Научная статья на тему 'DINIY TERMINLARNING “SADDI ISKANDARIY” DOSTONIDA QO‘LLANISH XUSUSIYATLARI'

DINIY TERMINLARNING “SADDI ISKANDARIY” DOSTONIDA QO‘LLANISH XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
129
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Muboh / muhri nubuvvat / misvok / me’roj / buroq / but / butxona / butparast / zardusht / majus / otashkada / qiyomat / mushk / kufr / kofir / ummat / joynamoz / tasbih / g‘usl / laylat-ul qadr. / Mubah / seal of prophecy / miswak / mi'raj / buraq / idol / idol / idolater / Zoroastrian / Magian / atashkada / Qiyamat / musk / kufr / kafir / ummah / joynamaz / tasbih / ghusl / Laylat-ul-Qadr.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Mavlonov, Ahmadjon Hoshimovich

Alisher Navoiy nafaqat o‘zbek she’riyatining, balki tilshunoslik, san’at, madaniyat, ma’rifat va boshqa sohalarning rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk qomusiy olim hamda davlat arbobidir. Uning eng buyuk asarlaridan biri “Saddi Iskandariy” dostoni nafaqat Navoiy, balki turkiy adabiyotning gultojidir. Biz ushbu maqolamizda dostonda qo‘llangan islom, zardushtiylik va xristian diniga oid terminlar, ularning genezisi, mazmun-mohiyati, ulug‘ shoirning badiiy matnda terminlardan foydalanish mahorati haqida ma’lumot berdik.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CHARACTERISTICS OF THE USE OF RELIGIOUS TERMS IN THE EPIC OF "SADDI ISKANDARI"

Alisher Navoi is a great encyclopedist and statesman who made a great contribution to the development of not only Uzbek poetry, but also linguistics, art, culture, enlightenment and other fields. One of his greatest works, the epic "Saddi Iskandariy", is not only a masterpiece of Navoi, but also of Turkish literature. In this article, we have provided information about the terms of Islam, Zoroastrianism and Christianity used in the epic, their genesis, meaning, and the great poet's ability to use terms in the artistic text.

Текст научной работы на тему «DINIY TERMINLARNING “SADDI ISKANDARIY” DOSTONIDA QO‘LLANISH XUSUSIYATLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(8), August, 2023

DINIY TERMINLARNING "SADDI ISKANDARIY" DOSTONIDA QO'LLANISH XUSUSIYATLARI

Mavlonov Ahmadjon Hoshimovich,

Samarqand davlat universiteti o'qituvchisi, E-mail: mavlonovahmad87@gmail .com

ANNOTATSIYA

Alisher Navoiy nafaqat o 'zbek she'riyatining, balki tilshunoslik, san 'at, madaniyat, ma'rifat va boshqa sohalarning rivojiga ulkan hissa qo'shgan buyuk qomusiy olim hamda davlat arbobidir. Uning eng buyuk asarlaridan biri "Saddi Iskandariy" dostoni nafaqat Navoiy, balki turkiy adabiyotning gultojidir. Biz ushbu maqolamizda dostonda qo'llangan islom, zardushtiylik va xristian diniga oid terminlar, ularning genezisi, mazmun-mohiyati, ulug' shoirning badiiy matnda terminlardan foydalanish mahorati haqida ma 'lumot berdik.

Kalit so'zlar. Muboh, muhri nubuvvat, misvok, me'roj, buroq, but, butxona, butparast, zardusht, majus, otashkada, qiyomat, mushk, kufr, kofir, ummat, joynamoz, tasbih, g'usl, laylat-ul qadr.

ABSTRACT

Alisher Navoi is a great encyclopedist and statesman who made a great contribution to the development of not only Uzbek poetry, but also linguistics, art, culture, enlightenment and other fields. One of his greatest works, the epic "Saddi Iskandariy", is not only a masterpiece of Navoi, but also of Turkish literature. In this article, we have provided information about the terms of Islam, Zoroastrianism and Christianity used in the epic, their genesis, meaning, and the great poet's ability to use terms in the artistic text.

Key words. Mubah, seal of prophecy, miswak, mi'raj, buraq, idol, idol, idolater, Zoroastrian, Magian, atashkada, Qiyamat, musk, kufr, kafir, ummah, joynamaz, tasbih, ghusl, Laylat-ul-Qadr.

KIRISH

Hech shubhasiz, "Saddi Iskandariy" dostoni Alisher Navoiyning shoh asarlaridan biridir. Doston hajman Xamsaning eng katta dostoni bo'lib, aruzning mutaqorib bahrida yozilgan.

