Berdiqulova M. G.
2-kurs talabasi "Musiqa ta 'limi" yo'nalishi Navoiy Davlat Pedagogika instituti Ilmiy rahbar: Bo'ronov F. T.
MUSIQIY MASHG'ULOTLAR JARAYONIDA MUSIQA TINGLASH QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH
Annotatsiya. Ushbu maqolada musiqa o 'qitishning asosiy maqsadi, yosh avlodning qalbida musiqaga mehr uyg'otish, musiqiy mashg'ulotlar orqali bolaning musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirish haqida so Z boradi.
Kalit so Zlar:musiqa, o 'qituvchi, bilim, malaka, qobiliyat, rivoj, san 'at, pedagogika, texnologiya, ijod.
Berdiqulova M.G.
2nd year student "Music education" direction Navoi State Pedagogical Institute Research advisor: Boronov F.T.
DEVELOPMENT OF MUSIC LISTENING SKILLS DURING MUSIC
EDUCATION
Abstract. This article talks about the main goal of music education, instilling love for music in the hearts of the young generation, and developing the child's musical abilities through musical training.
Key words: music, teacher, knowledge, skills, ability, development, art, pedagogy, technology, creativity.
Yosh avlodni har tomonlama yetuk qilib tarbiyalashda maktabda o'qitiladigan barcha fanlar qatori nafosat tarbiyasining tarkibiy qismi bo'lgan musiqa madaniyati darslarini ahamiyati katta. Musiqa inson his-tuyg'ularini, orzu-istaklarini o'ziga xos badiiy tilda ifoda etadi va bolaning hissiyotlariga faol ta'sir ko'rsatadi. Musiqa fani maktabda boshqa fanlarni o'zlashtirishga ham bevosita ta'sir ko'rsatadi. Musiqa jonli san'at turi sifatida davr, hayot, tabiat v a inson his-tuyg'ularini, orzu-istaklarini aks ettiradi. Uni quvontiradi, o'ylantiradi va hayotdan ozuqa olishga xizmat qiladi. Milliy madaniyatimiz bobokaloni Abu Nasr Forobiy aytganlaridek, «Bu fan tana sog'ligiga foydalidir».
Maktabda musiqa o'qitishning asosiy maqsadi o'quvchilarda musiqa madaniyatini shakllantirish, ularni zamon talabiga javob bera oladigan barkamol inson qilib voyaga yetkazishdir.
мЭкономнка h соцвумм №5(120)-1 2024
www.iupr.ru
140
Bolaning ijod doirasining keng doirasi bor. Bu bolaning tasawurini faollashtiradi, mustaqil qo'yilgan maqsadga erishishni rag'batlantiradi, o'z g'oyalarini turli shakllarda amalga oshirishini izlaydi va o'rganishga yordam beradi. Musiqiy o'yin va mashg'ulotlar bolalarning uch yoshdan yetti yoshgacha tavsiya etiladi. Ritmik harakatlar bolalar bog'chasida boshlang'ich guruhlarda va musiqa maktablarida, uy sharoitida yanada chuqurroq o'rganilishi mumkin. Bolalarning aqliy, nafosat va jismoniy rivojida raqs, musiqali o'yinlar va musiqaga mos harakatlar bajarish quyidagi vazifalardan iborat:
- Bolalarning musiqiy uquvi, ayniqsa xotirasi, ritm tuyg'usi musiqaga mos harakatlar yordamida yaxshi rivojlanadi. Har qanday harakat turi musiqiy asarning sur'ati va ritmi ostida bajariladi, harakat bilan bog'liq bo'lgan musiqiy ohanglar bola xotirasida turg'un saqlanadi. Raqs va musiqiy harakatlar bolada harakatchanlik, chaqqonlikni rivojlantirib, qomatning tog'ri o'sishiga va badanning chiniqishga katta yordam beradi. Musiqiy asarlar bolalarga turlicha emotsional hislar uyg'otib, turlicha kayfiyatlar hosil etib, ularning ongida o'ziga xos obrazlar yaratadiki, bolalar asar mazmunini turli harakatlar va ishoralar bilan ifodalashga harakat qiladilar. Demak, musiqaga mos harakatlar o'quvchilarning aqliy va nafosat qobiliyati rivojlantirish bilan birgalikda irodasini ham rivojlantiradi.
Musiqiy asarlardan marsh, raqs va o'yinlar o'quvchilarga tez ta'sir etadi, shuning uchun ham quvnoq raqs, qiziqarli musiqali o'yinlar har bir bolaning e'tiborini o'ziga tortadi. Ritmika bolalarda musiqiy harakatlarni, estetik tarbiyani oshirishda katta rol o'ynaydi. Bog'cha yoshidagi bolalar ilk yoshdan boshlab sakraydi, o'ynaydi, lekin bu bolaning ritmik harakatlandi, degani emas. Bu davrda bolalar musiqa ostida emotsional harakatlanadi, eshitish qobiliyati o'sadi.
Musiqa ostida harakatlanib, tarbiyachilar bilan birgalikda kichik-kichik qo'shiqlar ham kuylanadi.
