Научная статья на тему 'MUSTAQILLIK DAVRI NAVRO‘Z TOMOSHALARI REJISSURASIDA TEATRLASHTIRISH JANRI'

MUSTAQILLIK DAVRI NAVRO‘Z TOMOSHALARI REJISSURASIDA TEATRLASHTIRISH JANRI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
75
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
navro‘z / tomosha / teatrlashtirish / rejissura / xalq ijodiyoti / marosim / urf-odat / sahna / qadriyat

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Jahongir Mamatqosimov

Mazkur maqolada mustaqillikning ilk yillarida hamda Yangi davr yangilanayotgan O‘zbekiston sharoitida nishonlangan Navro‘z tomoshalarida teatrlashtirish janridan foydalanish, teatrlashtirish jarayonida qо‘llanilgan badiiy vositalar, rejissura va rejissorlik g‘oyalarining badiiy talqini haqida ma’lumot berilgan. Shuningdek, o‘tkazilgan Navro‘z bayramlaridagi teatrlashtirilgan sahnaviy tomoshalar tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUSTAQILLIK DAVRI NAVRO‘Z TOMOSHALARI REJISSURASIDA TEATRLASHTIRISH JANRI»

"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal / ISSN 2181-063X Volume 4 Issue 1 / February 2023

MUSTAQILLIK DAVRI NAVRO'Z TOMOSHALARI REJISSURASIDA

TEATRLASHTIRISH JANRI

Jahongir Mamatqosimov j ahongir. 80@mail .ru O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Mazkur maqolada mustaqillikning ilk yillarida hamda Yangi davr yangilanayotgan O'zbekiston sharoitida nishonlangan Navro'z tomoshalarida teatrlashtirish janridan foydalanish, teatrlashtirish jarayonida qo'llanilgan badiiy vositalar, rejissura va rejissorlik g'oyalarining badiiy talqini haqida ma'lumot berilgan. Shuningdek, o'tkazilgan Navro'z bayramlaridagi teatrlashtirilgan sahnaviy tomoshalar tahlil etilgan.

Kalit so'zlar: navro'z, tomosha, teatrlashtirish, rejissura, xalq ijodiyoti, marosim, urf-odat, sahna, qadriyat

THEATER GENRE IN THE DIRECTION OF NAVRUZ PERFORMANCES

THE PERIOD OF INDEPENDENCE

Jahangir Mamatkosimov Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article provides information about the use of the theatrical genre, artistic means used in the theatrical production process, artistic interpretation of directing and director's idea in Navruz performances, which were celebrated in the first years of independence and in the conditions of Uzbekistan's renewal in a new era. Theatrical performances of the celebration of Navruz were also analyzed.

Keywords: Novruz, spectacle, theatricalization, directing, folk art, rite, tradition, stage, value

Necha asrlarki bayramlar inson ma'naviyati ko'zgusi, tarbiya vositasi sifatida nishonlanib kelinmoqda. Bayramlar orqali shaxs tarbiyasiga ta'sir ko'rsatish, insonlarni ilg'or g'oyalar orqali kelajakka ishontirish, jamiyat ravnaqi va farovonligini namoyish etish har bir davr bayramining asosiy maqsadi sanalib kelingan.

Respublikamizda nishonlanib kelinayotgan Navro'z bayrami tomoshalarida xalqimizning ming yillik tarixi, ma'naviyati va madaniyatini namoyish etishda turli badiiy vositalardan hamda teatrlashtirish janridan keng foydalanib kelinmoqda.

Estrada va ommaviy tomoshalarni san'at darajasiga olib chiquvchi eng muhim omil bu teatrlashtirish janridir. Ommaviy bayramda teatrlashtirish deganda - biz harakat mazmunining g'oyaviy-mavzusi, badiiy obrazli shaklda namoyon bo'lishini tushunamiz [1, 52].

