Научная статья на тему 'MUSHTARAK XUSUSIYAT VA ILTIFOTLAR TASVIRI'

MUSHTARAK XUSUSIYAT VA ILTIFOTLAR TASVIRI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

109
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
memuar asar / uslub / buyuk siymo / madaniy muhit / mushtaraklik / tasvir. / memoirs / style / great figure / cultural environment / community / image

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Burobiya Rajabova

Maqolaga Navoiyning Jomiy sharafiga bag„ishlab memuar xarakterda yozgan “Xamsat ul-mutahayyirin” asarining “Avvalg„i maqolat” fasli asos qilib olingan. Unga xotiralar fonida yozilgan ikki ulug„ siymoning ibratli hayoti, buyuk shaxsi, ijodi, ruhuyatida o„zaro mushtaraklik kasb etgan ibratli ishlar, nodir voqealar, ta‟sirli nutqlari, iltifotlari tasvirlangan to„rtta hikoya-naql tahlil va talqin qilingan. Maqolada yana Temuriylar Renessansi davrida badiiy adabiyot, madaniy muhit, kitob mutolaasi, ustoz va shogirdlik munosabatlari, bunyodkorlik kabi ijtimoiy, ma‟rifiy masalalar ham yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article is based on the chapter "Avvalg‟i maqolot" of "Khamsat ulmutahairin", written by Navoi in his memoirs in honor of Jami. 4 narrative stories were analyzed and interpreted, describing an exemplary life, a great personality, creativity and spirit of two great personalities, written against the background of memories, exemplary deeds, rare events, impressive speeches and compliments. The article highlights art literature, cultural environment, reading books, teacher-student relations, creativity and other social and educational issues of the Timurid Renaissance.

Текст научной работы на тему «MUSHTARAK XUSUSIYAT VA ILTIFOTLAR TASVIRI»

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-61-68

Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

MUSHTARAK XUSUSIYAT VA ILTIFOTLAR TASVIRI

Burobiya Rajabova

O'zRFA O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti yetakchi ilmiy xodimi, filologiya

fanlari nomzodi

ANNOTATSIYA

Maqolaga Navoiyning Jomiy sharafiga bag'ishlab memuar xarakterda yozgan "Xamsat ul-mutahayyirin" asarining "Avvalg'i maqolat" fasli asos qilib olingan. Unga xotiralar fonida yozilgan ikki ulug' siymoning ibratli hayoti, buyuk shaxsi, ijodi, ruhuyatida o'zaro mushtaraklik kasb etgan ibratli ishlar, nodir voqealar, ta'sirli nutqlari, iltifotlari tasvirlangan to'rtta hikoya-naql tahlil va talqin qilingan. Maqolada yana Temuriylar Renessansi davrida badiiy adabiyot, madaniy muhit, kitob mutolaasi, ustoz va shogirdlik munosabatlari, bunyodkorlik kabi ijtimoiy, ma'rifiy masalalar ham yoritilgan.

Kalit so'zlar: memuar asar, uslub, buyuk siymo, madaniy muhit, mushtaraklik, tasvir.

ABSTRACT

The article is based on the chapter "Avvalg'i maqolot" of "Khamsat ul-mutahairin", written by Navoi in his memoirs in honor of Jami. 4 narrative stories were analyzed and interpreted, describing an exemplary life, a great personality, creativity and spirit of two great personalities, written against the background of memories, exemplary deeds, rare events, impressive speeches and compliments. The article highlights art literature, cultural environment, reading books, teacher-student relations, creativity and other social and educational issues of the Timurid Renaissance.

Keywords: memoirs, style, great figure, cultural environment, community, image.

Alisher Navoiy buyuk zamondoshi, ustozi Abdurahmon Jomiy sharifiga bag'ishlab yozgan hamda navoiyshunoslik va jomiyshunoslik fanlari uchun muhim manba hisoblangan "Xamsat ul-mutahayyirin" asari obrazlar olami, voqea-hodisalar tasviri, bayoni, lirik janrlarning boyligi bilan hamda tuzilishi jihatidan aynan shu memuar uslubda yozilgan "Holati Sayyid Hasan Ardasher" va "Holati Pahlavon Muhammad"dan ancha farq

