Научная статья на тему 'MUSTAQIL TA’LIM DARSLARI ORQALI BO’LAJAK FIZIKA O’QITUVCHILARNING RAQAMLI KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI'

MUSTAQIL TA’LIM DARSLARI ORQALI BO’LAJAK FIZIKA O’QITUVCHILARNING RAQAMLI KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
1
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Mustaqil ta’lim / raqamli kompetensiya / fizik jarayonlarning kompyuter animatsiyalarini yaratish fani / raqamli didaktika / kognitiv fikrlash / motivatsiya.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Toshpulatova Shaxlo Ochilovna

Маqоlada pedagogika oliy o’quv yurtlarida bo’lajak fizika fani o’qituvchisining raqamli kompetensiyasini fizik jarayonlarning kompyuter animatsiyalarini yaratish fani orqali mustaqil ishlarni tashkil etish metodikasini takomillashtirish va fzika faniga oid raqamli didaktikani shakllantirish orqali ularning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishning metodik tizimi yoritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUSTAQIL TA’LIM DARSLARI ORQALI BO’LAJAK FIZIKA O’QITUVCHILARNING RAQAMLI KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI»

MUSTAQIL TA'LIM DARSLARI ORQALI BO'LAJAK FIZIKA O'QITUVCHILARNING RAQAMLI KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH

METODIKASI Toshpulatova Shaxlo Ochilovna

T.N.Qori Niyoziy nomidagi O'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti 2-kurs doktoranti, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori PhD. Dotsent https://doi.org/10.5281/zenodo.10981387 Annotatsiya. Maqolada pedagogika oliy o'quv yurtlarida bo'lajak fizika fani o'qituvchisining raqamli kompetensiyasini fizik jarayonlarning kompyuter animatsiyalarini yaratish fani orqali mustaqil ishlarni tashkil etish metodikasini takomillashtirish va fzika faniga oid raqamli didaktikani shakllantirish orqali ularning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishning metodik tizimi yoritilgan

Kalit so'zlar: Mustaqil ta'lim, raqamli kompetensiya, fizik jarayonlarning kompyuter animatsiyalarini yaratish fani, raqamli didaktika, kognitiv fikrlash, motivatsiya.

Ta'lim tizimini modernizatsiyalashtirish jadal rivojlayotgan bir paytda Oliy ta'lim tizimida yuz berayotgan tub o'zgarishlar raqamli iqtisodiyotga o'tish munosabati bilan universitet bitiruvchilarining raqamli kompetensiyasiga qiziqish ortdi, ta'lim paradigmasini yangilash jarayoni faollashtirilmoqda, ta'lim darajasiga yangi talablar qo'yilmoqda. Bo'lajak o'qituvchining raqamli vakolatlari, insonning raqamli dunyo bilan o'zaro munosabatlarining yangi usullarini shakllantirish ta'lim tizimidagi jiddiy o'zgarishlar bilan bog'liq.

Ma'lumki, Respublikamiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan 2022 yil 21-iyunda pedagogik ta'lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta'lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risidagi PQ-289- arori qabul qilingandi. Bu qarorning d bandida 2024 yil 1 sentyabrga qadar pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta'lim muassasalarining o'quv jarayoniga talabalarda mustaqil ta'lim olish, tizimli tahlil qilish va ijodiy fikrlash ko'nikmalarni shakllantirishga qaratilgan metodikalarni joriy qilish ko'rsatilgan. Asosan, Oliy ta'limda DTS asosida ishlab chiqilgan yangi o'quv rejalarda reyting tizimi bo'yicha talabalarning mustaqil ishlari va ularni tashkil etish masalalariga alohida e'tibor qaratilgan bo'lib, bu jarayonda o'qitish jarayonini tashkil qilishni takomillashtirish, ta'limni raqamlashtirish, bo'lajak fizika o'qituvchilarining raqamli kompetensiyasini rivojlantirish orqali ularda professional kompetentlikni rivojlantirish samarali natijalar berishi shubhasizdir.

Raqamli kompetensiya, bo'lajak fizika o'qituvchilarining didaktik va texnologik bilimlari, bu ularga raqamli texnologiyalardan o'zlarining kasbiy amaliyotida foydalanishga imkon beradi, o'qituvchiga Aktdan samarali foydalanish uchun zarur bo'lgan ko'nikmalar va munosabatlarga erishadi. Pedagogika yo'nalishidagi oliy ta'lim muassasalarida shu o'quv yilida Fizik jarayonlarning kompyuter animatsiyalarini yaratish fan sifatida 5110200- Fizika va astronomiya ta'lim yo'nalishi 4 kurs talabalariga o'quv yilining 6-7 semestrlarida mustaqil ta'lim uchun jami 60 soat vaqt ajratilganyu. Shundan 20 soat ma'ruza, 20 soat amaliy, 20soat seminar. Ma'lumki fizika va astronomiya ta'lim yo'nalishi 4-kurs talabalariga "Fizik jarayonlarning kompyuter animatsiyalarini yaratish" fanidan mustaqil ta'limni tashkil qilish usullari kuzatish, qiyosiy tadqiqotlar, talabalarning raqamli kompetensiyalarini shakllantirishning zamonaviy usullarini sintez qilish, ilmiy, pedagogik va uslubiy adabiyotlarni tahlil qilish; talabalarning raqamli kompetensiyasini rivojlantirish uchun turli xil yondashuvlar, dasturlar, mobil qurilmalarni o'rganish va amalga oshirish, turli yondashuvlar va pedagogik vaziyatlarni modellashtirish, ularni

