Научная статья на тему 'BO‘LAJAK FIZIKA FANI O‘QITUVCHILARINING KREATIV TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHGA OID ILMIY ISHLAR TAHLILI'

BO‘LAJAK FIZIKA FANI O‘QITUVCHILARINING KREATIV TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHGA OID ILMIY ISHLAR TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
4
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
model / modellashtirish / kreativ fikrlash / metod / eksperiment / virtual tajriba.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Turayeva Sevara Rashidovna

Maqolada bo‘lajak fizika fani o‘qituvchilarining kreativ tafakkurini rivojlantirishga oid respublikamizda olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari tahlil qilindi. Ta‘lim jarayonida qo‘llaniladigan metodlar, vositalar, kompyuter texnologiyalaridan foydalanish, ya’ni mohiyatiga ko‘ra matematik, fizik modellar va kompyuter grafikasi yordamida ta`lim samaradorligini oshirish haqidagi fikrlar tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK FIZIKA FANI O‘QITUVCHILARINING KREATIV TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHGA OID ILMIY ISHLAR TAHLILI»

BO'LAJAK FIZIKA FANI O'QITUVCHILARINING KREATIV TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHGA OID ILMIY ISHLAR TAHLILI Turayeva Sevara Rashidovna

Toshkent shahridagi Belarus- O'zbekiston qo'shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti tayanch doktoranti: E-mail: sevara08.90@mail.ru https://doi.org/10.5281/zenodo.10818688

Annotatsiya. Maqolada bo'lajak fizika fani o'qituvchilarining kreativ tafakkurini rivojlantirishga oid respublikamizda olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari tahlil qilindi. Ta'lim jarayonida qo 'llaniladigan metodlar, vositalar, kompyuter texnologiyalaridanfoydalanish, ya'ni mohiyatiga ko'ra matematik, fizik modellar va kompyuter grafikasi yordamida ta lim samaradorligini oshirish haqidagi fikrlar tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: model, modellashtirish, kreativ fikrlash, metod, eksperiment, virtual tajriba.

KIRISH

Mamlakatimiz bo'ylab olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar qatorida yurtimiz yoshlari, pedagog xodimlar va barcha soha mutaxassislari dunyo miqyosidagi nufuzli oliy ta'lim muassasalarida bilim olib, o'zaro malaka almashib qaytmoqdalar. Bu ishlarning barchasi zamirida zamon talabiga mos etuk, bilimli, pedagogik va ilmiy salohiyatli yuqori malakali kadrlarni tayyorlash maqsad qilib qo'yilgan [1]. Bu borada yaratilgan adabiyotlar, ilmiy izlanishlar va tadqiqotlarni qisqacha tahlil qildik.

U.Sh.Begimqulovning "Pedagogik ta'lim jarayonlarini axborotlashtirishni tashkil etish va boshqarish nazariyasi va amaliyot" mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasida [6], D.I.Yunusovaning "Bo'lajak matematika o'qituvchisini innovatsion faoliyatga tayyorlash nazariyasi va amaliyoti" nomli tadqiqotida [7] yoritilgan bo'lib ta'lim jarayonida raqamli taxnologiyalarni zamon talablari asosida doimiy takomillashtirib borish zarurligi ta'kidlab o'tilgan.

Elektron ta'lim resurslarini takomillashtirish masalalari N.A.Muslimovning "Kasb ta'limi o'qituvchisini kasbiy shakllantirishning nazariy-metodik asoslari" mavzudagi doktorlik ishida [8; 47-b.], B.S.Abdullayevaning "Fanlararo aloqadorlikning metodologik-didaktik asoslari (Ijtimoiy-gumanitar yo'nalishlardagi akademik litseylarda matematika o'qitish misolida)" nomli tadqiqotida [9; 49-b.], S.D.Bazarovaning "Oliy texnik ta'limda kasbiy yo'naltirilgan o'qitish texnologiyalarining tizimli asoslanishi" mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasida elektron ta'lim resurslari, virtual ishlanmalar, dasturiy vositalarning ta'lim jarayoni samaradorligiga ijobiy ta'siri yoritilgan [10; 36-b.].

