Научная статья на тему 'MULOQOTEHTIYOJ MAHSULI'

MULOQOTEHTIYOJ MAHSULI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
passiv / individ / noverbal / robot / tembr.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Botirova Hilola Murodullayevna

Mazkur maqolada shaxslararo munosabatlarda muloqotni to’g’ri yo’lga qo’yish ijtimoiylashuv uchun muhim ahamiyatga ega ekanligi ko’rsatilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MULOQOTEHTIYOJ MAHSULI»

MULOQOT- EHTIYOJ MAHSULI

Botirova Hilda Murodullayevna

Toshkent iqtisodiyot va pedagogika institute, Pedagogika va psixologiya yo'nalishi talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.11215919

Annotasiya. Mazkur maqolada shaxslararo munosabatlarda muloqotni to'g'ri yo'lga qo'yish ijtimoiylashuv uchun muhim ahamiyatga ega ekanligi ko'rsatilgan.

Kalit so'zlar: passiv, individ, noverbal, robot, tembr.

Аннотация. В данной статье показано, что правильное общение в межличностных отношениях важно для социализации.

Ключевые слова: пассивный, индивидуальный, невербальный, робот, тембр.

Annotation. This article shows that proper communication in interpersonal relationships is important for socialization.

Key words: passive, individual, non-verbal, robot, timbre.

Muloqot ikki va undan ortiq shaxslarning bevosita hamda bilvosita so'zlashish, fikr almashish vositalaridan biri. Ular turli insonlarda turlicha tasavvur, turlicha dunyoqarash, turlicha fikrlar mahsulida dunyoga keladi. U o'z o'rnida kishilarning ma'lum saviya va dunyoqarashini, qanday tartib va tarbiyasini ham o'zida aks ettiradi.

Jamiiyki insoniyat olami borki, boshqa tirik olamdan farqli o'laroq muloqotga ehtiyojmanddir. Muloqot fikrlar, so'zlar, imo-ishoralar, shartli belgilar vositasida amalga oshar ekan, uni rivojlantirib borish, go'zallashtirib borish kerak bo'lsa, muloqot ta'sirchanligini kuchaytirish bu har bir insonning individual so'z boyligi ustida ishlashi kerakligini ko'rsatadi. Jamiyatning, oilaning, kishilar bilan bog'liq bo'lgan har qanday jabhaning muvaffaqiyati, o'zaro totuvligi, tinchligi muloqotning ta'sir kuchiga, unda qatnashuvchilarning tarbiya va bilim darajalariga bog'liq.

Muloqotda eng muhim elementlardan biri-jilmayish. U do'stlarning paroli. Ko'pgina insonlar do'stlarigagina jilmayib qaraydilar va bu bilan ular " men sening do'stingman" degan ishorani beradilar. "Do'st bizning himoyachimiz, biz tomonda turadigan inson hisoblanadi. Insonning ehtijojlaridan biri- himoyalanishga bo'lgan ehtiyojdir. Do'st esa ana shu himoyalanishga bo'lgan talabni, ehtiyojni qondiradigan shaxs.1 Yuqorida aytib o'tilgan "jilmayish" so'zini hayotiy bir, muomala bilan bog'liq voqelikka guvoh bo'lganman: Bir kuni kassa oldida o'z navbatimni kutib turar ekanman, yomg'ir quyganda quyardi. Navbati yaqin qolgan bir kishi kassa oynasiga bir qadam yaqinlashdi va soyabonni pastga tushirdi. Uning orqasida turgan kishining ehtiyotsizligi natijasida soyabondagi tomchi suvlar kassa yaqinidagi insonning bo'yin va bosh qismi shalabbo bo'ldi. Ya'ni navbati kelganidan xursand kishi o'z orqasiga qaradi va ehtiyotsizligidan o'ziga shuncha ziyon bergan insonga qarab shunaqangi bir manoda jilmayadiki, bu voqeani chetdan kuzatib turib azoyi badanimda boshqacha, avval duch kelmagan muomala bilan bog'liq hissiyotlar uyg'ondi.Bu ajoyib jilmayishning ichida, bir inson tushunishi mumkin bo'lgan hayrat , jazolash , shu aybni qilgan insonni uyaltiradigan barcha manolar mavjud edi.Bu yerda men muloqotning noverbal turiga guvoh bo'ldim.

