Научная статья на тему 'PEDAGOGIK KONFLIKTLARNI OLDINI OLISHDA MUOMALA MADANIYATI VA MULOQOT QOIDALARINING AHAMIYATI XUSUSIDA'

PEDAGOGIK KONFLIKTLARNI OLDINI OLISHDA MUOMALA MADANIYATI VA MULOQOT QOIDALARINING AHAMIYATI XUSUSIDA Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
947
75
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
pedagogik konflikt / muloqot / muomila madaniyati / o‘zgani anglash / ziddiyatlar / konfliktli vaziyatlar / maslahat / suhbat / sabr-qanoat / konflikt yechimi / raqobat / tana zaboni / tahdid / axborotlarni sintez qilish. / pedagogical conflict / communication / communication culture / understanding / contradictions / conflict situations / advice / conversation / patience / conflict resolution / competition / body language / threat / information synthesis.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Musurmonov, Raxmatilla, Keldiyorov, M., A’Zamqulova, D., Халимова М.

Maqolada talabalarda muomala madaniyati va muloqot qoidalarini shakllantirish orqali pedagogik kasbiy kompetentlikka erishish tamoyillari, usullari va pedagogik shart-sharoitlari to‘g‘risida fikr yuritilib, tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ON THE IMPORTANCE OF CULTURE OF COMMUNICATION AND RULES OF COMMUNICATION IN THE PREVENTION OF PEDAGOGICAL CONFLICTS

The article discusses the principles, methods and pedagogical conditions for students to achieve pedagogical professional competence through the formation of a culture of behavior and rules of communication.

Текст научной работы на тему «PEDAGOGIK KONFLIKTLARNI OLDINI OLISHDA MUOMALA MADANIYATI VA MULOQOT QOIDALARINING AHAMIYATI XUSUSIDA»

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

PEDAGOGIK KONFLIKTLARNI OLDINI OLISHDA MUOMALA MADANIYATI VA MULOQOT QOIDALARINING AHAMIYATI XUSUSIDA

d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-20-759-764

Musurmonov Raxmatilla

Chirchiq davlat pedagogika instituti "Pedagogika va menejment" kafedrasi

dosenti, p.f.n.

Keldiyorov M., A'zamqulova D., Xa^HMOBa M.

Chirchiq davlat pedagogika instituti pedagogika fakulteti 2-kurs talabalari.

ANNOTATSIYA

Maqolada talabalarda muomala madaniyati va muloqot qoidalarini shakllantirish orqali pedagogik kasbiy kompetentlikka erishish tamoyillari, usullari va pedagogik shart-sharoitlari to 'g'risida fikr yuritilib, tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: pedagogik konflikt, muloqot, muomila madaniyati, o'zgani anglash, ziddiyatlar, konfliktli vaziyatlar, maslahat, suhbat, sabr-qanoat, konflikt yechimi, raqobat, tana zaboni, tahdid, axborotlarni sintez qilish.

ON THE IMPORTANCE OF CULTURE OF COMMUNICATION AND RULES OF COMMUNICATION IN THE PREVENTION OF PEDAGOGICAL CONFLICTS

ABSTRACT

The article discusses the principles, methods and pedagogical conditions for students to achieve pedagogical professional competence through the formation of a culture of behavior and rules of communication.

Keywords: pedagogical conflict, communication, communication culture, understanding, contradictions, conflict situations, advice, conversation, patience, conflict resolution, competition, body language, threat, information synthesis.

Milliy mentalitetimizda muomala madaniyati asosan o'zaro hurmat asosida "Assalomu alaykum. Va alaykum assalom" dan boshlanadi. Ana shu so'zlar orqali insonlar bir-birlari bilan muloqotga kirishadi, bir-birlari bilan tanishadi va o'z muammolari, ehtiyojlarini qondirib, muammolarini ham hal qilishlari mumkin. Bu so'zlarni kishi tomonidan yoqimli va beg'araz ifoda etilishi suhbatdoshi ning ham kayfiyatini ko'tarib, murojaat qilayotgan insonga nisbatan mehrini oshiradi. Shuning

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

uchun ham xalqimizda "Salom qanday bo'lsa, alik ham shunday", degan naql bor. Salomlashish odobiga rioya qilish, suhbatdoshga nisbatan iliq va do'stona munosabatda bo'lish kishilar ko'nglidagi ko'pgina ilmoqli tugunlarni yechish uchun sharoit yaratadi.