8-fevral

61

qiladi. Har uchala asar ham "Navoiyning memuar (xotiralar) janridagi muhim hissasi bo'lib qoladi"[2, 238]. Muallifning o'zi ham kitobda asarning kompozitsiyasi -"Muqaddima", "Avvalg'i maqolat", "Ikkinchi maqolat", "Uchunchi maqolat" va "Xotima"si xususida maxsus izoh yozgan. Chunonchi: "Muqaddima - alarning nasablariyu valodatlari va soyir avqotlarining sulukiyu bu faqir alar xizmatlarig'a qachon musharraf bo'lg'onim. Avvalg'i maqolat - alar bila bu faqir orasida o'tgan ittifoqiy umur (ishlar, voqealar), g'arobatliq (ajoyib, nodir) so'zlarkim, andin alarning bu faqirg'a xususiyat va iltifotlari ma'lum bo'lur. Ikkinchi maqolat - alar bila bu faqir orasida bitilgan ruq'alar bobidakim, holo alarning kulliyotida mazkurdurur va munshaotlarida masturkim, faqir javob bitibmen yo aks. Uchunchi maqolat - kutub va rasoil bobidakim, alarning musannafotidur va bu faqir alarning ta'lifig'a boisu tasnifig'a sabab bo'lubmen va bu ma'ni hamul kutubning ko'prog'ida zohirdur. Xotima - ul kutubu rasoil bobidakim, bu faqir alar xizmatida ta'lim va istifoda yuzidin o'qubmen va alarning hayotlarining oxirining tarixi va ul holot kayfiyati"[1, 8-9].

"Xamsat ul-mutahayyirin" asarining davriy nashrlari atoqli navoiyshunoslardan P.Shamsiyev va S.G'aniyevalar tomonidan tayyorlangan va aytish mumkinki, ushbu nashrlar mazkur asarning o'quvchilar orasida keng ommalashuviga katta xizmat qilgan. O'rganishimizga ko'ra, birinchidan, "Xamsat ul-mutahayyirin" asari yuzasidan olib borilgan dissertasiya, kitob, maqola xarakteridagi aksariyat ilmiy talqiqotlar ham ana shu nashrlarga asoslanganidan, ikkinchidan esa "Xamsat ul-mutahayyirin"ni mamlakatimiz va xorij olimlari tomonidanda o'rganish, tadqiq qilish qizg'in davom etayotganidan voqif bo'ldik.

"Shuni alohida qayd etib o'tish lozimki, asarda boshdan oxiriga qadar muallifning Abdurahmon Jomiyga bo'lgan cheksiz va samimiy hurmati yaqqol sezilib turadi"[3, 274]. Navoiy "Xamsat ul-mutahayyirin"ning "Avvalg'i maqolat" faslida biri-biridan ibratli, qiziqarli 15 ta hikoya (naql) bitgan. Demak, biz ushbu maqolada muallif "Xamsat ul-mutahayyirin"ning "Avvalg'i maqolat" faslida yozgan to'rtta voqea, xabar xususida gapirmoqchimiz. Unda Temuriylar davlati boshqaruvida bo'lgan Xuroson davlati madaniyati, adabiy muhit, ilm-fani ham batafsil tasvirlangan. Birinchi xabarda Navoiy va Jomiyning Xoja Abdulloh Ansoriy (Abu Ismoil Abdulloh ibn Muhammad - so'fiylik tariqatining yirik arbobi va nazariyotchilaridan biri, Ansoriy Hirotiy, Piri Hirot laqablari bilan mashhur bo'lgan. Navoiy allomaga "Nasoyim ul-muhabbat" tazkirasida alohida fiqra bag'ishlagan.)ning munojot ohangida bitilgan "Ilohiynoma"

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-61-68

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

nomli risolasining mutolasi bobida. Ustoz S.G'aniyeva Navoiy

8-fevral

"Ilohiynoma"ni "Munojot risolasi"[4,12] deb ta'riflashini ham aytib o'tgan.