Teatrlashtirilgan tomosha deb - teatr va dramaturgiya qonuniyatlarini o'z ichiga olgan, hamda ulardan keng foydalanish uchun kompozitsion tuzilishga ega bo'lgan ommaviy tadbirga aytiladi [2, 110].

Mustaqillik davri Navro'z bayramida xalqchillik, mustaqillikni kuylash, vatan, yurt taraqqiyoti, urf-odatlarni tiklash va ommalashtirish, marosim, xalq ijodiyoti an'analari, inson qadri kabi mavzular teatrlashtirish janri orqali ifodalanib tomoshabinlarga ma'naviy-estetik zavq berib kelmoqda.

Xalqlar orasida do'stlik va birodarlikni targ'ib qilib, urush, bahs va o'zaro sovuqchilikka barham berib, halol mehnat, hashar, insof, adolatga chorlab kelgan Navro'z an'analari bu ishlarda qo'l keldi. Ham shu maqsadda, ham istiqlol tufayli boshlangan milliy qadriyatlarni tiklash harakatining yorqin ifodasi sifatida 1992-yil bayrami, uning Toshkentdagi, viloyatlar va tumanlardagi sayillari, tomoshalari, marosimlari ayni muddao bo'ldi. U umumxalq bayrami sifatida nishonlandi [4, 38].

Bayramning bosh rejissyori va badiiy rahbari etib tayinlangan Abdurashid Rahimov turli millatlar va elatlarning tinch-totuv, ahil-ittifoq yashashi mamlakat Mustaqilligining garovidir, degan g'oyani tomosha konsepsiyasi qilib oldi. Shu maqsadda Xalqlar do'stligi maydoni bor mahobatli sathi bo'yicha tomoshagohga aylantirildi. Mana shu sahnada ko'pdan-ko'p jamoalar, folklor dastalari, taniqli san'atkorlar, sport namoyandalari, havaskorlar, bolalar o'z san'atlari va hunarlarini namoyon etdilar. Ulkan sahnada O'zbekiston badiiy jamoalari Navro'z manzaralarini, xalq quvonchini tarannum etuvchi syuitani ijro etishgan. Bahoroy, Dehqonbobo, Nasriddin Afandi kabi ramziy obrazlar teatrlashgan sahnalarni bir-biriga bog'lab turgan. Mehnat, tinchlik, do'stlik va Mustaqillik g'oyalariga urg'u berilgan.

Asosiy maydonda bir viloyatdan kelgan mehmonlar, bir Toshkent tumani o'z mehnati va ijodidan hikoya qilgan. Mavzular xilma-xil, san'atlar xilma-xil. Repertuar xalq an'anaviy marosimlaridan tortib zamonaviy syuitagacha o'z ichiga qamragan [3].

1994-yil Navro'zni O'zbekiston milliy bog'ida o'tkazish harakati butun mamlakatimizda kechayotgan milliy qadriyatlarni tiklash, ularga zamonaviy ruh bag'ishlash va shu yo'l bilan Mustaqillik mafkurasini yuzaga keltirishdek murakkab va xayrli ishga hissa qo'shish niyatlari asosida amalga oshirildi.

1994-yilgi Navro'zning bosh teatrlashgan tomoshasi Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston milliy bog'i majmuida ulkan xalq shodiyonasi shaklida sahnalashtirildi. Tomosha dramaturgiyasini ham R.Hamidov o'z zimmasiga oldi. Uni besh katta qismdan iborat qilib tuzdi. Bayroqlar hilpiraydi. Sharlar havoda suzadi. Maydonning turli burchaklarida varraklar va laylaklar uchiriladi. Bahorni shu tarzda qarshilagan

I jbÄÜ^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz

sho'x-shodon bolalarning qo'shiq va raqslari maydonni qoplaydi. Hatto badiiy fonda ham bolalarcha sho'xlik, quvnoqlikning ranglar jilvalanadi. Ularga «Gavhar» folklor ansamblining bahorni qarshilash bilan bog'liq marosim-o'yinlari ulanib ketadi. Ular bilan birga Dehqonbobo (bu rolda Muqimiy teatr aktyori F.Ahmedov gavdalangan) chiqib, yer, dehqonchilik, suv, bahor haqida dono fikrlar aytib hammani o'ziga qaratadi. «Dehqon bayrami» syuitasi ijro etiladi.

