Научная статья на тему 'IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH VA LIBERALLASHTIRISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH VA LIBERALLASHTIRISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
286
46
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Iqtisodiyot / liberallashtirish / raqobat / tovar sifati. / Economy / liberalization / competition / product quality.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Abduraxmonov Alimardon Sodiqovich

Mazkur maqolada bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish imkoniyatlari, liberlashtirishning o’ziga xos xususiyatlari to’g’risida muallif tomonidan fikr mulohazalar keltirilgan. Qolaversa, iqtisodiyotni liberallashtirishda mahalliy ishlab chiqarish, tovar sifatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In this article, the author's comments are presented about the possibilities of developing the economy of our country today, and the specific features of liberalization. In addition, in the liberalization of the economy, special attention is paid to the issues of local production and improvement of the quality of goods.

Текст научной работы на тему «IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH VA LIBERALLASHTIRISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

I. TARMOQLAR VA SOHALAR IQTISODIYOTI

IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH VA LIBERALLASHTIRISHNING

O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Abduraxmonov A.S.

SamISI "Bank ishi" kafedrasi assistenti

Annotatsiya: Mazkur maqolada bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish imkoniyatlari, liberlashtirishning o'ziga xos xususiyatlari to'g'risida muallif tomonidan fikr mulohazalar keltirilgan. Qolaversa, iqtisodiyotni liberallashtirishda mahalliy ishlab chiqarish, tovar sifatini oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratilgan.

Kalit so'zlar. Iqtisodiyot, liberallashtirish, raqobat, tovar sifati.

Annotation: In this article, the author's comments are presented about the possibilities of developing the economy of our country today, and the specific features of liberalization. In addition, in the liberalization of the economy, special attention is paid to the issues of local production and improvement of the quality of goods.

Key words. Economy, liberalization, competition, product quality.

Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo'naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o'sish sur'atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo'jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo'yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag'batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish masalalari bugungi kundagi dolzarb mavzulardan biridir.

Mamalakatimizni strategiya rivojlantirishning "Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo'nalishlari" yo'nalishida xususiy mulk huquqi va kafolatlarini himoya qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesga to'liq erkinlik berish, ular faoliyatiga davlat idoralarining noqonuniy aralashuviga yo'l qo'ymaslik, davlat mulkini xususiylashtirishni yanada kengaytirish, xo'jalik yurituvchi sub'yektlarning ustav jamg'armalarida davlat ishtirokini kamaytirish, davlat mulki xususiylashtirilgan ob'yektlar bazasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart- sharoitlar yaratish, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarida davlatning ishtirokini kamaytirish masalalariga alohida e'tibor qaratilgan.

Xususan, O'zbekistonda qabul qilingan ko'plab normativ-huquqiy hujjatlar va ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga qo'yilgan qonun loyihalarida o'z aksini topgan. Innovatsion faoliyat to'g'risida 2020 yil 27 iyuldagi O'zbekiston Respublikasining Qonuni, Ilm-fan va ilmiy faoliyat to'g'risida"gi Qonun, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 yanvardagi "2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishlari bo'yicha Harakatlar strategiyasini "Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga oid davlat Dasturi to'g'risida"gi prezident farmoni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambag'allikni qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan yangilash chora-tadbirlari to'g'risida» 2020 yil 26 martdagi PF-5975- son Farmoni , «O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi hamda uning tizim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish to'g'risida» 2020 yil 26 martdagi PQ-4653-son, «Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida» 2020 yil 13 oktabrdagi PQ-4862-son qarorlari, "O'zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini samarali tashkil etish to'g'risida " 2021 yil 17 fevraldagi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori kabi myoriy hujjatlar shular jumlasidandir. Ushbu hujjatlarni qabul qilishdan maqsad tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, yangi tadbirkorlarni vujudga keltirish va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, innovatsion tizimning salohiyati va samaradorligini oshirishga ko'maklashish, innovatsiyalar uchun qulay bo'lgan normativhuquqiy, moliyaviy va axborot muhitini yaratishdan iborat. Shuningdek, sanoatda raqobatbardoshlik va mahsuldorlikni oshirish, yuqori texnologiyali mahsulotlar ulushini oshirishni rag'batlantirish, ishlab chiqarishni ko'paytirish va ishlab chiqarish va eksport tarkibida ulushni oshirish, innovatsion texnologiyalar va ilg'or boshqaruvni qo'llashni kengaytirishdir.

Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o'tish va bozor munosabatlarini chuqurlashtirish jarayonida liberallashtirish, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayotning barcha jabhalarini demokratlashtirish, milliy xo'jalikda tarkibiy o'zgarishlarni jadallashtirish makroiqtisodiy mutanosiblikning asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo'lib kelayotir. Liberallashtirish tamoyillari tufayli qator yillar mobaynida mamlakatimizda iqtisodiy o'sish barqaror turibdi. Jumladan, o'tgan yili yalpi ichki mahsulotning o'sish sur'atlari 5,3 foizni tashkil etdi.

O'zbekistonda iqtisodiyotni liberallashtirish korxonalarni davlat tasarrufídan chiqarish va xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish, milliy iqtisodiyotning barcha sohalarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng ko'lamda rivojlantirish orqali amalga oshirilmoqda. Liberallashtirish uzluksiz, doimiy jarayon sifatida bundan keyin takomillashib boraveradi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, oila tadbirkorligini rivojlantirish, «Har bir oila — tadbirkor» Dasturini izchil amalga oshirish uning

kafolati bo'la oladi. Ayrim davгlaгda davlat "charchagan" xususiy va jamoa mulki ob'yektlarini "jonlantirib", keyin ulami xususiy qo'llaгga sotishi mumkin.

O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining ma'lumotlaгiga ko'гa, yalpi ichki mahsulotning S1 foizi nodavlat, 19 foizi esa davlat sektorida ishlab chiqarilmoqda. Yalpi qishloq xo'jalik mahsulotlari, chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida nodavlat sektor ulushi 100 foizga yaqinlashib qoldi. Ish bilan band aholining 80 foizdan ziyodi mazkur tizimda mehnat qilayotir.

O'zbekistonda bozoг munosabatlaгiga o'tishning ilk bosqichida chakana savdo va umumiy ovqatlanish shaxobchalari, uy-joy va maishiy xizmat ob'yektlari xususiy qo'llaгga sotildi, imtiyozli va tekin berildi. Maqsad aholida bozoг ko'nikmalaгini hosil qilish va mustahkamlash edi. Ikkinchi va uchinchi bosqicЫaгda o'гta va yiгik korxonalar davlat tasarrufidan chiqarildi. Natijada aksiyadorlik jamiyatlari, davlat ulushi bo'lgan kompaniyalar, uyushmalar yuzaga keldi.

Bosqichma-bosqich erkinlashtirib boгish o'tish davгining o'zidayoq o'zining ijobiy natijalarini bera boshladi. 90-уШвг o'гtalaгiga kelib yalpi sanoat mahsuloti, keyin esa yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish bozor islohotlaridan oldingi darajada tiklandi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi yillarida ham iqtisodiyotda o'sish davom etdi. Islohotlarni chuqurlashtirish, tarkibiy qayta qurishlar, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, diversifikatsiyalash, kichik biznesni rivojlantirish, xususiy mulkning ustuvor rolini ta'minlash, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini bosqichma-bosqich kamaytirib borish hisobiga iqtisodiy samaгadoгlik ta'minlandi.

