Научная статья на тему 'INDIVIDUAL XUSUSIYATLARNI TARBIYALASHDA MULOQOTNING O’RNI VA UNING AMALIY AHAMIYATI'

INDIVIDUAL XUSUSIYATLARNI TARBIYALASHDA MULOQOTNING O’RNI VA UNING AMALIY AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
609
34
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
MULOQOT / KOMMUNIKATSIYA / FAOLIYAT / INTERAKTSIYA / IJTIMOIY PERTSEPTSIYA / STEREOTIPIZATSIYA / OREOL EFFEKTI / ATRIBUTSIYA / INDIVIDUAL XUSUSIYATLAR

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Toshpulatov I.I.

Muallif ushbu maqolada bugungi kunda ta’lim-tarbiya jarayonida muhim ahamiyat kasb etgan individual xususiyatlarni tarbiyalashda muloqotning o’rni va uning amaliy ahamiyatini tahlil qilib o’tgan. Qolaversa pedagogik muloqotni samarali tashkil etish uchun o’qituvchilar bevosita, pedagogika, psixologiya, pedagogik mahorat va pedagogik texnologiyalar bo’yicha yetarli bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’lishligini takidlab o’tgan. Maqola davomida muallif muloqot jarayonidagi o’zaro ta’sirning ikki xil turini ham keng yoritib o’tgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF COMMUNICATION IN THE EDUCATION OF INDIVIDUAL CHARACTER AND ITS PRACTICAL IMPORTANCE

In this article, the author analyzes the role of communication and its practical significance in cultivating individual traits that are important in the educational process today. He also stressed that in order to effectively organize pedagogical communication, teachers must have sufficient knowledge, skills and competencies in pedagogy, psychology, pedagogical skills and pedagogical technologies. Throughout the article, the author discusses both types of interactions in the communication process.

Текст научной работы на тему «INDIVIDUAL XUSUSIYATLARNI TARBIYALASHDA MULOQOTNING O’RNI VA UNING AMALIY AHAMIYATI»

УДК 374

Toshpulatov I.I.

Namangan Engineering and Construction Institute Republic of Uzbekistan, Namangan city

INDIVIDUAL XUSUSIYATLARNI TARBIYALASHDA

MULOQOTNING O'RNI VA UNING AMALIY AHAMIYATI

Annotatsiya. Muallif ushbu maqolada bugungi kunda ta'lim-tarbiya jarayonida muhim ahamiyat kasb etgan individual xususiyatlarni tarbiyalashda muloqotning o'rni va uning amaliy ahamiyatini tahlil qilib o'tgan. Qolaversa pedagogik muloqotni samarali tashkil etish uchun o'qituvchilar bevosita, pedagogika, psixologiya, pedagogik mahorat va pedagogik texnologiyalar bo'yicha yetarli bilim, ko'nikma va malakalarga ega bo'lishligini takidlab o'tgan. Maqola davomida muallif muloqot jarayonidagi o'zaro ta'sirning ikki xil turini ham kengyoritib o'tgan.

Kalit so^zlar. Muloqot, kommunikatsiya, faoliyat, verbal, interaktsiya, ijtimoiy pertseptsiya, noverbal, stereotipizatsiya, oreol effekti, atributsiya, individual xususiyatlar.

Toshpulatov I.I.

Namangan Engineering and Construction Institute Republic of Uzbekistan, Namangan city

THE ROLE OF COMMUNICATION IN THE EDUCATION OF INDIVIDUAL CHARACTER AND ITS PRACTICAL IMPORTANCE

Annotation. In this article, the author analyzes the role of communication and its practical significance in cultivating individual traits that are important in the educational process today. He also stressed that in order to effectively organize pedagogical communication, teachers must have sufficient knowledge, skills and competencies in pedagogy, psychology, pedagogical skills and pedagogical technologies. Throughout the article, the author discusses both types of interactions in the communication process.