Ma'lumki, yoshlarga ta'lim-tarbiya berish, ularni barkamol shaxslar sifatida shakllantirish muammosi har doim ham, har qanday jamiyatning asosiy vazifasi bo'lib kelgan. Bugungi kunda Oliy ta'lim muassasalarida "Pedagogik konfliktologiya" fanini o'qitishdan maqsad asosan o'quv jarayoni sharoitida turli shakl va turdagi nizolarning oldini olish orqali ta'lim samaradorligiga erishish, pedagogik va o'quvchilar jamoasida do'stona ruhiy barqarorlikni ta'minlashni ko'zda tutadi. Ushbu maqsadlarga erishishning zaminida o'zaro muomala madaniyati va muloqot qoidalari yotadi.

Shaxs ma'naviyatining uzviy bir bo'lagi muomala madaniyati bo'lsa, xulq-atvor, odob-axloq, nutqiy faoliyat tushunchalari uning zamiriga kiradi. Asrlar osha har bir xalqqa xos bo'lgan, milliy-ma'naviy qadriyatlar yuksak madaniyat ramziga aylangan urf-odatlar, yurish-turish, yashash tarzi barchasi kishi shaxsiyatida aks etishi tabiiy.

Munosabat, shubhasizki, shaxsning muomala madaniyatidan kelib chiqadi. Bu esa barkamollik belgisi bo'lgan ta'lim va tarbiyaga, ma'naviyat va ma'rifatga borib bog'lanadi. Aqlan, ruhan va jismonan sog'lom avlodgina yurtning porloq kelajagidir. Qushning parvozini qo'sh qanotisiz tasavvur qilish mumkin bo'lmaganidek, insonning iqboli va yurt istiqbolini ham ta'lim-tarbiya va ma'naviyat-ma'rifatsiz tushunish, idrok etish mushkul.

Allomalarimizning e'tirof etishlaricha, mulk sohibi bo'lishdan ko'ra, ko'ngil sohibi bo'lish sharofati haqida mumtoz adabiy merosimizda ibratomiz fikrlar bisyor. Inson dilini ovlash, unga mehr berish, samimiy tilaklar izhor etish ilinji sharq adabiyotida juda sharaflanib, ta'riflangan. Sababi, dunyoda bir ilm borki, bu adabiyotning bosh mavzusi bo'lib kelgan. Bu insonshunoslikdir. Ushbu ilmning ibtidosi esa inson diliga yo'l izlashdir. Ilmu fan ham, ma'naviy madaniyat va san'at ham shu haqda bosh qotirib kelgan. Bu esa komil inson konsepsiyasidir.

Inson qalbiga yo'l topilmasa, barcha sohalarning rivoji, jamiyat taraqqiyoti haqidagi so'z puchga aylanadi. Insonning ongu shuuri, qalbigina ulug' va qutlug' ishlarga qodirdir. Bu qalbda dunyoqarash va tafakkur qudrati bor. Tafakkur va ongning yuksakligiga erishmasdan turib oldimizga qo'yilgan maqsadlarimizning ro'yobini tasavvur etish mushkul.

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

"Inson xushfe'l, kamsuqum, xokisor, oliyhimmat, muloyim, beozor bo'lsa, ko'pchilikning e'tirofu e'tiboriga tushadi. Chunki, e'tirof e'tiborga, e'tibor ehtiromga, ehtirom esa e'zozga eshik, ezgulikka beshikdir. Odamzotinng kimligini, ma'naviyatini atrofdagilariga bo'lgan munosabatidan anglab olish qiyin emas. Chunki, muomala inson xulq-atvorining ziynatidir. Kishi xulqi bilan nazarga ham, hazarga ham duchor bo'lishi hech gap emas" [Jumaniyozov R.2015: 20].

Dunyo go'zallik qonuniyatlariga binoan qurilarkan, demak, insonning xulqi va nutqi ham, ko'rinishi va kiyinishi ham, munosabati va muloqoti ham go'zal bo'lishi maqsadga muvofiq. Xalqimizning "O'zingga qarab kutarlar, so'zingga qarab kuzatarlar" — degan o'giti bejiz emas. "Til yarasi bitmas, tig' yarasi bitar" — deganida ham inson uchun zarur bo'lgan muomala jarayoniga e'tibor zaruriyatini sezish qiyin emas.

"Qalbga yo'l ma'rifatdan boshlanadi. Ma'naviyatli inson kimga, nima haqda, qachon, qayerda, qanday qilib va qancha aytishni biladi va amal qiladi, shu asnoda obro' qozonadi, e'tiborga tushadi. Bir so'z va bir xatti-harakat e'tirofga yoxud e'tirozga, nazarga yoxud hazarga, yaxshilikka yoxud vahshiylikka sababkor qilishi hech gap emas. Shundagina voizning o'zi ham, so'zi ham joiz bo'ladi, suhbatdoshi qalbida iz qoldiradi. Ma'rifatli inson madaniyatli ayni damda ma'naviyatlidir. So'zlash ma'rifatdan, tinglash madaniyatdan, anglash ma'naviyatdandir. Johil kishi so'zning qiymatini va o'zining qadrini bilmagani uchun xushmuomalada bo'lol maydi. Jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashish va olishish uchun esa bilim, tafakkur, yuksak darajadagi xulqiy va nutqiy madaniyat zarur;" [Jumaniyozov R.2015:23].

