Научная статья на тему 'DAVLAT-XUSUSIY SHERIKCHILIGI ASOSIDA MILLIY IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHNING AYRIM NAZARIY-USLUBIY MASALALARI'

DAVLAT-XUSUSIY SHERIKCHILIGI ASOSIDA MILLIY IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHNING AYRIM NAZARIY-USLUBIY MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
46
25
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
iqtisodiyot / biznes / davlat-xususiy sherikchiligi / korporativ boshqaruv / sherikchilik shartnomasi / sherikchilik sohalari.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Muxamadjanov Shaxriyor Solijon O’g’li, Matkarimov Akbar Muso Oʻgʻli

Ushbu maqolada davlat-xususiy sherikchiligi asosida milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning ayrim nazariy-uslubiy masalalari qarab chiqiladi. Bundan tashqari, chet mamlakatlarda davlat-xususiy sherikchiligining shakllari, huquqiy asoslari va ilgʻor tajribalar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «DAVLAT-XUSUSIY SHERIKCHILIGI ASOSIDA MILLIY IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHNING AYRIM NAZARIY-USLUBIY MASALALARI»

DAVLAT-XUSUSIY SHERIKCHILIGI ASOSIDA MILLIY IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHNING AYRIM NAZARIY-USLUBIY MASALALARI *Muxamadjanov Shaxriyor Solijon o'g'li, 2Matkarimov Akbar Muso o'g'li

1Ta'limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi bo'limi boshlig'i, PhD 2TTA Urganch filiali qoshidagi Akademik litseyi, moliyaviy va iqtisodiy ishlar bo'yicha direktor

o'rinbosari https://doi.org/10.5281/zenodo.10810376

Annotatsiya. Ushbu maqolada davlat-xususiy sherikchiligi asosida milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning ayrim nazariy-uslubiy masalalari qarab chiqiladi. Bundan tashqari, chet mamlakatlarda davlat-xususiy sherikchiligining shakllari, huquqiy asoslari va ilg'or tajribalar keltirilgan.

Kalit so'zlar: iqtisodiyot, biznes, davlat-xususiy sherikchiligi, korporativ boshqaruv, sherikchilik shartnomasi, sherikchilik sohalari.

Аннотация. В данной статье рассматриваются некоторые теоретические и методологические вопросы развития национальной экономики на основе государственно-частного партнерства. Кроме того, представлены формы, правовые основы и лучший опыт государственно-частного партнерства в зарубежных странах.

Ключевые слова: экономика, бизнес, государственно-частное партнерство, корпоративное управление, договор о партнерстве, отрасли партнерства.

Abstract. This article discusses some theoretical and methodological issues of the development of the national economy on the basis of public-private partnership. In addition, the forms, legal framework and best practices of public-private partnerships in foreign countries are presented.

Keywords: economics, business, public-private partnership, corporate governance, partnership agreement, partnership sectors.

Ma'lumki, hozirgi kunda davlat-xususiy sherikchiligi (DXSH) rivojlangan mamlakatlarda muvaffaqiyatli qo'llanilayotgan va ishbilarmonlik muhitini, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishda muhim ahamiyatli istiqbolda O'zbekiston Respublikasida qo'llash uchun zarur ta'sirchan mexanizm hisoblanadi.

Davlat va biznesning o'zaro ta'siri zamonaviy bozor iqtisodiyoti rivojlanishida muhim asos sanaladi, chunki DXSH salohiyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish inqirozdan keyingi murakkab sharoitda davlatning biznes bilan o'zaro munosabatlarga tayyorligiga bog'liq.

