Научная статья на тему 'MUNOJOT TARJIMASIDA SHAKL VA MAZMUN BIRLIGI'

MUNOJOT TARJIMASIDA SHAKL VA MAZMUN BIRLIGI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Devon / g’azal / bayt / asliyat / matn / tarjima / she’riy san’atlar. / Devon / ghazal / verse / original / text / translation / poetic arts.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Todjihodjayev, Muso

Mazkur maqolada Xojanazar Huvaydo Chimyoniyning melodiy 1901 yilda Istanbuldagi Mahmudbey nashriyotida hamyurtimiz Mahmudxojai Xojandiy ehtimomi bilan devonining birinchi g‘azali Ollohga hamd g‘azalining ayrim baytlarining nemischa tarjimasi tahlil qilinadi. Huvaydoning bu g‘azalida 10 dan ziyod badiiy san’at namunalari qo‘llangan. Ammo biz hamd g‘azallardagi asosiy san’at – iqtibos san’ati va uning tarjimada qayta yaratilishi muammosini kuzatishni maqsad qilib oldik. Tahlillarimiz jarayonida g‘azal mazmunini to‘laroq anglashga xizmat qiluvchi boshqa ayrim san’atlar, jumladan, mulamma va qisman takror san’ati tarjimasi tahliliga ham to‘xtalamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

UNITY OF FORM AND CONTENT IN COMMUNICATION TRANSLATION

This article analyzes the German translation of some verses of Khojanazar Huvaid o Chimyani's first ghazal Allahga hamd ghazal-the prayer ghazel for God, published in 1901 by our compatriot Mahmudhojai Khojandi at the Mahmudbey publishing house in Istanbul. More than 10 artistic arts are used in Huvaydo's ghazal. But we aimed to observe the main art of praise ghazals the art of quotation and the problem of its reproduction in translation. In the course of our analysis, we will touch upon the analysis of translation of some other arts that serve to fully understand the content of the ghazal, including the art of mulamma and partial repetition.

Текст научной работы на тему «MUNOJOT TARJIMASIDA SHAKL VA MAZMUN BIRLIGI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

MUNOJOT TARJIMASIDA SHAKL VA MAZMUN BIRLIGI

Muso Todjihodjayev,

Namangan davlat universiteti dotsenti, (PhD e-mail: aziz.1959@mail.ru +99890 2787390

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada Xojanazar Huvaydo Chimyoniyning melodiy 1901 yilda Istanbuldagi Mahmudbey nashriyotida hamyurtimiz Mahmudxojai Xojandiy ehtimomi bilan devonining birinchi g'azali - Ollohga hamd g'azalining ayrim baytlarining nemischa tarjimasi tahlil qilinadi. Huvaydoning bu g'azalida 10 dan ziyod badiiy san'at namunalari qo'llangan. Ammo biz hamd g'azallardagi asosiy san 'at - iqtibos san 'ati va uning tarjimada qayta yaratilishi muammosini kuzatishni maqsad qilib oldik. Tahlillarimiz jarayonida g'azal mazmunini to 'laroq anglashga xizmat qiluvchi boshqa ayrim san 'atlar, jumladan, mulamma va qisman takror san 'ati tarjimasi tahliliga ham to'xtalamiz.

Kalit so'zlar: Devon, g'azal, bayt, asliyat, matn, tarjima, she'riy san'atlar.

ABSTRACT

This article analyzes the German translation of some verses of Khojanazar Huvaid o Chimyani's first ghazal - Allahga hamd ghazal-the prayer ghazel for God, published in 1901 by our compatriot Mahmudhojai Khojandi at the Mahmudbey publishing house in Istanbul. More than 10 artistic arts are used in Huvaydo's ghazal. But we aimed to observe the main art of praise ghazals - the art of quotation and the problem of its reproduction in translation. In the course of our analysis, we will touch upon the analysis of translation of some other arts that serve to fully understand the content of the ghazal, including the art of mulamma and partial repetition.