"G'urbat izlaganga-g'urbat bu dunyo,

Illat izlaganga-illat bu dunyo,

Kim neni izlasa, topar begumon,

Hikmat izlaganga-hikmat bu dunyo" - deb yozadi shoir Sadriddin Salim Buxoriy.

Ma'rifatparvar adib Abdulla Avloniy "Turkiy guliston yoxud axloq" asarida odamzot tabiatidagi maqbul va nomaqbul xislatlarni qayd eta turib, insonlarni yaxshilikka chaqiruvchi, yomonliklardan qaytarguvchi ilm bu axloq ekanini ta'kidlaydi. "Inson ikki narsadan murakkabdur. Biri jasad, ikkinchisi nafsdur. Jasad ko'z ila bor narsalarni ko'rur. Ammo nafs idrok ila yaxshini yomondan, oqni qoradan ayirur. Jasadning ham, nafsning ham biror surati bordurki, yo yaxshi va yo yomon bo'ladur. Jasadning surati hammaga ma'lum bir narsadurki, har vaqt ko'zga ko'rinib turadur. Ammo nafsning surati ko'zga ko'rinmaydurgan, aql ila o'lchanadurgan bir

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

narsadurki, buni xulq deb atalur. Agar bir kishi yoshligida nafsi buzulub, tarbiyasiz, axloqsiz bo'lib o'sdimi, bunday kishilardan yaxshilik kutmak yerdan turib yulduzlarga qo'l uzatmak kabidur [Jumaniyozov R.2015: 25].

Ma'rifatli, ma'naviyati yuksak bo'lgan o'qituvchilar muomala madaniyati ko'pchilikka ibrat bo'la oladi. Bunday toifadagi o'qituvchilarni o'quvchilar jon-dilidan yaxshi ko'rib, bergan topshiriqlarini bekamu-ko'st bajaradilar. Xushmuomalalik, xushfe'llik, beozorlik, muloyimlik, hayo-ibolilik har doim ham ularning husniga husn, obro'siga obro' qo'shgan. Alisher Navoiy "Mahbub ul-qulub" asarida "Vafosizda hayo yo'q, hayosizda vafo yo'q" - deya bejiz ta'kidlamagan. Beandishalilik, befahmlik, befarosatlik esa kishini aqldan, hayodan judo qiladi. Sharq odobnomasida qayerga borish, qanday so'rashish, qayerda o'tirish, qanday so'zlash, kimlarning suhbatida bo'lish muomala madaniyatining mezonlari sifatida ko'p bor tilga olingan. Sa'diy Sheroziy "Shirin so'zli shilgay dushman po'stini, dag'al so'zli dushman qilgay do'stini" — deya o'rinli ta'kidlagan.

Bugungi Yangi O'zbekiston sharoitida yoshlarini uchinchi renesans poydevorini yaratishga qodir raqobatbardosh mutaxassislar etib tayyorlash muammosi oliy ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilariga mas'uliyatli vazifalarni yuklaydi.

Oliy pedagogik ta'lim muassasalarida tarbiyaga oid fanlarni o'qitish jarayonida talabalarga xushmuomalalilikni, inson qalbiga yo'l topish tilsimlarini o'rgatish zarurati mavjudligini unutmaslik kerak. O'zaro do'stona munosabatlar, shirinsuxanlik, dilkashlik orqali har doim ham sodir bo'ladigan pedagogik konfliktlarni oldini olish imkoniyati paydo bo'ladi. O'quv jarayonida pedagogik nizolarning oldi olinishi talabalarining nafaqat ta'lim samaradorligini ta'minlaydi, balki muomala madaniyatlarini takomillashishiga ham xizmat qiladi.

Ma'lumki, konfliktlar inson hayotining ajralmas tarkibiy qismi sifatida e'tirof etiladi. Bo'lajak o'qituvchilarda sodir bo'lishi mumkin bo'lgan pedagogik konfliktlarni profilaktika qilish, korreksiyalash va bartaraf etish ko'nikmalarini shakllantirib borish muhim ahamiyat kasb etadi.

