Научная статья на тему 'TADBIRKORLIKNI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISH ASOSLARI'

TADBIRKORLIKNI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISH ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
132
182
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kalit so’zlar: Tadbirkorlik / kichik biznes / yalpi ichki mahsulot / byudjet / kichik va o’rta tadbirkorlik / soliq stavkalari / raqamli iqtisodiyot / Davlat mulki qo’mitasi / Savdo-sanoat palatasi / Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi / Dehqon va fermer xo’jaliklari uyushmasi / Xunarmad uyushmasi va sug’urta tashkilotlari

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Berdiqulov Samandar, Sadikova Shohida

Annotasiya: Iqtisodiyotimizni harakatga keltiruvchi asosiy kuch bo’lgan tadbirkorlikning rivojlanishi yo’lidagi barcha to’siq va g’ovlarni olib tashlashimiz kerak. Shu maqsadda Konstitutsiyamizda mamlakatimizda tovarlar, xizmatlar, ishchi kuchi va moliyaviy mablag’lar erkin harakatlanishi, ichki va tashqi savdo rivojlanishi uchun davlat barcha sharoitlarni yaratishi haqidagi normani mustahkamlashimiz kerak. Bu – boshlagan islohotlarimiz va davr talabidir

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TADBIRKORLIKNI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISH ASOSLARI»

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 1, ISSUE 6, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

TADBIRKORLIKNI DAVLAT TOMONIDAN TARTIBGA SOLISH ASOSLARI

Berdiqulov Samandar

GulDU Ijtimoiy-iqtisodiy fakulteti

Buxgalteriya hisobiyo'nalishi talabasi Sadikova Shohida

GulDUIqtisodiyot kafedrasi o'qituvchisi

Annotasiya: Iqtisodiyotimizni harakatga keltiruvchi asosiy kuch bo'lgan tadbirkorlikningrivojlanishiyo 'lidagi barcha to'siq va g'ovlarni olib tashlashimiz kerak. Shu maqsadda Konstitutsiyamizda mamlakatimizda tovarlar, xizmatlar, ishchi kuchi va moliyaviy mablag'lar erkin harakatlanishi, ichki va tashqi savdo rivojlanishi uchun davlat barcha sharoitlarni yaratishi haqidagi normani mustahkamlashimiz kerak. Bu - boshlagan islohotlarimiz va davr talabidir.

Kalit so'zlar: Tadbirkorlik, kichik biznes, yalpi ichki mahsulot, byudjet, kichik va o'rta tadbirkorlik, soliq stavkalari, raqamli iqtisodiyot, Davlat mulki qo'mitasi, Savdo-sanoat palatasi, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, Dehqon va fermer xo'jaliklari uyushmasi, Xunarmad uyushmasi va sug'urta tashkilotlari

https://doi.ors/10.5281/zenodo.7675351

O'zbekiston Respublikasida bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida tadbirkorlikning iqtisodiyotdagi ulushi mutasil oshib bormoqda. Tadbirkorlikni rivojlantirish mamlakatimizda yangi ish o'rinlarini yaratish, yalpi ichki maxsulot hajmini oshirish va byudjetga soliq tushumlarini ko'paytirishda katta tadbirkorlik faoliyatini tartibga solish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinmoqda.

Dastlab, tadbirkorlik faoliyatini takomillashtirish uchun me'yoriy-huquqiy baza yaratildi. Ular qatorida O'zbekiston Qonunlari , Prezident Farmonlari, o'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi qarorlari va shu kabi qonunchilik xujjatlari kiradi. Tadbirkorlik rivojlanishiga bevosita ko'mak beruvchi, uni qo'llab-quvvatlovchi maxsus qo'mitalar va kengashlar: O'zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi islohotlar va investitsiyalar bo'yicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi Kengashi; Oliy majlisning byudjet va iqtisodiy islohotlar qo'mitasi; O'zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash davlat qo'mitasi; Davlat mulki qo'mitasi; Savdo-sanoat palatasi; Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi; Dehqon va fermer xo'jaliklari uyushmasi; Xunarmad uyushmasi va sug'urta tashkilotlari tashkil etildi.

O'zbekiston Respublikasida tadbirkorlik sube'ktlarining faoliyatini quyidagi qonunlar bilan tartibga solinadi hamda kafolatlanadi: "Mulkchilik to'g'risi"gi, "Tadbirkorlik faoliyaiti erkinligi kafolatlari to'g'risida"gi, "Xo'jalik yurituvchi sub'ektlarining davlat tomonidan nazorat qilish to'g'risida"gi, "Oilaviy tadbirkorlik to'g'risida"gi, "Korxonalar to'g'risida"gi, "Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to'g'risida"gi, "Banklar va bank faoliyati

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 1, ISSUE 6, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

to'g'risida"gi, "Chet el investitsiyalari to'g'risida"gi, "Tashqi iqtisodiy faoliyat to'g'risida"gi va shu kabi boshqa qonunlarda.