Key words: Devon, ghazal, verse, original, text, translation, poetic arts.

KIRISH

She'riyatda shakl va mazmun birligi faqat adabiyotning o'zigagina daxldor hodisa emas. Adabiy asar tarjimasi jarayonida bu birlamchi masalaga aylanadi. Garchi tarjimashunoslikda badiiy asardagi shakl va mazmun mutanosibligi, uni qayta yaratish muammosi olimlarimiz tomonidan birmuncha tadqiq etilgan bo'lsa-da, bu muammo har safar muayyan tadqiqot doirasida yangilanadi va yangi tahlillarni talab qiladi. Zero, tarjimadan maqsad asl nusxa o'quvchisi tuygan estetik zavqni boshqa tilda qayta yaratish - uni tarjima o'quvchisiga yuqtirish ekan, o'z-o'zidan shakl va

Research BIB / Index Copernicus

mazmun uyg'unligi masalasi har qanday tarjimaning bosh me'zoni sifatida maydonga chiqadi. Sharq mumtoz adabiyotining atoqli vakili bo'lgan Huvaydo ham o'z g'azallarida lirik qahramon timsoli, uning kechinmalari, ichki his-tuyg'ularini ifodalashda g'azalning kompozitsion yaxlitligini, baytlar misralarining mantiqiy va uzviy bog'lanishi uchun hamda mazmunni chuqurlashtirishda ko'plab badiiy san'atlardan foydalangan.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili (Literature review).

Tarjima tahlili uchun Huvaydo devonining birinchi g'azali - hamd g'azalining ayrim baytlarini tanladik. Unda 10 dan ziyod badiiy san'at qo'llangan. Ammo biz hamd g'azallardagi asosiy san'at - iqtibos san'ati va uning tarjimada qayta yaratilishi muammosini kuzatishni maqsad qilib oldik.

Bu san'at turi haqida adabiyotshunos olim Yoqubjon Ishoqov shunday yozadi: Iqtibos - mushtarak (ham lafziy, ham ma'noga daxldor) san'atlar jumlasidan bo'lib, nasr yoki nazmda bayonning yorqin va go'zal ifodasi uchun oyat va hadislar keltirish usuli. Ayrim olimlar, masalan, Atoulloh Husayniyning fikricha, iqtibos sifatida olingan oyat va hadislar to'g'ridan-to'g'ri, ya'ni ularning oyat va hadis ekaniga ishora qilinmagan holda keltirilishi lozim.[1, 133]

Tahlil va natijalar (Analysis and results).

Iqtibos san'aining nemis tilida qayta yaratilishi haqida hozirgacha o'zbek tarjimashunosligida maxsus tadqiqot yo'q. Huvaydo munojotining nemischa tarjimalari tahliliga kirishar ekanmiz, avvalo, birinchi baytda kelgan diniy istiloh -«Ilohi» nidosi va uning sinonimlari hamda ularning tarjimaviy tahlili bilan tanishamiz.

«Ilohi» (yoki «Iloho») nidosi barcha hamd g'azallar va nasriy munojotlarda uchraydi. Bu nido bilan shoir yoki voiz qalbining chuqur tubida saqlab kelayotgan istaklari va niyatlarini qodir Allohga yetkazish uchun kirish so'zi o'rnida foydalanadi. Bu istilohning «yo, Xudo», «Xudovando», «Parvardigoro», «yo Rab» kabi o'nlab variantlari bo'lsa-da, hamd g'azallarda, asosan, shu atama ishlatiladi. Islom falsafasini yaxshi o'zlashtirgan M.Xartmann «Ilohi» va keyingi o'rinlardagi «ey, Xudovando» va «ayo, Ma'budi behamto» kabi nidolarni mutanosib ravishda «O, Gott» (yo Xudo), «Du, Angebeteter», (Sen, sevimli) «Einziger» (Yolg'iz, Yakka) glosslari bilan o'girgan. Mutarjim bu so'zlarni nemischaga shunchaki o'tkazib qo'ya qolmasdan, matn osti izohlarida bu so'zning nafaqat ushbu g'azaldagi o'rni va ahamiyati, balki, Sharqning boshqa mutasavviflari asarlarida qo'llanishiga ham to'xtalgan. Bunda u Yassaviy, G'azzoliy va Mashrab g'azallarida uchragan «Ilohi» xitobi qo'llangan baytlar va ularning ingliz, fransuz yoki nemis tillaridagi tarjimalarini keltirgan.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