89 bobdan iborat bo'lgan ushbu ulkan dostonning 14 bobi muqaddima, 15-87-boblar asosiy qism, 88 - 89-boblar xulosa qism hisoblanadi.

Asosiy qismda o'ziga xos takrorlanishni ko'rishimiz mumkin. Avval Iskandar hayoti bilan bog'liq biror voqea, keyin pand-nasihat ruhidagi bob, xuddi shu mavzuga

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(8), August, 2023

xos bo'lgan bir rivoyat yoki hikoya hamda shu mavzuda Iskandarning savoli va Arastuning javobi. Mana shu to'rtlik dostonning xulosa qismigacha shu tartibda takrorlanib boraveradi.

Xulosaning 88-bobini Navoiy ukasi Darvishaliga nasihat tarzida yozadi. Xususan, Navosiz ulusning navobaxshi bo'l,

Navoiy yomon bo'lsa, sen yaxshi bo'l, baytini ham shu o'rinda aytib o'tadi. Alisher Navoiy nafaqat shoir-ijodkor edi, balki til, adabiyot, iqtisod, tabiiy fanlar, aniq fanlar, siyosat ilmi hamda shariat qonun-qoidalarini mukammal bilgan qomusiy olim edi. U nafaqat ilmiy, falsafiy, balki badiiy asarlarida ham turli fan yoki kasbga oid terminlarni mahorat bilan qo'llaydi. Shulardan biri "Saddi Iskandariy" dostonida qo'llangan diniy terminlarni tahlil qilamiz.

Doston yozilgan davrda yurtimizda deyarli barcha islom diniga e'tiqod qilishar, Alisher Navoiy esa zamonasining ziyoli qatlami sifatida diniy hamda dunyoviy bilimlarning bilimdoni edi. Yoshligidanoq muqaddas Qur'oni karim va hadislarni puxta o'rgangan Navoiy ijodining zarur o'rinlarida diniy ma'lumotlarni ham kiritib boradi. Xususan, dostonda islom diniga oid ma'bad, ravza, hur, shar, muboh, nikoh, masjud, qiyomat, tomug', maloyik, pari, sujud, sojid, sajda qilmoq, muhri nubuvvat, laylat-ul qadr, me'roj, shayton, arsh, xuld (janna't), buroq, xutba, ummat, Janna't, g'usl, misvok, do'zax, bihisht, fotiha, xatm, joynamoz, tasbih, karam, ma'bud, hamd, ehson qilmoq, qiyomat, tomug', ibodat, toat etmoq, payg'ambar, janna't, duo, toat, saqar, jahim, jahannam, sajdagah, farz, ehson, taqdir, azal, nabi, vali, mashoyix, gunah, jurm, vojib, oyat, hijob, ro'za, nubuvvat, tavfgah/tavfgoh, qiyomat, mushk, din, kufr, kofir, hadis, sahih, jin, valoyat, nubuvvat, shirk, ajal; zardushtiylikka oid terminlar: majus, nori majus, otashgoh, otashkada; xristianlikka oid but, butparast, butxona kabi terminlar uchraydi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Alisher Navoiyning barcha asarlari hamd va na't bilan boshlanishi barchamizga ma'lum. "Saddi Iskandariy" dostonining birinchi va ikkinchi boblari Alloh maqtoviga (hamd) bag'ishlangan bo'lsa, uchinchi va to'rtinchi boblarda payg'ambarimiz hayoti bilan bog'liq voqealar, xususan, me'roj kechasi voqealari bayon qilingan. Aynan mana shu boblarda diniy terminlarni ko'plab uchratish mumkin. Masalan,

Ne tong gar ano to'rt qilding muboh -

Ki to'rt o'ldi shar ichra joyiz nikoh. (9-bet)

Yuqoridagi baytda ulug' bobomiz tomonidan muboh va shar kabi terminlar qo'llanilgan. Shar so'zi shariat so'zining qisqartmasi bo'lib, arab tilidan tarjima qilinganida "yo'l" ma'nosini anglatadi. Mubohga esa internet manbalarida quyidagicha ta'rif berilgan:

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(8), August, 2023

Muboh (arab tilida — umumiy, ixtiyoriy ishharakat) — shariat tushunchalaridan bin. Unga ko'ra, qilish va qilmaslik barobar bo'lgan amal. Uni qilgan kishiga ham, qilmagan kishiga ham savob ham, gunoh ham yo'qdir. Harom bo'lmagan, man qilinmagan (qaytarilmagan) ishlarning hammasi mubohdir. Masalan, o'tirish, turish, yurish, yotish, uxlash, halol taomlarni yeyish va boshqa muboh amallarning adadi behisob. Muboh bilan joiz tushunchasi mazmunan bir1.

