ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1
MULOQOT JARAYONIDA NUTQIY AKTLARNING AHAMIYATI
Nutqiy akt mazmuni to'lig'icha so'zlovchining muloqot maqsadi bilan bog'liq bo'lib qoladi. Aytish mumkinki, nutqiy aktni muloqot tizimining asosiy tayanch birligi sifatida qarash maqsadga muvofiq. Nutqiy akt mazmuni lisoniy va nolisoniy xususiyatlar umumlashmasidan tashkil topadi. Quyida nutqiy aktga uch bosqichli faoliyat sifatida qarash nuqtai-nazardan yondashamiz.
Kalit so'zlar: Nutqiy akt, lisoniy muloqot, lokutiv, illokutiv va perlokutiv harakatlar, diskurs, adresant, adresat.
Malumki, XX asrning ikkinchi yarmidan nutqiy akt nazariyasi shakllana boshladi. Tilning mavjudligi insonlarning so'zlash yoki yozish harakatlarini bajarishi bilan bog'liqdir. Bu harakatlarning bajarilish jarayonida lisoniy birliklar asl ma'nosidan tashqari, tasdiqlash, buyurish, ogohlantirish, va'da beri sh kabi mazmunni ifodalash imkoniyatini namoyon qiladilar. Bu ma'nolar so'zlovchi shaxs tomonidan bajarilayotgan nutqiy faoliyat natijasidir. Demak, nutqiy akt so'zlovchining ma'lum muhitda, aniq maqsadda tinglovchiga lisoniy murojaatidir.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI
Nutqiy akt mazmunining tarkib topishi va uning voqelanishi bevosita so'zlovchining muloqot maqsadi, istagi bilan bog'liqdir. Jon Syorl bu borada shunday deydi: "Lisoniy muloqot birligi, odatda, taxmin qilganlaridek, simvol (ramz), so'z yoki gap emas, hatto simvol so'z yoki gapning belgisi ham emas, balki simvol, so'z yoki gapning nutqiy akt ijrosi jarayonida yaratilishi va qo'llanilishidir. Bundan ko'rinib turibdiki, gap belgisining ma'lum sharoitda yaratilishi va qo'llanilishi nutqiy aktdir va nutqiy aktlar lisoniy muloqotning asosiy va eng kichik birligidir".
Demak, nutqiy akt nazariyasi uchun gap tayanch birlik emas, undan "tayyor material" sifatida foydalanilmaydi. Aksincha, gap aynan nutqiy muloqot jarayonida yaratiladigan hodisa. Shunday ekan, nutqiy akt mazmuni
Nafisa Baxtiyarovna Muratova
Chirchiq davlat pedagogika universiteti o'qituvchisi murotovanafisa2@gmail. com
ANNOTATSIYA
KIRISH
to'lig'icha so'zlovchining muloqot maqsadi bilan bog'liq bo'lib
June, 2023
ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1
qoladi. Aytish mumkinki, nutqiy aktni muloqot tizimining asosiy tayanch birligi sifatida qarash maqsadga muvofiq.
Ma'lumki, nutqiy akt mazmuni lisoniy va nolisoniy xususiyatlar umumlashmasidan tashkil topadi. Quyida nutqiy aktga uch bosqichli faoliyat sifatida qarash nuqtai-nazardan yondashamiz. Bu bosqichlarda uch xil harakat bajariladi. Ular - lokutiv, illokutiv va perlokutiv harakatlardir.
Biz muloqot jarayonida mazmundor lisoniy kalimani yaratamiz va uni talaffuz qilish yo'li bilan nutqiy faoliyat bajaramiz, xuddi shu faoliyat ijrosi lokutsiya yoki lokutiv aktdir.
