Научная статья на тему 'Davlat-xususiy sheriklik mohiyati, ahamiyati va afzalliklari'

Davlat-xususiy sheriklik mohiyati, ahamiyati va afzalliklari Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
1196
281
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
davlat-xususiy sheriklik / qonun / davlat / xususiy sherik / loyiha / xususiy sektor / tizim / resurs / biznes / shartnoma / investitsiyalar / tender

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — S.N.Xashimova, A.A.Abdikarimova

Maqolada davlat-xususiy sheriklik tushunchasining mohiyati, ahamiyati va afzalliklari yoritilgan. O‘zbekistonda davlat-xususiy sheriklik qonunining qabul qilinishidan ko‘zlangan maqsad, davlat va xususiy sheriklar vazifalari, afzalliklari, uning mohiyati hamda iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ahamiyatini kuchaytirish hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Davlat-xususiy sheriklik mohiyati, ahamiyati va afzalliklari»

Davlat-xususiy sheriklik mohiyati, ahamiyati va afzalliklari

S.N.Xashimova A.A.Abdikarimova Toshkent davlat texnika universiteti

Annotatsiya: Maqolada davlat-xususiy sheriklik tushunchasining mohiyati, ahamiyati va afzalliklari yoritilgan. O'zbekistonda davlat-xususiy sheriklik qonunining qabul qilinishidan ko'zlangan maqsad, davlat va xususiy sheriklar vazifalari, afzalliklari, uning mohiyati hamda iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ahamiyatini kuchaytirish hisoblanadi.

Kalit so'zlar: davlat-xususiy sheriklik, qonun, davlat, xususiy sherik, loyiha, xususiy sektor, tizim, resurs, biznes, shartnoma, investitsiyalar, tender

Nature, importance and advantages of public-private

partnership

S.N.Hashimova A.A.Abdikarimova Tashkent State Technical University

Abstract: The article describes the nature, significance and advantages of public-private partnerships. The purpose of the Law on public-private partnerships in Uzbekistan is to increase the role, advantages, nature and significance of public and private partners in economic development.

Keywords: public-private partnership, law, public-private partnership, project, private sector, system, resource, business, contract, investment, tender

Bozor mexanizmlarining rivojlanib borishi natijasida davlat va xo'jalik yurituvchi subyektlar o'rtasida yangi iqtisodiy munosabatlar shakllanib boradi. Bunday iqtisodiy munosabatlarning rivojlangan mamlakatlar amaliyotidagi bir ko'rinishi, bu davlat va xususiy tarmoqlar sheriklik munosabatlaridir.

Davlat xususiy sheriklikning asosiy vazifasi O'zbekistonning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun davlat va xususiy sheriklikning samarali o'zaro harakatlanishi uchun sharoit yaratishi hamda xususiy sektor resurslaridan umumjamiyat ehtiyojlarini qondirishda foydalanish tushuniladi.

Davlat-xususiy sheriklik tizimi (DXSH) - biror mamlakatga yoki ushbu mamlakat tomonidan berilgan ko'rsatmalar asosida xizmat ko'rsatuvchi xususiy

sektor uchun uzoq muddatli shartnoma bo'lib, xususiy sektor o'zining moliyaviy, texnik va boshqaruv resurslaridan foydalanish orqali loyihani ilgari suruvchi kuch hisoblanadi. Davlat sektori esa asosiy loyiha aktivlari (misol uchun, yer uchastkalari)ni taqdim etadi va yuridik hamda shartnoma asosida uzoq muddatli o'zaro munosabatlarni o'rnatadi, loyihaga tayyorgarlikni moliyalashtiradi.

To'g'ridan to'g'ri investitsiyalarni jalb qilishning zamonaviy va eng samarali yo'nalishlaridan biri davlat-xususiy sherikligi uzoq muddatli, samarali va ikki tomon uchun ham foydali hisoblanadi.

Quyidagi jadvalda davlat va xususiy sherik uchun foyda va ustunliklar berilgan.