O'tgan yillar viloyatlardan o'z mahorati bilan ajralib turuvchi biron bir xalq ansambli to'ldirilgan va kuchaytirilgan holda yuboriladi. Bu yil esa har bir viloyatga 50-80 kishilik maxsus yig'ma ijodiy jamoa tuzib, o'sha hududga xos dastur tayyorlab kelish topshiriladi. Shu boisdan deyarli barcha viloyatlar bu ishga mas'uliyat bilan yondashib, sumalak bayramidan tortib, «Sust xotin» nomli yomg'ir chaqirish, «Choy momo» nomli shamolni to'xtatishgacha bo'lgan xilma-xil marosimlarni, qo'shiqlarni, o'yinlarni tiklab, badiiy shaklga solib, milliy bog' maydonida namoyish etdilar. Tomoshabin ko'z o'ngida butun O'zbekistonga xos xalq tomoshalari, raqslari, marosimlari jonlanganday bo'ldi. Ijrolardagi samimiylik, jo'shqinlik, g'ayrat-shijoat va hazil-mutoyiba tomoshaning ushbu eng katta qismi o'ziga xosligini ta'minladi [3].

1995-yil Navro'z bayram tomoshasini tayyorlashga kirishgan tashkiliy qo'mita bayram tarkibi va uslubida keskin yangilikka erishish maqsadida bu ishga rejissyor Bahodir Yo'ldoshevni taklif etadi.

Asar muqaddima va to'rt qismdan iborat bo'lib, unga Abu Rayhon Beruniyning «Osor-ul-boqiya» asarida yozib qoldirilgan Navro'z Alloh tomonidan koinot, quyosh yaratilgan vaqt, farishtalar, payg'ambarlar ulug'langan kun, degan fikr singdirilgan.

Tomoshaning «Suv» deb ataluvchi qismida libosi sharsharani eslatuvchi qiz-Suv ramzi kirib keladi. Yashil rang ko'ylak kiyib, boshlariga gulchambarlar taqib olgan qizlar, suv malikasi atrofida charx uradilar. Navoiyning shu mavzudagi baytlari o'qiladi. Bu yerda muallif folklor-etnografik ansambl tomonidan «Sust xotin» nomli tomoshaning, yog'och ot mingan bolalarning suv sochib, bir-birlariga yaxshi niyat, yorug'lik tilab aytadigan qo'shiqlarining ijro etilishi mumkinligini qayd etadi. Bu qism ham, Xurshid Davron fikricha, xorning tantanavor qo'shig'i bilan yakun topmog'i kerak.

Shundan keyin ssenariyda maydonga Bahor malikasining kirib kelishi o'ylangan. Tomosha ishtirokchilari (ya'ni xalq) bir-birlariga gullar taqdim qilib, bayram bilan qutlashadi. Bir guruh ayollar yetti xil donli ekin maysasi ko'karib chiqqan patnislarni ko'tarib kelishadi. Davraga kelinchaklarni olib kirib, maydonga yoqilgan gulxanlar atrofidan aylantirishadi, qizlar arg'imchoqlarda uchdilar. Dor o'yini. Yog'och ot va yog'och oyoq mingan bolalar maydonning to'rt tomonida o'ynashadi. Charxpalak yetti xil rangda tovlanib aylanadi. Dehqonlar qo'sh haydab (teri yopingan masxarabozlar ho'kizlar qiyofasida gavdalanadilar), qo'shiq aytishadi. Suxandon Rabg'uziyning Navro'z haqidagi masnaviysini o'qiydi. Maydonga nabirasini yetaklab

I icclT^^^^H http://oac.dsmi-qf.uz

Dehqonbobo kirib keladi. U mehmonlarga don ulashadi, yerga sochadi. Suxandon «Yerga urug' sochaylik, bo'tam» degan she'r bilan tomoshani yakunlaydi.