Agar mazkur voqea bayoniga e'tibor qilsak, "Avvalgi maqolat"da tasvirlangan ushbu voqeada, birinchidan, asosiy qahramonlar sifatida Shayx Abdullo kitobdor, Navoiy va Jomiyning muborak nomlari tilga olingan va majlisda hozir bo'lganlar haqida ham ishora bor. Ikkinchidan, ikki ulug' siymolarning fe'li, salim tab'idagi o'xshash jihatlardan biri, ya'ni, o'ziga ma'qul bo'lgan, qiziqish bildirgan mazkur risolani Jomiy ham, Navoiy ham bir qo'lga olishda o'qib chiqqani xususida gapirilgan. Uchunchidan, tasvirda Navoiy o'zining va Jomiy, Abdulloh kitobdor nutqidan unumli foydalanilgan, to'rtinchidan esa yana unda Temuriylar Uyg'onish davri madaniy muhiti, o'qishli kitob sehri, kitob savdosi, kitobga munosabat, kitobxonlik kabi ijtimoiy, ma'rifiy masalalar ham qalamga olingan. Abdullo kitobdor shayx ul-islom Abdullo Ansoriyning "Ilohiynoma" risolasini sotish maqsadida Navoiy huzuriga olib keladi va risolani unga qoldiradi, buyuk mutafakkir risola bilan tanishish uchun uni qo'liga oladi va sekin-asta varaqlay boshlaydi. Bu jarayon to'g'risida Navoiyning o'zi maroq bilan bayon qilgan: " ...Faqir ul risolaning avval sahifasin ochib, xutba (Kitobning boshidagi hamd qismi - B.R.) sin o'qumoq bunyod qildim, bu xayol bilakim, bir sahifa yo g'oyatash bir varaq o'qulg'ay, andoqki el ma'hudidur, so'zning xo'blug' va ravonlig'idin hech yerda bas qila olmadim, to risolakim, ikki juzvdin ortug'roq edi - itmomg'a yetti. Majlis huzzori (hozir bo'lgan kishilar) voqif bo'lub, taajjub qildilarkim, bir risolakim, ikki juzvg'a yaqin, balki ortug'roq bo'lg'ay, bir tavajjuh bila boshtin-oyoqqacha o'qumoq xoli az g'arobat emas."

Navoiyning asarda yozishicha, ertasi kuni Jomiy Navoiyning uyiga tashrif buyuradi va kutubxonasiga kirar ekan, uning ish stolida turgan Abdulloh Ansoriyning ikki qismdan iborat "Ilohiynoma" risolasiga ko'zi tushadi: "Tonglasi hazrati Maxdum bandaxona( Qulning uyi, matnda kamtarlik yuzasidan mening uyim ma'nosida ishlatilgan - B.R.)g'a tashrif kelturdirlar. Ul risola hozir erdi, olib ochib, muborak nazarlarini soldilar. "Alar tabassum qilib, dedilarkim: "Ajab amri ittifoqiy bizning va sizning oraliqda voqe' bo'lg'on ermish: ikki yo uch kun burunroq Mavlono Shayx Abdulloh ushbu risolani bizning qoshimizga kelturub erdi, biz dog'i avvaldin bunyod qilduk, oxirig'a degincha hech yerda turmoq bo'lmay tugandi"

Ushbu ibratli, zavqli xabar tasviri ba'zi guvohlar bilan Abdulloh kitobdor o'rtasida kechgan suhbat bilan yakun topgan: "Tonglasi Mavlono Shayx Abdulloh keldi, to kitobin yo bahosin olg'an. Ba'zi anga ayttilarkim: "Falon (ya'ni banda) bu kitobni avvaldinkim o'qumoq bunyod qildi,

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-61-68

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

tugaguncha ilikdin qo'ymadi".

8-fevral

U1 taajjub yuzidin dedikim: "Hazrati Maxdumiy xizmatlarig'a ham eltib berdim, alarg'a ham ushbu hol voqe' bo'ldi" [1, 14-15].

Navoiy va Jomiy shaxsini ulug'lovchi, ruhiyatlaridagi o'zaro mushtarak jihatlarini ochib beruvchi ikkinchi voqeani mutolaa qilar ekanmiz, tasvir syujetida hatot Mavlono Abdussamad, Abdurahmon Jomiy, Navoiy, Sulton Ya'qub kabi tarixiy shaxslar esga olinganiga guvoh bo'lamiz. Navoiyning shaxsiy kutubxonasi [5, 46-53]da faoliyat olib borgan hatotlardan biri Mavlono Abdussamad tomonidan Abdurahmon Jomiyning sal avvalroq tartib bergan va Navoiy kutubxonasida bo'lgan devonini yana qayta ko'chirilishi bilan bog'liq ham ibratli, ham qiziqarli, ham muhim voqea, adabiy aloqa tafsiloti berilgan. Ayniqsa, muallif asar xarakteridan kelib chiqib, voqealar tasvirida Jomiy nutqini "Alar ayttilar", "ayttilarkim" va o'zining nutqini "faqir dedimkim", ikki o'rtada bo'lib o'tgan munozara, muhokama, murosa jarayonini esa "Guftu shunid ko'p o'tti" deb aniq, tiniq bayon qilishga harakat qilgan. Ya'ni: "Bir qatla faqir alarning qadimiy devonin Mavlono Abdussamadg'akim, zamonning xushnavislaridindur va xush tab' ham bor, buyurub erdim va ulcha maqdur takallufdur qililib erdi. Devon tugangandin so'ngra alar xizmatig'a eltib, muqobala istid'osi qilildi. Alar ayttilar: "Bir-ikki kun munda turdik. Biz miqdore mulohaza qilali. Kotibin xushtab' kishi derlar. Shoyadki, ehtiyot qilib erkinkim, muqobala qilurg'a ehtiyoj bo'lmag'ay"