Ushbu mulohazalarimizni Xojanazar Huvaydo devonining 1-g'azali - hamd g'azal misolida ko'rib chiqamiz. U:

l^jjl^ JSJ^JS jVJJ

jJ^*^ ù^J^ oliS (4,136)

[ilöho sen karam birlan kecirgil Ey xudövandö gunöhi jumlai möminni ayö m'abudi bexamtö.] matla'si bilan boshlanadi. Nemischada:

O, Gott, verrzeih du in Gnade die Suenden aller Glaeubigen, Du Angebetener, Einziger! (4.137.) Mazmuni: ey, Xudo, Sen bag'rikenglik (karam) bilan barcha (Xudoga) ishonuvchilarni kechirgin, ey Kechirguvchi, Yolg'iz zot.

Baytda Tangriga 3 bora murojaat qilingani takror san'atini yuzaga keltirgan. Sinonim va ma'noviy yaqin so'zlar - Allohning sifatlari tarjimada ham muvaffaqiyat bilan qayta yaratilgan. «Iloho» nidosi umumlashtirilgan holda «O, Gott», «ayo Ma'budi behamto» atamalari esa muqobil yo'l bilan «Du, Angebetener, Einziger» (Sen, ayblarni yashiruvchi, Yolg'izsan!) nidolari bilan o'girilganki, bu san'atning tarjimada muvaffaqiyatli chiqqani Insonning Allohdan so'rovi paytidagi ruhiy holatini to'g'ri aks ettirishga xizmat qilgan. Shuningdek, baytning 2- misrasida turkiy so'zlar bilan birga forsiy va arabiy kalimalar ham ishlatilgani hamd g'azallari uchun odatiy hodisa bo'lib, asarning o'quvchiga, ayniqsa, kitobxonga estetik ta'sirni kuchaytiradi. Sharq she'riyatiga xos bo'lgan bu xususiyat nemischa tarjimada qayta yaratilmagan. Chunki, nemis tilida bu san'atlarni qayta yaratish uchun lotin yoki fransuz tilidagi gloslardan foydalanishga to'g'ri kelardi. Bu esa o'quvchiga matnni tushunishda qiyinchilik tug'dirardi.

Munojotning 2-bayti tasvir bilan boshlanib, iltijo bilan tugagan:

(jljtâ JX J^l jix Jjl^l^ J^jl

IJ^J Jèl^La ^JJJ^iJJ ^¿jjj ^ASJJ (4.136)

[ösal sahröda qaynar magzi sar misli qozön yanglig tilim tizga tusürib tasna aylab qilmagil rasvö.] Baytda dahshatli do'zax «sahro» atamasi bilan ifodalangan. Suvsiz va giyohsiz qumliklardan iborat sahro manzarasi - Sharq kishilariga azaldan tanish. Sahro tabiati ba'zan do'zax tabiatidan qolishmaydi.

Bayt tarjimasi: «In jener Wüste siedelt das Hirn wie ein Kessel, dort mach mich nicht zum Gespött, indem du meine Zunge bis zum Knie herabfallaen lasst vor Durst.» Mazmuni: O'sha sahroda (bosh) miya qozon kabi qaynaydi. U yerda mening tilimni tashnalikdan tizzagacha tushirib, kulgi (sharmanda) qilib qo'ymagin.

