Научная статья на тему 'MULTIMEDIA VOSITALARI YORDAMIDA BO’LAJAK TEXNOLOGIYA O’QITUVCHILARINING IJODIY FAOLLIKNI RIVOJLANTIRISH'

MULTIMEDIA VOSITALARI YORDAMIDA BO’LAJAK TEXNOLOGIYA O’QITUVCHILARINING IJODIY FAOLLIKNI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
15
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Ключевые слова
AKT / UO‘TM / texnologiya fani / multimedia / multimedia vositalari / oʻqituvchi / o‘quvchilar / animatsiya.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Shukurov Shuhrat Nasimovich

Mazkur maqolada raqamli texnologiyalar muhitida o‘quvchilarning kasbiy ijodkorlik kompetentligini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari, shuningdek, texnologiya darslarida transformatsiyalash tizimi orqali oʻquvchilarning kompetentligini rivojlantirishning mohiyati va raqamli texnologiyalar muhitida boʻlajak texnologiya oʻqituvchilari kasbiy ijodkorligi doirasida yangi zamonaviy axborot texnologiyalarga asoslangan ijodiy faollik faoliyatini rivojlantirish texnalogiyasi nazariy tamoyillarini ishlab chiqish va amalda sinab koʻrish to‘g‘risida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MULTIMEDIA VOSITALARI YORDAMIDA BO’LAJAK TEXNOLOGIYA O’QITUVCHILARINING IJODIY FAOLLIKNI RIVOJLANTIRISH»

MULTIMEDIA VOSITALARI YORDAMIDA BO'LAJAK TEXNOLOGIYA O'QITUVCHILARINING IJODIY FAOLLIKNI RIVOJLANTIRISH Shukurov Shuhrat Nasimovich

O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti o'qituvchisi https://doi.org/ 10.5281/zenodo.10675705

Annotatsiya. Mazkur maqolada raqamli texnologiyalar muhitida o'quvchilarning kasbiy ijodkorlik kompetentligini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari, shuningdek, texnologiya darslarida transformatsiyalash tizimi orqali o'quvchilarning kompetentligini rivojlantirishning mohiyati va raqamli texnologiyalar muhitida bo'lajak texnologiya o'qituvchilari kasbiy ijodkorligi doirasida yangi zamonaviy axborot texnologiyalarga asoslangan ijodiy faollik faoliyatini rivojlantirish texnalogiyasi nazariy tamoyillarini ishlab chiqish va amalda sinab ko'rish to'g'risida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: AKT, UO'TM, texnologiya fani, multimedia, multimedia vositalari, o'qituvchi, o'quvchilar, animatsiya.

Zamonaviy ta'lim raqamli texnologiyalar muhitiga monand o'zgarishlarni boshdan kechirmoqda. Ilm-fan va zamonaviy texnologiyalarning rivojlanishi bitiruvchining raqamli texnologiyalar va zamonaviy kompyuter dasturlari hamda vositalaridan kasbiy faoliyatlarida foydalanish sohasidagi tayyorgarlik darajasiga tobora ortib borayotgan talablarni belgilaydi. Mehnat bozorida kasblargga qo'yilayotgan zamonaviy talablar va tez rivojlanib, o'zgaruvchan axborot maydoni sharoitida mutaxassis har tomonlama yetuk va raqobatbardosh xodim bo'lishi talab qilinadi. U zamonaviy bilimlarga ega bo'lishi, shaxsiy va jamoaviy muammolarni hal qila oladigan ijodiyv va kreativ fikrlaydigan, mustaqil, kommunikativ, mas'uliyatli shaxs bo'lishi kerak. Bo'lajak texnologiya o'qituvchisi yangi zamonaviy bilimlarni o'rganish, o'z faoliyati uchun kerakli ma'lumotlarni topish, saralash va tanlash qobiliyatiga ega bo'lishi kerak.

Ta'lim olish va ta'lim berishning shaxsiy va ijtimoiy ma'nolaridan biri bo'lgan har bir fanni o'qitishda kompetentsiya yondashuvidan foydalangan holda bu fazilatlarning barchasi muvaffaqiyatli o'zlashtirish mumkin.

Bugungi kunda barcha oliy o'quv yurtlari pedagogik yo'nalish talabalarining AKT kompetensiyalarini rivojlantirishga jiddiy e'tibor qaratilmoqda. Uslubiy adabiyotlarda zamonaviy o'qituvchining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan o'z faoliyatida foydalanish bo'yicha kasbiy mahorat darajasini belgilashda "AKT kompetentsiyalari" atamasi qo'llaniladi. Zamonaviy kadrlar standartlari - kompetentsiya - ma'lum bir sohada muvaffaqiyatli faoliyat uchun bilim, ko'nikma va shaxsiy fazilatlarni qo'llay olish qobiliyatini o'zida aks ettiradi.