Tonglasi faqir alar xizmatig'a yettim, ayttilarkim: "Bu kitobni g'arib nav' bitibdur, anga o'xsharkim, iltizom (majburiyat) qilmish bo'lg'aykim, g'alatsiz (savh, xato, yanglish) misra' bitmagay, ba'zi yerda biror-ikkiror, balki ortuq ab'yot ham tark qilibtur, o'zi-o'q munda bo'lsa, chun xushnavis kishidur, ko'p ehtiyot jihatidin shoyad xeyli ro'zgori (tirikchiligi) zoye' bo'lg'ay"

Guftu shunid ko'p o'tti, oxir faqir dedimkim: "Agar sizning muborak qalamingiz bila isloh topsa mujibi mubohot va zebu ziynat bo'lur" Oqibat qaror anga tuttikim, o'z muborak qalamlari bila isloh qilg'aylar. Had va nihoyatda ortuq g'alatlar erdikim, ham hak va ham isloh qildilar, to itmomg'a yetti, devonning oxirida bu qit'ani bitib erdilarkim:

Xushnavise chu orazi xubon, Suxanamro ba xatti xub orost. Lek har jo dar o' zi sahvi qalam Goh chize fuzudu gohe kost. Kardam islohi on bo xati xesh, Garchi nomad chunonchi dil mexost.

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-61-68

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

Har chi u karda bud bo suxanam

8-fevral

Qit'a mazmuni:

Bir xati chiroyli (kotib) go 'zallar yuzidek qilib,

So 'zlarimni bezab chiqdi.

Lekin u har joyda qalami xatosi bilan,

Goh bir narsa orttirdi, goho esa, tushirib qoldirdi.

Men o'z xatim bilan uni tuzatib chiqdim.

Garchi noqulay bo 'lsa-da, ko 'ngil tilagandek bo 'ldi.

U mening so 'zlarimni ne chog 'lik buzgan bo 'Isa,

Men uning xatiga shunday qusur yetkazdim.

Tarixiy, adabiy manbalardan ma'lumki, Navoiy ham ijodkor, ham davlat arbobi sifatida oqquyunli turkmanlar sultoni Sulton Ya'qub bilan munosabatlari juda yaxshi bo'lgan. Qizig'i shundaki, Sulton Ya'qub Navoiyga yo'llagan maktubida undan kitob so'rab murojaat qilgan bo'ladi. Navoiy unga shaxsiy kutubxonasiga qo'yilgan Jomiyning o'zi qayta tuzatgan devon nusxasini hadya sifatida jo'natadi hamda maroq bilan maktubda bo'lib o'tgan voqeani ham batafsil bayoni qiladi: "Sulton Ya'qub faqirdin kitob tilaganda andin nafisroq kitobim yo'q erdikim, har misraida ul hazratning muborak qalami kirib erdi va alarning - o'q qudsiy osor anfosi erdi -yibordim va bu bitilgan kayfiyatni sharh bila bitidim. O'qub, xushvaqtlig'lar qilib, qit'ani yod tutub, maktubda minnatdorlik izhor qilib erdilar". Ko'rinadiki, Sulton Ya'qub bu nodir kitobga ega bo'lganidan nihoyatda ma'mnun bo'ladi, hatto, u Jomiy bitgan qit'ani yod ham oladi va o'z xursandchiligini, cheksiz rahmatini izhor qilib Navoiyga javob xatini ham yuboradi.

