Научная статья на тему 'MUSTAQIL O`ZBEKISTON KONSTITUTSIYASI QABUL QILINISHI TARIXIY ZARURAT SIFATIDA'

MUSTAQIL O`ZBEKISTON KONSTITUTSIYASI QABUL QILINISHI TARIXIY ZARURAT SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Право»

616
73
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUSTAQIL O`ZBEKISTON KONSTITUTSIYASI QABUL QILINISHI TARIXIY ZARURAT SIFATIDA»

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

MUSTAQIL O ZBEKISTON KONSTITUTSIYASI QABUL QILINISHI -TARIXIY ZARURAT SIFATIDA

A.Nigmatov-

Tarix o'qitish metodikasi 1-bosqich talabasi Ilmiy rahbar: F.A. Ibrohimov

O'zbekiston Respublikasining yangi Konstitutsiyani yaratish haqidagi ilk g'oya Respublikamizning 1990-yil mart oyida bo'lib o'tgan XII chaqiriq Oliy Kengashning birinchi sessiyasidayoq aytilgan edi. O'zbekiston Oliy Kengashining 1990-yil 20-iyunda e'lon qilingan "Mustaqillik deklaratsiyasi" mamlakatimiz yangi Konstitutsiyasini ishlab chiqishga asos bo'ldi. O'sha kuniyoq Oliy Kengash O'zbekiston Prezidenti boshchiligida 64 kishidan iborat konstitutsiyaviy komissiya tuzildi. Komissiya tarkibiga deputatlar davlat hamda jamoat tashkilotlari, korxonalar xo'jaliklarning rahbarlari, taniqli huquqshunoslar, olimlar va mutaxassislar kirdi.

Konstitutsiyaviy komissiya tomonidan konstitutsiyaning konsepsiyasi ustida ish boshlab yuborildi. Natijada uchta muqobil konsepsiya yaratildi: O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Falsafa va huquq institutining konsepsiyasi, Siyosatshunoslik va boshqaruv institutining konsepsiyasi va Prezident devoni yuridik bo'limi tayyorlagan konsepsiya. Ishchi guruh majlisida uchinchi konsepsiya asos sifatida qabul qilindi.

Konstitutsiya loyihasining dastlabki varianti 1991-yil 3-choragida tayyorlab bo'lindi. U muqaddima, olti bo'lim, 158 moddadan iborat bo'ldi. Bu orada 1991-yil 31-avgustda O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishdi. Buning asosi sifatida O'zbekiston Respublikasining "Davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida"gi Qonuni qabul qilindi. Mazkur hujjatga 1991-yil 30-sentabrda Konstitutsiyaviy qonun maqomi berildi.[1] Qonunda xalq hokimiyatchiligi, inson huquqlari muqaddasligi, qonun ustuvorligi, hokimiyat bo'linishi, mamlakatning hududiy yaxlitligi kabi prinsiplar mustahkamlandi. Ushbu demokratik prinsiplar Konstitutsiya mazmunidan joy oldi. Shu kuni, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining sessiyasida "Davlat Mustaqilligi to'g'risida Oliy Kengash Bayonoti» ham e'lon qilindi.

Shunga qaramasdan dastlabki loyiha hali mukammallik darajasidan ancha yiroq

edi.

1992-yil bahorda Konstitutsiya loyihasining 149 moddadan iborat ikkinchi varianti ishlab chiqildi. Mamlakat Prezidenti ishtirokida Konstitutsiyaviy komissiyaning navbatdagi majlisi bo'lib o'tdi. Majlisda Konstitutsiya loyihasi ustida olib borilgan ishlar to'g'risida axborot tinglandi. Shu tariqa ishchi guruh tomonidan Konstitutsiya loyihasining uchinchi varianti tayyorlandi.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining loyihasi puxta ishlovlardan so'ng Konstitutsiyaviy komissiya qarori bilan 1992-

December 1

633

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

yil 26-sentabrda umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e'lon qilindi. Umumxalq muhokamasi qariyb uch oy davom etdi. Unda mamlakatda yashovchi turli millat vakillari ishtirok etdi. Matbuotda, radio va televideniye orqali, korxona, muassasa hamda tashkilotlardagi yig'ilishlarda, auditoriyalarda qizg'in muhokamalar bo'lib o'tdi. Konstitutsiyaviy komissiya dastlab belgilagan ikki yarim oylik muddat mobaynida muhokama qilingan loyiha fuqarolar taklif va mulohazalari asosida qayta tuzilib, 1992-yil 21-noyabrda muhokamani davom ettirish uchun ikkinchi marotaba matbuotda e'lon qilindi.

Ayni vaqtda umumxalq muhokamasi davomida loyihani yaxshilashga doir ko'plab taklif va mulohazalar bildirildi. Konstitutsiya komissiyasining o'zigagina 6 mingdan ortiq taklif va mulohaza tushdi. Tushgan taklif va mulohazalarning hammasi atroflicha puxta o'rganildi hamda loyiha ustidagi ishlarni davom ettirish chog'ida ulardan foydalanildi. Konstitutsiyaviy komissiyaga fikr-mulohazalar bildirilgan 600 taga yaqin xat kelib tushdi. Respublika matbuotining o'zida Konstitutsiya loyihasiga bag'ishlangan yuzdan ortiq materiallar e'lon qilindi.

O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining sessiyasida muhokama qilish uchun kiritilgan Konstitutsiya loyihasiga 80 ga yaqin o'zgartishlar, qo'shimchalar taklif etildi va aniqliklar kiritildi. Ularning ayrimlari muhim ahamiyatga ega edi. Parlament sessiyasining ishi davomida deputatlar ham bir unga qator o'zgartishlar kiritdilar.