Keywords: Attitude, communication, activity, verbal, interaction, social perception, noverbal, stereotyping, oreol effect, attribute, individual characteristics.

Bugungi kunda tahlim-tarbiya jarayonida keng islohotlar amalga oshirilmoqda. Pedagogik jarayon o'quv-tarbiyaviy jarayonga yangicha yondoshuvni talab qilmoqda. Pedagogik muloqotni samarali tashkil etish uchun o'qituvchilar bevosita, pedagogika, psixologiya, pedagogik mahorat va

pedagogik texnologiyalar bo'yicha yetarli bilim, ko'nikma va malakalarga ega bo'lishlari lozim.

Avvalo muloqot tushunchasining ijtimoiy-psixologik mazmuniga to'xtalib o'tsak, muloqot kategoriyasi psixologiya fanidagi markaziy kategoriyalardan biri bo'lib hisoblanadi (ong, xulq-atvor, shaxs kategoriyalari singari). So'nggi 20-25 yil ichida muloqot muammolari psixologiyaning, ayniqsa, ijtimoiy psixologiyaning eng yirik tadqiqot predmetiga aylanib qoldi.

Muloqot o'ta murakkab jarayon bo'lgani sababli odatda, muloqot tushunchasi uning ayrim tomonlariga urg'u berish orqali tahriflanadi. Psixologiya lug'atida muloqot tushunchasiga ikki xil tahrif beriladi: 1) muloqot-hamkorlikdagi faoliyat ehtiyoji bilan taqozolangan aloqa o'rnatish va uni rivojlantirish jarayoni; 2) muloqot-belgilar tizimi orqali subhektlarning o'zaro tahsirlashuvi. Albatta, har hech bir tahrif universallik maqomiga dahvo qilmaydi.

Chunki unda, odatda, muloqotning ayrim tomonlari ehtibordan chetda qoladi, ikkinchi darajaga surib qo'yiladi. SHunday bo'lsa-da, shartli ravishda muloqotga nisbatan umumiy bo'lgan quyidagi tahrifni berish mumkin: muloqot-kamida ikki kishing o'zaro tahsir jarayoni bo'lib, bu tahsir davomida axborot almashiniladi, munosabat o'rnatiladi va rivojlantiriladi, tugatiladi yoki korrektsiyalanadi.

Inson bolasi aynan boshqalar bilan muloqotda va munosabatda bo'lish jarayonida shaxsga aylanib boradi. Muloqot orqali inson ijtimoiy tajriba va madaniyatni egallab boradi. Yangi tug'ilgan inson boshqalar bilan muloqotda bo'lish imkoniyatidan mahrum bo'lsa, u hech qachon shaxsga aylana olmaydi, yahni u o'z psixik taraqqiyoti bo'yicha biologik mavjudot darajasida qolib ketadi.

Muloqotda ijtimoiy va shaxsiy munosabatlar ro'yobga chiqariladi. Aynan muloqot hamkorlikda faoliyat yurituvchi individlar jamoasini shakllantiradi. Muloqot vositasida hamkorlikdagi faoliyat tashkil etiladi va amalga oshiriladi. Ayni vaqtda faoliyat davomida insonlar o'rtasida yangi-yangi munosabatlar va aloqalar shakllanadi. Demak, muloqot va faoliyat o'zaro chambarchas bog'liqdir.

Muloqot inson hayotida qanchalik yuksak ahamiyatga ega ekanligini quyidagi misol yaqqol ko'rsatadi.

Tarixda yaponlarda «Moritao» nomli insonning o'z-o'zini takomillashtirish tizimi mavjud bo'lgan. U shunday tizimlarning eng og' iri va murakkabi bo'lib hisoblanadi. Vaholanki, inson hech qanday jismoniy azoblarga duchor bo'lmaydi. Faqatgina bir haftaga g'orga kirib ketib, u yerda tanho qoladi. Bu yerda u, hatto, o'zi bilan ham gaplashishi mumkin bo'lmagan. Sinovdan o'tganlar keyichalik har qanday uchrashuv va suhbatni hursandchilik bilan qarshi oladilar. Qizig'i shundaki, ularda ko'proq gapirish ehtiyoji emas, balki tinglash ehtiyoji kuchayar ekan.

