MUSTAQILLIK YILLARIDA FITRATNING ASARLARINING AHAMIYATI ( "OILA" ASARI MISOLODA)
Azimova Nilufar
BDU tarixshunoslik,manbashunoslik va ilmiy tadqiqot yo'nalishi 2 kurs magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11669676
ARTICLE INFO
Received: 05st June 2024 Accepted: 10th June 2024 Published: 15th June 2024 KEYWORDS
tarbiya, ta'lim, axloq, ma'naviy tarbiya, saodat, oilani boshqarish, ma'naviy-axloqiy ong, yoshlarning tarbiyasi, ma'naviy-axloqiy sfatlarni shakllantirish, , ma'naviy qiyofa, diyonat, tanqidiy ruh, xulq
ABSTRACT
Ushbu maqolada ma'naviy tarbiyaning Abdurauf Fitratning "Oila" asaridagi pedagogik qarashlari mazmuni, ota-ananing haq-huquqlari, farzand tarbiyasi,er-xotin va farzandlarning o'zaro munosabati oilaning jamiyatdagi o'rni, ma'naviy-axloqiy tarbiyaning insonlar komilligiga ta'siri xususida so'zyurutilgan.
O'zbekistonda yoshlar tarbiyasini zamonaviy asosda ilmiy-texnologik isloh qilish borasida olib borilayotgan ishlar uni bugungi kun ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ilmiy asoslangan tayanch kompetensiyalar, fazilatlar asosida shakllantirishni talab etmoqda. Tarbiyaga yangicha, tizimli yondashuv, bolada tayanch fazilatlarni kafolatli shakllantirishda oila, maktabgacha ta'lim, umumiy ta'lim, o'rta maxsus kasb-hunar va oliy ta'lim muassasalari, mahallalarning ijtimoiy-pedagogik imkoniyatlarini to'liq yuzaga chiqarishni va ular orasida ilmiy-metodik uzviylikni yangi darajaga ko'tarishni taqozo etadi. Abdurauf Fitratning axloqiy qarashlari, milliy o'zlikni anglash haqidagi g'oyalari insonni keng mushohadaga chorlaydi. Allomaning bunday qarashlari, asosan, o'zining "Oila yoki oila boshqarish tartiblari" nomli asarida berilgan. Ushbu asar 1914 yilda yozilgan. "Oila" asari o'sha davrdagi oilaviy munosabatlarni togri yolga solish hamda gozal insoniy fazilatlarni oiladan boshlab shakllantirish xususidagi g'oyalarni o'zida mujassamlashtirgan asar hisoblanadi. U o'zgacha bir shiddatli uslubda yozilgan. Sababi, o'sha davrdagi tuzum shunday buyuk asarlarga ehtiyoj sezgandi. "Oila" asarida ham xuddi shunday tanqidiy ruh hamda da'vat ruhi kuchlidir. Fitrat ona Turkistonni ozod ko'rishni istaydi, buning uchun har bir turkistonlik oila, axloq, tarbiya va erk o'chog'i bo'lishi lozimligini anglaydi. Mutafakkir yangi oilani ana shu tartibda qurishga da'vat etadi. Har jihatdan sog'lom bo'lgan oila yetishtirgan farzandlargina millatni yuksakka ko'tara olishini, uni istibdoddan qutqarishini aytadi: "Bu dunyo kurash maydonidir. Bu maydonning quroli sog'lom jismu tan, aql va axloqdir. Lekin ana shu qurol-aslahamiz sinib, zang bosib chirib ketgan. Shunday qurollar bilan bu dunyoda bizga na saodat va na rohat
bor...", — deb takidladi u.