Davlat uchun Xususiy sherik uchun

Ijtimoiy ahamiyatli infratuzilma loyihalarini amalga oshirish imkoniyati DXSH obyektidan daromad olish, xizmat (tovar)lar kafolatlangan bozorning mavjudligi

Xususiy investor bilan xavf-xatarlarni bo'lishish Xatarlarni davlat bilan bo'lishish

Xususiy sektor tomonidan taqdim etilgan xizmatlar sifati talabga mos kelmasa, to'lovlarni kamaytirish imkoniyati Davlat tomonidan kafolatlar va imtiyozlar

Xususiy sektorning boshqaruv intellektual kapitalini jalb qilish Qarzni moliyalashtirishga jalb qilish imkoniyati

Obyektni ishlatish uchun byudjet xarajatlarining mavjud emasligi, byudjet yukini kamaytirish Loyiha xarajatlarini davlat bilan bo'lishish

Demak, davlat, xususiy sherikligining bir qator afzalliklari quyidagilarda namoyon bo'ladi: strategik ahamiyatga ega bo'lgan loyihalar amalga oshiriladi; davlat va xususiy sektor o'rtasidagi resurslar birlashib, mulkdan foydalanish samaradorligi oshadi; qo'shimcha manbalar jalb etilishi natijasida davlat bilan xo'jalik munosabatlari shakllanadi; davlat ortiqcha xarajatlarsiz biron-bir faoliyat va xizmatni yo'lga qo'yadi.

Davlat-xususiy sheriklik, asosan, ijtimoiy, ya'ni maktabgacha ta'lim, umumiy va oliy ta'lim hamda sog'liqni saqlash sohalari, uy-joy kommunal xo'jaligi, avtomobil yo'llari qurilishi va elektr ta'minoti tarmoqlaridagi infratuzilma loyihalarini ro'yobga chiqarishda keng qo'llaniladi.

So'nggi 30 yilda 130 dan ortiq mamlakatda davlat-xususiy sheriklik mexanizmi faol joriy etilayotgani kuzatilmoqda. Jahon banki ma'lumotiga ko'ra, mazkur mexanizm yordamida infratuzilma loyihalariga xususiy investitsiyalarning qariyb 1520 foizi jalb qilinayapti.

Davlat-xususiy sheriklik to'g'risidagi bitim doirasida xususiy sheriklarga quyidagi moliyaviy qo'llab-quvvatlash turlari taqdim etilishi mumkin:

• Subsidiyalar, shu jumladan, xususiy sherikning davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishdan oladigan, kafolatlangan eng kam daromadini ta'minlashga yo'naltiriladigan subsidiyalar;

•Davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan aktivlar va mol-mulk tarzidagi qo'yilmalar;

•Davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish jarayonida ishlab chiqarilgan yoki yetkazib berilgan tovarlarning(ishlarning, xizmatlarning) muayyan miqdorini yoki bir qismini iste'mol qilganlik yoki ulardan foydalanganlik uchun to'lovga yo'naltiriladigan O'zbekiston Respublikasi byudjetlari tizimining byudjet mablag'lari;

•Byudjet ssudalarini, qarzlarini, grantlarini, kredit liniyalarini va moliyalashtirishning boshqa turlarini berish;

•O'zbekiston Respublikasining davlat kafolatlari;

• Soliq imtiyozlari va boshqa imtiyozlar;

•Boshqa kafolatlar va kompensatsiyalar.

O'zbekiston hukumati ijtimoiy, transport va kommunikatsiya infratuzilmasi qurilishi va modernizatsiyasiga jalb qilish kabi ijtimoiy muhim infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga xususiy sektorni jalb etish bo'yicha faol harakat qilib kelmoqda.

Davlat va biznes o'rtasidagi hamkorlikda yagona huquqiy mexanizm sifatida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2019-yilning 10-mayida "Davlat-xususiy sheriklik (DXSH) to'g'risida"gi Qonun imzolandi.