"O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi dunyoga kelishiga asosan ikkita omil sabab bo'ldi. Shulardan biri jamiyatning bozor munosabatlari tomon tutgan yo'li, yangi taraqqiyotdagi umumiy qonuniyatlar va yo'nalishlarga muvofiq ravishda O'zbekistonning jahon hamjamiyatiga kirib borishi bo'ldi... O'zbekistonning davlat mustaqilligi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini ishlab chiqish va qabul qilinishini taqozo etgan ikkinchi omil bo'ldi" [2]

O'zbkiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qilishning tarixiy zaruratiga qo'yidagilar kiradi:

- sobiq Ittifoqda paydo bo'lgan ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy tanglik;

- O'zbekiston Respublikasini o'z mustaqilligini qo'lga kiritishi hamda dunyo xaritasida yangi suveren O'zbekiston Respublikasini tashkil topishi;

- "Mustaqillik deklaratsiyasi"ni va "Davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida"gi konstitutsiyaviy qonunni qabul qilinishi Konstitutsiyani qabul qilishga huquqiy asos bo'ldi;

- O'zbekiston xalqi o'z oldiga huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyat qurishni maqsad qilib qo'ydi;

Mustaqil O'zbekistonning birinchi Konstitutsiyasi Asosiy Qonun sifatida davlatni davlat qiladigan, millatni millat qiladigan qonunlarga asos bo'lishi muqarrar. [3]

REFERENCES

December 1

Tashkent State Transport University Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022

The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -

is the Glorification of Human Dignity, the inson qadrini ulug'lash, erkin va

^uarantee^fOurFe^ndmiimpmameLie

1. Mukhamedzhanovna, M. Z., Akmalovna, U. N., Abdusamatovich, K. S., Gapparovna, S. D., Arifovna, U. D., & Tashpulatovna, K. P. (2021). Bioethics-Paradigm of Humanization of Medical Education. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 125-133.

2. Умарова, Д. А., & Худайбергенова, П. Т. (2020). РОЛЬ ГРАЖДАНСКОГО ОБЩЕСТВА В РЕШЕНИИ ПРОБЛЕМ ГУМАНИЗАЦИИ МЕДИЦИНЫ. Гуманитарный трактат, (97), 25-28.

3. Фатима Ташпулатовна Худайбергенова, & Дилором Арифовна Умарова (2022). ПАРАДИГМА БИОЭТИКИ В СФЕРЕ БИОЭТИЧЕСКОГО ОБРАЗОВАНИЯ. Academic research in educational sciences, TSDI and TMA Conference (1), 196-200. doi: 10.24412/2181-1385-2022-196-200

4. Умарова, Д. А. (2021). ВАЖНЫЕ И АКТУАЛЬНЫЕ АСПЕКТЫ МОДЕРНИЗАЦИИ ГОСУПРАВЛЕНИЯ В СТРАТЕГИИ ДЕЙСТВИЙ ПО ПЯТИ НАПРАВЛЕНИЯМ РАЗВИТИЯ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН В 20172021. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 7(8), 421-430.

5. Мухамедов, А. Р. ЗАКОНОДАТЕЛЬСТВО УЗБЕКИСТАНА И НЕКОТОРЫХ ЗАРУБЕЖНЫХ СТРАН О ПРЕСТУПЛЕНИЯХ В СФЕРЕ ТРАНСПЛАНТОЛОГИИ. Human dignity and human rights, 108.

6. Мухамедов, А. Р. (2022). Вопросы совершенствования законодательства Узбекистана о преступлениях в сфере трансплантологии с учетом зарубежного опыта. Academic research in educational sciences, (Conference), 92-97.

7. Элдор Абдурасулович Уринбоев (2023). ТАЯНЧ ХДРАКАТ АППАРАТИ ШИКАСТЛАНГАН ТАЛАБАЛАРНИНГ ХАРАКАТ ФАОЛИЯТИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ. Academic research in educational sciences, 4 (1), 239247.

8. Уринбоев, Э. А. (2022). ТАЯНЧ ХАРАКАТ-АППАРАТ ШИКАСТЛАНГАН ТАЛАБАЛАРДА КООРДИНАЦИЯ КОБИЛИЯТИНИНГ ТАВСИФИ. Fan-Sportga, (1), 44-46.

9. O'rinboyev, E. (2021). ADAPTATION OF STUDENTS WITH DISABILITIES TO SPORT TRAINING LOADS IN THE CONTEXT OF BASIC MOBILITY. Karakalpak Scientific Journal, 4(1), 23-31.

10. Miraxrarovna, R. G. (2021). Oriental Foundations of Pythagorean Studies. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 479-489.

11. Рузматова, Г. М., & Рахимджанова, Д. С. К. (2021). СЕРЕН КЪЕРКЕГОР ЭКЗИСТЕНЦИАЛИЗМИНИНГ

December 1

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

МОХДЯТИ. Academic research in educational sciences, 2(3), 568-583.

12. Рузматова, Г. М. (2021). КАРЛ ГУСТАВ ЮНГНИНГ ИНСОН РУ^ИЙ БОРЛИГИ КОНЦЕПЦИЯСИ. Academic research in educational sciences, 2(1), 8195.

13. Miraxrarovna, R. G. (2021). DEKART VA PASKAL RATSIONAL G 'OYALARIDAGI O 'XSHASHLIK VA FARQ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(1), 35-44.

14. Отамуратов, С. (2015). ЕШЛАР СИЕСИИ МАДАНИЯТИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ОМИЛЛАРИ.

15. Отамуратов, С. С. (2000). Национальное самосознание социально активной части молодежи и его функционирование в условиях независимости Узбекистана (социологический анализ).

December 1

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.