Baytda qo'llanilgan nikoh so'zi ham idlom diniga oid termin hisoblanadi. Hozirgi kunda qonuniy, huquqiy yo'l bilan tuziladigan nikoh shartnomasi ham bor. Bu tomondan olib qaralganda nikoh huquqiy termin hisoblanadi. Lekin kelib chiqishi bo'yicha ham, kontekstda qo'llanishi bo'yicha ham nikoh so'zi islom diniga oid termindir.

Dostonda bunday baytlarni ko'plab uchratish mumkin. Shulardan birini keltirib o'tamiz. Bayt:

Ulusqa agar ul gunoh ishdurur, Qiyomatqacha afv-u baxshishdurur. (13-bet)

Baytda islom diniga oid gunoh, qiyomat va afv kabi terminlar qo'llangan. Ammo bu terminlar barchaga tanish. Mustaqilligimizdan keyin yuqorida ajratib ko'rsatilgan so'zlar nutqimizda faol qo'llana boshladi. Hozir ham yurtimizda din erkinligi kata e'tibor berilmoqda.

Muhri nubuvvat - payg'ambarlik muhri. Ushbu termin Nosiriddin Rabg'uziyning "Qissasi Rabg'uziy" asarida ham uchraydi. Sahoba Ukoshaning hi yla yo'li bilan payg'ambarimiz yelkalaridagi muhri nubuvvatni ko'rish voqealari juda go'zal ifodalangan. Bu termini "Saddi Iskandariy"da ham uchratishimiz mumkin. Bayt:

Guvoh bo'ldi toji futuvvat munga, Dalil o'ldi muhri nubuvvat munga. (19-bet)

Hazrat Navoiy terminlardan badiiy maqsadda ham foydalanganini ko'rishimiz mumkin. Masalan, bayt:

Quyoshingg'akim, banda yuz badrdur, Iki zulf iki laylat ul-qadrdur. (20-bet)

Yuqoridagi baytda ikki zulfni ikkita laylat ul-qadrga o'xshatib tashbeh san'atining go'zal namunasini yaratgan. Mumtoz shoirlarimiz ijodida yuzlab, minglab o'xshatishlar uchraydi, ammo bunday go'zal tashbehni uchratish mushkul. Dostonda uchraydigan terminlardan yana biri - buroq. Bayt: Buroqi sabuksayri qudsiysirisht, Bo'lub jilvagohi riyozi Bihisht. (23)

1 https://uz.wikipedia.org/wiki/Muboh

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(8), August, 2023

Ushbu terminga lug'atda shunday ta'rif berilgan: BUROQ [a. yarqiroq] 1 din. Me'roj kechasi Muhammad payg'ambarning Quddusga borishi va u yerdan osmonga ko'tarilishi uchun xudo tomonidan yuborilgan qanotli ot2.

Internet manbalaridagi ta'rif quyidagicha: Buroq (arab, "yarqiroq", "barq" so'zidan) — islom rivoyatlarida juda tez chopadigan va uchadigan maxluqning nomi. Qur'oni karimda zikr qilinishicha (17:1), Muhammad sallollohi alayhi vasallam uni minib Makka shahridan "tungi sayr"da me'roiga chiqqan. Rivoyat qilishlaricha, Buroq Muhammad sallollohi alayhi vasallamni Kaba oldiga kelib kutib turgan, avvaliga u sarkashlik qilgan, hazrat Jabroil majbur etgandan so'ng bo'ysungan. Buroq boshqa payg'ambarlar, chunonchi Ibrohim (as) va Dovud(as)ga ham xizmat qilgan, deydilar. Buroq goh ot, goho xachir shaklida, oq rangli, bo'yni cho'ziq, quloqlari uzun, oyoqlarida qanoti bo'lgan deb ta'riflangan3.

Keyinchalik badiiy adabiyotda buroq so'zi ko'chma ma'noda ham qo'llana boshlangan.