Shunday qilib, Xurshid Davron Navro'zning kelib chiqishini butun olamning yaratilishi, insonning paydo bo'lishi bilan bog'lagan holda o'z ssenariysini Koinot, Suv, Quyosh, Yer qismlaridan iborat qilib tuzadi. Navro'zni tabiat bayrami, ezgulik bayrami sifatida ko'rsatadi. Ssenariyning yaxlitligi, shuningdek, har bir qism o'z ichki qurilishiga ega bo'lib, muallifning maydon tomoshasi dramaturgiyasi xususiyatlarini hisobga olganidan guvohlik beradi. Ramziy timsollarni gavdalantirishda ajdodlarimiz e'tiqod qilgan 7 raqamidan foydalanilgan. Mavzu mantiqli qurilib, o'ziga xos syujet hosil qilingan. Suv, Quyosh, Yer, Yetti sayyora, Bahor malikasi, Dehqonbobo ramziy obrazlari muallifning o'z oldiga qo'ygan maqsadi, syujet qurilmasiga hamohang, mos, qismlarni bir-biriga bog'lashda muallif shoir ovozi (suhandon she'rxonligi)dan foydalaniladi. Tomoshada xilma-xil vositalar (kuy, qo'shiq, xor, marosim, namoyish, raqs, ramziy obrazlar xatti-harakati, obrazli qurilmalar, mahobatli tasvirlar)dan keng foydalanish nazarda tutilgan [5, 88].

Ko'pgina viloyat markazlarida O'zbekiston Milliy bog'ida o'tkazilganiday maxsus ssenariylar yozilib, shu asosda teatrlashgan tomoshalar yaratilgan. Chunonchi, Farg'ona viloyati markazi -Mustaqillik hiyobonida «Uyg'otish» nomli kompozitsiya ko'rsatilgan. Folklor-etnografik jamoalar hamda bolalarning havaskor dastalari o'z san'atlarini namoyish etishgan. Bundan tashqari, alohida teatrlashgan «Sharq bozori» dasturi bo'lib, unda viloyatning barcha tumanlaridan tashrif buyurgan iste'dodli kishilar qatnashgan. Surxandaryo viloyatida esa 1995-yil Navro'z bayrami har bir tumanning o'zida nishonlandi. Viloyat markazi Termizning Hakim Termiziy nomli bosh maydonida ham bayram tomoshasi o'tkazildi, albatta. Ammo, unda yaqin atrofdagi xalq baxshilari, sibiziq va changqovuz chaluvchilar, teatr artistlari qatnashdilar [3].

Yangi davr, yangilanayotgan O'zbekiston sharoitida tashkil etilib o'tkazilgan 2017-yil Navro'z bayrami umumxalq sayli sifatida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning "2017-yilgi Navro'z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish to'g'risida"gi qaroriga muvofiq nishonlandi va quyidagi tartibda o'tkazildi.

Poytaxtimizning Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog'i bayramona bezatilgan. Karnay-surnay sadolari erta tongdan xalqni saylga chorladi.

Bog' hududi "Navro'zi olam muborak!", "Har kunimiz Navro'z bo'lsin!", "2017-yil - Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" kabi shiorlar, xushbo'y gulu chechaklar bilan bezatilgan. Turfa rang bayroqchalar hilpiraydi, rango-rang sharlar mayin epkinlarda tebranadi.

