MUSIQALI TEATR AKTYORINING OVOZ USTIDA ISHLASH
USLUBLARI
Umidaxon Boltaboyeva
O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali
Annotatsiya: Ushbu maqolada musiqali teatr aktyorining ovoz ustida ishlash uslublari, yozma va og'zaki so'zlar, talaffuz mashqlari, aktyor vaqti-vaqti bilan rezonatorlarni ishlatib, qanday qilib nafas olishni, talaffuz qilish va undan foydalanishni o'rganish uslublari haqida hikoya qilinadi.
Kalit so'zlar: talaffuz, ovoz, yozma va og'zaki so'zlar, tabiiy va sun'iy registr, xarakter, parodiya
STYLES OF WORKING ON THE VOICE OF A MUSICAL THEATER
ACTOR
Umidakhon Boltaboyeva Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture
Abstract: This article describes the musical theater actor's methods of working on the voice, the written and spoken word, pronunciation exercises, the actor occasionally using resonators, learning how to breathe, pronounce and use it.
Keywords: pronunciation, voice, written and spoken words, natural and artificial register, character, parody
Aktyorlar bilan sahna nutqi borasida adabiy-badiiy asarlar matni ustida olib boriladigan ishning ko'lami juda keng. Ushbu maqolada biz musiqali teatr aktyorining ovoz ustida ishlash uslublari haqida suhbatlashamiz. Musiqali teatr aktyorlari bilan ishlaganda ovoz apparatini ongli va sog'lom ishlatishdan tashqari, uning imkoniyatlarini oshirishning ikki yo'li bor:
A) Aktyor o'zining ovoz qobiliyatlarini doimiy tarzda tasavvur qilishni bilishi kerak. Masalan: suvning sharillashi, toshlarning urilishi, qushlarning sayrashi, motorning gurillab ishlashi. Dastlab, bu tovushlar ishlatiladi, so'ngra ularni nutq matniga birlashtiramiz va o'ziga xos ovozlar birikuvini hosil qilinadi.
B) Aktyor o'ziga tabiatan berilmagan yuqori, quyi yoki normal registrda gapira olish qobiliyatini rivojlantirib borishi kerak. Bu uslubiy yo'nalishdan foydalanib, siz uchun noodatiy bo'lgan registrga ovozni pasaytirish degani emas. Kerakli vaziyatlarda sun'iy ravishda sun'iylikni yashirmasdan registrni boshqaring. Ayollar, bolalar, qariyalar va boshqalarning ovoziga taqlid qilishning o'ziga xos bir usuli bor.
Ammo, aktyor hech qachon o'zini "erkaklar ovozi" ga erishish uchun o'zining tabiiy registrini pastga tushirmoqchi bo'lib, uslubiy majburlamasligi kerak. Ushbu urinish judayam zararli bo'lib, tomoqda yallig'lanish jarayonlariga olib keladi va xatto tomoqdagi asab kasalliklariga sabab bo'lishi mumkin. Agar aktyor o'zini qiynab, bartaraf etib bo'lmaydigan ovozdagi kichik nuqsonlarga duchor bo'lsa, u o'z rolini bajarish uchun turli yo'llar bilan muammoni yechimini topa olishi kerak. Yaxshi so'zlashish qoidalarining asosi shundaki, unlilar nafas bilan cho'ziladi va undoshlar esa cho'zilmaydi: "shu bilan birgalikda tovushni ajratib ham qo'ymaslik kerak". Ko'p hollarda, so'zni bir butun sifatida talaffuz qilish o'rniga, aktyorlar uni tovushlarga qarab ajratib qo'yadi. Go'yoki kitobdan yodlanadigan chet tilidagi jumlalar kabi. Yozma va og'zaki so'zlar tubdan farqlanadi. Talaffuz bu ifoda vositasidir. Hayotimizda mavjud bo'lgan turli xil uslublar sahnada o'z ifodasini topishi kerak. Bir xil turdagi talaffuz bilan cheklanish zerikarli hisoblanadi. Aktyor doimiy bitta ko'ylakni kiyishga majbur bo'lgandek, u o'z ixtiyoridagi bir xil talaffuz vositasidan foydalanishni anglatadi. Hayotimizda bo'lgani kabi talaffuz bir turdan iborat emas. U aktyorning yoshi, sog'ligi, uning tabiati va ruhiy holatiga qarab cheksizdir. Shuning uchun ham teatrdagi aktyorlarning har birining o'ziga xos talaffuzi shakli