Birgalikdagi faoliyat davomida odamlar turli fikrlar, o'y-xayollar, his-kechinmalar bilan o'rtoqlashadilar. Bunda o'y-fikrlar, his-kechinmalarni axborot sifatida, kommunikatsiyani esa axborot almashinuvi sifatida talqin etish mumkin. Kommunikatordan chiqayotgan axborot ikki xil bo'lishi mumkin:

1. Undovchi axborot buyruq, maslahat, iltimos va h. larda namoyon bo'ladi. Undan ko'zlangan maqsad retsipientni biror harakatga stimullashtirish. Stimullashtirish uch xil bo'lishi mumkin: a) faollashtirish (biror harakatni qilishga undash); b) interdiktsiyalash (biror harakatni qilishdan to'xtatish); v) destabillashtirish (biror harakatdagi muvozanatni buzish).

2. Tahkidlovchi axborot mahlumot tarzida ifodalanadi. Bu turdagi axborot turli tahlimiy tizmlardan o'rin olgan bo'lib, xulq-atvorni o'zgartirish uchun bevosita tahsir ko'rsatmaydi (lekin bilvosita tahsir ko'rsatish maqsadi ham bo'ladi).

Kommunikativ jarayonda ishlatiladigan bir necha xil belgilar tizimlari mavjud. Ularga asoslanib turib odatda verbal va noverbal kommunikatsiya ajratiladi.

Verbal kommunikatsiyada belgilar tizimi sifatida nutq ishlatiladi. Nutq-kommunikatsiyaning eng universal vositasi hisoblanadi. CHunki uning yordamida axborot uzatilganda, undagi mazmun eng kam darajada yo'qotiladi.

Amerikalik jurnalist G.Lassuel besh unsurdan iborat bo'lgan kommunikativ jarayonning quyidagi modelini taklif etadi: Kim (axborot kim tomonidan uzatilmoqda); Nima (qanday axborot uzatilmoqda); Qanday (axborot qanday yo'l bilan uzatilmoqda); Kimga (axborot kimga yo'naltirilmoqda); Qanchalik samarali (axborot qanchalik samarador uzatildi).

Kommunikativ jarayon aksial (bunda axborot ayrim konkret odamlargagina yo'naltiriladi) yoki retial (bunda axborot bir qancha ehtimol qilinayotgan retsipientlarga yo'naltiriladi) xarakterda bo'lishi mumkin.

Kommunikator retsipient uni qanchalik tushunayotganini «kommunikativ rollar» o'zgargach biladi. CHunki bunda retsipient kommunikatorga aylanib avvalgi kommunikatorga qabul qilgan axborotning mazmunini qanday tushunganligini bildiradi.

Noverbal kommunikatsiyada belgilar tizimi sifatida quyidagi tizimlardan foydalaniladi:

- Optik-kinetik tizimga imo-ishoralar (qo'l motorikasi), mimika (yuz motorikasi), pantomimika (butun gavda motorikasi) kiradi. Ushbu belgilarning muloqotdagi ahamiyati shunchalik kattaki, ularni o'rganish uchun alohida soha -kinesika shakllangan.

- Paralingvistik tizim ovoz vokalizatsiyasidan iborat bo'lib, unga ovoz sifatlari, diapozoni kiradi. Ekstralingvistik tizimga to'xtalishlar, yo'talib qo'yishlar, yig'i, kulgi, nutq tempi kiradi.

- Proksemik tizimga kommunikativ jarayon ishtirokchilarining fazodagi joylashuvi va kommunikatsiya vaqti kiradi.