Bir qarashda osongina tuyilgan shaxslararo muuloqot aslida juda murakkab jarayon. U bir vaqtning o'zida quyidagi jarayonlarni o'z ichiga oladi:

a) individlarning o'zaro ta'sir jarayoni;

1 A.Yu. Panasyuk "Bolshaya ensiklopediya parapsixologii"

b) individlar o'rtasidagi axborot almashinuvi jarayoni:

v) bir shaxsning boshqa shaxsga munosabati jarayoni;

g) bir kishining boshqalarga ta sir ko'rsatish jarayoni;

d) bir kishining hamdardlik bildirish jarayoni;

e) shaxslarning bir-birlarini tushunish jarayoni.2

Bularning barchasi so'zlar orqali, fikrlar va ulardagi aniqlik orqali, so'z ohangining , tovush tembrining o'sha muayyan vaziyatga moslashtirish orqali siz-u biz maqsadlarimizni namoyish etamiz. Individga ta'sir darajamizni belgilaymiz. Aks holda bizda yuqorida sanalgan elementlardan qaysidir biri yo'q bo'lsa, yoki passiv bo'lsa, siz-u biz muamaladagi munosabatlarda e'tiborsizlikka, hurmatsizlikka va obro'sizlikka duch kelishimiz mumkin. Biz muloqot samaradorligini, uning darajasini oiladan, farzand tarbiyasidan, biroz o'tib do'stlararo, keyinroq esa er-xotin va hokazolarda tinmasdan isloh etishimiz, bunda tajribalilar hayotini kuzatishimiz va ulardan o'z hayotimizga namunalar ko'chirishimiz, kerak bo'lsa zamon va vaziyatlarga chidamli yangi muloqot turlari ustida ishlashimiz va hayotga tadbiq etishimiz darkor. Bugungi kunning dolzarb mavzularidan biri bo'lgan oila mavzusini oladigan bo'lsak, undagi aksariyat notinchliklar, kelishmovchiliklar undagi shaxslarning muomaladagi munosabatlar evaziga, unda yo'l qo'yilgan qo'pol xato va kamchiliklar evaziga yuzaga kelayotganligi hech kimga sir emas. Er ko'chada ishlaydi, turli muloqot jarayonlariga kirishadi. Bu munosabatlar orasida uning fe'l-atvoriga to'liq xos va mos keladigani chiqib qolishi ham hech gap emas. Uyga kelganda o'sha xushmuomalalikni, ohangni, tabassumni oiladan izlaydi, kutadi. Ayol ishlamaydi, uyda faqat bola tarbiyasi, uy ishlari bilan band. Bunda erkak ayolning barcha hatti-xarakatlaridan, pazandaligidan, uy-ro'zg'or tutishlaridan rozi. Ular orasidagi tortishuv va janjallar faqatgina erning xotiniga, xotinning esa eriga qilgan muomalasidan kelib chiqadi. Ular bilan individual suhbatlar olib borilganda; er-xotinning doim qovoq osib yuradi: chiroyli kutib olmaydi: chiroyli kuzatmaydi kabi vajlar keltirdi. Ayol esa: -qo'pollar, doim so'kadilar, mehr bermaydilar, ular uchun go'yo ishlarni bajarib yuradigan "robot"man deya bemahrlikda ayblaydi. Vaholangki bunisi kutganni unisi, unisi kutganni bunisi berolmayabdi. Orada iliqlik, yashirin muhabbat ham yo'q emas. Bunday vaziyatlarda oilada ayolning siniq ruhiyati evaziga kelin oilaning boshqa a'zolariga (qaynona, qaynota, qaynaka va qaynopa) yomon munosabatda bo'lyapti. Qaysidir ma'noda alamini olyapti. Ularning yoshligi, tajribasizligi kabi hayotning ostonasida ekanliklari inobatga olinib, mahalla mas'ullari bilan birgalikda ishchi guruh ular bilan faoliyat olib bordi. Muammo ildizi- muomala madaniyati, muloqotga doir bilimlarning yetishmasligi deb belgilandi hamda bunga qarshi korreksion ishlar olib borildi. Qo'llanilgan usul, tajribalar, tajribalilar tomonidan amalga oshirildi va o'z samarasini berdi. Ular hozir jamiyatning eng baxtli a'zolaridan biri.

Biz o'sha muomala, muloqot, so'zlashish malakalarini, tartib va qonuniyatlarini ostonadan, oiladan boshlar ekanmiz, bu yerda o'sib-ungan shaxslar keyinchalik jamiyat hayotida ham, insonlar bilan bog'liq har qanday faoliyat turida ham kam to'siqlar bilan muvaffaqiyatga erishib boraveradilar.

Muloqot tarkibiy qismlaridan biri so'z bo'lar ekan, uni boyitish albatta ko'proq va yana ko'proq kitoblar o'qish, farzandlariga tinimsiz asarlar o'qib berish bilan bir qatorda ular bilan real hayot jarayonlari ustida uzundan-uzoq gaplashib borish, hayotimizda ko'rgan va eshitganlarimizdan tezkorlik bilan xulosalar chiqarish bilan bog'liq bo'ladi.

2 I.N.Aslonov "Ijodiy faoliyat va muomala psixologiyasi" Tosh-2019 14-bet

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.E.G'oziyev "Umumiy psixologiya" Toshkent, 2002y, 102 bet

2.A.Yu.Panasyuk "Bolshaya ensiklopediya parapsixologiyasi" 2007y, 53-bet 3.I.N.Aslonov "Ijodiy faoliyat va muomala psixologiyasi" T-2019. 14-bet

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.