Asosiy qism. Barchamizga ma'lumki, tarbiya - aniq maqsadli hamda ijtimoiytarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama kamol toptirishga, ularning ongini, ma'naviy-axloqiy qadriyatlar va dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan tizimli jarayondir. Axloq esa ma'naviyatning tarkibiy qismi sifatida shaxs kamolotining yuqori bosqichi sanaladi. "Axloq (arab. xulqning ko'pligi; lot. moralis - xulq-atvor) - ma'naviy hayot hodisasi, ijtimoiy ong shakllaridan biri, ma'naviyat sohasiga oid tushuncha. Kishilarning tarixan tarkib topgan xulq-atvori, yurish-turushi, ijtimoiy va shaxsiy hayotidagi o'zaro munosabat, shuningdek, jamiyatga bo'lgan munosabatlarini tartibga solib turadigan barqaror, muayyan me'yor va qoidalar yig'indisi. Qadimgi ajdodlarimiz komil inson haqida butun bir axloqiy talablar majmuini, zamonaviy tilda
aytsak, sharqona axloq kodeksini ishlab chiqqanlar. Kishi qalbida haromdan hazar, nopoklikka, adolatsizlikka nisbatan murosasiz isyon bo'lishi kerak. Shunday odamgina lafzini saqlaydi, birovning haqiga xiyonat qilmaydi, sadoqatli bo'ladi, Vatani, xalq uchun jonini fido etishga ham o'zini ayamaydi. Axloq talablari kishilarning fe'l-atvori va faoliyatida o'z ifodasini topadi. Axloq talablari kishilarning fa'l-atvori va faoliyatida o'z ifosadini topadi. Axloq hodisa sifatida ijtimoiy faoliyatni tartibga solishning boshqa shakllaridan o'z talablarining asoslanishi va amalga oshirilishi bilan farq qiladi. Axloqme'yorlari hamma uchun barobardir, lekin ular hech kimning buyrug'i bilan joriy etilmagan burch, majburiyat tarzida namoyon bo'ladi. Davlatimiz kelajagi ham, rivojlangan mamlakatlar orasida tutgan mavqei va salohiyati ham, dunyoqarashi, bilimi, aql-zakovati, Vatan, jamiyat va oila oldidagi burchi va mas'uliyatini tog'ri anglashi, bugungi avlodga bog'liqdir. Zero bilim va kasb-hunarga qiziqish, ota-onaga xurmat, do'stga sadoqat, mehr-shafqat, halollik va poklik kabi axloqiy fazilatlar oilada shakllanadi va sayqal topadi. Abdurauf Fitratning "Oila yoki oila boshqarish tartiblari" asari oilaning paydo bo'lishi, uning jamiyatdagi o'rni va ahamiyati, oilada amal qilinadigan ichki tartib va qoidalarga bag'ishlangan. Ayniqsa, asarning "Uylanish yoki uylanmaslik xususida", "Qalin (puli) va to'y qanday bo'lishi lozimligi haqida", "Er-xotinning qanday yashamoqliklari xususida", "Oilaning maishati va idorasi" qismlarida bu masalalar haqida fikr yuritib otgan. Abdurauf Fitrat ushbu asarida har bir yangi oila uchun qo'llanma vazifasini o'tashi mumkin bo'lgan masalalarni yoritadi. U vatanparvarlik va millatparvarlik tamoyillaridan kelib chiqib, kitobning birinchi qismiga, ayniqsa katta etiborni qaratadi. Undan nafaqat o'sha davr balki hozirgi kunda ham yangi oila qurmoqchi bo'lgan yoshlar kichik hajmdagi axloqiy-maishiy, gigienik-salomatlik qomusi sifatida foydalanishi mumkin.Bundan tashqari, asarda oilaning moddiy tomonlari, tashkil topgandan boshlab, buzilishigacha bo'lgan holatlarning axloqiy asoslari to'g'risida ham to'xtalib o'tadi. Bu jihatlarni o'sha davr nuqtai nazaridan qaraydigan bo'lsak juda ijobiy jihat hisoblanadi. Chunki, bu davrda Turkistonda hali meditsina unchalik rivojlanmagan, kishilarning turmush madaniyati ham u qadar yuqori emas edi. Fitrat ko'plab xorijiy davlatlarda bo'lganligi sababli, u yerdagi ijobiy, o'rganish zarur bo'lgan, turmush tarziga oid juda ko'p tajriba orttirgan edi. Er-xotin va farzandlardan iborat, bir shaxs boshchiligida, birga yashovchilar, Fitratning fikricha, oilani tashkil etadi. Asarda har bir oila manfaatini himoya qilish maqsadida turli qonunlar ishlab chiqilgani, ular «manzil tadbir» (ro'zg'or tebratish tadbiri) deb atalgani ta'kidlanadi. SHu ma'noda, muayyan mamlakat aholisi axloqsizlik oqibatida oilaviy munosabatlarini zaiflashtirib yuborsa va intizomsizlikka yo'l bersa, shu millatning saodati ham, hayoti ham shubha ostida qoladi. Oilada ayollarga
Volume 1, Issue 10, June 2024
Page 75