- Vizual kontaktga ko'zlar orqali muloqot qilish kiradi. Dastlab muloqotning bunday turi faqat intim muloqot doirasidagina bo'lishi mumkin, deb hisoblangan. Biroq so'nggi tadqiqotlar vizual kontakt boshqa sohalarda (tibbiyot, pedagogika, boshqaruv va h.) ham kuzatilishini isbotlamoqda.

Noverbal kommunikatsiya tizimlari kommunikatsiya jarayonida muhim rolg' o'ynaydi. Ular nutqni to'ldiradi, uning o'rnini bosadi, kommunikativ jarayon ishtirokchilarining emotsional holatini aks ettiradi.

Muloqot jarayonida o'zaro tahsir xususiyatlarini aniqlash uchun muloqotning interaktiv tomonini o'rganish zarur bo'ladi.

Muloqotning interaktiv tomoni - birgalikdagi faoliyatni tashkil etish va amalga oshirishda muloqot ishtirokchilarining bir-biriga tahsir o'tkazishidir.

Odatda muloqot jarayonidagi o'zaro tahsirning ikki xil turi ajratiladi.

a) kooperatsiyaga asoslangan o'zaro tahsir - kommunikativ jarayon ishtirokchilarinng umumiy maqsad yo'lida o'z kuchlarini birlashtirishdan iborat. Kooperatsiyalarning bir necha turi farqlanadi: avtomatik (instinktiv- biologik darajada mavjud bo'ladi); avtomatik (tarkib topgan ijtimoiy mehyorlar bilan anhana va urf odatlar bilan taqozolangan bo'ladi); spontan (do'stlik, muhabbat va shu kabi munosabatlar bilan taqozolangan bo'ladi); direktiv (majburiy hamkorlik hukm suruvchi joylarda mavjud bo'ladi); shartnomaviy (rasmiy kelishuvlar bilan taqazolangan bo'ladi), koorperatsiya- birgalikdagi faoliyatning zaruriy elementi.

b) Raqobatga asoslangan o'zaro tahsir - kommunikativ jarayon ishtirokchilarining shaxsiy yoki guruhiy maqsadlarga erishish uchun o' zaro kurash sharoitida bir-biriga tahsir ko'rsatishdan iborat. Bunday o'zaro tahsirda tomonlarning shaxsiy faolligi odatda yuqori bo'ladi. SHunday bo'lsa-da u koopertsiya bilan mahlum darajada bog'liqdir. CHunki raqobat davomida ham muayyan qoidalar o'rnatilishi talab etiladi. Aks holda o'zaro kurash urushga aylanib ketishi mumkin. Raqobatning eng yorqin shakli nizodir. Nizo - muloqot ishtirokchilarining har biri muhim bo'lgan muammoni hal etish vaqtida ular o'rtasida vujudga kelgan qarama-qarshilik va kurashning keskin kuchayib ketish jarayonidir.

Muloqot jarayonida nizoning odatda ikki xil turi farqlanadi.

a) Destruktiv nizo. Uning kelib chiqish sabablari quyidagilardan iborat: shaxsiy xususiyatlarni bir-biriga mos kelmasligi tufayli vujudga keladi; munosabatlarning buzilishiga olib keladi; ishtirokchilar soni ortib boradi; qarama-qarshi tomonga nisbatan negativ baholar kuchayib boradi; nizo jarayonidagi obhektning shaxsga ko'chishi oson yuz beradi

b) Produktiv nizoning kelib chiqish sabablari quyidagilardan iborat: nuqtai - nazarlarning bir-biriga mos kelmasligi sababli vujudga keladi; muammoni kengroq qarshi olishga olib keladi; optimal yechimning topilishiga yordam beradi; shaxsga ko'chirilmaydi.

Birgalikdagi faoliyat muloqotning pertseptiv tomonini o'rganish zaruratini vujudga keltiradi.

