Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life
Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati
KONSTITUTSIYAMIZNING YARATILISHI TARIXI
S.Abdurashidova., M.Abdusattorova -
Tarix o'qitish metodikasi yo'nalishi 1-kurs talabalari Ilmiy rahbar: S.I.Doniyev
Mamlakatimiz birinchi rahbarining 1991 yil 31 avgustda, o'n ikkinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida so'zlagan nutqi, ayniqsa, o'sha nutqdagi: "Men shu bugundan e'tiboran 1 sentabrni respublikamizda Mustaqillik kuni, umumxalq bayrami deb e'lon qilishni taklif etaman", degan otashin so'zlari Vatanimiz tarixiga oltin harflar bilan manguga yozilgandir. Birinchi Prezidentimiz oradan 17 yil o'tganidan so'ng o'zining "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch" asarida ana shu hayajonli voqeaga: 1991 yil 31 avgust sanasida qo'lga kiritilgan milliy mustaqillik - XX asrda xalqimiz tomonidan amalga oshirilgan buyuk ma'naviy jasorat namunasidir desak, ayni haqiqatni aytgan bo'lamiz", deya yuksak baho berdi. Xuddi o'sha kuni Oliy Kengash O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to'g'risida Bayonot qabul qildi. Bayonotda ta'kidlandiki, "Bundan buyon O'zbekiston Respublikasi hududida Respublika Konstitutsiyasi va qonunlari shak-shubhasiz ustun deb e'tirof etiladi"
Shu kuni "O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida"gi konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi. Undan bo'lajak Konstitutsiyaning o'zak qoidalarini o'zida aks ettirgan bir qator muhim moddalar joy oldi. Jumladan, mazkur Qonunga muvofiq: "O'zbekiston Respublikasi to'la davlat hokimiyatiga ega, o'zining milliy-davlat va ma'muriy hududiy tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv idoralari tizimini mustaqil belgilaydi" (3-modda);
"O'zbekiston Respublikasida O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va uning qonunlari ustundir. O'zbekiston Respublikasi Davlat idoralarining tizimi hokimiyatni qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyatiga ajratish tartibi asosida quriladi" (5-modda).
Bu Konstitutsiyaviy qonun asosiy Qonunimiz qabul qilinguniga qadar, ya'ni 1992 yil 8 dekabrgacha biz uchun kichik Konstitutsiya vazifasini bajarib turdi. Konstitutsiyani yaratish yo'lidagi yettinchi huquqiy qadam - 1991 yil 29 dekabrda Prezident saylovi va Davlat mustaqilligi to'g'risidagi referendumning o'tkazilishiga taalluqli. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi va Respublika davlat mustaqilligi to'g'risidagi referendum 1991 yil 29 dekabrda bo'lib o'tdi. Xalq davlat mustaqilligini qo'llab ovoz berdi va Prezidentni sayladi. 1992 yil 4 yanvar kuni Oliy Kengashning ana shu saylov va referendum yakunlariga bag'ishlangan to'qqizinchi sessiyasi ochildi. So'ngra I. Karimovning O'zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimini bajarishga kirishish tantanali marosimi bo'ldi. Ushbu sessiyada O'zbekistonning o'sha paytda amalda bo'lgan Konstitutsiyasiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi. Mahalliy
December 1
662
Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life
Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati
hokimiyat organlarini qayta tuzish to'g'risida qonun qabul qilindi. Konstitutsiyani yaratish yo'lidagi sakkizinchi huquqiy qadam - birinchi Konstitutsiya loyihasining ilk bor matbuotda umumxalq muhokamasi uchun e'lon qilinishidir. Konstitutsiyaviy komissiya bajarilgan ishni ma'qulladi va 1992 yil 8 sentabrda Konstitutsiya loyihasini umumxalq muhokamasi uchun e'lon qilishga qaror qildi. Ushbu yig'ilishda loyihani oxiriga yetkazish va tahrir qilish uchun ishchi guruh tuzildi. Yangi Konstitutsiyaning birinchi loyihasi 1992 yil 26 sentabr kuni tayyor bo'ldi va shu kuni matbuotda chop etildi. Loyiha e'lon qilingach, uning umumxalq muhokamasi juda keng tus oldi. Bu ochiq-oshkora muhokamalar 1992 yilning sentabr oyi oxiridan dekabr oyi boshlarigacha fuqarolarning siyosiy faolligi, ijodiy ko'tarinkiligi ruhida o'tdi hamda O'zbekistonda demokratiya rivojining samarali va amaliy maktabi bo'ldi. Muhokamada mamlakatimiz katta yoshdagi aholisining deyarli hammasi ishtirok etdi. Matbuotda, radioeshittirish va teleko'rsatuvlarda qizg'in bahs-munozaralar bo'ldi. Ko'plab uchrashuvlar o'tkazildi, Konstitutsiya loyihasiga doir masalalar bo'yicha suhbatlar, anjumanlar tashkil qilindi. Konstitutsiyaviy komissiyaga fikr-mulohazalar bildirilgan 600 taga yaqin xat kelib tushdi. Respublika matbuotining o'zida Konstitutsiya loyihasiga bag'ishlangan yuzdan ortiq materiallar e'lon qilindi. Fuqarolarimiz bildirgan takliflar soni 5 mingdan oshib ketdi. Konstitutsiyani yaratish yo'lidagi to'qqizinchi huquqiy qadam - Konstitutsiya loyihasining ikkinchi marta matbuotda umumxalq muhokamasi uchun e'lon qilinishidir. Konstitutsiya loyihasi o'tkazilgan muhokamalar davomida kelib tushgan takliflar asosida ancha tuzatildi va qayta ishlandi. So'ngra, 1992 yil 21 noyabrda umumxalq muhokamasini davom ettirish uchun Konstitutsiya loyihasi ikkinchi marta gazetalarda chop etildi. Shunday qilib, huquqiy pretsedent - ikki bosqichli umumxalq muhokamasi yuz berdi. Ushbu holat, bir tomondan, muhokama ishtirokchilarini faollashtirish uchun qudratli rag'bat vazifasini bajargan bo'lsa, ikkinchi tomondan, asosiy Qonunimizning xalqchilligini ta'minladi.