So'nggi yillarda to'plangan xalqaro va mahalliy tajriba dalolat beradiki, DXSH iqtisodiy rivojlanish uchun foydalanilmagan zaxiralarni safarbar qilish va resurs bazasini kengaytirish, davlat va jamoatchilik mulkini boshqarish samaradorligini oshirish, davlat sektoriga qo'shimcha resurslarni jalb etish, byudjet taqchilligi kabi muammolar keskinligini kamaytirish, davlat boshqaruvi salohiyati va xo'jalik yuritishdagi xususiy tamoyillar, investitsiyalar, menejment, innovatsiyalarni birlashtirish imkonini beruvchi asosiy mexanizmlaridan biri hisoblanadi.

Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston - 2030" strategiyasi to'g'risida»gi farmonida ustuvor vazifalardan biri sifatida davlat-xususiy sherikligini kengaytirish deb alohida keltirib o'tilgan

Aynan DXSH bo'yicha qonun ishlab chiqish jarayonida bo'lib, bevosita meyoriy-huquqiy asoslari shakllantirilayotgan mazkur hamkorlikni turli shakllarda rivojlantirish uchun har tomonlama qulay shart-sharoitlar yaratish, mintaqalarda DXSHning turli-tuman shakllarini

rag'batlantirish, mamlakat va mintaqalarni strategik rivojlantirish borasida ishlab chiqilgan dasturlarga muvofiq DXSHni qo'llash sohasini kengaytirish, DXSH loyihalari bozorini rivojlantirishni ta'minlash, mahalliy va xorijiy xususiy investorlarning takliflarini rag'batlantirish, mamlakat iqtisodiyotining "o'sish nuqtasi"ni qo'llab-quvvatlash, loyihalarni amalga oshirishga o'zga sub'ektlarning foydalanilmayotgan resurslarini jalb etish orqali DXSH faoliyatini yanada rivojlantirish imkonini beradi.

Aynan shuning uchun ham bugungi kunda DXSH asosida korporativ tuzilmalarni yanada rivojlantirishning tashkiliy-huquqiy va nazariy-uslubiy jihatlarini tadqiq etish, DXSH asosida korporativ tuzilmalarni yanada rivojlantirish bo'yicha turli mexanizmlarni amaliyotga joriy qilish masalalari ilmiy asoslarini ishlab chiqish iqtisodiyot ilmi oldida turgan respublikamizning innovatsion rivojlanish yo'liga o'tishidagi muammolarni hal etishga yo'naltirish mumkin bo'lgan dolzarb muammolardan hisoblanadi.

Ilmiy adabiyotlarda xorijiy va mahalliy olimlarning DXSHni tashkil etish masalalarini o'rganishga bag'ishlangan ko'plab tadqiqotlari keltirilgan. Xususan, DXSHning ilmiy-nazariy xususiyatlari MDH olimlaridan K.A.Antonova, A.A.Alpatov, O.S.Belokrilova, I.E.Bolexov, B.G.Varnavskiy, Ye.A.Dinin, L.I.Yefimova, V.A.Mixeev singari olimlarning asarlari, Jahon bankining ma'ruzalarida ko'rib chiqilgan

Iqtisodchi olim K.A.Antonova "Davlat-xususiy sherikchiligi Rossiya ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining omili sifatida" nomli asarida DXSHni - davlat va biznes o'rtasida davlat boshqaruvi idoralari va xususiy tuzilmalar orasida shartnoma asosida amalga oshiriluvchi institutsional tashkiliy ittifoq deb ataydi

I.E.Bolexov esa "Hamkorlikdagi harakatlar maydoni. Davlat-xususiy sherikchiligi innovatsion iqtisodiyot belgisi sifatida" asarida "DXSH - davlat idoralari va xususiy biznes o'zaro ittifoqi hisoblanib, uning maqsadi - iqtisodiyotning strategik tarmoqlaridan to mamlakat miqyosida yoxud uning ayrim hududlarida xizmatlar ko'rsatishga qadar ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni yaratish va rivojlantirishdan iborat", deb qayd etadi.