Muloqotning pertseptiv tomoni - kishilarning bir-birini idrok etish jarayoni muloqotning ajralmas qismi bo'lib, u muloqotning pertseptiv tomonini tashkil etadi. Insonning inson tomonidan idrok etilishi "ijtimoiy pertseptsiya" deyiladi. Dastlab, bu atama J. Bruner tomonidan 1947 yil ishlatilgan bo'lib, u pertseptiv jarayonlarning ijtimoiy determinatsiyasini anglatgan. Keyichalik bu atama boshqacharoq mahnoga ega bo'lib, u ijtimoiy obhektlarni, yahni odamlar, ijtimoiy guruhlar, katta ijtimoiy tuzilmalarni idrok etish jarayonini anglata boshlagan.

Ijtimoiy pertseptsiya davomida kauzal attributsiya hodisasi kuzatiladi. Kauzal attributsiya-ijtimoiy pertseptsiya subhektining boshqa insonlar xulq-atvori va motivlarini talqin etishidir. Odam kuzatish orqali idrok etilayotgan kishi haqida batafsil mahlumotga ega bo'lmasligi tufayli uning xulq-atvorini determinatsiyalayotgan taxminiy sabablarni qidiradi va ularni asliga noto'g'ri bo'lsa ham, pertsetsiya obhektining xulq atvoriga "tirkab qo'yadi" Boshqacha qilib aytganda, kauzal atributsiya hodisalar va insonlar xulq-atvoriga muayyan sabablarni tirkab qo'yish, sababchi deb bilish. G.Kelli shaxsiy atributsiya (bunday sabablar harakat subhektiga tirkab qo'yiladi), obhekt atributsiya si (bunda sabablar harakat yo'naltirilgan obhektga tirkab qo'yiladi), vaziyat tributsiyasi (bunda sabablar harakat sodir bo'layotgan vaziyatga tirkab qo'yiladi) kabilarni ajratadi.

Kishilar bir-birini idrok etish jarayonida quyidagi uch effekt ancha chuqur o'rganilgan:

1. Oreol effekti (xalo effekt) - odam to'g'risida axborot yetishmaganda, u haqidagi ilk taassurotlarning shu inson xulq atvori va shaxsiy xususiyatlarini keyinchalik idrok etish jarayoniga tahsir ko'rsatishi.

2. Dastlabkilik effekti - Idrok etilayotgan odam haqidagi dastlabki axborotning idrok jarayonida hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi. Bu effekt notanish odam idrok etilayotganida yuzaga chiqadi.

3. Yangilik effekti - Idrok etilayotgan odam haqidagi so'nggi axborotning idrok jarayonida hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi. Bu effekt tanish odam idrok etilayotganida yuzaga chiqadi.

Kishining boshqalar undan nimani kutayotganini, nimani eshitishga va unda nimani ko'rishga tayyor ekanligini to'g'ri, aniq, xatosiz ko'chira olish qobiliyati takt deb ataladi.

Mahlumki takt pedagogik faoliyatda muhim komponent hisoblanadi.

Birgalikdagi faoliyatning uch xil modeli mavjud. 1. Har bir ishtirokchi boshqalardan mustaqil ravishda ishning o'ziga tegishli qismini bajarishi (masalan shanbalikdagi ish). 2. Umumiy vazifani bosqichma-bosqich har bir ishtirokchi tomonidan bajarilishi (masalan konveyerdagi ish). 3. Har bir ishtirokchi boshqalar bilan birgalikda bir vaqtning o'zida umumiy faoliyat bilan mashg'ul bo'lishi (masalan, futbol jamoasidagi ish).

Pedagogik jarayonda o'qituvchi va o'quvchilarning birgalikdagi faoliyatining muvaffaqiyatli ro'y berishi ko'p jihatdan kommunikativ ja rayon

ishtirokchilari bir-birini qanday idrok etayotgani, har bir ishtirokchida boshqa ishtirokchi haqida qanday tasavvurlar shakllanayotganligiga bog'liq.

