Научная статья на тему 'MULKNI XUSUSIYLASHTIRISH VA DAVLAT TASARRUFIDAN CHIQARISH AHAMIYATI'

MULKNI XUSUSIYLASHTIRISH VA DAVLAT TASARRUFIDAN CHIQARISH AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
284
55
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
xususiylashtirish / davlat tasarrufidan chiqarish / buxgalteriya hisobi / mulkchilik.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Po’latov Xudoyberdi Uktamovich, Tojiboyev Jo’rabek Zafar O’g’li

Maqola hozirgi kunda davlatga tedishli mol – mulk, yer, va shunga o`xshash moddiy ne’matlarni xususiylashtirish va ularni davlat tasarrufidan chiqarishning davlat, jamiyat va buxgalteriya hisobiga korsatadigan ta`siri va ahamiyatini yoritadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MULKNI XUSUSIYLASHTIRISH VA DAVLAT TASARRUFIDAN CHIQARISH AHAMIYATI»

II. MENEJMENT VA MARKETING

MULKNI XUSUSIYLASHTIRISH VA DAVLAT TASARRUFIDAN

CHIQARISH AHAMIYATI

Po'latov Xudoyberdi Uktamovich

SamISI mustaqil izlanuvchisi Tojiboyev Jo'rabek Zafar o'g'li

SamISI talabasi

Annotatsiya: Maqola hozirgi kunda davlatga tedishli mol - mulk, yer, va shunga o'xshash moddiy ne'matlarni xususiylashtirish va ularni davlat tasarrufidan chiqarishning davlat, jamiyat va buxgalteriya hisobiga korsatadigan tasiri va ahamiyatini yoritadi.

Kalit so'zlar: xususiylashtirish, davlat tasarrufidan chiqarish, buxgalteriya hisobi, mulkchilik,

Kirish. Mavzu dolzarbligi. Davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotiga va xo'jalik yuritishning yangi shakllariga o'tishning muhim yo'nalishi hisoblanadi. Xususiylashtirish iqtisodiyotni barqarorlashtirish va xo'jalik hayotini erkinlashtirish bilan bir qatorda xo'jalikni samarali yuritish uchun amaliy shart-sharoitlar yaratish va jamiyatning ijtimoiy-siyosiy barqarorligini ta'minlash imkonini beradi, Ammo qanchalik muhimligiga qaramay, bu jarayonni qisqa muddatlarda amalga oshirish mumkin emas va u bir necha bosqichdan iborat bo'ladi. Xususiylashtirishning 1992-1993-yillarda o'tkazilgan birinchi bosqichida respublikada mahalliy sanoat, savdo, transport, maishiy xizmat, umumiy ovqatlanish, matlubot kooperatsiyasi, dehqonchilik sanoati majmuining qayta ishlovchi tarmog'i korxonalari mulkchilikning turli shakllariga aylantirildi, shuningdek, davlat va idoralarga qarashli uy-joy fondi xususiylashtirildi. Respublikada o'tgan yillarda 49 mingdan ortiq obyekt o'zining mulkchilik shaklini o'zgartirdi, ularning 44,1 foizi aksionerlik, 17,6 foizi jamoa, 37,0 foizi xususiy mulkka aylantirildi, 1,3 foizi ijaraga berildi. Mahalliy sanoat, savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko'rsatish tizimida xususiylashtirish jarayoni asosan tugallandi. Tayyorlov va qayta ishlovchi tarmoqlarda davlat tasarrufidan chiqarish tugallanmoqda, ularda hozirgi kunga kelib korxonalar umumiy sonining qariyb 96,7 foizi xususiylashtirilgan. Shunday qilib, respublikada kichik xususiylashtirishining birinchi bosqichi tugallandi va xalq xo'jaligi turli tarmoqlarining o'rtacha hamda yirik korxonalarini qayta o'zgartirishni nazarda tutuvchi davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning ikkinchi bosqichiga o'tish uchun zamin yaratildi.

O'zbekiston Respublikasi davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini chuqurlashtirish davlat dasturi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari

to'g'risidagi Farmoniga", oldingi yillarda o'tkazilgan davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tajribasi hamda natijalarini nazarda tutib, ko'p ukladli iqtisodiyotni barpo etish va rivojlantirishga oid qonunchilik hamda normativ hujjatlar talablariga muvofiq ishlab chiqilgan bo'lib, O'zbekiston Respublikasida davlat mulkini davlat tasarrufida bo'lmagan turli mulkchilik shakllariga aylantirishning ikkinchi bosqichi maqsadlari, ustuvorliklari, izchilligini belgilab beradi.