Saylda xalqimizning tarixi, madaniyati, urf-odat va an'analarini aks ettirgan ayvonlar, yo'lak bo'ylab ustayu hunarmandlar, ganchkorlar, kashtado'zu chevarlar

I fcclT^^^^HI 811 http://oac.dsmi-qf.uz

milliy liboslarimizni, do'mbira, doira kabi xalq cholg'u asboblarini, milliy buyumlarni namoyish etishdi. Davlatimiz rahbari ko'rgazmaga qo'yilgan mahsulotlarni ko'zdan kechirdi. Ustalar bilan suhbatlashib, bayram bilan tabrikladi.

Prezidentimiz bayram saylida ishtirok etayotgan xorijiy davlatlar elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillari bilan ko'rishib, ularni bayram bilan muborakbod etdi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev konsert dasturini tomosha qildi. Laparlar, qo'shiqlar, xalq termalari, askiyachilar payrovi qizidi. Folklor jamoalarining kuy-qo'shiqlari qushlar chug'uriga, ko'rkam favvoraning jildirashiga uyg'unlashib ketdi [6].

Ertamizning egalari bo'lgan bolalar chiqishlari, ularning sho'x-shodon kulgulari, mustaqil yurtning barkamol farzandlari ijrosidagi ona Vatanni, ko'klamni, baxtiyor bolalikni madh etuvchi jarangdor kuy-qo'shiqlar, jozibador raqslar barchaga zavq-shavq ulashdi. Navro'z, yoshlik va barkamollikning naqadar uyg'unligi ko'z o'ngingizda gavdalanadi.

So'rilarda qo'r to'kib o'tirgan otaxonlar yana bir bahor bilan yuzlashganiga shukrona keltirib, yurt obodligi, xalq farovonligidan so'z ochadi. Davlatimiz rahbari otaxonlar bilan suhbatlashdi. Qo'llar duoga ochildi.

Navro'z bayrami mamlakatimizda yashayotgan millati, tili, dinidan qat'i nazar, barcha vatandoshlarimiz orziqib kutadigan umumxalq bayramiga aylangan. Bugun mamlakatimizda 130 dan ortiq millat va elat vakillari ahil va inoq yashamoqda. Ular umumiy uyimiz - O'zbekistonimiz ravnaqi yo'lida barcha sohalarda fidokorona mehnat qilmoqda [6].

2019-yil Navro'z tantanalari 21-mart kuni yopiq maydonda ya'ni, Toshkent shahridagi "Humo Arena" majmuasida bo'lib o'tdi. Majmua atrofi bayramona bezatilgan. Navro'zga xos an'analarimiz, xalq amaliy san'ati ko'rgazmasi va dor o'yinlari tashkil etilgan. So'rilardagi dasturxonlarga bahoriy taomlar tortilgan. Karnay-surnay sadolari yangrab, bayram boshlanayotganidan darak berib turdi.

Tantana ishtirokchilari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni qarsaklar bilan kutib oldi. Davlatimiz rahbari barchani Navro'z bayrami bilan tabrikladi.

Bayram sho'x-shodon qo'shiqlar, raqslar bilan davom etdi. Sahnada mamlakatimizning har bir hududi an'analari, o'ziga xos san'ati, xalq o'yinlari ifodalandi. Folklor-etnografik jamoalar dehqonchilikka baraka tilab, Navro'z, tabiat, mehr-oqibat haqida qo'shiqlar aytdi. Estrada xonandalarining chiqishlari, bolakaylarning o'yin-kulgulari barchaga zavq-shavq ulashdi. Sahna ortidagi yirik monitorlarda yurtimiz tabiati, xalqimizning farovon hayoti, keyingi yillardagi bunyodkorlik ishlari namoyish etildi.

Bayram tadbirida davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, parlament va hukumat a'zolari, turli sohalarda samarali mehnat qilayotgan vatandoshlarimiz, mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan diplomatik korpus vakillari ishtirok etdi.