Research BIB / Index Copernicus

G'azaldagi tasvir tarjimada aniq ifodalangan. G'arb ahlining ko'z o'ngiga do'zax manzarasining bir lavhasi yaqqol keltirilgan. Forscha «mag'zi sar» so'zi nemis tilida «Hirn» glossi bilan o'girilgan. Bu so'z asliyat ma'nosining nemis tilidagi muqobilidir. 1-misra so'ngidagi o'xshatish- «misli qozon yanglig'» «wie ein Kessel» (xuddi qozon kabi) shaklida o'tkazilgan. Matn osti izohlarida bu san'atni hosil qilgan o'xshatish obyekti - »qozon yanglig'» so'zlariga ham maxsus to'xtalgan mutarjim qozonning kishilar hayotidagi muhim o'rnini ko'rsatib o'tgan. Lekin mutarjimning «qozon» atamasiga faqat uning kishilar uchun ozuqa tayyorlashdagi ahamiyatini ochib berganini ham aytib o'tish kerak. Munojotda esa do'zaxning «ish jarayoni» - tagiga olov yoqilgan qozonning qaynashiga o'xshatilgan.2-misradagi tasvir ham tarjimada aniq ifodalangan.

Shu o'rinda iqtibos san'atini yuzaga chiqargan vaziyat bilan tanishamiz. Buning uchun Qur'oni karimning Alouddin Mansur tomonidan tayyorlangan va 1992 yili Toshkentda nashr ettirilgan o'zbekcha izohli tarjimasiga murojaat qilamiz va oyatlarni lotin imlosidagi o'zbek tilida keltiramiz. Qur'oni karimning bir necha oyatlarida «sahro» - do'zax dahshatlari bayon qilingan. 77 - cura bo'lmish «Val-mursalot»ning 24-va 40-oyatlarida jahannam va uning ahli tasvirlangan. 78-sura bo'lmish «Naba'»ning 21-22-oyatlari yuqoridagi oyat mazmunini to'ldiradi: «Albatta, tug'yonga tushguvchilarning borar joylari bo'lgan jahannam ko'z tutib turibdi.» 24-oyatda bu fikr davom ettiriladi: «Ular u joyda biror salqinni va biron ichimlikni topmaslar!» [1]

Tarjimada ham bu san'at qayta yaratilgan. Matn osti izohlarida «sahro» so'zining asl ma'nosiga tushuntirish berilgan. Bunda islom dunyosining olimlari asarlariga murojaat qilingan. Jumladan, bizning yurtimizdan tetishub chiqan tasavvuf allomalaridan biri Imom G'azzoliy asarlarining nemischa tarjimalaridan Xartmann keng foydalangan: «Ghazali beschreibt, ... den Platz, auf dem die aus den Gräbern Erwaeckten versammelt werden, und wo sie 1000 Jahre warten muessen, bis die Posaune erschallt und der Richter erscheint; sie muessen fuerchterlich schwitzen, denn «die Sonne ist ihrem Kopfe so nahe, dass, streckte Einer die Hand aus, er sie erreichen wuerde (S.56), die Gerechten werden vor der nahen Gluthgeschuetzt durch einen Schatten (Schattendach) der ueber ihre Koepfe gebreitet ist». Wolf 69 (S.123) wird die zill-Frage ausfuerlucher eroertert und die Vorstellung zurueckgekehrt auf Quran 77, 30... Das die Centralasiaten den mahschar - Platz als sahra bezeichnen... kein Wunder; horten sie doch über Takla-Makan-Wüste.

Mazmuni: G'azzoliy tasvirlashicha, ...bu maydon sur chalinib, so'roq qiluvchilar yetib kelishgach, qabrlarida 1000 yil yotganlar to'planadigan joy. Ular dahshatli issiqdan terlab, qaynoqdan qattiq baqirib turadilar, chunki Quyosh ularning

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

boshi uzra shunchalik yaqinki, agar birontasi qo'lini ko'tarsa, yetadi. Mo'minlar boshlari uzra tutilgan chodir bilan tepalaridagi issiq (olov)dan saqlanadilar».

