NUTQNING IXTISOSLASHUVI
Nafisa Baxtiyarovna Muratova
Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti O'zbek tilshunosligi kafedrasi
o'qituvchisi Murotovanafisa2@gmail .com
ANNOTATSIYA
Inson nutqiy faoliyati bilan bog'liq uning ichki va tashqi ruhiy olamini nutqdagi oshkora va pinhon ifodasini tadqiq etish , ularni tahlil qilish , insonning o'z nutqi orqali o'zligini namoyon etish kabi misollarni o'rganish bugungi milliy his , milliy mafkura va milliy g'oya tushunchalarining mohiyatini ochishda muhim rol egallaydi . Insonning obyektiv olamdagi barcha ijtimoiy xatti - harakatlari uning nutqiy faoliyatida o'z aksini topadi .Shu nuqtai nazardan ham inson nutqini o'rganish uning ma'naviy olami bilan tanishish imkoniyatini beradi.
Kalit so'zlar: Sotsiolingvistika, aspect, sotsiumlar nutqi, ixtisoslashuv, paralingvistika, ekstralingvistika.
SPECIALIZATION OF SPEECH ABSTRACT
The study of the internal and external spiritual world of man in relation to his speech activity, the study of open and hidden expression in speech, their analysis, the study of examples such as the expression of man's identity through his own speech, today's national feeling, national ideology and national It plays an important role in revealing the essence of the concepts of 'oya. All social behavior of a person in the objective world is reflected in his speech activity. In this sense, the study of human speech provides an opportunity to get acquainted with the spiritual world.
Keywords: Sociolinguistics, aspect, speech of societies, specialization, paralinguistics, extralinguistics.
Ma'lumki, insonning so'zi uning madaniy saviyasini, mafkurasini belgilaydi. Inson o'z nutqi orqali ob'ektiv olamga bo'lgan munosabatini ifoda etadi. Shu bilan bir qatorda o'zining milliyligini ham namoyon etadi.
Inson nutqiga mos dunyoqarashi, ongi, shuuri, hissiyoti, idroki, bilimi, hayotiy tajribasi, imon-e'tiqodi, umuman inson ijtimoiy faoliyatida namoyon bo'luvchi siyosiy-mafkuraviy, falsafiy, axloqiy, diniy va estetik qarashlari uning nutqida aks etadi.
Mustaqillik davrida qaynoq hayotning barcha jabxalarida yuz berayotgan jarayonlami haqqoniy tasvirlagan mashhur yozuvchi Odil Yoqubovning "Osiy banda" 1 romani qahramonlarining nutqi bunga yaqqol misol bo'la oladi .
Inson nutqiy faoliyati bilan bog'liq uning ichki va tashqi ruhiy olamini nutqdagi oshkora va pinhon ifodasini tadqiq etish , ularni tahlil qilish , insonning o'z nutqi orqali o'zligini namoyon etish kabi misollarni o'rganish bugungi milliy his , milliy mafkura va milliy g'oya tushunchalarining mohiyatini ochishda muhim rol egallaydi .
Insonning obyektiv olamdagi barcha ijtimoiy xatti - harakatlari uning nutqiy faoliyatida o'z aksini topadi .Shu nuqtai nazardan ham inson nutqini o'rganish uning ma'naviy olami bilan tanishish imkoniyatini beradi .
" - Och ! dedi buyruq ohangda . - O'tar dunyo , bittadan olaylik . Ota shunday deb , Sarkor to'ldirgan qadahlardan birini olib bir ko'tarishda bo'shatdi . -Nega og'zingni ochib , endigina tug'ilgan buzoqday angrayib o'tiribsan ? Ich ! Ba'zi narsalarni oshkora gaplashib olishimiz kerak -Nima qilay Otaxon ? ...