Multimedia - gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy axborotlar texnologiyasidir. Uning ajralib turuvchi belgilariga quyidagilar kiradi: axborotning xilma-xil turlari: an'anaviy (matn, jadvallar, bezaklar va boshqalar), original (nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animasiya va boshqalar), turlarini bir dasturiy maxsulotda integrasiyalaydi. Bunday integrasiya axborotni ruyxatdan o'tkazish va aks ettirishning turli qurilmalari, muayyan vaqtdagi ish, o'z tabiatiga ko'ra statik bo'lgan matn va grafikadan farqli ravishda, audio va videosignallar faqat vaqtning ma'lum oraligida ko'rib chiqiladi. Video va audio axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun markaziy prosessor tez xarakatchanligi, ma'lumotlarni uzatish shinasining o'tkazish qobiliyati operativ va video-xotira, katta sigimli tashqi xotira, hajm va kompyuter kirish-chiqish kanallari bo'yicha almashuvi tezligini taxminan ikki barovar oshirilishi talab etiladi, "inson-kompyuter" interaktiv muloqotining yangi darajasi, bunda muloqot jarayonida

foydalanuvchi ancha keng va har tomonlama axborotlarni oladiki, mazkur holat ta'lim, ishlash yoki dam olish sharoitlarini yaxshilashga imkon beradi. Multimedia vositalari asosida o'quvchilarga ta'lim berish va kadrlarni qayta tayyorlashni yo'lga qo'yish xozirgi kunning dolzarb masalasidir.

Bugungi kunda zamonaviy multimedia vositalari elektron xujjat yoki taqdimot, ilova va boshqalar uchun resurs yaratish, unga yuqori sifatli ovoz, grafik, video va animatsiya hamda kerakli effektlarni hosil qilish va birlashtirish uchun barcha imkoniyatlarni beradi. Bunga ko'ra, axborotni yaratishning turli modellaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Zamonaviy ta'limning rivojlantiruvchi faoliyatga asoslangan va muammoli ta'lim texnologiyalarida asosiy e'tibor shu yondashuvlarni takomillashtirishga qaratilmoqda. Bunday modellarni amalga oshirish murakkab tuzilishga ega bo'lgan elektron taqdimot shaklida amalga oshirilishi mumkin.

Shuningdek, amaliy fanlar fakultet talabalari "Texnologiya" fani mashg'ulotlari mustaqil topshiriqlarini bajarilishida hamda "O'quv jarayonida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish" kurslari bo'yicha elektron multimediyali taqdimotlar yaratishga jalb etilgan.

Ijodkorlik - inson ish faoliyatning turli jarayonlar va holatlarida paydo bo'ladi. Qiziqish, havas, ilhom, intilish va boshqalar ijodkorlikning inson ongida eng oliy tarzda paydo bo'lishidan, namoyon bo'lishigacha bo'lgan jarayonlardan tashkil topadi.

Zamonaviy ta'limning mazmun mohiyatini yoritish berish, pedagog faoliyatini keng qamrovli ochib berish, bo'lajak yosh o'qituvchilarda kasbiy mahorat va darsga ijodiy yondashib, unda o'qitishning yangi shakl usullarini qo'llash, o'qituvchi va o'quvchilarning hamkorlikdagi faoliyati bo'lib, shu jarayonda shaxsning rivojlanishi hamda uning ma'lumoti va tarbiyasi ham amalga oshadi.

Amaliy darslarda ijodkorlik faoliyatini rivojlantirishda o'quvchilarda ijodiy qobiliyatni shakllantirishga, ilmiy ijodiy izlanishlarga yo'llaydigan, bilishga oid ilmiy faoliyatni tashkil etish shakl va metodlaridan foydalanish o'z ijobiy natijasini berdi. Bu borada ijodiy faoliyatni rivojlantirish darslariga dialog-darslar munozara, suhbatlar, bahs, izlanish darslari, ishtirokchilik darslari, fantaziya, muammoli vaziyatlar hosil qilish va ularni yechish interfaol darslari; modellashtirish, badiiy texnik ijodkorlik, ijod qilish, insholar yozish, kichik kashfiyotlar yaratish, turli ishbop o'yinlardan, solnomalar yaratish, innovatsion metodlardan foydalanish kabilar eng samarali bo'ladi. Ta'lim jarayonida dars shakllarining o'yin usullari o'qitishning ma'lum bir vaqtdagi qismida amalga oshiriladi. Ammo o'yin turlarnining yagona va juda muhim asosiy xususiyati uning ta'limdagi ahamiyatliligidir. Ta'limning maqsadi jamiyatning taraqqiyot darajasidagi ehtiyojiga mos ravishda shakllanadi.