Navoiyning asarning "Avvalg'i maqolat - alar bila bu faqir orasida o'tgan ittifoqiy umur (ishlar, voqealar), g'arobatliq (ajoyib, nodir) so'zlarkim, andin alarning bu faqirg'a xususiyat va iltifotlari ma'lum bo'lur", deb aytilganlari bilan bog'liq xotiralarini o'qishda davom qilar ekanmiz, biz ushbu maqolamizda Navoiy va Jomiy hayoti, ijodi, shaxsiy hayotlari, fazilat, mahoratlari to bizgacha ham, bizni ham hayratga solgan uchinchi hayotiy hikoyani talqin va tahlil qilar ekanmiz, hikoyada bo'lib o'tgan voqea muallif tilidan hikoya qilingan, qahramonlar o'rtasda bo'lib o'tgan lutf, e'tirof, samimiyatga qurilgan uchta dialog ham bor. Hikoya qatnashchilari sifatida esa Sulton Husayn Boyqaro, Jomiy, Navoiy, bog'bon Sulton G'iyos kabi qahramonlar siymosini ko'ramiz. Navoiy unda Temuriy hukmdorlarga xos bunyodkorlik, shaharsozlik madaniyati, xususan, Sulton Husayn Boyqaro inaugurasiyasi o'tgandan so'ng Hirotda barpo qila

O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-61-68

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o'rganish masalalari

g

Ba xati u qusur kardam rost

31

boshlagan "Jahonoro" bog'ining tarhi bilan bog'liq bir ibratli

8-fevral

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023 O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

^01^0.24412/2181-1385-2^

voqea bayon qilingan. Demak, voqea 1469 yil mart oylarida bo'lib o'tgan. "Jahonoro" bog'ining bosh bog'boni bo'lgan Sulton G'iyos manzarali bog'dorchilikda ekiladigan 104 ta sarv (Sarvdoshlar oilasiga mansub igna bargli o'simliklar turkumi, doim yashil manzarali, balandligi 30 metrga yetadigan daraxt, sarvlar bog'larda manzarali o'simlik sifatida o'stiriladi. Juda chiroyli shaklda o'sishi tufayli Sharq mumtoz she'riyatida majoziy ma'noda sarvqomat yor obrazini tasvirlashda ko'p qo'llanilgan.) daraxti ko'chatlarini sotib olgan bo'ladi va arab yozuvdagi "qad" so'zining harflari miqdori abjad hisobida 104 bo'lishi aytilgan. Chunonchi: "Podshoh ul yilki Xuroson taxtin olg'ondakim, "Jahonoro" bog'i tarhin soldilar. Bir panjshanba kuni ul hazrat xizmatlarida Gozurgohidin (Gozurgoh -Hirotda tog' etagidagi xush manzara maydon.) Dasht yuzi bila Xiyobon (Xiyobon - Hirotning markaziy ko'chasi.) sori boriladur erdi. Sayyid G'iyoskim, ul bog'ning ta'miri va bog'bonlig'i ang'a mutaayyin erdi, yo'lda yo'luqtikim, arobalarg'a ulug'roq sarv yig'ochlarin bog'lardin sotun olib, qo'ngarib yuklab, "Jahonoro" bog'iga eltadur erdi: Ul Hazratg'a salom berib, iltifot qilib, mutoyaba bila dedilar:

- Yana hech sarv yig'ochi qoldimu? Ne, buyla sarv yig'ochi yuklabsen, oyo necha yig'och bo'lg'ay?

Ul dedikim:

- Sanabbiz, yuz to'rt adaddur. Alar dedilarkim:

- Ajab adaddur.

Faqir dedikim:

- Munosib adaddur, nevchunkim, "qad" adadi bila munosibdur. Alar dedilarkim:

- Rostdur, - dag'i faqirni tahsin qildilar" [1, 18-19].

Ko'rinadi, yo'l ustida bo'lib o'tgan suhbatda ham, birinchidan, Navoiy va Jomiyning zakiyligi, hozirjavobligi aks etgan bo'lsa, ikkinchidan, ulug' Navoiy ustozi buyuk Jomiy bilan bog'liq ushbu lavhani yozishiga uning "Rostdur" deb aytgan tahsini sabab bo'lgan bo'lsa, ne ajab.