bo'ladi. Aktyor ijro etayotgan obrazidan kelib chiqib personajning ichki va ruhiy holatlardagi talaffuz turini qo'llay bilishi kerak. Shuningdek, nafas olish ritmini o'zgarishini ham hisobga olish kerak. Umuman olganda, aktyor sahnada personajga xos bo'lgan fonda aniq talaffuz ifoda qilish muhim ahamiyatga egadir. Bu ba'zi aktyorlarimizning o'ziga mos bo'lgan qolipdan chiqib, rolga xos xususiyatda ishlashiga ham sabab bo'ladi. Talaffuzning turli xil turlarini asos qilib olgan holda, biz kundalik hayotimizda shaxsning aqliy va psixologik xususiyatlarini kuzatib boramiz. Aktyorga xarakter, parodiya va rollarni talqin qilishda boshqa sun'iy talaffuzlarga intilishi yordam beradi. Ijro qilinajak har bir rol alohida talaffuzning boshqa turini topish zaruratini tug'diradi. Xatto bitta personaj ustida ishlaganimizda ham, vaziyat va holatlardan kelib chiqib, talaffuz o'zgarishi natijasida paydo bo'ladigan imkoniyatlardan oxirigacha foydalanish maqsadga muvofiqdir. Shulardan kelib chiqib, quyidagi keltirilgan mashqlar mavjud:
A) Tanish-bilishlaringizning talaffuzini parodiya qiling.
B) Talaffuz orqali tilanchi, boy, o'jar, janjalkash, ovsar, tanbal kabi har xil xarakterlarni portretini tasvirlang.
D) Talaffuz yordamida, og'izda tishlarning yo'qligi, zaif, sog'lom, xotirjam, asabiy va shu turdagi boshqa xarakterlarni psixofizik xususiyatlarini ham aniqlang. Bunda undoshlarga urg'u berish noto'g'ri yo'nalish hisoblanadi. Urg'uni unlilarga berish kerak. Undoshlarga urg'u berish esa yopiq holda bo'ladi. Undoshni talaffuzda ajratish zarur bo'lganda urg'uni unli tovushga berish kerak. Har bir gap tomoqni yopilib qolishidan saqlash uchun uzoq nafas to'lqinida aytilmog'i kerak. Faqat
pichirlagandagina urg'u undoshga tushadi va bu holatda kuchlanish yuz beradi. Talaffuz mashqlari spektaklda ishlatiladigan matn bilan bajarilmasligi kerak, chunki bu spektakl namoyishida matnni uzatishdagi buzilishdan saqlanishga olib keladi. Mashg'ulotning eng yaxshisi kundalik turmushda amalga oshiriladi. Aktyor sahnada bo'lmagan holattda ham o'zining talaffuziga doimo e'tibor berish kerak. Talaffuz uchun yana bir eng samarali mashq bu kitobni qayta-qayta mutolaa qilishdir. Har safar o'qish tezligini unlilarni qisqartirmagan holda tezlashtirib boraveramiz. Ritm nazoratini mashqlarini metronom yordamida bajarilishi mumkin. Bunda she'rning oxirgi satri yoki nasrdagi so'zning oxiriga qadar ma'lum bir ritmni va bir xil tezlikni saqlab turilishi kerak. Aktyor juda baland ovozda qichqirishi yoki talaffuz qilishi zarur bo'lgan vaziyatda kuchaytirishga imkoniyat beruvchi zaxirani qoldirnog'i kerak. Aks holda unda ovoz siqiqligi sezilib qoladi. Aktyor o'ziga berilgan rolini ovoz chiqarib o'rganmasligi kerak. Bunday holat mexanik ravishdagi ijroga olib keladi. Shuningdek, aktyor kundalik hayotida o'z rolini masxaraomuz holda qaytarmasligi yoki spektakldagi butaforlar bilan ortiqcha hurmatsizlik bilan munosabatda bo'lmasligi kerak. Repetitsiya paytida aktyor xonaning akustik holati haqida ham xabardor bo'lib, o'z imkoniyatlarini shunga moslashtirmog'i kerak. Bu obraz ustida ishlashda ham foyda beradi. Endi biz pauza(to'xtalish)lar haqida gaplashamiz. Matnda to'xtalishlarni qayta-qayta ishlatishdan ehtiyot bo'lish kerak. Ifoda vositasi sifatida pauzalar qilish quyidagi maqsadlarda ma'qul bo'ladi:
A) Faqatgina mazmunan to'g'ri kelganda;
B) Badiiy yuki bo'lmagan va rolni qurilishiga yordam bermagan to'xtalishlarni ishlatmaslik kjerak, chunki bu aktyorning tabiiy tuyg'usini charchoq ko'rinishga olib keladi.