Ikkinchi bosqich (1994-1995-yillarning asosiy maqsadlari quyidagilardan iboratdir:

-xalq xo'jaligi tarmoqlarida davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni amalga oshirish ko'lamlarini kengaytirish;

-monopol ishlab chiqarish xo'jalik tuzilmalarini maydalashtirish va raqobatli bozor muhitini yaratish;

-davlat mulkini xususiylashtirish jarayonida respublika aholisi keng qatlamlarining, xorijiy jismoniy va yuridik shaxslarning ishtirok etishini ta'minlash; -ishlab chiqarishning eng yuqori samaradorligiga erishish; -oziq-ovqat va xalq iste'mol tovarlari taqchilligini kamaytirish orqali respublika aholisining ehtiyojlarini qondirish.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. www.lex.uz internet sayti "Xususiylashtirish, Mulkni Davlat tasarrufidan chiqarish" o'z sonidaquyidagilarni bayon qildi. Davlat mulki qo'mitasi o'ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq: O'zbekiston Respublikasining davlat mulki bo'lgan mol-mulkdan uning hududida va chet elda samarali foydalanilishi va saqlanishi ustidan nazoratni ta'minlaydi; davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish va tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash jarayonlarini tartibga soluvchi qonunlar, qonunchilik va normativ aktlar loyihalarini ishlab chiqishda belgilangan tartibda ishtirok etadi; aksionerlik jamiyatlari, shu jumladan, xorijiy jamiyatlar qatnashgan jamiyatlarda sarmoyasidagi davlatga tegishli aksiyalar (ulushlar, paylar)ga egalik funksiyasini amalga oshiradi va shu aksiyalar bo'yicha mulk egasi sifatida davlatning vakolatlarini ro'yobga chiqaradi; korxonalar va tashkilotlarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish shakllarini belgilaydi, zarur normativ hujjatlar, xususiylashtirish komissiyalarini tuzish, ashyoviy ro'yxatdan o'tkazish va davlat mulki qiymatini baholash tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi; sotuvchi vazifasini bajaradi, davlat mulki obyektlari xususiylashtirilayotganda tanlovlar va kimoshdi savdolari tashkil qiladi; mehnat jamoalarining, nodavlat yuridik shaxslar va O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining, shu jumladan, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarning davlat mulki obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonida qatnashish haqidagi talabnomalarini ro'yxatdan o'tkazadi hamda ular bo'yicha qaror qabul qiladi; aksionerlik va boshqa xo'jalik jamiyatlari yoki shirkatlar ta'sis etadi, ular davlat korxonalari negizida tashkil etilganda davlat mulki bo'lgan mulkni ijaraga beruvchi (shu jumladan, sotib olish huquqi bilan) sifatida ish ko'radi.

Davlat mulki qo'mitasi va uning hududiy bo'linmalari kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishni, ularning rahbarlari va mutaxassislarini attestatsiyadan o'tkazishni amalga oshiradi; yuridik va jismoniy shaxslarning

xususiylashtirish va tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash masalalaгi bo'yicha ariza va shikoyatlarini belgilangan taгtibda ko'гib chiqadi.