Xalqimiz barcha orzu-havaslari, hayotining mazmunini farzandlarida ko'radi. O'zbekiston istiqlolning dastlabki kunlaridan sog'lom va barkamol avlodni tarbiyalashni o'z oldiga asosiy maqsad qilib qo'ydi. O'tgan yillarda onalarning sog'lom bo'lishi, bolalarning sog'lom tug'ilishi va barkamol ulg'ayishi yo'lida ko'lami va ahamiyati jihatidan betimsol ishlar amalga oshirildi.

Vatanni, bahorni madh etuvchi kuy-qo'shiqlar yangradi. Jajji bolajonlar ko'klam darakchisi bo'lgan boychechak, yalpiz, chuchmomalar ulashdi. Bir tomonda askiya aytayotgan nuroniylarning qah-qahasi ko'tarilsa, bir yoqdan aytishuvda bas kelmayotgan qizlarning kulgulari aks-sado beradi.

Mustaqillik yillarining har yili yuksak dovonlar, zalvorli yutuqlar, betimsol o'zgarishlar bilan Vatanimiz tarixi zarvaraqlariga bitilmoqda. Tarixan qisqa davrda milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an'analarimiz tiklandi. Zamonaviy demokratik davlat qurishning mustahkam poydevori qo'yildi va mustahkamlandi. O'zbekiston iqtisodiyoti jadal rivojlanayotgan, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmasi yuqori, bank-moliya tizimi barqaror yetakchi mamlakatlar safidan munosib joy oldi.

Folklor-etnografik jamoalarning rang-barang ashula va raqslari, sho'x yallalarda, polvonu chavandozlar chiqishida Navro'zning xilma-xil va noyob qirralari namoyish etildi.

Mustaqillik yillarida biz ilgari tasavvur ham qilolmagan, bugun o'zimizga g'urur bag'ishlab, o'zgalarning havasini tortayotgan yuksak marralarga erishmoqdamiz. Buning zamirida mustaqillik, xalqimizning fidokorona mehnati, uzoqni ko'zlab amalga oshirilayotgan oqilona siyosat mujassam.

Navro'z bayramini o'tkazish yosh avlodni tarbiyalash, xalqimiz ijodiyotining eng yaxshi namunalari misolida ular dunyoqarashini shakllantirish, milliy o'zlikni anglashda katta ahamiyat kasb etadi.

Ommaviy tomoshalar xalqning ijtimoiy-madaniy hayotida, xalqning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil qilishda muhim rol o'ynaydi. Ular shaxsning har tomonlama rivojlanishi va ijtimoiy-madaniy faolligini oshirish jarayonini o'ziga xos vazifalarini bajarishga, ya'ni havaskorlik ijodiga jalb qilish va mazmunli dam olish, hordiq chiqarishni uyushtirishga yordam beradi. Ommaviy tomoshalar faqatgina kishilarning hordiq chiqarishinigina emas, balki bilimini, dunyoqarashini o'stirishga, ijodkorligini oshirishga qaratilgan bo'lib, o'z navbatida, jamiyatdagi asosiy ish faoliyati bilan yaxshiroq shug'ullanishga samarali yordam beradi.

Xulosa sifatida shuni qayd etish lozimki Navro'z bayrami tom ma'noda urf-odatlar va marosimlar hamda xalq ijodiyoti namunalarining badiiy ifodasini topgan

madaniy kompleks bo'lib, unda teatrlashtirish janridan keng foydalanish tomoshaning badiiy takomillashuvi kafolatidir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Ahmedov F.E. Ommaviy bayramlar rejissurasi asoslari. - Toshkent: Aloqachi, 2008. - 432 b.

2. Mamatqosimov J.A. Estrada va ommaviy tomoshalar rejissurasi. - Toshkent: Lesson Press. 2019. - 272 b.

3. Navro'z tomoshalari video materiallari.

4. Shodiyev B. Navro'z bayrami. - Toshkent O'zbekiston Miiliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2001. - 144 b.

5. Qoraboyev U.X. O'zbek xalqi bayramlari. - Toshkent: Sharq. 2002. - 202 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.