Chirchiq davlat pedagogika instituti "Pedagogika va menejment" kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan bu borada olib borilayotgan ishlar diqqatga sazavordir. "Pedagogika va psixologiya" hamda "Ta'lim muassasasini boshqarish" yo'nalishidagi ikkinchi va uchinchi kurs talabalari bilan bevosita o'quv jarayonida o'zaro hamkorlik asosida dual darslarni tashkil etish orqali sodir bo'lishi mumkin bo'lgan nizolarni oldini olish ko'nikmalari shakllantirib borilmoqda. Talabalar passiv ravishda tayyor bilimlarni o'zlashtiruvchi sub'yekt sifatida emas, balki

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

mustaqil ravishda fikrlab, ilm izlash sirlaridan voqif bo'lish, mulohaza yuritish va xulosa qilish kabi ko'nikmalarga ega bo'lmoqdalar. Yangi zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan keng foydalangan holda ma'ruza va amaliy mashg'ulotlarni olib borish o'zining ijobiy samarasini bermoqda.

Xulosa o'rnida aytish mumkinki, bugungi kunda institut auditoriyalarida tahsil olayotgan talabalar - Yangi O'zbekistonning bo'lajak o'qituvchilari mashg'ulotlarda egallagan bilim, ko'nikma va malakalari orqali o'quvchi-yoshlarni barkamol insonlar qilib tarbiyalashdyek jamiyat buyurtmasini muvaffaqiyatli hal eta olishlariga ishonamiz.

REFERENCES

1. Jumaniyozov R. Muomala madaniyati. Risola T.: 2015 y. 20 b.

2. A.Avloniy.,"Turkiy guliston yoxud axloq" T, O'qituvchi, 1992 y.11 -b.

3. Musurmonov R. Dars intizomiga salbiy munosabatdagi o'smirlarni tarbiyalashda ijtimoiy nazoratning ahamiyati. "Uzluksiz ta'lim" j. 2020 y. Maxsus son, 63-67 B.

4. Musurmonov R. Vzglyadbi vostochnbix mbisliteley na vospitaniye rebyonka i semeynbiye otnosheniya v uzbekskix semyax. Vestnik nauki i obrazovaniya 2020. № 4 (82). Chast 1 Rossiyskiy impakt-faktor: 3,58 nauchno-metodicheskiy jurnal.

5. Musurmonov R. Oilada farzand tarbiyasida klaster usulidan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlari "Uzluksiz ta'lim" j. № 1 2021 y. 69-74 B.

6. O.Bo'riyev, M.Usmonov O'zbek oilasi, T.: 2012.

7. Ismoilova D.M.Ta'lim sohasida prognoz qilish ilmiy-pedagogik muammo sifatida. Academic research in educational sciences volume 1 | ISSUE 3 | 2020 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804

8. Suyarov A. Fan va zamonaviy ta'limning asosiy masalalari "Maktab va hayot" ilmiy metodik jurnal Maxsus son 17-bet. 2021 yil №2

9. Kh, Khasanova G., and Kenjaboev Sh Kh. "The role of education system in human capital development." Восточно-европейский научный журнал 2-1 (66) (2021): 48-51.

10. Khusanovna K. G. MAIN TRENDS OF MODERNIZATION OF EDUCATION SYSTEM: NATIONAL AND INTERNATIONAL ANALYSIS //ВОСТОЧНО ЕВРОПЕЙСКИЙ НАУЧНЫЙ ЖУРНАЛ. - 2020. - Т. 54. - №. part 2. - С. 38.

11. Хашимова С. On some features of teaching foreign language for students of non-philological areas at the initial stage. - 2019. - Евразийское Научное Объединение. - С. 334-338.

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

12. Хашимова С. НЕКОТОРЫЕ ГРАММАТИЧЕСКИЕ И СЕМАНТИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ УДВОЕНИЯ В ЯПОНСКОМ ЯЗЫКЕ. - Страны. Языки. Культура. - С. 334-338.

13. Hashimova, S. A., & Nasirova, S. A. (2021). FEATURES OF FORMING OF ANIMATED NOUNS WITH THE AFFIXES IN MODERN CHINESE LANGUAGE. Journal of Central Asian Social Studies, 2(04), 1-10

14. Nasirova, S. A. (2020). CONCEPTS OF ФШ ^Ш" CHINESE DREAM" AND Щ ^ Ш ^ ^ " COMMUNITY OF THE ONE FATE OF HUMANITY"-A LINGUISTIC AREA. Journal of Central Asian Social Studies, 7(01), 05-14.

15. Abdullaevna, N. S. (2020). Lexical-semantic and cognitive specifics of political discourse (based on Si Jinping's speeches). ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 70(5), 1086-1092.

16. Nasirova, S. A., Hashimova, S. A., & Rikhsieva, G. S. (2021). THE INFLUENCE OF THE POLITICAL SYSTEM OF CHINA ON THE FORMATION OF SOCIAL AND POLITICAL TERMINOLOGY. Journal of Central Asian Social Studies, 2(04), 10-17.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.