-Dayus ! Ivan ilgarigi Ivan emas , juda o'zgarib ketgan (23-bet) Ushbu muloqot jarayonida Ota bilab Sarkor o'ziga xos bir jamiyatni tashkil etadi . Ular tabiatan va moxiyatan xilma-xil bo'lib , ular o'rtasidagi so'zlashish odobi ham turli-tumandir . Sotsiolingvistik aspektda , sotsiumlar nutqi turlarini ajratish muhim ahamiyat kasb etib , muloqot ishtirokchilarining mavqei , jinsi , muloqot shakllari , nutq qoliplari bir-biridan farq qiladi . Yuqoridagi muloqotdan ko'rinib turibdiki Otaning egallab turgan mavqei Sarkornikidan butunlay farq qilgani uchun ular nutqidagi farqlar ko'zga yaqqol tashlanib turibdi . Muloqot jarayonidagi nutqning ixtisoslashuvida nutq tushunchasi lingvistikada tushuniladigan tilning bevosita voqelanishi , uning moddiy shaklda yuzaga chiqishi tushunchasidan farq qiladi .
Umuman olganda nutqning ixtisoslashuvi deganda , umumijtimoiy imkoniyatlarning muayyan shaklda voqelanishi emas , balki alohida bir guruh uchun me'yor vazifasini o'taydigan umumiylik bilan xususiylik oralig'i tushuniladi . -Kamina sening hamma ishlaringdan xabardor ,yaxshi ishlaringdan ham, qaltis ishlaringdan ham xabarim bor . Qadam olishing chakki emas . Bobong sening ishlaringdan xursand . Ammo uzoqni ko'zlab ish qiladigan rahbar bir nozik narsani yaxshi bilmog'i lozimki , buni bilmagan rahbar uzoqqa bormaydi , bo'tam ! -Qanaqa sirli gap ekan , aytavering .
-Chamasi bu sirni o'zing ham bilasan , ammo yana bir marta qulog'inga quyib olsang yomon bo'lmaydi . Sen kattalarning tomog'i teshik bo'lishini bilasanmi ? Bilsang bu teshikka bir narsa tashlab turasanmi ?
1 .Odil Yoqubov . Osiy banda . Jahon adabiyoti . 2006 yil N 9
Uzbekistan www.scientificprogress.uz
-Buni bilmasam hozirgacha bu kursida o'tirarmidim , bobojon . -Men ularning tomoqlari teshik ekanliginigina emas , balki
mansabdorlarning mansabi kattalashgan sayin tomoqlaridagi teshiklari ham kattalashib boraverishini ham bilaman ! Bu teshiklarga tegirmon toshini tashlasangiz ham ular hech narsa ko'rmaganday quit etib , hazm qilib ketaverishlarini ham biladi nevarangiz .
-Barakalla , bolam ,yaxshi niyat - yorti mol ! Iloyo niyatinga yet .
Ammo bir narsani bilib qo'y . Qora xalq avom , qancha berma to'ymaydi . Qancha
bersang ham ko'rdim demay , yamlab ketaveradi . (17-bet)
Tabiiyki muloqot tom ma'noda ijtimoiy munosabatlar ko'zgusidir .
...Muloqot - haqiqiy faoliyat , ijtimoiy munosabat esa - qatnashchilar o'rtasida
aloqa turi va bu aloqa jamiyatning asosini tashkil qilib , insonlarning amaliy
muloqoti jarayonida shakllanadi...Muloqot jarayonining quyidagi tarkibiy qismlari
mavjuddir:
1). Muloqotga kirishuvchi shaxs;
2). Axborotni qabul qiluvchi shaxs;
3). Muloqot ya'ni kommunikatsiya maydoni;
4).Axborotning o'zi;
5). Muloqot vositasi-axborot uzatish uslubi;
Ma'lum ijtimoiy vazifa bajaruvchi har qanday shaxs nutqiy kasb nuqtai nazaridan maxsus til belgilariga ega bo'ladi . Bu ana shu nutq sub'ektining psixologik , mantiqiy hamda falsafiy munosabati bilan uzviy bog'liq bo'ladi .