3-baytning 1-misrasi yana tasvir bilan boshlanib, 2-misrasida shu holatdan saqlashni (Ilohdan) iltijo qilingan:

Ijjjl ijj ¿ДО ^JjJ ajj jji£

IAJJ Ja ^A^j ^j^ ^¿jj^j^lj <jj£ J^jl (4.136) [kelür nayza boyl xursldi tobön farqi sar uzra ösal kün bösimizga cödari rahmatni qil paydö ]

Baytda kirish so'zi "llöhi" glosssi (vazn taqozosi bilan) qo'llanmagan bo'lsa-da, 2-misraning boshida uning o'rni bilinib turibdi. Baytda bir necha san'at namunalari qo'llangan. 1-misrada «kelur xurshidi tobon favqi sar uzro» so'zlari bilan, 2 -misrada esa «chodari rahmat» so'zini qo'llash bilan iqtibos san'ati zohir qilingan. Bunda Qur'ondagi oyatlarga ishoralar bor. Jumladan, 77-suraning 41-42-oyatlarida shunday marhamat qilingan: «Taqvodor zotlar esa, albatta, soya-salqinlarda, chashmalar va ko'ngillari tusagan meva-chevalar ustidadirlar.»

Shu suraning 44-oyatida esa yuqoridagi fikr yanada aniqlashtiriladi: «Albbatta, Biz chiroyli amal qilguvchilarni mana shunday mukofotlarmiz.»

Baytning mazmuni: Auf Lanzenlayenge kommt die gluyehende Sonne dem Scheitel nahe: an jenem Tage schaff unserm Kopf das Zelt (Schattendach) des Erbarmens. (4.137)

Mazmuni: Yonayotgan Quyosh bosh uzra nayza uzunligida keladi, o'sha kun mehribonlik chodiringni (choyshab, salqin beruvchi kapa) boshimiz uzra yaratgin.

Bayt o'girmasi uchun so'zma-so'z tarjima usuli qo'llangan. Asliyatdagi tasvir o'zga tildagi o'quvchi uchun ham tanish va tushunarli. Misralarning tadrijiyligi saqlangan. Shuningdek, asliyatda «bosh» ma'nosini beruvchi 2 so'z qo'llangan. Bular forscha «j^>» [sar] va o'zbekcha «bosh» so'zlari bo'lib, mutarjim ularni mutanosib ravishda «der Scheitel» va «der Kopf» so'zlari bilan o'girgan. Shu tariqa asliyatdagi so'z o'yini tarjimaga ham ko'chgan. Nemischa-ruscha lug'atda «Scheitel» - »темья», «макушка» deb berilgan.- ruscha lug'atda esa muvofiq ravishda ular «bosh», «boshning ust qismi» ma'nolarini anglatadi.Xartmann bu usul bilan avvalgi baytlarda yo'l qo'yilgan ayrim qisqartirishlarning o'rni to'ldirgan va forsiydagi «mag'zi sar» -»boshning mag'zi» - «boshmiya» so'zlarini muqobil variantini yaratishga harakat qilgan.

Xulosa va takliflar (Conclusion/Recommendations).

Demak, tarjimon baytning mazmunini to'g'ri idrok etgan va asliyatdagi usulga muvofiq ravishda yangi bayt yaratgan.

Research BIB / Index Copernicus

Huvaydo munojotining nemischa tarjimasida amal qilingan qatiyatlar -quyidagilardan iborat:

1. Tarjimada Allohning nomlari va sifatlari so'zma-so'z usulda o'girilgan.

2. Bir baytning o'zida qatorlashib kelib takror san'atini yaratgan nomlar qisqartirilgan va keyingi misra yoki baytlarda uning o'rni boshqa san'atlar bilan qoplangan.