Ayniqsa ma'muriy sudlarning rolini kuchaytirish, ularni fuqaro va tadbirkorlarning haqiqiy himoyachisiga aylantirish maqsadida 2022 yilning 29 yanvardagi PQ-107-sonli "Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik sub'ektlari huquqlarining samarali himoya etilishini ta'minlash hamda aholining sudlarga bo'lgan ishonchini yanada oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"1gi qarori, hududlarda amalga oshirilayotgan tadbirkorlik loyihalarini moliyaviy qo'llab-quvvatlash, tadbirkorlik tashabbuslarining o'z vaqtida amalga oshirilishini ta'minlash orqali kichik va o'rta tadbirkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida 2022 yil 19 apreldagi PQ-212-sonli "Hududlarda tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirish mexanizmlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida"2gi qarori, 2022 - 2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish, shuningdek, inklyuziv va barqaror iqtisodiy o'sishga erishish orqali kambag'allikni ikki barobarga qisqartirish, iqtisodiyotda raqobatni ta'minlash, tadbirkorlik sub'ektlariga teng sharoitlar yaratish, bozor munosabatlariga to'laqonli o'tishni jadallashtirish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, xususiy investitsiyalar hajmini keskin oshirish hamda biznes doiralarning ishonchini yanada mustahkamlash maqsadida 2022 yil 8 apreldagi PF-101-sonli "Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o'sish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar to'g'risida"3gi Farmonlari yurtimizda tadbirkorlik va biznes muhitini keng qamrovli qo'llab-quvvatlash maqsadida barcha shart-sharoitlar yaratib berilmoqda.

Ushbu xujjatlar asosida tadbirkorlikni rivojlantirish borasida birinchidan, davlat tuzulmalarining xususiy tadbirkorlik faoliyatiga aralashuvini yanada ko'proq cheklash, ikkinchidan, qasddan sodir etilmagan, uncha katta bo'lmagan huquqbuzarliklar uchun jazo choralarini kamaytirish va tadbirkor tomonidan etkazilgan zararning o'rni to'liq qoplangan xollarda moliyaviy jazoni qo'llashdan voz kechish, uchinchidan, xususiy tadbirkorlarga zarur resurslarni sotib olish va o'z maxsulotlarini sotish bozorlarga chiqish imkoniyatini kengaytirish borasida boshlangan ishlarni davom ettirish, to'rtinchidan, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, bu soxaga moliyaviy, qo'shimcha sooliq imtiyozlar va perferensiyalar berish eng muxim vazifalar sifatida belgilandi. Nazorat organlari tomonidan turli tekshirishlar yildan-yilga kamaydi, ularning reja asosida belgilangan muddatlarda o'tkazilishi tadbirkorlraga erkin faoliyat olib borish imkonini berdi.

Mamlakatimizda tadbirkorlikning bu qadar jadal rivojlanishida, eng avvalo, mazkur soha uchun berilayotgan soliq imtiyozlari yetarli darajadagi rag'bantlanturuvchi rol o'ynayotganligi muhim hisoblanadi. Xususan, bugungi kunda deyarli barcha mamlakatlarda qo'shimcha qiymat solig'i 20 foiz etib belgilangan. Soliq konsepsiyasi loyihasida esa bu miqdor O'zbekistonda 12 foizga tushurildi. Asosiy maqsad tadbirkorlikni rivojlantirishga keng yo'l ochib berishdir.

1 www.lex.uz O'zbekiston Respublikasi Milliy qonunchilik bazasi

2 www.lex.uz O'zbekiston Respublikasi Milliy qonunchilik bazasi

3 www.lex.uz O'zbekiston Respublikasi Milliy qonunchilik bazasi

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 1, ISSUE 6, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Mazkur konsepsiya, birinchi navbatda, tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlashga xizmat qiladi. Ya'ni u soha vakillariga qo'rqmasdan, soliqlarni to'lashdan qochmasdan xodimlar sonini ochiq ko'rsatgan xolda, faoliyat yuritish uchun sharoit yaratishga qaratilagan. 2010 yilda kichik biznes sub'ektlari uchun belgilangan yagona soliq to'lovi 8 foizdan 7 foizga, 2011 yilda 6 foizga, 2012 yilda 5 foizga, 2020 yil 4 foizga pasaytirildi (1.1-rasm).

1.1-rasmdagi ma'lumotlardan ko'rinadiki, 2000-2022 yillar mobaynida kichik biznes sub'ektlari uchun soliq stavkalari 31 foizdan

4 foizga yoki 7,7 marta qisqargan.

2000-2022 yillar mobaynida kichik biznes sub'ektlari uchun soliq stavkalari

35% 30% 25% 20% 15% 10% 5% 0%

2000 mm. 2005 MM. 2010 MM. 2015 MM. 2020 MM. 2022 MM.

1.1- rasm. Kichik biznes sub'ektlari uchun belgilangan soliq stavkalari(foizda)

Manba: Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlari asosida tuzilgan.

Raqamli inqilob butun dunyo jamiyatini, shuningdek bizning ham hayotimizni misli ko'rilmagan tezlikda o'zgartirmoqda. Albatta, bu o'zgarishlar katta imkoniyatlar bo'libgina qolmay, ulkan qiyinchiliklarni ham yuzaga keltiradi. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadiga erishishda yangi texnologiyalar yaratish muhim hissa qo'shadi ammo, to'liq ming foizli ijobiy natijalar kafolatsizdir.

Kichik biznes sohalariga raqamli iqtisodiyotni olib kirish ishlarni yengillashtirish va rivojlantirishga sabab bo'ladi. Tadbirkorlar sinfini raqamli texnologiyalar bilan to'liq qoplash bugungi kundagi ahamiyatli masalalardan biri hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. "Hudud iqtisodiyotida kichik biznesni rivojlantirishning o'ziga xos jihatlari" monografiya, Guliston-2022

2. www.lex.uz O'zbekiston Respublikasi Milliy qonunchilik bazasi

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 1, ISSUE 6, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

3. https://www.in-academy.uz/index.php/zdit/article/view/6971

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.