Qonunda "Har qanday yakka tartibdagi tadbirkor yoki yuridik shaxs davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirishga qiziqish bildirgan taqdirda, davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun xususiy sherikning ta'rifi tender asosida amalga oshiriladi", deyiladi. Bunda xususiy tashabbuskorga davlat-xususiy sheriklik loyihasini davlat-xususiy sheriklik loyihasining umumiy qiymatining 1 foizidan oshmaydigan miqdorda tender g'olibi yoki zaxira g'olibi hisobidan tayyorlash bilan bog'liq xarajatlar qoplanishi mumkin.

Shu bilan birga, saralab olishda ishtirok etish uchun xususiy sherikka quyidagi talablar qo'yilmoqda: huquq layoqatga ega bo'lish; ishga layoqatlilik; to'lay olish qobiliyati; soliqlar bo'yicha qarzdorlik yo'qligi; zarur moliyaviy; moddiy-texnik va mehnat resurslari borligi.

Qonunda xususiy sherik manfaatlarini himoya qilish mexanizmlari nazarda tutilgan va davlat-xususiy sheriklik loyihalarining amalga oshirilishi yuzasidan monitoring va hisobdorlik tartibi belgilandi. Davlat-xususiy sheriklikni moliyaviy jihatdan qo'llab-quvvatlash mexanizmlari belgilanmoqda. Davlatning mablag' (grantlar, subsidiyalar) bilan ishtirok etishi, soliqqa oid va boshqa imtiyozlar, aktivlar, qarzlar tarzidagi qo'yilmalar, xususiy sherikning kafolatlangan eng kam daromadini ta'minlashga yo'naltiriladigan subsidiyalar, davlat kafolatlari uning asosiy turlari hisoblanadi.

Qonun bilan davlat-xususiy sheriklik taraflarining huquq va majburiyatlari belgilab berildi.

Davlat-xususiy sheriklik to'g'risidagi qonunchilik asosining mavjudligi jamiyat va iqtisodiyot uchun juda muhim. Mazkur qonunning qabul qilinishi DXSH sohasiga qonuniy asosni yaratdi, bu esa o'z o'rinda respublikaga investorlar faolligini va ishonchini oshirishga, xususiy sektorning moliyaviy va boshqa resurslarini jalb qilishiga olib keladi. Qonunning o'ziga xos jihatlari shundaki: u to'g'ridan-to'g'ri amal qiluvchi hujjat hisoblanadi, demak. O'zbekistonga DXSH yo'nalishi bo'yicha pul tikmoqchi bo'lgan investor uchun boshqa qonunosti hujjatlarni o'rganish zaruriyati kamayadi.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, Davlat-xususiy sheriklik to'g'risidagi qonunchilik asosining mavjudligi jamiyat va iqtisodiyotimiz uchun juda muhim bo'lib, DXSH sohasiga qonuniy asosni yaratdi, bu esa o'z o'rinda respublikaga investorlar faolligini va ishonchini albatta oshirishga, xususiy sektorning moliyaviy va boshqa resurslarini jalb qilishiga olib keladi. Qonun investorlarni himoya qilishga qaratilgan xususan hujjatda xususiy sherik va kreditorlarni himoya qilish bo'yicha alohida moddalar mavjud. Qonun aholiga ko'rsatilayotgan davlat xizmatlari va jamoat infratuzilmasi sifatini yaxshilashga qaratilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. "Davlat-xususiy sheriklik (DXSH) to'g'risida"gi URQ-537 sonli Qonun. 2019-yil 10-may.

2. Sirojov Z. Davlat -xususiy sheriklik asosida davlat ahamiyatga molik bo'lgan dasturlarni amalga oshirishda xorijiy davlatlar tajribasi// Jamiyat va boshqaruv. 2018, №2

3. Qodirov A.M, Axmediyeva A. Davlat-xususiy sheriklik mexanizmlaridan foydalanishda xorij tajribasi. "Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanishning dolzarb masalalari" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ilmiy maqolalar va materiallar to'plami. 2019-yil 11-oktyabr.

4. Хашимова С.Н. Мамлакат щтисодиётини ривожлантиришда давлат-хусусий шерикликнинг ахдмияти. // Молия.Илмий журнал. №1/2020

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.