D) Har vaqt qisqa va to'g'ri bo'lgan nafas olishdagi to'xtalishlar vaqtini kamaytirish. Ularni mantiqiy to'xtalishlar bilan birlashtirish kerak.
E) Intervalda yuzaga keladigan "sun'iy" yoki "yolg'on" pauzalarga yo'l qo'yiladi. Interval ostida bir ovozdan boshqa bir ovozga o'tish holatlarida aktyor uzun intervaldan anchagina murakkab bo'lgan qisqa intervaldan foydalanishni o'rga'mog'i kerak. To'xtashlar yoki parchani tiklash jarayonida xatolarni yaxshi ta'sir sifatida qo'llashni davom ettirmoq kerak. Masalan, agar aktyor so'zni noto'g'ri gapirib yuborsa, uni tuzatmaslik kerak, aksincha, tomoshabin bu rolni ta'siri deb tushunishi uchun boshqa joylarda o'sha jumla talaffuzini takrorlash kerak. Bu uslub tabiiy ravishda reflekslarni, shuningdek, improvizatsiya qobiliyatini talab qiladi. Har bir aktyor bora-bora xatto tehnik yaxshi tayyorlangani ham, bir necha yillar o'tib, ma'lum bir ovoz inqirozidan o'tadi. Bu texnik vositalarning yangi moslashuvidan keyin ishning jismoniy madaniyatini o'zgartiradigan yosh va fikrlarga bog'liqdir. Inqirozdan qochishni xohlagan aktyor vaqti-vaqti bilan rezonatorlarni ishlatib, qanday qilib nafas olishni, talaffuz qilish va undan foydalanishni o'rganishga qayta
kirishishi kerak, ko'proq o'z ustida ishlashi kerak. Ya'ni ovozini doimiy ravishda yangitdan ochib borishi kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Boltaboeva U. Sahna nutqi. Toshkent, INNOVATSION-ZIYO, 2019.
2. Boltaboeva U. Sahna nutqi. Toshkent, INNOVATSION-ZIYO, 2021.
3. Boltaboeva U. Aktyoming so'z ustida ishlashi, so'z harakatligiga erishish omillari maqolasi. "Oriental Art and Culture" Scientific Methodical Journal VOLUME 4 ISSUE 1 / FEBRUARY 2023
4. Boltaboeva U. Nutq san'atining uziga xos xususiyatlari: muammo va yechimlar //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. I (2).
5. Boltaboeva U. Using Oral Folk Art Methods in Improving Speech Technology //Eastern European Scientific Journal. - 2019. - №. 1
6. Boltaboyeva U., Rakhmonova N., Usmonov S. Characteristics of speech Art: problems and solutions //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2020. - Т. 10. - №. 4. - С. 559-567.
7. Абидов, А., & Болтабоева, У. (2022). РОЛЬ ПУБЛИЧНЫХ ВЫСТУПЛЕНИЙ В ИЗУЧЕНИИ УЗБЕКСКОЙ КЛАССИЧЕСКОЙ ЛИТЕРАТУРЫ. Oriental Art and Culture, 3(1), 414-423.
8. Qodirova, X., & Boltaboyeva, U. (2022). MAMLAKATIMIZDA JISMONIY TARBIYA VA SPORTNI OMMALASHTIRISHDA XOTIN-QIZLAR SPORTINING O 'RNI. Oriental Art and Culture, 3(1), 699-704.
9. Mansurjonovna, B. U. (2022). JO 'ROVOZLIK SAN'ATI. Oriental Art and Culture, 3(1), 490-496.
10. Haydarov, A. (2023). Muslim Magomayev-Orpheus of the 20th Century. EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 3(10), 24-27.
11. Xaydarov, A. (2022). O „SMIRLIK YOSHIDAGI IJODKOR BOLALARNING OVOZINI TARBIYALASHDA PEDAGOGIK YONDASHUVLAR. Oriental Art and Culture, 3(1), 45-50.
12. Хдйдаров, А. (2021). Ёшларимизнинг эстетик баркамол булиб улгайишида узбек хал; огзаки ижоди намуналарининг урни. Oriental Art and Culture, (6), 111-120.
13. Akbarov, T. (2023). How to Listen to Music. EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 3(10), 38-41.
14. Akbarov, T. (2023). How to Listen to Music. EUROPEAN JOURNAL OF INNOVATION IN NONFORMAL EDUCATION, 3(10), 38-41.