Rus psixologi A.A.Bodalev «insonni inson tomonidan idrok etilishiga» sinonim ravishda «insonning boshqa insonni bilishi» iborasini qo'llaydi. Inson jamiyat ahzosi sifatida qabul qilinganligi sababli muloqotda ham shaxs sifatida namoyon bo'ladi. S.L.Rubinshteyn aytganidek, «biz insonni tashqi xulq-atvoriga qarab uni o'qiymiz». Bundan, insonni tashqi qiyofasi uni qanday shaxs ekanligidan dalolat berishini anglashimiz mumkin.

«Boshqa odamni bila turib, o'rganayotgan individning o'zi ham shakllanadi» - deb yozadi L.S.Vqgotskiy.

Insonni inson tomonidan idrok etilishida eng kamida ikki kishi jalb qilingan bo'lishi lozim bo'lib, o'zaro idrok jarayonida ikkala tomon bir -birlarining ehtiyojlari, motivlari va yo'nalishlarini bilishlari va o'zlarini qarama -qarshi tomon o'rniga qo'ya olishlari lozim. Muloqot jarayonida bir -birini idrok etayotgan odamlar bir-birini tushunishga harakat qiladilar. Buning uchun quyidagi mexanizm ishga solinadi: identifikatsiya; refleksiya; stereotipizatsiya; empatiya.

Identifikatsiya (lotincha tenglashtirish) -u kishiga tenglashtirish, baravarlash mahnosini anglatib, insonning o'zini xayolan suhbatdoshi o'rniga qo'yish orqali uning fikrlari va tasavvurlarini tushunishga intilishi.

Refleksiya (lotincha aks ettirish) - insonning suhbatdoshi tomonidan qanday idrok etilayotgani va tushunilayotganini anglashga intilishi. Kishini kishi tomonidan idrok qilinishini ikkilangan oynadagi aks ettirishga o'xshatish mumkin. Odam boshqa kishini aks ettirar ekan, shu bilan birga o'zini ham aks ettiradi, agar kishi o'zi muloqotga kirishadigan kishilar haqida to'liq, ilmiy asoslangan axborotlarga ega bo'lsa, ular bilan bexato aniqlikda o'zaro tahsir o'rnatishi mumkin. Biroq subhekt hamma vaqt bunday aniq mahlumotga ega emas.

Stereotipizatsiya - grekcha o'zgarishsiz, takrorlanish degan mahnoni bildirib, insonning suhbatdoshini tushunishga intilishi yo'lida muayyan shablondan foydalanishi. Stereotipizatsiya mahlum yoki taxminan mahlum bo'lgan voqealarni tiklash, nisbat berish yo'li bilan xulk normalarini tasniflash va ularning sabablarini izohlash demakdir. Bahzan muomala jarayonida noto'g'ri stereotip vujudga keladi. Masalan,A.A.Bodalev tomonidan o'tkazilgan tadqiqot natijalariga ko'ra, kishining tashqi qiyofasi va uning xarakteri haqidagi stereotip tasavvurlar ommaviylashib ketganligi tasdiqlandi. So'ralgan 72 kishining 9 tasi agar insonning yuz tuzilishi kvadrat ko'rinishiga ega bo'lganlar kuchli, irodali, 17 kishi peshonasi katta kishi aqlli, 3 kishi sochi tikka kishilar yengilmas, bo'ysunmas xarakterga ega.

5 kishi bo'yi o'rtachadan past kishilar boshqalar ustidan hukmronlik qilishga, buyruq berishga intiluvchi kishilar, 5 kishi chiroyli kishilar yo ahmoq yoki o'zini yaxshi ko'radigan kishilar bo'ladi deb tasdiqlagan. Begona kishini idrok qilishda birinchi axborot, dastlabki tasavvur katta ahamiyatga ega. Kishilar

tashqi qiyofasi ham muhim o'rin tutadi. Amerikalik psixologlar tomonidan o'tkazilgan tadqiqot bunga yaqqol misol bo'la oladi. 400 ta o'qituvchilarni baholash uchun tarqatilgan ishlarni ular 200 tasi ijobiy, chiroyli, 200 tasi salbiy xunuk, yoqimsiz deb berganlar. Ekspertlardan tashqi qiyofasini emas, balki xarakterini tahriflash so'ralgan edi. Afsuski baholarning subhektivligi kishining tashqi qiyofasini baholash bilan bog'liqdir.