Yuqoridagi ta'rifda me'roj termini uchraydi. Lug'atda bu terminga quyidagicha izoh berilgan:

ME'ROJ - [a. parvoz, yuqoriga ko'tarilish] - din. Osmonga, arsh a'loga, xudoning oldiga chiqish (Muhammad payg'ambarning Quddusdagi Aqso masjididan osmonga ko'tarilishi)4.

Ushbu terminni ham "Saddi Iskandariy" dostonida uchratamiz. Bayt:

Rikobingda chovush o'lub Jabrail,

Bu ma'nig'a me'roj shomi dalil. (21-bet)

Hammamizga ma'lumki, islom dini poklik ustiga qurilgan dindir. Shuning uchun tahorat, g'usl kabi tushunchalar muqaddas hisoblanadi. Biz tahlil qilayotgan dostonimizda g'usl terminiga ham duch keldik. Bayt:

Nadomat ko'zin ashknok aylabon,

Hamul su bila g'usli pok aylabon. (35-bet)

Dostonda ko'p qo'llangan islomiy terminlardan biri ummat terminidir. Ummat so'ziga lug'atdan ta'rif keltiramiz:

UMMAT [a. xalq, millat; ma'lum dinga e'tiqod qiluvchi jamoa] din. Madinada Muhammad payg'ambar izidan borgan va islom dinini qabul qilgan kishilar jamoasi; musulmonlar5.

Bayt:

Ko'rub bahri g'ufronni chun mavjnok,

2 Узбек тилининг изошли лугати. I жилд. - 453 б.

3 https://uz.wikipedia.org/wiki/Buroq

4 Узбек тилининг изошли лугати. II жилд. - 682 б.

5 Узбек тилининг изошли лугати. IV жилд. - 297 б.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(8), August, 2023

Tilab osiy ummat gunohini pok. (28)

Asarda misvok termini ham uchraydi. Yuqorida aytib o'tdikki, islom dini tozalik, poklik ustiga qurilgan din edi. Misvok bu - tish tozalagich, ya'ni tozalik keltiruvchi vositalardan biri. Lug'atda misvokka quyidagicha ta'rif berilgan:

MISVOK [a. tish tozalagich] esk. Archa va sh. k. xushbo 'y daraxt yog'ochidan tarashlab, mokisimon shaklda yasalgan tish tozalagich6.

Navoiy asarlarining izohli lug'atida esa "arab tilidan kirib kelganligi, bo'yi bir qarich, yo'g'onligi barmoqday"7ligi yozilgan.

Bayt:

Falak ahli ul noma ko'rgan zamon,

Boshi uzra misvoke aylab gumon. (42)

"Saddi Iskandariy" dostonida zardushtiylik dini bilan bog'liq terminlar ham uchraydi. Demakki, hazrat Navoiy boshqa dinlarni ham o'rganib cghiqqan, u dinlardan yetarlicha ma'lumotga ega bo'lgan.

Asarda zardushtiylikka oid zardusht, majus, nori majus kabi terminlar uchraydi. Keling endi ushbu terminlarning ma'nosi bilan tanishib chiqamiz.

Zardusht f zardushtiylik asoschisining nomi] zardusht asos solgan otashparastlar diniga ergashuvchi, sig'inuvchi odam8. Aslida zardusht so'zi fors tilidan olingan bo'lib "sariq tuya egasi" degan ma'noni anglatadi. Rivoyatlarda keltirilishicha, Zardusht o'zi asos solgan dinni sariq tuya minib targ'ib qiladi. Keyinchalik esa bu nom terminga aylanadi.

Dostonda qo'llangan terminlardan yana biri - majus. Majus so'zi arab tilidan olingan bo'lib, "otashparast, o'tga topinuvchi" ma'nosini anglatadi. Nori majus esa otashparastlar olovi ma'nosini anglatadi.

Vale zardusht oyini ul,

Majus o'ldi istab, alar dini ul. (76)

Dostonda xristian diniga oid terminlar ham uchraydi. Bularga but, butparast, butxona kabi terminlarni kiritishimiz mumkin. Bu terminlarning ma'nosiga ham o'zbek tilining izohli lug'atida quyidagicha ta'rif berilgan:

BUT III [F. Co — sanam; go'zal] din. 1 ayn. sanam.

2. s. t. Xoch (krest) shaklidagi narsa; xoch, salib.

BUTXONA [f. butparastlar ibodatxonasi] 1 s. t. Butga sig'inuvchilar ibodatxonasi, cherkov.

BUTPARAST [f. butga sig'inuvchi] Butga, sanamlarga topinuvchi9.

6 Узбек тилининг изошли лугати. II жилд. - 700 б.