munosabat haqida to'xtalib, Fitrat quyidagi rivoyatni ham keltiradi: "Oysha (r.a.) rivoyat qiladilar. Nabiy alayhissalom dedilar: "Eng komil mo'minlar xushhulq va oilasi bilan lutf ila munosabat qiladiganlardir. O'z xotinlariga mardikarim yaxshilik qiladi va mardilaim yomonlik". Fitrat nazarida mamlakat taqdiri va istiqboli barkamol farzandlarni tarbiyalash bilangina belgilanmaydi. Mazkur asarda millatning ma'rifatparvarligi ayollarga bo'lgan munosabatda ham yorqin namoyon bo'lishi qayta-qayta ta'kidlangan. Kitobning ikkinchi qismi va muhim qismlaridan yana biri farzand tarbiyasiga bag'ishlangan. Fitrat ham tarbiyani an'anaviy yo'nalishda talqin etadi: jismoniy tarbiya, aqliy tarbiya va axloqiy tarbiya. Ana shu uch tarbiya uyg'unligida haqiqiy inson kamol topadi, deb hisoblaydi . Kitobning bu qismida Fitrat, ma'lum ma'noda, o'ziga Shuning uchun ham kitobning ikkinchi bobi «Farzand tarbiyasi» deb nomlanadi. Tarbiya masalasiga ham millatga buyuk foyda yetkazuvchi soha deb qaramoq va uni boshqalarga ishonib topshirib qo'yish oilaning mas'uliyatsizligidandir, degan zarur xulosaga keladi. Fitrat tarbiya haqidagi qadimiy fanlar asosida uni uch shaklda: badantarbiya, aqliy va axloqiy tarbiya deb anglatgan. Biroq ularni bir-biridan ajratib ham bo'lmaydi. Ular o'zaro shunday bog'liqdirki, biriga ziyon yetsa, boshqalarida ham nuqson paydo bo'ladi. Biriga foyda yetsa, boshqalari ham undan bahramand bo'ladi. Oiladagi oddiy mojaro va harakatlar bilan o'ralashmay, bolalarning aqliy, ya'ni fikriy tarbiyasi millatning niyati bilan uyg'un bo'lishi lozim.
Axloqiy tarbiya kishi axloqini kamolga yetkazish, odamning fe'li va harakatiga yaxshi fazilatlarni singdirish demakdir. Hayot binosini qurishda va uning taraqqiyotida avlod tarbiyasining rolini ta'kidlar ekan, Fitrat uch narsa: tansihatlik, sog'lom fikr va yaxshi axloq muhimligini aytib o'tadi. So'ngra esa mana shu tarbiya uchun zarur bo'lgan turli xil vazifalarni ohm jamiyat a'zolari oldiga qo'yish bilan o'z risolatadqiqotini yakunlaydi. Tarixchi olimlarning fikriga qaraganda, odamlar xalq bo'lishlaridan oldin jamoa bo'lib yashash zarur ekanligini bilmaganlar. Shu bois ular tabiiy mushkulotlar ostida azob chekib, hayvonlar hujum laridan halok bo'lganlar. Vaqt o'tishi bilan odamlar jamoa bo'lib yashash lozimligini tushundilar. Ularning birinchi jamoalari «oila», y a'ni «ahli bayt» bo'lgan. Ahli bay! jamoalari asta-sekin rivojlanib qavm va qabila jam oasiga aylangan. Bu m uqaddim adan m a'no shuki, oilaning shakllanishi, ya'ni ahli bayt jamoasi, boshqacha aytganda, oila boshqarishga asos solish bani Odam m adaniyatining asosi ekan. Bizga m a'lum ki, odam lar qayerda qavm yoki qabila bo'lib yashasalar, tinchliklarini saqlash uchun va bir-birlarining huquqlarini muhofaza qilish uchun bir nizom (tartib) va qonun joriy etib, shu qonunlar asosida baxt va saodatga erishganlar. Aks holda o'rtalarida tartibsizlik ro'y bergan zahoti nizom -u qoida yo'qolib, darhol nobud bo'ladilar yoki e 'tiborsiz va xor bo'ladilar. Aslida bu tabiiy va zarur bir hodisadir, chunki odam tabiatan manfaatparast va g'arazli bo'ladi. Bir nechta odam jam bo'lib qolsa, har biri o'z manfaatlariga asir bo'lib, boshqalarning huguqiga tajovuz qilib uni poymol qilmoqchi bo'ladi. Buning natijasi notinchlik va intizomsizlik bo'lib, oqibati yana o'sha nest-nobudlikdir. Albatta, bu tajovuz va bosqinchilikning oldini olish uchun qonun lozim. Ushbu risolaning asosiy mavzusi «oila»dir. Oila er-xotin va farzandlardan iborat. Boshqacha qilib aytganda, oila bir shaxs boshchiligida bir uyda yashovchilardir. Shu ta'riflardan ma'lum bo'ladiki, oila ham bir necha odam lardan iborat bo'lgan jamoa ekan. Ularning har biri insonga xos narsaga, ya'ni o'z manfaatlariga asir bo'ladi. Biri ikkinchisining huquqini tasarruf qilib bosib olishi mumkin. Ana shu tajovuz oldini olish uchun oila a'zolari o'rtasida ham bir qonun lozim. O'tgan olimlar-u hakimlar shu masalada sa'y -harak at qilib qonunlar ishlab
chiqqanlarki, ularning umumiy hay'atini «manzil tadbiri» (ro'zg'or tebratish tadbiri) deb ataydilar.