Harakat turlari uchga bo'linadi:
1. Asosiy harakatlar: yurish, yugurish, sakrash.
2. Gimnastik harakatlar: predmetlar bilan, ya'ni lenta, obruch, bayroqchalar va koptok bilan.
3. Raqs harakatlari: musiqa ostida ritmik harakatlar haqida nazariy bilimga ega bo'lish mumkin.
Maktabda va bog'chada o'tkaziladigan har bir ertalikni, turli tadbirlarni musiqasiz tasavvur etib bo'lmaydi. Jumladan, musiqali ritmik harakatlarning ham o'z o'rni bor. Bunda bola ritmni his qiladi, qomatlari chiroyli bo'lib, to'g'ri yurushni, musiqa ostida harakat qilishni o'rganib boradilar. Hozirgi milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz, o'zbekchiligimiz o'z o'rnini topayotgan bir vaqtda bolalarga o'zbek milliy musiqasi, qo'shiqlari, ritm harakatlarini o'rganish juda muhimdir. Musiqiy- ritmik harakatlar orqali bola musiqani his qilishi hamda uni obrazli tushunishi mumkin.
Tavsiya etiladigan musiqa orqali bolalarning ruhiy holatini hamda atroflicha o'rganish mumkin. Izlanishlar shuni ko'rsatadiki, bolalarga tavsiya
etiladigan obrazli harakatli o'yinlar, obrazsizlaridan ancha samaraliroq. Shuningdek, musiqiy-ritmik harakatlarni o'zlashtirish davomida bola milliy musiqa sadolarini ham ajratishni, ularni farqlay olishni o'rganadi. Bolaga beriladigan musiqali ritmik harakatlarni amalga oshirish jarayonida bola uni idrok qiladi, tushunadi hamda musiqa va unga mos raqs harakatlarini amalga oshiradi. Bu orqali ularda musiqani tushunish ko'nikmalarini shakllantirish mumkin.
Qachonki, bola musiqani tushunsagina, unga mos raqs harakatlarini amalga oshira oladi. Bola amalga oshirayotgan har bir ritmik harakatni to'g'ri idrok qila olishi bu muhim jihatlardan biridir. Aytish kerakki, ritmik harakatlarning noo'rin qo'llanishi ham salbiy omillarga olib kelishi mumkin. Bolaga raqs harakatlarni tushuntirish asnosida uning hislarini ham tarbiyalash bevosita muhim jihat sanaladi. Agar ularda his-tuyg'ular ishlamas ekan, siz sahnalashtirgan musiqani tushunmasdan, ko'r-ko'rona amalga oshiradi.
To'g'rirog'i, musiqa rahbari ko'rsatgan narsadan nariga o'tmaydi. Shu sabab, eng avvalo, bolada his qilish tuyg'usini shakllantirish shart. Bolaga raqs harakatlarini o'rgatish jarayonida gohida siz o'zingiz bilmagan holda bolaning qobiliyatlarini payqay boshlaysiz. Hattoki u siz o'rgatayotgan harakatlarga yanada o'zidan qo'shimchalar qo'shishi mumkin. Bu esa umumiy kompozitsiyani boyitishga xizmat qiladi.
Musiqiy-ritmik harakatlar bolaning fiziologik va ruhiy rivojlanishiga qay darajada hissa qo'shishini yuqorida ko'rib chiqdik. Ammo, mana shu ritmik harakatlar aslida nimaga asoslanishini, uning manbalarini nima ekanligini bilib olish fursati yetdi. Har qanday musiqa ham albatta chiroyli harakatlar bilan yaxlitlik kasb etadi. Shunchaki, musiqa insonni zeriktirishi mumkin. Unga hamohang go'zal xiromlarlarni tomosha qilish esa estetik zavq bag'ishlaydi. Shunday musiqalar va ularga monand raqslar bo'ladiki, ularni bir-biridan ayro tasavvur etib bo'lmaydi. Musiqiy-ritmik harakatlarni amalga oshirayotganda bolalarning uni o'zlashtirish potensiali bevosita musiqaning ruhiyatiga ham bog'liq.
Biroz sokinroq, mahzunroq musiqaga bolalar harakatlarni amalga oshirishga qiynaladi. Chunki bolaning tabiatidagi quvnoqlikbunga xalaqit beradi. Sho'x, quvnoq musiqaga raqsga tushishga bola qiynalmaydi. Aksincha yana o'zidan nimalarnidir qo'shimcha qilishi ham mumkin. Shunindek, musiqiy-ritmik harakatlarni o'zlashtirishda bolalar qo'shimcha mayda detallarga ham ehtiyoj sezishi tabiiy. Musiqaga mos holda bolaning qo'liga shiqildoq, doira yoki boshqa bir kichikroq shakldagi predmetlarni berish kerak. Bular ritmik harakatlarning musiqaga hamohangligini yanada kuchaytiradi. Kerak bo'lsa, raqs harakatlariga jilo baxsh etadi.
Adabiyotlar:
1. K. Hoshimov, S. Nishonova va boshq. «Pedagogika tarixi». - T: O'qituvchi, 1996 y.
2. M. Inomova. «Pedagogika ma'ruzalar matni». - T: TDPU, 2000 y.
3. O. Shayxova. «Inson va uning ma'naviy dunyosi». - T: O'qituvchi, 1993
4. J. Yo'ldoshev. «Malaka oshirishning nazariy va metodologik asoslari». - T: O'qituvchi, 1988 y.
5. H. Nurmatov, N. Yo'ldosheva «O'zbek xalq musiqasi ijodiyoti ». - T: G. G'ulom, 2007 y.
"Экономика и социум" №5(120)-1 2024
www.iupr.ru
143