3. Ayrim hollarda Allohning nomlari umumlashtirilgan.

4. Baytlar tarjimasida Qur'on va hadislardan olingan iqtiboslar o'girmasida nemis tilida nashr qilingan Qur'on va hadislardan mohirona foydalanilgan.

5. Payg'ambar (s.a.v.) nomi transkripsiya usulida olingan.

6. Tarjimalardan keyin bayt ichida keltirilgan oyatlarga qo'shimcha izohlar berilgan. Jumladan hozirgi Ozbekistonda hududidan yetishib chiqqan allomalar asarlarlaaridan foydalanilgan.

7. Qur'on yoki hadisdan olinib, iqtibos san'atini keltirib chiqargan, aksari hollarda yashirin qo'llangan suralarning umumiy ma'nolari yoki ayrim olingan oyatlar mutarjim tomonidan muvaffaqiyatli o'girilgan. Tarjimadagi izohlarda turli suralardan olingan 7 ta oyat keltirilgan va keng sharhlangan. Izohlar uchun Yevropadagi, asosan, Germaniyada yashab ijod etgan islomshunos olimlarning asarlaridan foydalanilgan.

Sharq she'riyatidagi, xususan, Huvaydoning Munojot g'azalidagi shiru-shakar, mulamma san'atlari tarjimada tushirib qoldirilgan. Asliyatdagi o'zbek tiliga o'zlashgan xorijiy so'zlar (varvarizmlar) tarjimada nemis tilidagi so'zlar bilan ifodalangan. Bu usul esa g'azaldagi ayrim san'atlarni yo'qqa chiqargan.

Umuman olganda, Huvaydo devonidagi munojot, boshqa g'azallar kabi nemis tiliga mohirlik bilan o'girilgan. Huvaydoning Haqqa munojoti tarjimasida diniy istilohlarni qayta yaratish masalasiga oid ko'plab takliflar bildirildi. Tarjima tahlili jarayonida Islom olamining G'azzoliy va Yassaviy kabi allomalarining diniy-ma'rifiy asarlari ham nemis tiliga o'girilgani haqidagi ma'lumotlar ham berildi. Kelgusida bu dalillardan qilinishi zarur bo'lgan ilmiy ishlarni aniqlash imkoni yaratildi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Qur'oni Karim.O'zbekcha izohli tarjima. Tarjima va izohlar muallifi Alouddin Mansur. - Toshkent, 1992. (Qurani Karim. Uzbek annotated translation. The author of the translation and annotations is Alauddin Mansur-Tashkent, 1992)

2. Ochilov E. Ruboiy tarjimasida shakl va mazmun birligi: Filol. fan. nomz. ... diss. - Toshkent, 1994. (Ochilov E. Unity of form and content in Ruba'i translation. PhD diisertation. P.132)

Research BIB / Index Copernicus

3. Hojiahmedov A. She'riy san'atlar va mumtoz qofiya. - (Poetic arts and classical coconua). Sharq, Tashkent, 1998. 210 p.

4. Hartmann M. Der cagataische Divan Huweidas - (The Cagata Divan Huweidas)

5. Journal Westasiatische Studien. - Berlin, 1902.

6. Das grosse Deustch-Russische Woerterbuch.In zwei Baenden. Band 2. Autoren E.I.Leping u,a. - (The big German-Russian dictionary. In two volumes. Volume 2. Authors: E.I.Leping and others.) Moskau, Publishsing house «Sovetskaja Entsiklopediya», 1969. 340 p.

7. O'zbekcha-ruscha lug'at. - (Uzbek-russian dictionairy) Tashkent: Bosh ensiklopediya nashriyoti, 1988. 322 p.

8. Todjixodjayev M.M. Ozbek mumtoz adabiyoti namunalari Martin Hartmann tarjimasi va talqinida. Filol.fan.bo'y. fals.dok.diss . - (The Examples of Uzbek classical literature translated and interpreted by Martin Hartmann) Diss. of doctor of philos.on philol.scienc. (PhD)- Namangan, 2021. 132 p..

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.