tushunishlari lozim. Shu maqsaddda har bir talaba ma'lum bir fizik hodisani animatsiyayasini mustaqil yaratish imkoniyatiga ega bo'ladi.Bu jarayonda o'qituvchi yo'naltiruvchi moderator talaba esa novator vazifalarini bajaradi.Talaba bu jarayonda berilgan mavzu bilan mustaqil ishlash, elektron ta'limni o'z ichiga olgan bepul, ochiq kodli dasturiy platforma orqali onlayn kurslarni yaratish yoki fizik jarayonlarning animatsiyalarini yaratish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Fizika darslarida bo'lajak fizika o'qituvchisining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanish istiqbollari xilma-xil va cheksizdir (o'quv veb-saytlari, interaktiv o'yinlar, elektron multimedia darsliklari va boshqalar.) va ulardan o'quv jarayonida samarali foydalanish ko'p jihatdan talabaning kompyuter va multimedia texnologiyalari sohasidagi raqamli kompetensiyasiga va Aktdan foydalangan holda dars metodikasiga bog'liq.

Mustaqil ta'lim darslarining bunday metodika orqali tashkil etilishi ularda raqamli ta'lim resurslarining asosiy turlarini farqlash va ularni o'quv mashg'ulotining tegishli bosqichlarida qo'llash qobiliyatini, raqamli vositalar yordamida o'quv mashg'ulotlarini loyihalashtirish , slaydlarni mustaqil tayyorlash qobiliyatini, axborot kommunikatsion texnologiyalarni o'z bilim sohalarida qo'llash qobiliyati, axborot va raqamli tarkibni aniqlash, tartibga solish, ajratib olish, saqlash va tahlil qilish, uning maqsadini baholash qobiliyati, shuningdek axborot texnologiyalari audio va video materiallar, rangli illyustrativ materiallar, turli manbalar va animatsion fizik hodisalar yordamida darslarni" jonlantirish", ularni zamonaviy, qiziqarli va esda qolarli qilish imkonini beradi.

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash lozimki, pedagogik ta'lim tizimida bo'lajak fizika o'qituvchisining kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish va rivojlantirish jarayoni tegishli bosqichlardan o'tadi - o'quv jarayonidagi nazariy va uslubiy tayyorgarlikdan tortib uni maktablarda pedagogik faoliyatda va sinfdan tashqari ishlarda amaliy amalga oshirishgacha axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (AKT) foydalanish istiqbollari xilma-xil va cheksizdir (o'quv veb-saytlari, interaktiv o'yinlar, elektron multimedia darsliklari va boshqalar.) va ulardan o'quv jarayonida samarali foydalanish ko'p jihatdan o'qituvchining kompyuter va multimedia texnologiyalari sohasidagi raqamli kompetensiyasiga va Aktdan foydalangan holda dars metodikasiga bog'liqdir.Bunday tartibda tashkil etilgan mustaqil ta'lim jarayoni kelajakda raqamli kompetensiyasi rivojlangan novator kadrni tayyorlash imkonini beradi.

REFERENCES

1. Kutbedinov A.K., Kamolov I.R., Toshpulatova Sh.O. Mutaxasislik fanlarini o'qitish metodikasi.Darslik. - O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi guvohnomasi № 237-025.2021. Toshkent

2. Kutbedinov A.K., Toshpulatova Sh.O. Fizika va astronomiya ta'limida tahlil va tadqiqot usullari.Darslik. - O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi guvohnomasi № 538-191 2021. Toshkent.

3. Toshpulatova Sh.O. The main factors influencing the development of logical thinking skills of students in physics lessons// Solid State Technology.Volume:63. Issue 6. pp 8761-8770. Desember 29. Publikation year: 2020. Archives Available @ www.solidstatetechnology.u

4. Toshpulatova Sh.O. Bo'lajak fizika fani o'qituvchisining mantiqiy fikrlash kompetensiyasini rivojlantirishning takomillashgan modeli.// Science and innovation jurnali. https://doi.org/10.5281/zenodo.6787723.2022 2022 yil.2-son.

5. Toshpulatova Sh.O Teoretical aspects of assessing students' logical thinking based on international timss programs// International Scientific Journal ISJ Theoretical & pplied

SciencePhiladelphia, USA issue 09, volume 113published September 30, 2022/ http://t-science.org/arxivDOI/2022/09-113.html 6. Toshpulatova Sh.O .Psychological-pedagogical aspects of developing students' logical thinking based on the competence approach// Science and innovation jurnali.V.405-411.ID: 5304/A1 DATE: 30.09.2023.https://doi.org/10.5281/zenodo.8395250

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.