Xulosa , Aslida dunyoda izzat va saodat tolibi bo'lmagan birorta qavm yo'q. Har bir millatning saodati va izzati, albatta, shu xalqning ichki intizomi va totuvligiga bog'liq. Tinchlik va totuvlik esa shu millat oilalarining intizomiga tayanadi. Qayerda oila munosabati kuchli intizom va tartibga tayansa, mamlakat va millat ham shuncha kuchli va tartibli bo'ladi. Agarda bir mamlakatning aholisi axloqsizlik va johillik bilan oilaviy munosabatlarini zaiflashtirib yuborsa va intizomsizlikka yo'l qo'ysa, shunda bu millatning saodati va hayoti shubha ostida qoladi. Hozirgi Yevropa olimlari ham o'z xalqlari intizomi va oilalarining rohati uchun harakat qilib yuzlab kitoblarni yozib nashr qilmoqdalar. Ishonchim komilki, oila saodati va baxti uchun qabul qilingan eng maqbul qonun islomiy qonunlar bo'ladi. Lekin olamda eng badbaxt oilalar ham biz musulmonlarning ichimizda bo'ladi, chunki biz ilohiy qonunlarning birontasiga rioya qilmay qoyganmiz. Baxtsizligimizning sababi oiladorlik xususidagi har bir harakatimiz, sarob orzularimiz va xato fikrlarimizning natijasi bo'lib, aksariyati muqaddas Qur'oni karim hukmlariga ziddir. Shuning uchun zulm va tajovuz ko'rmagan oilalar bizda nihoyatda kam ko'rinadi. Hozirda taraqqiy etayotgan islomiy o'lkalarda turk, arab, fors olimlari o'z millatlarining kimligini anglab yetib, oila nizomi va tinchligi haqida ancha kitob yozdilar. Bu kitoblarda ular diniy va dunyoviy hukmlarga tayanib oilaviy masalalarga izoh berganlar. Xulosa qilib aytganda, oilaning zimmasiga ulkan va zarur ijtimoiy vazifa yuklangandir. Bola tarbiyasi eng og'ir ijtimoiy vazifa ekanligi barchamizga ayondir. Ota va onaning shaxsiy va ijobiy namunasi solih va soliha farzandlarning kamolga yetishi uchun garovdir. Ostona hatlab tashqi dunyoga qadam qo'yilganida esa bolaga atrof-muhit va jamoatchilikning ta'siri sezilarli bo'ladi. Ta'lim muassasalari va mahalla-koy, umuman, ijtimoiy muhit inson farzandini to hayotining so'ngi daqiqasigacha ta'qib qilib boradi. Shu boisdan, oilaviy munosabatlarda shaxsning umummadaniy dunyoqarashini shakllantirishga erishish, nafaqat shaxsiy hayotda, balki, mamlakatimizda yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar va ularning taraqqiyoti jamiyatning ruhiy va ma'naviy takomilida ham muhim o'rin tutadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Oila yoki oila boshqarish tartiblari / A. Fitrat; tarjimon va izohlar muallifi Sh. Vohidov; mas'ul maharrir H. Boltaboyev. — Toshkent: Cho'lpon nomidagi NMIU, 2013 — 144 b.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 fevraldagi "Jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog'lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo'llabquvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5938 sonli Farmoni 3. A. Avloniy. "Turkiy guliston yoxud axloq". T., "O'qituvchi". 1994 4. M. Imamova. Oilada bolalarning ma'naviy axloqiy tarbiyasi — T. "O'qituvchi". 1999
5. Akbar T. Opportunities to Form Spiritual Competence in Students of the 10- 11th Class //Web of Scholars: Multidimensional Research Journal. - 2022. - T. 1. - №. 8. - C. 160-167. 6. Rustamovich T. A. Islom Ta'limotlarda Shaxs Ma'naviyati Masalalari //TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI. - 2021. - T. 1. - №. 5. - C. 186-190. 7. Xudayqulov, X., & Odinaboboev, F. (2022). nE^ArorMK МОßУ^MbУK;MTMmßАbMННОВАЦMОН TAPAKK™THMHr YCTYBOP MYHA^Mm^AP. Science and innovation, 1(B7), 960-967.
Volume 1, Issue 10, June 2024
Page 77
8.Чарыев, И. Профессор кафедры Педагогики ТерГУ. Одинабобоев Фазлиддин, Магистрант 2-курса ТерГУ. СОВРЕМЕННЫЕ ПРИНЦИПЫ И ЬМЕТОДЫ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ТЕХНОЛОГИЙ. Научно-практический журнал «Энигма» Выпуск № 32 (Апрель 2021)., 93.