ASOSIY QISM

B.M.Mirzaxmedov, N.B.G'ofurov, B.Ibragimov, G.Sagatovalar tomonidan yaratilgan "Fizika o'qitish metodikasi" [2] nomli o'quv qo'llanmada uzluksiz ta'lim tizimida fizika fanini o'qitish masalalariga to'xtalib o'tilgan. O'quv qo'llanmasida oliy ta'lim muassasalarida fizik praktikumlar va ularni tashkil etishga oid metodik tavsiyalar yoritib o'tilgan, ammo fizik jarayonlarni modellashtirish yoritilmagan.

M.Qurbonovning "Fizikadan namoyish eksperimentlarining metodik funksiyalarini kengaytirishning nazariy asoslari" mavzusidagi monografiyasida [3;255-b.] ta'lim sohasida namoyish tajriba va eksperimentlarining ilmiy-didaktik imkoniyatlarini oshirishga bag'ishlangan bo'lib, unda umumiy fizika kursiga oid ko'p funksiyali namoyish eksperimenti asboblarini yaratish va ulardan ma'ruza jarayonida foydalanish metodlarini ishlab chiqish hamda namoyish

eksperimentlarini zamonaviy ta'lim texnologiyalari asosida tashkil etishning psixologik-pedagogik va metodik asoslari yoritilgan bo'lib, stendlar, ko'rgazmali qurollar, demonstratsion vositalar va ulardan uzluksiz ta'lim tizimida maqsadli tajribalar ko'rinishida foydalanish usullari va vositalari yoritilgan [3; 63-84-b.].

G.E.Karlibayevaning "Bo'lajak fizika o'qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish" mavzudagi tadqiqot ishida bo'lajak fizika o'qituvchilarining metodik tayyorlanganlik mazmuni o'zaro bog'liqlik darajasini belgilovchi kasbiy-pedagogik refleksiya ko'rsatkichlari asosida aniqlashtirilgan; kasbiy faoliyatga tayyorlash bosqichlari fizika faniga oid umumlashtirilgan va kengaytirilgan empirik tushunchalar hamda amaliy va nazariy bilimlarga tizimli yo'naltirish yondashuvi asosida takomillashtirilgan; metodik tayyorgarlikning tashkiliy-pedagogik jarayonlari tuzilmasi komponentlari predmetli- metodik va kasbiy-psixologik tayyorgarlik darajasiga amaliy va mantiqiy mushohada elementlarini integratsiyalash asosida takomillashtirilgan. Ammo, tadqiqotda fizik jarayonlarni modellashtirish asosida bo'lajak o'qituvchilarning kreativ tafakkurini rivojlantirsh to'g'risida ma'lumotlar keltirilmagan [4; 64-b.].

A.A.Abduqodirov va A.X.Pardayevlarning "Masofali o'qitish nazariyasi va amaliyoti" nomli qo'llanmasida [11], N.S.Saydahmedovning "Pedagogikada yangicha fikrlash" qo'llanmasida [12] masofaviy ta'limning nazariy, ilmiy-amaliy jihatlari keng yoritilgan hamda zamonaviy ta'lim jarayonlarida, ayniqsa aniq fanlar (fizika, matematika, informatika) ta'limini tashkil etishda AKTdan foydalanishning zaruriyati keltirilgan.

M

m

u

a

v

Namoyishli kompozitsion fizikaviy eksperiment

1 1

Tabiiy eksneriment vvvvvv^vvvvvvvvvvvvvvvv Virtual eksperiment Hisoblash eksperimeati

y

1.2.1-rasm. Namoyishli kompozitsion fizikaviy eksperiment tuzilmasi Namoyishlari, birinchi navbatda, bizga tanish shakldagilarni o'z ichiga oladi, ya'ni maxsus jihozlar va fizik asboblar yordamida namoyish qilinadigan fizik tajribalar. Bu yillar davomida yshlab chiqilgan namoyishlar bo'lib, ularning metodologiyasini ko'plab fizika darsliklarida topish omumkin.

n V.Jearl D.Hallidey [13, 56-b.] hisoblash va virtual fazoda sinzroye modifikatsiyalash, virtual tajribalar fizikaviy tizimlarni o'rganishning samarali usullaridan biridir deb ta'kidlaydi.

Sh.A.Chakraberty o'z maqolasida [5, 276-b.] tabiiy tajribani namoyish qilishda hisoblash va s

virtual tajribalardan muvaffaqiyatli foydalanish mumkinligini tadqiq etadi.