Shuningdek, V.G.Varnavskiy, A.V.Klimenko va V.A.Korolev hammuallifligidagi "Davlat-xususiy hamkorligi. Nazariya va amaliyot" nomli o'quv qo'llanmasida "DXSH - davlat va jamoatchilik mulki ob'ektlari, shuningdek, keng doiradagi iqtisodiy faoliyat turlarida ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish maqsadida davlat va jamoatchilik idoralari, muassasa va korxonalari tomonidan ijro etiluvchi va ko'rsatiluvchi xizmatlarga nisbatan davlat va xususiy sektor o'rtasidagi o'zaro ta'sirning yuridik jihatdan mustahkamlangan shaklini namoyon etadi" deb ta'kidlashadi.

Davlat va xususiy sherikchiligi turli xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy va milliy iqtisodchi olimlar, mutaxassislar tomonidan har xil talqin etiladi. Jumladan, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (OECD) DXSHni - huqumat va bir yoki bir nechta xususiy sheriklarning (o'zaro bajaruvchi yoki moliyalashtiruvchi tashkilot bo'lishi mumkin) o'zaro kelishuvi bo'lib, unga binoan sheriklar xizmatlarni shunday taqdim etilishini ta'minlaydiki, bunda davlatning xizmatlarni taqdim qilish va xususiy investorning foyda olish maqsadlari o'zaro mushtarak bo'ladi hamda mazkur aloqaning samaradorligi xususiy sherikka risklarni qanday taqsimlanganligiga bog'liq.

DXSH asosida korporativ boshqaruvni takomillashtirish bo'yicha olib borgan tadqiqotlarimiz natijalariga ko'ra, bugungi kunda jahon amaliyotida DXSHning aniq bir ta'rifi bo'yicha yagona to'xtamga kelinmagan. Keng ma'noda aytganda, DXSH odatda davlat va xususiy sektorning o'rta va uzoq muddatli kelishuvi ("arrangements") bo'lib, unga ko'ra, ijtimoiy sektorga

tegishli, davlat sektorining zimmasida bo'lgan ayrim xizmatlar aynan aniq infratuzilmasi yoki xizmatlari bilan xususiy sektor tomonidan ta'minlanadi. DXSHga qoida bo'yicha davlat buyurtmalari bo'lgan servis shartnomalari yoki qurilish-pudrat shartnomalari hamda ijtimoiy sektorning roli cheklangan xususiylashtirish jarayonlari kiritilmaydi.

Shuningdek, "DXSH atamasi hamjamiyat doirasida ham aniqlanmagan. Umumiy qilib aytganda, mazkur atama davlat hokimiyati bilan biznes o'rtasidagi moliyalashtirishni ta'minlash, qurilish, modernizatsiyalash, boshqarish yoki infratuzilmani saqlab turish yoki xizmatlarni taqdim qilish bo'yicha o'zaro kooperatsiyaga tegishli" deb qaraladi. Bundan tashqari, YEIning mintaqaviy siyosat bo'yicha komissiyasi "DXSHni an'anaviy tarzda davlat sektori tomonidan amalga oshirilib kelingan va moliyalashtirilgan investitsiya loyihalarining xususiy sektorga berilishidir" deb ta'riflaydi. BMT tomonidan esa, "DXSH - davlat sektori tomonidan ishlab chiqariladigan va taqdim qilinadigan xizmatlarni moliyalashtirishni, rejalashtirishni, amalga oshirish va obyektlarni ishlatishni maqsad qilib qo'yadi va uning asosiy xususiyatlari xizmatlarni uzoq muddatli taqdim qilinishini ta'minlash, risklarni xususiy investorga o'tkazish, davlat va mahalliy tuzilmalar bilan huquqiy shaxslarning ko'p qirrali uzoq muddatli shartnoma shakllarini amalga oshirilishi bilan farqlanadi" deb ta'rif beriladi.