Empatiya - insoning o'zini xayolan suhbatdoshi o'rniga qo'yish orqali uning kechinmalari va hissiyotlarini tushunishga intilishi. Bunda insonning emotsional muammolariga yondashishi tushuniladi. Bu boshqa odam hissiyotlari va kechinmalariga hamdard bo'la olishdir. Bir tomondan obhektni tushunishda uni o'rniga o'zini qo'ya olishi muhim bo'lsa, ikkinchi tomondan uning ichki hissiyotlarini tushunish unga hamdard bo'la olish ham muhimdir.

Insonning inson tomonidan idrok etilishida yo'naltirishning roli kattadir. Bu ayniqsa inson haqida, nomahlum inson haqida ilk fikrlarni olishda muhimdir. Bu borada A.A.Bodalevning o'tkazgan tadqiqotlari nihoyatda ahamiyatlidir. Ikki guruh talabalariga bir inson rasmi beriladi. Birinchi rasmda berilgan inson jinoyatchi deb, ikkinchi guruhda esa rasmdagi kishi yirik olim deb ehlon qilinib, ularga portretni yozma ifodalash vazifasi beriladi. Birinchi holatda quyidagi tavsiflar beriladi, yahni ko'zlarini ichiga kirib ketgani, ichki alam, qasosdan uzun dahan boshlagan ishi, jumladan jinoyatni yakuniga yetkazish kabilar ekanligi qayd etiladi.

Ikkinchi guruhda ichiga kirgan ko'zlari fikrning chuqurligi haqida gapirib, bunda uzun dahan qiyinchiliklarga bardoshlilik, irodalilik sifatida baholangan.

Keltirilgan mulohazalardan ko'rinadiki, insonni inson tomonidan idrok qilinishida tashqi tomondan berilayotgan ko'rsatma, shaxsning bu boradagi bilim, ko'nikma va malakalari muhim rolg' o'ynaydi.

Muloqotning qonuniyatlarini, malaka va qobiliyatlarining shakllanishini bilish pedagog uchun g'oyat muhimdir. Bu to'laqonli pedagogik muloqotni yoki muomalani yo'lga qo'yishni tahminlaydi. Pedagogik muloqot pedagog va o'quvchilarning o'zaro tahsir etish usullari yig'indisidir. Muloqotning mazmuni axborot almashish, o'qituvchi tomonidan turli kommunikativ vositalar yordamida o'quvchilar bilan o'zaro tushunish va o'zaro munosabatlarni tashkil etishdir. Pedagoglarning tarbiyaviy va didaktik vazifalarni o'qituvchilar hamda o'quvchilar jamoasi o'rtasida munosabatlarni tahminlamay turib amalga oshirib bo'lmaydi.

Pedagogik faoliyatdagi muloqot: o'quv vazifalarni bajarish vositasi; tarbiyaviy jarayonini tahminlashning ijtimoiy-psixologik tizimi;

tahlim-tarbiya jarayoni muvaffaqiyatini tahminlovchi o'qituvchi va o'quvchilarning o'zaro munosabatini tashkil qilish usuli; o'quvchining individual xususiyatlarini tarbiyalash jarayoni sifatida namoyon bo'ladi.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, individual xususiyatlarni tarbiyalashda muloqotning o'rni va uning amaliy ahamiyati katta. Chunki, muloqot o'qituvchi va o'quvchilar o'zaro bir-birlarini idrok etish, tushunish, anglab yetish, qo'llab -

quvvatlash, bir maqsad sari harakatlanish, bir-birlarini o'rganish orqali o'quvchida individual xususiyatlarni tarbiyalash kabi muhim vazifalarni amalga oshirishda asosiy omil hisoblanadi. Muloqot jarayonida o'quvchilarning yangi qirralarini kashf etib, ularni to'g'ri yo'naltirilishi kelgusida yoshlarning barkamol inson bo'lib tarbiyalanishini tahminlaydi. Pedagogik jarayon natijadorligini oshiradi.