Konstitutsiya loyihasining o'zi keng jamoatchilik ekspertizasidan o'tdi. Mazkur aksiyaning, ya'ni Konstitutsiya loyihasini ikki bosqichda muhokama etish uchun matbuotda e'lon qilinishining ma'nosi shundan iborat ediki, fuqarolar Konstitutsiyaning qayta ishlangan variantida Konstitutsiya loyihasini muhokama qilishdagi o'z ishtiroklarining natijasini ko'ra oldilar. Konstitutsiya loyihasining yangi variantida umumxalq muhokamasining dastlabki bosqichida kelib tushgan ko'plab fikr-mulohazalar va takliflar o'z ifodasini topdi. Fuqarolarimiz Konstitutsiyaviy komissiya tomonidan ularning ovozi eshitilganiga, takliflari tegishli ravishda ko'rib chiqilib, inobatga olinganiga ishonch hosil qildilar.
Konstitutsiyani yaratish yo'lidagi o'inchi huquqiy qadam -Konstitutsiya loyihasining qabul qilinishidir. Konstitutsiyaviy komissiya tomonidan 1992 yil 6 dekabrda Konstitutsiya loyihasi oxirgi marta muhokama etildi. Shuni alohida ta'kidlash joizki, Konstitutsiyaviy komissiya xorijiy konstitutsiyaviy tajribaga murojaat qilib, asosiy Qonunning rolini
December 1
663
Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life
Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati
yaxlit tushunishdan kelib chiqdi. Bunda jahon konstitutsiyaviy tajribasinining bir qator ilg'or jihatlari hisobga olindi. Konstitutsiya loyihasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik kengashi kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar va AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya kabi demokratik davlatlar mutaxassislarining sinchkov ekspertizasidan o'tdi. Ayniqsa, Konstitutsiya loyihasining umumxalq muhokamasi O'zbekiston xalqining xohish-irodasini aniqlash hamda juda boy material to'plash imkonini berdi. Ushbu material chuqur va har tomonlama o'rganib chiqildi, umumlashtirildi va xalqning umumiy irodasi shaklida o'n ikkinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o'n birinchi sessiyasi muhokamasiga kiritildi. Birinchi Prezidentimiz sessiyada Konstitutsiyani "xalqchil qomus" deb atab, uning loyihasi ustida taxminan ikki yil davomida ishlangani, ikki yarim oy mobaynida umumxalq muhokamasidan o'tganligi va shu vaqt mobaynida u xalqning fikr xazinasi durdonalari bilan boytilganini, sayqal topganini ta'kidladi.
Oliy Kengash sessiyasiga muhokama qilish uchun kiritilgan Konstitutsiya loyihasiga 80 ga yaqin o'zgarishlar, qo'shimchalar taklif etildi va aniqliklar kiritildi. Parlament deputatlari tomonidan loyiha moddama-modda muhokama qilinib, unga yana bir qator o'zgartishlar kiritilgach, 1992 yil 8 dekabr kuni Bosh Qomusimiz qabul qilindi. Shu kundan e'tiboran, 8 dekabr - umumxalq bayrami deb e'lon qilindi. Shunday qilib, O'zbekiston o'z mustaqilligini e'lon qilgan sanadan e'tiboran dunyo sahnida yangi, suveren davlat qaror topgan bo'lsa, birinchi Konstitutsiyamiz qabul qilingan kuni davlatimiz yangidan tug'ildi, haqiqiy mustaqilligimizga mustahkam huquqiy poydevor qo'yildi. Mustaqil O'zbekistonning birinchi Konstitutsiyasi yangi mustaqil jamiyatning ishonchli huquqiy kafolatlarini shakllantirdi va mustahkamladi. Birinchi Prezidentimiz I.Karimov ta'kidlaganidek, Konstitutsiyamiz - asosiy Qonunimiz qabul qilinishi bilan biz O'zbekiston kelajagini, yangitdan barpo etilayotgan davlatimizning chuqur mazmuni, ma'no va mohiyatini, siyosiy-huquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy, gumanitar va ma'naviy taraqqiyotning, yurtimiz qiyofasini, uning xalqaro hamjamiyatdagi o'rni va nufuzini tubdan o'zgartirib yuborgan mamlakatimizni isloh etish va modernizatsiya qilishning pirovard maqsadlarini aniq-ravshan belgilab oldik. O'zbekiston Konstitutsiyasining g'oya va normalarida xalqimizning ko'p asrlik tajriba va ma'naviy qadriyatlari, boy tarixiy-huquqiy merosi aks ettirilgani uning hayotiyligining kafolatidir.