Ijtimoiy vazifa tushunchasi nutq sub'ektining egallab turgan vazifasi yoki bajarib turgan kasbi ma'nosini anglatadi . Nutq sub'ektining ijtimoiy vazifasi faqat uning kasbi bilan chegaralanib qolmaydi . Nutq sub'ekti o'zining asosiy sotsial vazifasidan tashqari ota , er , xotin , xaridor , bemor , qo'shni kabi qator qo'shimcha va doimiy vazifani ham bajaradi.
Yuqoridagi ijtimoiy vazifalar o'ziga xos kodlanuvchi til elementlariga ega bo'lib , so'zlovchi nutq vaziyatiga ko'ra shu elementlarni almashtirib turadi . Suxbatdoshlar nutq mazmunidan ijtimoiy vazifa bajarayotgan har bir shaxs axloqiga xos me'yoriy element chegarasini ajratish imkoniyatiga ega bo'ladi , ular oddiy talaffuzning o'zidayoq sotsial vazifaga xos ma'noni his eta oladilar . So'zlovchining doimiy ijtimoiy vazifasi rasmiy munosabat belgilariga ega bo'ladi. Bunga ko'ra so'zlovchi o'zi bajarib turgan kasb nuqtai nazaridan boshliq, kasbdoshlari hamda xodimlariga nisbattan rasmiy munosabatini ifoda etuvchi til va
"5
nutq elementlaridan foydalaniladi.
2 .D. Ravshanova . Muloqot tilimizning tarkibi va umumiy bekgilari . Muloqot shakllari va xorijiy tillarga o'rgatish . Samarqand - 2002 , 82-83 betlar
3 . G.Hakimov O'zbek tilida matnning progmatik talqini.T-2001.84-bet.
Xulosa qilib shuni ta'kidlash lozimki, nutqning ijtimoiy ixtisoslashuvi va bevosita uslubiyat bilan bog'liq bo'lib, uslubiyat asosan, lisoniy vositalarni o'rganadi. Nutqning ijtimoiy ixtisoslashuvida esa nutqning ifoda vositalari paralingvistik, ekstralingvistik vositalar bilan birgalikda tadqiq qilinadi. Ushbu jarayonda etnografiya, odob, axloq, rasm-rusmlar, urf-odatlar ham o'z aksini topadi. -Kim uchun kiyinaman, kim uchun taranaman?- dedi Gulyuz va ko'ziga yosh oldi. -Bo'ldi,xotin, tavba qildim deyabman-ku, tavba qildim. Ha deb gina qilaverma axir, azizam:
-Gina qilganimda qayoqqa borardim?-dedi Gulyuz . Ana o'rningiz tayyor, ovqat - povqat qo'yaymi ? -Men sho'rlik nima ham qilardim borib . (20-bet) .
Umuman olganda , nutqning ijtimoiy ixtisoslashuvi nihoyatda rang-barangdir. Zero inson faoliyati bir paytning o'zida bir qancha motivga asoslanadi , faolikka undovchi motiv qo'shimcha vazifalarni ham bajarishga qodirdir . Vaholanki shaxsning faollik motivida uning shaxsiy ehtiyojidan tashqari jamiyatga xos bo'lgan ehtiyojlar ham o'z aksini topadi.
REFERENCES
1. D. Ravshanova . Muloqot tilimizning tarkibi va umumiy bekgilari . Muloqot shakllari va xorijiy tillarga o'rgatish . Samarqand - 2002 , 82-83 betlar
2. G.Hakimov O'zbek tilida matnning progmatik talqini.T-2001.84-bet.
3. mafixHcnaMOB, H. (2021). ^YHE TH^^ÄPHHHHr MOPOO-HOrHK (THnO^OrHK) TÄCHHOH. Scientific progress, 2(4), 961-965.
4. Movlonova, M. (2021). ADABIYOT DARSLARIDA ZAMONAVIY PEDOGOGIK USLUBLARDAN FOYDALANISH ("UFQ" TRILOGIYASI MISOLIDA). Scientific progress, 2(5), 113-119.
5. Komilova, G. T. (2021). NAZARIY TILSHUNOSLIKDA SISTEMA VA STRUKTURA TUSHUNCHALARINING AHAMIYATI. Scientific progress, 2(5), 234-239.