Tahlil va natijalar. Davlat korxonalari qayta o'zgartiгilayotganda mehnat jamoalaгiga, shu jumladan, ularning balansida bo'lgan ijtimoiy infi-astmktura va atгof muhitni muhofaza qilish obyektlarini amaldagi qonunchilikka muvofiq tekin va imtiyozli berish to'g'гisida qaгoг qabul qilish; davlat tasarrufidan chiqaгiladigan yoki xususiylashtiгiladigan obyekt faoliyati o'zaгo majbuгiyatlaгi va shartlari to'g'гisida muayyan davrga bitimlar tuzish; davlat mulki obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan tushadigan mablag'lar, ijara to'lovlaгi, davlat tomonidan yangidan ta'sis etiladigan aksionerlik jamiyatlaгining aksiyalarini sotishdan tushgan daromadlarni Davlat mulki qo'mitasi va uning hududiy boshqarmalarining maxsus schyotlarida jamlash va ulardan Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan tartibga muvofiq foydalanish; davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan Davlat mulki qo'mitasining hisob schyotiga kelib tushayotgan mablag'lardan uning 5,5 foizini boshqarav va taqsimlash funksiyalari bilan bog'liq bo'lgan xarajatlami qoplash uchun foydalanish; aksiya egasi Davlat mulki qo'mitasi hisoblangan aksiyalaг bo'yicha olingan dividentlardan davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bo'yicha tayyorgarlik ishlarini tashkil etish va davlat mulkini taqsimlash, boshqaruv va tijorat operatsiyalarini bajarish bo'yicha xizmat ko'rsatish xaгajatlaгini qoplash uchun maxsus yig'im miqdorida foydalanish; davlatga tegishli aksiyalarni sotish, shuningdek, ulami davlat tasaггufîdan chiqaгish va xususiylashtirish maxsus jamg'armalarining, Xolding kompaniyalarning aksiyalariga, shu jumladan, xalqaro bozorda almashtirish operatsiyalarini amalga oshirish; aksionerlik jamiyatlari, boshqa xo'jalik jamiyatlari, shirkatlarning aksiyalari (ulushlari, paylari)ni sotib olish; maxsus ilmiy-tadqiqot, auditorlik, maslahat (shu jumladan, xorijiy tashkilotlardan shartnoma asosida) va boshqa tashkilotlardan mustaqil ekspertlar va mutaxassislarni belgilangan tartibda me'yoriy-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish va ekspertizadan o'tkazish uchun jalb etish; yangi mulk egasiga mulkka egalik qilish huquqini beruvchi order berish; u tegishli reyestr yuritadi va "O'zistiqbolstat" davlat qo'mitasiga korxona va tashkilotlarning milliy registriga kiritish uchun mulkchilik shakli o'zgarganligi haqida axborot yo'llaydi. Davlat mulki qo'mitasi va uning topshirig'i bo'yicha investitsiya jamg'armalari yoxud u tomonidan vakil qilingan boshqa organ o'zining vakolatli vakillarini aksiyalarning bir qismi davlat mulki hisoblangan aksionerlik jamiyatlari boshqaruviga vakil qilib yuboradi.

Afzalliklari Kamchiliklari

Xarajatlar kamayadi Tabaqalinish vujudga keladi

Ishlab chiqarish ko'payadi Narxlar keskin kotariladi

Budjetga tushuvchi soliqlar kopayadi Ko'pchilikka tegishli joyga bir kishi egalik qiladi

Oylik maoshlar oshadi Norozilik va munozaralar ko'payadi

1-rasm.Mulkni xususiylashtirish yoki davlat tassarufidan chiqarishning

afzalliklari va kamchiliklari

Tadqiqot metodologiyasi. O'zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash davlat qo'mitasi (Davlat mulki qo'mitasi) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 7 fevraldagi Farmoni bilan iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini tezlashtirish, shuningdek, respublikada tadbirkorlikni rivojlantirish va qo'llab-quvvatlashni ta'minlash maqsadida O'zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va xususiylashtirish qo'mitasi va O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Davlat mulki jamg'armasi negizida tashkil etilgan davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.

1. Davlat mulki qo'mitasi Vazirlar Mahkamasi tasarrufida bo'ladi va O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga hisob beradi.

2. Qo'mita o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarorlari va boshqa qarorlarga, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, davlatlararo bitimlarga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.

3. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, bozor munosabatlarining shakllanishi jarayonida O'zbekiston fuqarolarining mulkiy huquqlarini va respublikaning davlat manfaatlarini himoya qilishni ta'minlash.

4. Ko'p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish va tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlashda yagona siyosat o'tkazish, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, respublikada shaxsiy biznesni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va ustuvorliklarni belgilash;

5. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, tadbirkorlikni qo'llab -quvvatlash jarayoniga tashkiliy va uslubiy rahbarlik qilish.