7 Навоий асарлари лугати. - Тошкент, 1972. - 394 б.

S Узбек тилининг изошли лугати. II жилд. - 157 б.

9 Узбек тилининг изошли лугати. I жилд. - 157, 461, 463 б.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(8), August, 2023

Alisher Navoiy bu uchala terminni bir baytda qo'llaydi. Bayt: Sujudungg'a butler bo'lub yerga past, Aningdekki, but oldida butparast. (18)

Turli qabila va xalqlar qadimdan o'zaro iqtisodiy va madaniy aloqada bo'lib kelganlar. Buning na'tijasida bir tildan ikkinchi bir tilga ayrim so'zlar kirib o'zlashib ketgan. Dunyoda boshqa til vositalarini o'zlashtirmagan birorta "sof" til yo'q. Rus tilining lug'at tarkibidagi so'zlarning, taxminan, 10 foizi boshqa tillardan o'zlashtirilgan deb taxmin qilinadi. O'zbek tili lug'at tarkibida arabcha, forscha, tojikcha va interna'tsional so'zlarning salmog'i kattaginadir10.

O'zbek tiliga arab tilidan so'zlarning o'zlashishi milodiy VII-VIII asrlarda kuchaygan. Buni Markaziy Osiyoning arablar tomonidan istilo qilinishi bilan bog'lash mumkin. Alisher Navoiy arab tili va grammatikasini, Qur'oni karim va hadislarni, shariat qonun-qoidalari va tasavvuf adabiyotini hamda bu sohaga oid terminlarni mukammal bilar edi. Shuning uchun ham "Saddi Iskandariy"da arab tilidan o'zlashgan terminlar ko'pchilikni tashkil qiladi.

Ma'lumki, islom dini Movarounnahrga VIII asrdan kirib kela boshlagan. Islomiy terminlarning katta qismi arabcha ekanligining sababi ushbu dinning arab diyorida paydo bo'lgani, muqaddas Qur'oni karim va hadisi shariflarning arab tilida ekanligi bilan bog'liqdir.

Tabiiyki, "Saddi Iskandariy" dostonida qo'llangan islomiy terminlarning katta qismi ham arab tilidan o'zlashgan terminlardir.

"Saddi Iskandariy"da islom diniga oid quyidagi o'z qatlam terminlarini uchratish mumkin: tomug', sajda qilmoq, ehson qilmoq, toat etmoq, ajal.

Dostonda arab tilidan o'zlashgan terminlar ko'pchilikni tashkil etadi. Bular quyidagilar: tasbih, karam, ma'bad, ma'bud, hamd, ibodat, janna't, duo, toat, saqar, jahim/jahannam, farz, ehson, taqdir, azal, to'bi, nabi, vali, mashoyix, gunah, vojib, oyat, hijob, nubuvvat, kavsar, ravza, hur, shar, muboh, nikoh, masjud, qiyomat, maloyik, sujud, sojid, laylat-ul qadr, me'roj, shayton, arsh, xuld (janna't), buroq, xutba, ummat, janna't, g'usl, misvok, fotiha, xatm, karam, jurm, din, kufr, kofir, hadis, sahih, shirk,

Fors tilidan o'zlashgan terminlar: joynamoz, payg'ambar, ro'za, pari, nubuvvat, muhri nubuvvat, do'zax, bihisht, mushk,

Arab va forscha so'zlarning qo'shilishidan hosil bo'lgan islomiy terminlar: sajdagah, tavfgah/tavfgoh,

Zardushtiylik diniga oid terminlar dostonda unchalik ham ko'p emas. Biz tahlil jarayonida beshtagina terminni uchratdik. Ulardan bittasi (nori majus) izofali birikma.

10 Aöduazizov A. Tilshunoslik nazariyasiga kirish. - Toshkent, 2010. - E. 90.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(8), August, 2023

Shuning uchun ushbu terminni fors tiliga xos deb hisobladik. O'zbek tilining izohli lug'atida ham, Navoiy asarlarining izohli lug'atida ham majus termini arab tilidan kirib kelganligi qayd qilingan.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Demak, dostonda qo'llangan zardushtiylikka oid fors tilidan o'zlashgan terminlar quyidagilar: zardusht, otashkada, otashgah, nori majus.

Arab tilidan o'zlashgan termin: majus.

Shuningdek, dostonda xristianlikka oid terminlar ham uchraydi. Bular quyidagilar: but, butparast, butxona. Bu terminlarning har uchalasi fors tilidan o'zlashgan terminlar hisoblanadi.