Adabiyotlar:

1. G'oziev E. Muomala psixologiyasi. Toshkent, 2001.

2. Ergashev P. Muloqot psixologiyasi (mahruzalar matni). Toshkent, 2003.

3. B.Ziyomuxammedov. Pedagogika. T. «Turon-Iqbol». 2006.

4. Karimov I.A. Yuksak mahnaviyat - yenglimas kuch. - T.: «Mahnaviyat», 2008.

5. Toshpo'latov, I., & Usmonova, M. (2017). PEDAGOGICAL PROCESS, PECULIARITIES OF PEDAGOGICAL PROCESS, PRINCIPLES OF ITS ORGANIZATION. Теория и практика современной науки, (5), 1130-1133.

6. TI Ikromjonovich,. (2019). SOCIO-PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF THE EMBODIMENT OF THE PERSONALITY OF THE MODERN TEACHER. Journal of Critical Reviews 6 (5).

7. Khakimov A. A. TRADITION AS A FACTOR IN THE NORMATIVE MANAGEMENT OF SOCIETY //Colloquium-journal. - Голопристанський мюькрайонний центр зайнятос^= Голопристанский районный центр занятости, 2019. - №. 5-3. - С. 49-50.

8. Bulturbayevich M. B. et al. Requirements for modern management personnel //Conference Zone. - 2021. - С. 260-264.

9. Abduxamidovna M. D., Abdurahmonovich A. B. Analysis of the results of psychological and pedagogical research of labor migrants and their families //Middle European Scientific Bulletin. - 2021. - Т. 12. - С. 440-443.

10. Abdurakhmonovich A. B. Factors influencing the formation of professional thinking in pupils //European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol. - 2020. - Т. 8. - №. 2.

11. Хакимов А. А., Абдуллажанова Н. Т., Бокиев К. Т. Глобал экологик ин^ироз ва экологик нормалар //Сборники конференций НИЦ Социосфера. - Vedecko vydavatelske centrum Sociosfera-CZ sro, 2015. - №. 58. - С. 93-95.

12. Хакимов А. А. и др. Традиция как фактор нормативного управления обществом //Сборники конференций НИЦ Социосфера. - Vedecko vydavatelske centrum Sociosfera-CZ sro, 2015. - №. 37. - С. 47-49.

13. Хакимов А. и др. Узлуксиз таълим тизимида ижтимоий хдмкорлик-таракккиёт омили //Сборники конференций НИЦ Социосфера. - Vedecko vydavatelske centrum Sociosfera-CZ sro, 2015. - №. 48. - С. 60-62.

14. Абдуллажанова Н. Т. Беруни-историк науки. Мировая наука 2020. Проблемы и перспективы. Материалы II международной научно -практической конференции. - 2020.

15. Абдуллажанова Н. Т. Вклад российских ученых в издание избранных произведений Абу Райхана Беруни/Российско-узбекистанские связи в контексте многовековой исторической ретроспективы. - 2012.

16. Ismoilov M., Shaydullayev N. Moral education: concept, essence, tasks //Theoretical & Applied Science. - 2020. - №. 2. - С. 658-660.

17. Ismoilov M. I. A new environmental (ecological) paradigm an important factor in ensuring of sustainable development //Theoretical & Applied Science.

- 2019. - №. 10. - С. 666-668.

18. Ismoilov M. I. The status of intuitive forecasting in the environmental paradigm evolution //Scientific Bulletin of Namangan State University. - 2019.

- Т. 1. - №. 6. - С. 214-218.

19. Muxiddinova X. G. Social and political views of jadides //Мировая наука. -2019. - №. 3. - С. 36-39.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.