REFERENCES
1. Mukhamedzhanovna, M. Z., Akmalovna, U. N., Abdusamatovich, K. S., Gapparovna, S. D., Arifovna, U. D., & Tashpulatovna, K. P. (2021). Bioethics-Paradigm of Humanization of Medical Education. Annals of the
Romanian Society for Cell Biology, 125-133.
December 1
Tashkent State Transport University Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022
The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -
is the Glorification of Human Dignity, the inson qadrini ulug'lash, erkin va
^uarantee^fOurFe^ndmiimpmameLie
2. Умарова, Д. А., & Худайбергенова, П. Т. (2020). РОЛЬ ГРАЖДАНСКОГО ОБЩЕСТВА В РЕШЕНИИ ПРОБЛЕМ ГУМАНИЗАЦИИ МЕДИЦИНЫ. Гуманитарный трактат, (97), 25-28.
3. Фатима Ташпулатовна Худайбергенова, & Дилором Арифовна Умарова (2022). ПАРАДИГМА БИОЭТИКИ В СФЕРЕ БИОЭТИЧЕСКОГО ОБРАЗОВАНИЯ. Academic research in educational sciences, TSDI and TMA Conference (1), 196-200. doi: 10.24412/2181-1385-2022-196-200
4. Умарова, Д. А. (2021). ВАЖНЫЕ И АКТУАЛЬНЫЕ АСПЕКТЫ МОДЕРНИЗАЦИИ ГОСУПРАВЛЕНИЯ В СТРАТЕГИИ ДЕЙСТВИЙ ПО ПЯТИ НАПРАВЛЕНИЯМ РАЗВИТИЯ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН В 20172021. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 7(8), 421-430.
5. Мухамедов, А. Р. ЗАКОНОДАТЕЛЬСТВО УЗБЕКИСТАНА И НЕКОТОРЫХ ЗАРУБЕЖНЫХ СТРАН О ПРЕСТУПЛЕНИЯХ В СФЕРЕ ТРАНСПЛАНТОЛОГИИ. Human dignity and human rights, 108.
6. Мухамедов, А. Р. (2022). Вопросы совершенствования законодательства Узбекистана о преступлениях в сфере трансплантологии с учетом зарубежного опыта. Academic research in educational sciences, (Conference), 92-97.
7. Элдор Абдурасулович Уринбоев (2023). ТАЯНЧ ДАРАКАТ АППАРАТИ ШИКАСТЛАНГАН ТАЛАБАЛАРНИНГ ДАРАКАТ ФАОЛИЯТИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ. Academic research in educational sciences, 4 (1), 239247.
8. Уринбоев, Э. А. (2022). ТАЯНЧ ДАРАКАТ-АППАРАТ ШИКАСТЛАНГАН ТАЛАБАЛАРДА КООРДИНАЦИЯ КОБИЛИЯТИНИНГ ТАВСИФИ. Fan-Sportga, (1), 44-46.
9. O'rinboyev, E. (2021). ADAPTATION OF STUDENTS WITH DISABILITIES TO SPORT TRAINING LOADS IN THE CONTEXT OF BASIC MOBILITY. Karakalpak Scientific Journal, 4(1), 23-31.
10. Miraxrarovna, R. G. (2021). Oriental Foundations of Pythagorean Studies. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 479-489.
11. Рузматова, Г. М., & Рахимджанова, Д. С. К. (2021). СЕРЕН КЪЕРКЕГОР ЭКЗИСТЕНЦИАЛИЗМИНИНГ МОДИЯТИ. Academic research in educational sciences, 2(3), 568-583.
12. Рузматова, Г. М. (2021). КАРЛ ГУСТАВ ЮНГНИНГ ИНСОН РУДИЙ БОРЛИЕИ КОНЦЕПЦИЯСИ. Academic research in educational sciences, 2(1), 81-95.
December 1
Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life
Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati
13. Miraxrarovna, R. G. (2021). DEKART VA PASKAL RATSIONAL G 'OYALARIDAGI O 'XSHASHLIK VA FARQ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(1), 35-44.
14. Отамуратов, С. (2015). ЕШЛАР СИЕСИИ МАДАНИЯТИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ОМИЛЛАРИ.
15. Отамуратов, С. С. (2000). Национальное самосознание социально активной части молодежи и его функционирование в условиях независимости Узбекистана (социологический анализ).
December 1