalar va muammolar (Mustaqillik yillarida Surxon vohasi misolida)" mavzusidagi tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori dissertatsiyasi avtoreferati. - Termiz: 2023.

4. Kholmirzaeva, M., & Ruzieva, M. (2021). The role of legal consciousness and legal culture in ensuring the ideological security of the national interests of the people of uzbekistan. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(03), 355-359.

5. Raxmatov A.F. Surxondaryo viloyati fermer xo'jaliklari tomonidan qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish. "O'zbekistonda geografiya fanining dolzarb masalalari" mavzusidagi Respublika ilmiy- amaliy konferensiyasi. -Termiz: 2020-yil.

6. Rozieva, M. R. (2024). GYPSIES OF THE SURKHAN OASIS HAVE UNIQUE ASPECTS OF THEIR LIFESTYLE. Journal of Modern Educational Achievements, 3(1), 221-226.

7. Rozieyva, M. (2024). ETHNOGENESIS AND ETHNIC HISTORIOGRAPHY OF CENTRAL ASIAN GYPSIES. Journal of Modern Educational Achievements, 3(1), 236-242.

5 Solyev A. A. Qishloq xo'jaligi geografiyasi. - Toshkent: 2002. - 19 b.

299

8. Ruzieva, M. (2020). SOCIAL ACTIVITY IN INCREASING THE SPIRITUAL AND INTELLECTUAL POWER OF YOUTH. Теория и практика современной науки, (8 (62)), 25-28.

9. Ruzieva, M. A. (2020). NATIONAL POTENTIALS OF UZBEKISTAN. Теория и практика современной науки, (6 (60)), 26-30.

10. Ruzieva, M. A., Bobomurodov, Q. K., Bobomurodov, S. Q., & Shokirov, R. A. (2020). Problems of coexistence of superconductivity and magnetic ordering of copper sublattices in YBa2Cu3-XFeXO7-X ceramics. Technical science and innovation, 2020(1), 29-34.

11. Solyev A. A. Qishloq xo'jaligi geografiyasi. - Toshkent: 2002.

12. Xolmurzayevna, B. N. (2023). MILLIY QADRIYATLARGA SODIQLIKNI MUSTAHKAMLASHDA TA'LIMDAGI TEXNOLOGIYALARNING O'RNI. BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI, 3(10), 14-18.

13. Бегамова, Н. Х. (2023). УЗБЕКИСТОНДА АГРАР СОХДГА ОИД КАБУЛ КИЛИНГАН КОНУН ^УЖЖАТЛАРИ: ИСЛОХЩЛАР ВА УНИНГ НАТИЖАЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(7), 331-336.

14. РУЗИЕВА, М. А. (2018). ПОНЯТИЕ ДЕМОКРАТИИ И ЕЕ ОСНОВНЫЕ ЧЕРТЫ. Наука среди нас, (3), 102-104.

15. Рузиева, М. А. (2019). ТЕОРИЯ АКТИВИЗАЦИИ ПОЗНАВАТЕЛЬНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ. Актуальные проблемы гуманитарных и естественных наук, (1), 73-77.

16. Рузиева, М. А. (2020). СОВРЕМЕННЫЕ ПОДХОДЫ В МЕТОДИКЕ ПРЕПОДАВАНИЯ ИСТОРИИ ДРЕВНЕГО МИРА. Актуальные проблемы гуманитарных и естественных наук, (1), 168-172.

17. Рузиева, М. А. (2020). СУЩНОСТЬ И ОСНОВНЫЕ НАПРАВЛЕНИЯ СОЦИАЛЬНОЙ ПОЛИТИКИ. Актуальные проблемы гуманитарных и естественных наук, (4), 57-60.

18. Худайназаров, Ф. (2024). КИЧИК БИЗНЕС СУБЪЕКТЛАРИ ФАОЛИЯТИНИ РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ НАЗАРИЙ АСОСЛАРИ. Iqtisodiyot va ta'lim, 25(2), 335-340.

300

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.