Demak, ta'lim-tarbiya maqsadi mos va mutanosib bo'lishi lozim. Shunga ko'ra, dars shakli va xususiyatidan kelib chiqib, mashg'ulot jarayoning turli qismlarida qo'llash uchun quydagi multimediyali taqdimot asosida yaratilgan metod va animatsion o'yinlardan foydalanish mumkin: "Animatsion klaster", "Krossvord", "Olti shlyapa", "Rasmli maqol", "Zakovat o'yni", "Bilim lotto", "Mehmonni uyga olib kir o'yni", "O'yla-izla-top", "Pole Chudes". Ushbu multimediali taqdimot asosida yaratilgan animatsion o'yin loyihalarini quyidagi "QR code" havolalari orqali taqdim etaman.

Ilmiy-uslubiy manbalarda ta'limning maqsadi imkoniyatlaridan to'g'ri, aniq, o'rinli foydalanish ko'nikma va malakalarini hosil qilish, kommunikativ savodxonlikni oshirish, mantiqiy-ijodiy tafakkurni rivojlantirish, sharqona tarbiyani shakllantirish, shaxsni ma'naviy boyitish, milliy g'oyani singdirishdan iboratligi ta'kidlangan.

Ta'limiy maqsad asosida o'quvchi va talabalarda mustaqil fikrlash, mantiqiy tafakkurni rivojlantirish, og'zaki va yozma savodxonlikni oshirish orqali ularning muloqot va muomila madaniyati takomillashtiriladi.

Xulosa qilib aytganda, texnologiya fanini zamonaviy texnologiyalar, xususan, grafik organayzerlar va multimediya vositalari asosida o'qitish va o'rgatish davr talabi. Yosh avlod turli ma'naviy-texnikaviy omillar ta'sirida aqliy-shuuriy jihatdan faollashib borayotganligini e'tirof qilishimiz lozim. Ular tomonidan qabul qilinayotgan axborotlar oqimi va sig'imining ko'pligi inson ma'naviy-axloqiy hamda ijodkorligi va yaratuvchanligini shakllantirish manbasi texnologik bilimlar bilan ham to'ldirilishi uchun bu fanni o'rgatish metodikasidan doimiy izlanish, takomillashib borish talab etiladi. Ushbu maqola texnologiya fanini o'qituvchilarining pedagogik faoliyatida shunday vazifa bajaradi, degan umiddamiz.

REFERENCES

1. Ibragimov X., Abdullayeva Sh. Pedagogika. - T.: Fan, 2004.

2. Dilova N.G. Ajdodlarimiz merosi vositasida bo'lajak o'qituvchilarga ta'lim- tarbiya berishning ahamiyati // Science and education. - T., 2021.

3. Алленов С.В., Хекало Э.Э. Электронная презентация как средство развития личности студента // Актуальные вопросы современной информатики: Материалы международной заочной научно-практической конференции. - Коломна: МГОСГИ, 2012. - Р. 33-36.

4. Rasulova Z. Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari o'quv jarayonlarini rivojlantirishning muhim omili sifatida // Science and education. - Т., 2021.

5. Rasulova Z.D. Kompyuter vositasida texnologiya darslari samaradorligini oshirish // Science and education. - Т., 2021.

6. Dilova N.G. Boshlang'ich ta'limda o'quvchilarda shaxslararo munosabatlarga kirishish ko'nikmalarini shakllantirish imkoniyatlar // Science and education. - Т., 2021.

7. Rasulova Z. Bo'lajak texnologiya fani o'qituvchisining bilim, ko'nikmasini rivojlantirishda dasturiy ta'lim vositalarining o'rni // Science and education. - Т., 2021.

8. Dilova N.G. Shaxslararo munosabatlarga asoslangan ta'lim jarayonini modellashtirish // Science and education. Vol. 2. Issue 10. 2021. - Р. 534-546.

9. Rasulova Z.D. Innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida oliy ta'lim muassasasi o'quv jarayonlarini takomillashtirish mazmuni // Science and education. - Т., 2021.

10. Dilova N.G. Pedagogik hamkorlik jarayonining mazmuni va uni tashkil etish tamoyillari // Science and education. - Т., 2021.

11. Rasulova Z. Pedagogik dasturiy vositalardan foydalanib bo'lajak texnologiya fani

o'qituvchilarining kasbiy mahoratini oshirish yo'llari // Science and education. - T., 2021.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.