Harakat^ stгategiyasiga muvofiq, 2017 yil 2 sentyabráa O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Valyuta siyosatini erkinlashtirish to'g'risidagi faгmonni imzoladi. Undan asosiy maqsad, barcha bozor ishtirokchilari uchun bir xil sharoit yaratish bo'lib, bozoгdagi tuгli-tuman valyuta kurelari o'miga yagona rasmiy kurs bir dolla^a 8100 so'm miqdorida belgilandi. Korxona va aholida chet el valyutasini e^in sotib olish imkoni paydo bo'ldi. Bu qadar гadikal yondashuv hatto ancha bilimdon bo'lgan iqtisodchilami ham xavotiгga solib: endi nima bo'ladi, milliy valyuta kursining roppa-rosa ikki baravarga pasaytirilishi inflyasiyaning yangi xalqasini keltiгib chiqaTmaydimi, degan mulohazalami tug'diгgan edi. Lekin fevralda biг dollaг 8188,33 so'mga ko'tarilgan bo'lsa, keyin asta-sekin so'm mustahkamlana boshladi va iyun oxiriga kelib, Ыг dollaг 7813 so'mga tushdi. Endilikda aholida «dollariashtirishdan» biimuncha qaytish tendensiyasi, pul o'tkazmalaгini milliy valyutada olishni afzal ko'гayotgani kuzatila boshladi.

Bu tendensiya bundan keyin ham davom etishi, so'm o'z qadrini ko'tarib boгishi mumkin. Xo'sh, nima uchun so'm bugun o'z pozitsiyasini mustahkamlayapti, giperinflyasiya yo'q. Chunki, birinchidan, dollar kursi pasayishida Markaziy bankning valyuta birjasidagi intervensiyasining ham roli bor. Bu vosita ham ko'pchilik mamlakat^ amaliyotida uchrab turadigan valyuta ayiгboshlash kuгsiga to'g'гidan-to'g'гi ta'siï ko'гsatishdiг. Bu holat "betaraf' xam^^a ega bo'lib, mamlakat oltin-valyuta zahiralarining keskin kamayib ketishiga olib kelmaydi. Ikkinchidan, asosiysi, valyuta bozoridagi noaniqlik, nufuzli valyuta kurslarining har kuni, har soatda o'ynab turishi aholida ajiotaj, ya'ni shov-shuv talabni

kuchaytirayotgan edi. Endi esa Prezident va Markaziy bank kafolati ostida valyuta bozoriga aniqlik va shaffoflik kiritildi. Bugun o'zbekistonlik turist, biznesmen, talaba yoki davolanuvchi chet elda turib konversion kartasidagi valyutani bankomatdan xohlagan miqdorda naqd mablag' sifatida yechib olishi mumkin.

Valyuta bozori liberallashuvi tashqi savdoga ham ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda. Bu sohada raqobatbardoshlikni oshirish, eksport korxonalarini qo'llab-quvvatlash, fermer xo'jaliklari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlarining eksport faoliyatini rag'batlantirish, ularga imtiyozlar tizimini takomillashtirish, bojxona tartib-qoidalarini soddalashtirish va tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirish muddatlarini keskin qisqartirish, tashqi savdo tariflarini pasaytirishga oid hujjatlarni rasmiylashtirishlarning elektron shakliga o'tish va boshqa chora-tadbirlar ko'rilmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Абдурахмонов К.Х. Мехнат иктисодиёти: назария ва амалиёт. Дарслик. Кайта ишланган ва тулдирилган 3-нашри. - Т.: УзФА "ФАН" нашриёти, 2019.

2. Социология молодежи: учебное пособие /Под ред. проф. Волкова Ю.Г. -Ростов-Дон.: «Феникс», 2001, -С.323

3. Юсупова Ш.Инвестиции в человеческий капитал // Журнал «Рынок, деньги и кредит», 2007, № 4. -С.47-48.

4. Журнал «Экономическое обозрение», 2007, № 2. -С.12

5. Узбекистонда таълим: талаб ва таклиф мутаносиблиги. Инсон тараккиёти тугрисида маъруза.-Т.: БМТ тараккиёт дастури, Иктисодий тадкикотлар маркази, 2008, -Б. 41.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.