Xulosa qilib aytganda, Alisher Navoiyning "Saddi Iskandariy" dostonida islom, zardushtiylik va xristianlikka oid terminlar uchraydi. Ushbu terminlarning katta qismi (taxminan, 99%) islom diniga oid terminlardir. Buning sababi hazrat Navoiyning islom diniga kuchli e'tiqod qo'ygani, islom dinining muqaddas kitobi - Qur'oni karim va Qur'ondan keyingi ikkinchi muqaddas manba hadisi shariflarni mukammal bilgani hamda asar qahramonlarining ham e'tiqodli insonlar ekanligidir.

Islomiy terminlarning ko'pchiligi dostonning dastlabgi to'rt bobida uchraydi. Chunki bu boblar alloh hamda payg'ambarimizga bag'ishlangan hamd va na'tlardir.

Dostonda jami 81 ta termin qo'llangan bo'lib, shulardan 74 tasi (91,3% ) islom diniga, 4 tasi (5 %) zardushtiylik va 3 tasi (3,7 %) xristianlik diniga oiddir.

Dostondagi terminlar genetik tahlil qilinganda beshtasi o'z qatlamga, 76 tasi esa o'zlashgan qatlamga mansubligi ma'lum bo'ldi. 76 terminning 65 tasi arab, 9 tasi fors tilidan o'zlashgan bo'lsa, yana ikki termin arab va forscha so'zlarning qo'shilishidan hosil bo'lgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Abduazizov A. Tilshunoslik nazariyasiga kirish. - T.,2010

2. Алишер Навоий асарлари тилининг изошли лугати. 1-жилд. - Тошкент, 1983. (Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug'ati. 1-jild. - Toshkent, 1983.)

3. Алишер Навоий асарлари тилининг изошли лугати. 2-жилд. - Тошкент, 1983. (Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug'ati. 2-jild. - Toshkent, 1983.)

4. Алишер Навоий асарлари тилининг изошли лугати. 3-жилд. - Тошкент, 1983. (Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug'ati. 3-jild. - Toshkent, 1983.)

5. Алишер Навоий асарлари тилининг изошли лугати. 4-жилд. - Тошкент, 1983. (Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug'ati. 4-jild. - Toshkent, 1983.)

6. Алишер Навоий. Мукаммал асарлар туплами. 11-том. - Тошкент, 1993. (Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to'plami. 11-tom. - Toshkent, 1993.)

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(8), August, 2023

7. Алишер Навоий. Садди Искандарий. - Тошкент, 2020. (ЛНвИег Кауо1у.

Ькапёапу. - ТовИкеп:, 2020.)

8. Абдулхайр Манзар. Навоий асарларининг изошли лугати. - Тошкент, 2018. (ЛЬи1хауг Машаг. Navoiy asarlarining izohli 1^'ай. - ТовЬкеп1:, 2018)

9. Узбек тилининг изошли лугати. 1-жилд. - Тошкент, 2006. (О^Ьек tilining izoЫi lug'ati. 1^М. - ТовЬкеп1:, 2006)

10. Узбек тилининг изошли лугати. 2-жилд. - Тошкент, 2006. (О^Ьек tilining izoЫi lug'ati. 2^М. - ТоБЪкеП:, 2006)

11. Узбек тилининг изошли лугати. 3-жилд. - Тошкент, 2007. (О^Ьек tilining izoЫi 1^'ай. 3-ji1d. - ТовЬкеп1:, 2006)

12. Узбек тилининг изошли лугати. 4-жилд. - Тошкент, 2008. (O'zbek Шт^ izoЫi lug'ati. 4-ji1d. - ТоБЪкеП:, 2006)

13. Узбек тилининг изошли лугати. 5-жилд. - Тошкент, 2008. (О^Ьек tilining izoЫi lug'ati. 5^М. - ТовЬкеп1:, 2006)

14. Х,ожиев Азим. Тилшунослик терминларининг изошли лугати. - Тошкент, 2000. (Hojiyev Azim. Tilshunoslik teгminlaгining izoЫi lug'ati. - ТовЬкеп1:, 2000.)

15. Алишер Навоий. Садди Искандарий (насрий табдил). - Тошкент: Янги аср авлоди, 2021 йил. (Alisheг Navoiy. Saddi ЬкаМапу (nasгiy tabdil). - ТоБИкеп:: Yangi аБг av1odi, 2021-yi1)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.