Asarning "Avalg'i maqolat" faslida Navoiy Jomiy portiretini chizishda davom qilar ekan, mahoratli muallif ayrim zamondoshlari yoki ularning farzanlarining bevaqt vafoti bilan bog'liq bo'lgan motam kunlari va bu kabi g'amli, qayg'uli damlardagi ayanchli ahvoli, ruhiyatini ham yoritishga harakat qilgan. Bu holatga misol sifatida kitobdan Jomiyning Sayfiddin Muhammad nomli o'g'lining va Sulton Husayn Boyqaroning 11

8-fevral

66

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023 O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

^0^10.24412/2181-1385-202^

nafar o'g'illaridan biri - Muzaffar Husayn Mirzoning Ahmad Husayn nomli o'g'lining bevaqt vafoti yoki ushbu asar xotimasida 78 yoshli Jomiy vafoti, uning dafn marosimi hamda aza sohiblariga qarata aytilgan taskin, ta'ziya bildirish, yo'qlov, marsiyalar bitish tasvirini eslash kifoya.

Yo'qlov mavzusidan kelib chiqib, "Xamsat ul-mutahayyirin" asarining "Avalg'i maqolat" faslida motam mavzusi aks etgan ta'sirli, ibratli to'rtinchi lavhaga diqqat qilsak: "Qurrat ul-ayni saltanat Muzaffar Husayn mirzoning Ahmad Husayn otlig' farzandi Tyengri rahmatig'a borganda alar azo so'rar dastur bila "Bog'i Safed"g'a kelib erdilar. Faqir ul aziz farzand marsiyasi bila ul aziz ota duosi bobida bu baytni aytib erdimkim:

Gar sham ' murd, mehri falakro mador bod,

18

Gar qatra rext, obi baqoro qaror bod .

(Bayt mazmuni:

Sham' o'chsa ham osmon quyoshi aylanib tursin,

Qatra to'kilsa ham boqiylik suvi barqaror bo'lsin.)

Ul Hazrat xizmatlarida astag'ina o'qudum. Sultonzoda majlislarida alar davot va qalam va qog'oz tiladilar, dag'i bu baytni bitidilarkim:

Farzand mevayest zi shoxi daraxti umr, Gar z-on ki meva rext, shajar poydor bod19.

(Bayt mazmuni:

Farzand umr daraxti shoxidagi bir mevadir,

Agar undan meva to'kilsa, daraxt doimo bo'lsin.) Va sultonzoda niyozmandlig'lar qilib, bu baytning musavvadasin olib, azim ta'zimlar qilib uzottilar" [1,19-20].

Lavha xotimasidan ma'lumki, Jomiy Muzaffar Husayn Mirzoning shohona iltifotiga musharraf bo'ladi, ya'ni, taskin, yupanchga yo'g'rilgan Jomiy yozgan baytning dasxati - qoralama nusxasini o'zida olib qoladi va uni ulug'lab shaxsan o'zi kuzatib qo'yadi.

Xulosa shuki, biz bir maqola doirasida tahlil va talqin qilgan to'rta ibratli, ta'sirli voqealar bayonida, birinchidan, Navoiy ulug' Jomiyni eslab, xotira fonida buyuk zamondoshi, ustozining siymosini mahorat va mehr bilan tasvirlaganiga, ikkinchidan, har ikkovining hayoti, shaxsi, ijodi ruhiyatida o'zaro mushtaraklik kasb etgan ibratli ishlar, nodir voqealar, hikmatli so'zlariga guvoh bo'ldik. Xulosamiz xotimasini Navoiy asarning "Avvalg'i maqolati"da buyuk zamondoshi Jomiyga nisbatan sog'inch, hijron, hasrat, o'kinch va e'tirof tuyg'ulari bilan "Xushe ul zamonkim, zamon mundog'

8-fevral

67

O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti DOI: 10.24412/2181-1385-2023-1-61-68

Volume 4 | Conference Proceedings 1 | 2023

Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini

buzurgvorlar sharif vujudlari bila orosta va davron mundoq rafe' miqdorlar xilqatlari bilan piyrosta erdi", deb bitgan fikrlari bilan yakunlashga harakat qildik .

REFERENCES

1. Алишер Навоий.. Хамсат ул мутахдййирин. МАТ. 15-жилд. - Тошкент: Фан, 1999.

2. Иззат Султон..Навоийнинг к;алб дафтари. - Тошкент: Гафур Гулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи, 2010.

3. Узбек адабиёти тарихи. Беш томлик. 2-том. - Тошкент: Фан. 1977.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

4. Ганиева С. Навоий ёга олган асарлар. - Тошкент: ТошДШИ нашриёти, 2014.

5. Ражабова Б.Навоийнинг шахсий кутубхонаси. Узбек тили ва адабиёти журнали. - Тошкент: , 2023.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.