Bundan tashqari, ilmiy va iqtisodiy adabiyotlarda DXSHning davlatning ijtimoiy obyektlarga nisbatan ayrim boshqaruv vakolatlarini nazarda tutuvchi, an'anaviy davlat xizmatlarini bajarish uchun xususiy sektorni jalb qiluvchi, milliy va xalqaro, keng miqyosli va maxalliy, ammo har doim o'ta muhim va davlat uchun ijtimoiy ahamiyati yuqori loyihalarin amalga oshirish bo'yicha davlat va biznes ittifoqi, konsessiya va operatsion lizingga asoslangan, transport, ko'prik, tonnel, kasalxona, maktab va boshqa ijtimoiy infratuzilmalar uchun tuziladigan hamkorlik, u yoki bu korxonani tashkil qilishdagi risk va naflarni taqsimlash bo'yicha o'zaro munosabatlar, davlat tashkilot va xususiy kompaniya o'rtasida risk va daromad, mas'uliyat va majburiyatlarni taqsimlash bo'yicha kelishuv, davlat manfaatlari yo'lida strategik natijalarga erishish uchun amalga oshiriladigan o'rta va uzoq muddatli davlat-xususiy sektor munosabatlari, DXSH predmeti davlat va munitsipial mulkdan, hamda hokimiyat organlari, byudjet sektori tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlardan tashkil topuvchi davlatning xususiy sektor bilan keng iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha munosabatlari, xususiylashtirish mumkin bo'lmagan - ko'prik, avtomobil magistral yo'llari, truba quvurlari, aerodrom, portlari kabi strategik obyektlarini davlat mulkida qoldirib, xususiy sektorga uzoq muddatli ijaraga berish bilan bog'liq munosabatlar, mintaqa uchun umumiqtisodiy manfaatlarga erishish va dolzarb vazifalarni yechishga qaratilgan muhim munosabatlar, davlatning biznesga hukm o'tkazib, iqtisodiyotga chuqur aralashuvini emas, balki u bilan hamkorlikda, loyihalar bo'yicha maslahatda ishlashini ko'zda tutuvchi, davlatning iqtisodiy siyosatining umumiy maqsadlariga erishish bo'yicha munosabatlar kabi minglagan talqinlarini uchratishimiz mumkin

Yevropa mamlakatlarida DXSHni qo'llash tajribasi asosan loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlaridan foydalanish va rivojlantirish bilan bog'liq. Bu borada Yevropa investitsiya banki (YEIB) muhim rol o'ynaydi va ko'pincha DXSH loyihalarini moliyalashtirishda yetakchi kredit tashkiloti sifatida maydonga chiqadi. YEIB tomonidan inqirozgacha temir yo'l transporti sohasida bir qator loyihalar amalga oshirilgan edi. Xususan, Oresund tarmog'i (Daniya, Shvetsiya), HSL Zuid yuqori tezlikli magistrali (Niderlandiya), Tunnel Rail Link temir yo'l tunneli (Buyuk Britaniya).

Mamlakatda DXSHning muhim vositalaridan biri - mahalliy investitsiya siyosatini boshqarishga, yagona davlat investitsiya siyosatini shakllantirish va amalga oshirishni

muvofiqlashtirish hamda xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun mas'ul vakolatli davlat organi -O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi iqtisodiyot uchun strategik ahamiyatga ega va uzoq muddatli amalga oshirish muddatlari bilan farqlanuvchi loyihalarni amalga oshirishda xususiy biznesga har tomonlama imkoniyatlar yaratadi.

So'nggi yillarda DXSH rivojlanayotgan davlatlarda yangi tushuncha bo'lmasdan, birlamchi iqtisodiy tushunchaga aylandi. Chunki, bu tushuncha davlat idoralarining tashkiliy tuzilmasi va bozor infratuzilmasiga mustahkam kirib bormoqda. Jumladan, O'zbekistonda ham DXSH asosida rivojlanayotgan korporativ boshqaruv tuzilmalarining soni (yirik korporatsiyalar, kompaniyalar va aksionerlik jamiyatlari) tobora ortib, bu boradagi qonunchilik ham bosqichma-bosqich takomillashtirilib borilmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.