Xulosa va takliflar. Davlat mulki qo'mitasi yoki aksionerlik jamiyatini boshqarishga vakil qilingan organ davlatga tegishli aksiyalar paketiga muvofiq, yopiq turdagi jamiyatni ochiq turdagi jamiyatga aylantirish bo'yicha uni qayta ro'yxatdan o'tkazish uchun Ustavga zarur o'zgartirishlar kiritish taklifi bilan aksionerlarning umumiy yig'ilishini o'tkazishni tashkil etadi. Ushbu yig'ilish aksiyalarning mehnat jamoalari a'zolari tomonidan sotib olinmagan qismini aksionerlik jamiyati qatnashchilari o'rtasida qayta taqsimlash hamda aksiyalarni fond birjasi yoki uning

filiallari orqali sotishdan iborat boshqa masalalar ham ko'rib chiqilishi mumkin. Ustavga kiritilgan o'zgartirishlar har bir instansiyada 10 kundan ortiq bo'lmagan muddatda korxona joylashgan yerdagi hokimlikda, boshqa ro'yxatdan o'tkazadigan va faoliyat turiga litsenziya beradigan organlarda ro'yxatdan o'tkaziladi.Yopiq turdagi aksionerlik jamiyatini o'zgartirish natijasida ochiq turdagi aksionerlik jamiyati ta'sis etilgandan (Ustavga kiritilgan o'zgartirishlar ro'yxatdan o'tkazilgandan) keyin qiymatli qog'ozlar (aksiyalar) qayta davlat ro'yxatidan o'tkaziladi.

Qimmatli qog'ozlar (aksiyalar)ni qayta ro'yxatdan o'tkazish, hisobga olish va ularning harakatini nazorat qilishni: ularning umumiy qiymati yuz million so'm-kupongacha bo'lganda Qoraqalpog'iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya boshqarmalari; umumiy summasi yuz million so'm-kupondan yuqori bo'lgan qiymatli qog'ozlar (aksiyalar)ni qayta ro'yxatdan o'tkazishda O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi amalga oshiradilar. Qimmatli qog'oz aksiyalarni qayta ro'yxatdan o'tkazish uchun emitent quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: qimmatli qog'ozlarni qayta ro'yxatdan o'tkazish uchun emitentning arizasi; aksionerlarning umumiy yig'ilishi bayoni nusxasi, jamiyat joylashgan yerdagi hokimlikda ro'yxatdan o'tkazilgan aksionerlik jamiyati Ustaviga kiritilgan va notarius tomonidan tasdiqlangan o'zgartirishlar; qayta ro'yxatdan o'tkazilishi kerak bo'lgan aksiyalarning to'liq paketi.

Qayta ro'yxatdan o'tkazishga oid hujjatlar 10 kalendar kundan ko'p bo'lmagan muddatda ko'rib chiqiladi. Emitentga qimmatli qog'ozlar (aksiyalar)ning qayta ro'yxatdan o'tkazilganligini tasdiqlovchi, qayta ro'yxatdan o'tkazish sanasi va davlat nomeri ko'rsatilgan dalolatnoma berilishi kerak. Taqdim etilgan aksiyalarga "qayta ro'yxatdan o'tkazilgan" degan to'rtburchak muhr qo'yiladi.Agar qayta tuzish bilan bir paytda ustav mablag'i o'zgartirilsa, unda yopiq turdagi aksionerlik jamiyatining avval chiqargan aksiyalari qayta ro'yxatdan o'tkazilmaydi. Aksionerlik jamiyati tomonidan yangi qiymatli qog'ozlarni chiqarish ta'minlanadi, bunday taqdirda eski aksiyalar yo'q qilinadi. Yangidan chiqarilgan aksiyalarni ro'yxatdan o'tkazish ushbu Nizomda belgilangan aksiyalarni qayta ro'yxatdan o'tkazish tartibi bilan bir xildir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. https://lex.uz/acts/-696379. Xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish.

2. https://www.google.com/search?q=xususiylashtirish&rlz=1C1 GCEA enUZ 1G 35UZ1G36&oq=&gs lcrp=EgZjaHIybWUgCQgAEEUYOxjCAzIJCAAQRRg7GMI DMgkIARBFGDsYwgMyCQgCEEUYOxjCAzIJCAMQRRg7GMIDMgkIBBBFGD sYwgMyCQgFEEUYOxjCAzIJCAYQRRg7GMIDMgkIBxBFGDsYwgPSAQozNT UzNDJqMGo3qAnsAIB&sourceid=chrome&ie=UTF-8.

3. https://uz.wikipedia.org/wiki/Davlat mulkini xususiylashtirish

4. https: //www.spot.uz/oz/tag/xususiylashtirish/

5. https: //www. gazeta.uz/oz/tag/xususiylashtirish/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.