T.Axmadjonov [14, 50-b.] "Fizik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish" moduli bo'yicha Fizika yo'nalishi talabalari uchun o'quv-uslubiy majmuasida fizik modellardan samarali foydalanish haqida fikrlar keltirilgan bo'lib, fizik jarayonlarni modellashtirish imkoniyatini beruvchi dasturlash tillari (Delphi, Java, C++, Python, Basic, Pascal) va ulardan foydalanish haqida malumotlar keltirilgan.

Crocodile Physics* - dasturi kuchli simulyator bo'lib, fizik jarayonlarni modellashtirish va fizikaning mexanika, elektr zanjirlar, optika va to'lqin hodisalari bo'limlariga oid tajribalar faratish va kuzatish imkoniyatini beruvchi dasturdir. Bu dasturdan darslarda interaktiv doska

k o

a

a

r

orqali mashg'ulotlarni tashkil etish mumkin, shuningdek mustaqil ish sifatida shaxsiy kompyuterda ishlatish mumkin. Bu kuchli

dastur fizik hodisalarni kuzatish, tajribalar o'tkazish va turli murakkablik darajasidagi jarayonlarni modellashtirish imkoniyatini beradi deb takidlangan.

XULOSA

Fizikani o'qitishda, bizning fikrimizcha, eksperimentning barcha turlaridan, jumladan, AKTdan foydalanish zarurati mavjud bo'lib, fizika fanining barcha bo'limlariga oid fizik modellar mavjud bo'lishiga qaramasdan, bazi jarayonlarning modellari yaratilmagan. Qolaversa yangi zamonaviy dasturlash tillari yaratilayotganini hisobga olsak sohada modellashtirish ishlari uzluk davom etishi lozimligi sababli, fizik jarayonlarni modellashtirish asosida bo'lajak o'qituvchilarni kreativ tafakkurini rivojlantirish masalalariga urg'u berilgan tadqiqot ishlariga ehtiyoj mavjud emas.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5847-son farmoni. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi,09.10.2019y.,06/19/5847/3887son.

2. Mirzaxmedov B., G'ofurov N., Ibragimov B., Sagatova G., Fizika o'qitish metodikasi .-T.: O'qituvchi, 2002.

3. Qurbonov M. Fizikadan namoyish eksperimentlarining metodiy funksiyalarini kengaytirishning nazariy asoslari. Monografiya.- Toshkent, Fan, 2008.- 118b.

4. Karlibayeva G.E. Bo'lajak fizika o'qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish Ped.fan.d-ri.diss.avtoreferati. Toshkent, - 2019.

5. Chakraberty Sh. A Study of Competencies in the Information Technology Sector in Kolkata in the Era of Global HR Management Management and Labour Studies August, 2013. 38: 255-276.

6. Begumqulov U.Sh. Pedagogik ta'lim jarayonlarini axborotlashtirishni tashkil etish va boshqarish nazariyasi va amaliyoti. Ped.fan.dok.diss.-T.: 2007.B.305.;

7. Yunusova D.I. Bo'lajak matematika o'qituvchisini innovatsion faoliyatga tayyorlash nazariyasi va amaliyoti. Ped.fan.dok.diss.-T.: TDPU, 2012.-B.140.

8. Muslimov N.A. Kasb ta'limi o'qituvchisini kasbiy shakllantirishning nazariy- metodik asoslari. Ped. fan. dok. diss. avtoref. - Toshkent: TDPU, 2007. - 47b.;

9. Abdullayeva B.S. Fanlararo aloqadorlikning metodologik-didaktik asoslari (Ijtimoiy-gumanitar yo'nalishlardagi akademik litseylarda matematika o'qitish misolida). Ped.fan.dok.diss. avtoref. - T.: 2006. - 49 b.;

10. Bazarova S.D. Oliy texnik ta'limda kasbiy yo'naltirilgan o'qitish texnologiyalarining tizimli asoslanishi. Ped.fan.dok.diss.avtoref.-T.,2009. 36b.

11. Abduqodirov A.A., Pardayev A.X. Masofali o'qitish nazariyasi va amaliyoti. - Toshkent: Fan, 2009. - 145 b.

12. Saydahmedov N.S. Pedagogikada yangicha fikrlash. -T.: Istiqbol, 2002.-B.62.;

13. Jearl Valker, David Hallidey. Fundamentals of phiysiks. 2014.

14. T.Axmadjonov, "Fizik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish" moduli bo'yicha "Fizika" yo'nalishi talabalari uchun o'quv-uslubiy majmua, - Toshkent-2016. -50 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.