-Oppoq qizim, Marjonoy, beri keling, sizga ikki og'iz gapim bor! (dedi u allaqanday muloyim, mehribon ovozda, so 'ng, bo 'yinsiz boshini arang burib, so 'rida o'tirgan jo'ralariga yuzlandi). ("Adolat manzili", 37 bet). Bu gapdan ko'rinib turibdiki, so'zlovchi ma'lum lisoniy kalimani yaratib uni talaffuz qilish yo'li bilan nutqiy faoliyat bajarmoqda. Agar biror-bir sabab bilan (tilni bilmaslik, gung bo'lish) mazmundor gap tuzilmasa va u talaffuz etilmasa, lokutiv harakat yuzaga kelmaydi. Masalan, "Oppoq qizim, Marjonoy, beri keling, sizga ikki og'iz gapim bor!" gapi faqatgina yozuvda qolsa lokutsiya yo'q. Mazmundor gaplar bekordan bekorga tuzilavermaydi, ularni tuzishdan va talaffuz etishdan ma'lum bir maqsad ko'zlanadi. Ushbu maqsadning voqelanishi esa illokutiv akt natijasidir. Illokutsiya shaxslararo (muloqot ishtirokchilari o'rtasidagi) munosabatlarning ifodalanishidir. Masalan, E, bu qanaqasi bo'ldi, xo'jayin? Biz tomonlarga keladilar-u, kaminani yo'qlamaydilar ham? Jamoliddin aka?" ("Osiy banda", 26-bet) gapini talaffuz etish vositasida shu voqeadan xabardor ekanligi, meni ko'rib keting deya suhbatdoshidan arazlaganday bo'ladi. Shu bilan birga muloqotga undash kabi kommunikativ istaklarni ifodalash imkoni bor. Demak, illokutiv akt muloqot ishtirokchilari, ya'ni shaxslararo munosabatlarning ifodalanishi bo'lib, bu munosabat ma'lum faoliyat natijasida yuzaga chiqadi. Faoliyat nazariyasining asoschilaridan bo'lgan A.N.Leont'evning faollikning tarkibiy qismlari aniq ko'rsatilgan: ehtiyoj^motiv^-maqsad^- maqsadga erishish sharoiti. Shaxs maqsadga ma'lum sharoitda ma'lum harakat vositasida erishadi. Maqsadga erishish sharoitida faoliyat doimo o'zgarib, o'sib boradi.
Inson ko'plab turdagi faoliyatlarni bajaradi va bu faoliyat turlari o'zlarining zotiy mazmuni bilan farqlanadi. Muloqot faoliyatning ana shunday turlaridan biridir.Perlokutiv akt nutqiy faoliyat ta'sirining natijasi sifatida tavsiflanadi. Bu yuqoridagi aktlardan farqli o'laroq lisoniy vositalarsiz ham amalga oshishi mumkin. Chunki nutqiy ta'sir natijasini oldindan aytish qiyin, so'zlovchi
nutqini eshitgan tinglovchining bo'lg'usi xatti-harakati, javobi
June, 2023
ISSN: 2181-1Э85 ISI: G,967 I Cite-Factor: G,89 I SIS: 1,9 I ASI: 1,3 I SJIF: 5,771 I UIF: б,1
-Tog'ajon! Bilasiz-ku, men ichmayman.
- Juda soz, menga ko 'proq qoladogan bo 'pti! - piching qildi Sarkor.
- Tog'ajon, bilasiz-ku, men ichmayman. ("Osiy banda", 90-bet). Fuqoridagi gapdan ko'rinib turibdiki, so'zlovchining nutqiy faoliyatiga natijasi bu tinglovchi tomonidan berilib uning qanday natija berganligi lisoniy vosita orqali bayon etilib, taklifni inkor etmoqda.
E'tirof etganimizdek, tinglovchining so'zlovchi nutqiy faoliyatiga javobi nolisoniy vositalar bilan ham bayon etilishi mumkin.
- Uchir. Shunday uchirginki, yarim soatda yetib boraylik ovulimizga, - dedi Sarkor.
- Tinchlikmi o 'zi, xo'jayin? Shashtingizpast?
- Men bilan ishing bo 'Imasin? - dedi Sarkor.
- Yo 'lga qara! Shafyor xo'p deganday bosh irg'adi. ("Osiy banda", 30-bet). Bu yerda tinglovchi nolisoniy vosita orqali muloqoti amalga oshgan, keyin
so'zlovchi uchun ayni bu vaziyatda tinglovchining fikri qiziq emas.
Keltirilgan misollardan ko'rinadiki, nutqiy akt ma'lum bir gapning aniq muloqot muhitida talaffuz etilishidir. Nutqiy akt mazmunining shakllanishi talaffuz qilinayotgan gap ma'nosining so'zlovchi va tinglovchi tomonidan muloqot matniga nisbatan "boyitilishi", idrok etilishi natijasidir.
REFERENCES
1. Yoqubov O. «Osiy banda» romandan boblar. Jahon adabiyoti jurnali, 2006 yil, 9-son, 36 b.
2. Safarov Sh. Pragmalingvistika. - «O'zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashriyoti. - Toshkent, 2008 yil.
3. Aliqulov Z., Boymirzayeva S. Sotsiolingvistika. Samarqand: 2010. 94- b.
4. Begmatov E., Tursunpo'latov M. Ozbek nutqi asoslari. -Toshkent, 1992. 88- b.
5. Bekmirzayev N. Notiqlik san'ati asoslari.-Toshkent,2007. 90- b.
6. Jumaniyozov R. Nutqiy mahorat. -Toshkent, 2005. 40-b.
7. Nurmonov A. Struktur tilshunoslik ildizlari va yo'nalishlari. -Toshkent: Ta'lim, 2009. -240 b.
turlicha bo'lishi mumkin:
Qani, ketdik, jiyan!
XULOSA
June, 2023