Научная статья на тему 'INFRATUZLIMA LOYIHALARINI MOLIYALASHTIRISHDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK MUNOSABATLARINING AHAMIYATLI JIHATLARI'

INFRATUZLIMA LOYIHALARINI MOLIYALASHTIRISHDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK MUNOSABATLARINING AHAMIYATLI JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
272
64
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
davlat­xususiy sheriklik amaliyoti / infratuzilmani moliyalashtirish / xususiy investitsiya / xususiy investorlarni rag‘batlantirish / практика государственно­частного партнерства / финансирование инфраструк­ туры / частные инвестиции / продвижение частных инвесторов.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Shavkatov Navruzbek

Ushbu maqolada davlat­xususiy sheriklik (DXS) amaliyotini rivojlantirish orqali infratuzilma loyihalarini moliyalashtirishda xususiy investorlar ishtrokini oshirish masalalari va ahamiyati, DXS o‘zaro iqtisodiy munosabatlar, bunday munosabatlarni rivojlantirish borasidagi xulosalar, amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ВАЖНЫЕ АСПЕКТЫ ФИНАНСИРОВАНИЯ ИНФРАСТРУКТУРНЫХ ПРОЕКТОВ В ГОСУДАРСТВЕННО-ЧАСТНОМ ПАРТНЕРСТВЕ

В данной статье рассмотрены вопросы и важность расширения участия частных инвесторов в финансировании инфраструктурных проектов через развитие практики государственно­частного партнерства (гчп), экономических в рамках гчп, выводы по развитию таких отношений, практиче­ ские предложения и разработаны рекомендации.

Текст научной работы на тему «INFRATUZLIMA LOYIHALARINI MOLIYALASHTIRISHDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK MUNOSABATLARINING AHAMIYATLI JIHATLARI»

Shavkatov Navruzbek,

Toshkent moliya instituti, PhD

infratuzlima loyihalarini

moliyalashtirishda davlat-xususiy sheriklik munosabatlarining ahamiyatli jihatlari

UO'K: 332

DOI: 10.34920/EIF/VOL_2023_ISSUE_4_9

SHAVKATOV N. INFRATUZLIMA LOYIHALARINI MOLIYALASHTIRISHDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK MUNOSABATLARINING AHAMIYATLI JIHATLARI

Ushbu maqolada davlat-xususiy sheriklik (DXS) amaliyotini rivojlantirish orqali infratuzilma loyihalarini moliyalashtirishda xususiy investorlar ishtrokini oshirish masalalari va ahamiyati, DXS o'zaro iqtisodiy munosabatlar, bunday munosabatlarni rivojlantirish borasidagi xulosalar, amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Tayanch so'zlar: davlat-xususiy sheriklik amaliyoti, infratuzilmani moliyalashtirish, xususiy investitsiya, xususiy investorlarni rag'batlantirish.

ШАВКАТОВ Н. ВАЖНЫЕ АСПЕКТЫ ФИНАНСИРОВАНИЯ ИНФРАСТРУКТУРНЫХ ПРОЕКТОВ В ГОСУДАРСТВЕННО-ЧАСТНОМ ПАРТНЕРСТВЕ

В данной статье рассмотрены вопросы и важность расширения участия частных инвесторов в финансировании инфраструктурных проектов через развитие практики государственно-частного партнерства (ГЧП), экономических в рамках ГЧП, выводы по развитию таких отношений, практические предложения и разработаны рекомендации.

Ключевые слова: практика государственно-частного партнерства, финансирование инфраструктуры, частные инвестиции, продвижение частных инвесторов.

SHAVKATOV N. IMPORTANT ASPECTS OF FINANCING INFRASTRUCTURE PROJECTS IN PUBLIC-PRIVATE PARTNERSHIP

In the article, the issues and importance of increasing the participation of private investors in the financing of infrastructure projects through the development of the public-private partnership (PPP) practice, economic relations of PPP, conclusions on the development of such relations, practical suggestions and recommendations have been developed.

Key words: practice of public-private partnership, financing of infrastructure, private investment, promotion of private investors.

ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2023, 4 (164)

Kirish.

Bugungi kunda rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar tajribasidan shuni kuzatish mumkinki, davlat-xususiy sheriklik munosabatlari aholi tur-mush farovonligini yaxshilash, mamlakat infratuz-ilmasini rivojlantirish va pirovardida,mamlakatlar iqtisodiy taraqqiyotini ta'minlashda muhim o'rin tutmoqda. Shuning uchun, bugungi kunda davlat-xususiy sheriklik amaliyotini mamlakat iqtisodiy-otida kengroq joriy etish, davlat-xususiy sherikchilik munosabatlariga xususiy investorlarni qiziqishini oshirish, xususiy investorlarning infratuzilma loyi-halarini moliyalashtirishdan oladigan daromadlil-igini oshirish va bu orqali mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish dolzarb hisoblanadi. Davlat-xususiy sheriklik amaliyotida muvaffaqiyatli xorij mam-lakatlari tajribasini o'rganish, mamlakatimizda qo'llanishi mumkin bo'lgan jihatlarni tahlil qilish, iqtisodiyotimiz uchun xos bo'lgan jihatlarni joriy etish muhim hisoblanadi. Mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotida muhim bo'lgan sohalar, sog'liqni saqlash, ta'lim, transport, energetika sohalarida davlat-xususiy sheriklik amaliyotini yanada kengroq joriy etish, xususiy investorlarni kengroq jalb etish, loyihalarni moliyalashtirishda xususiy inves-torlar mablag'laridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi

O'zbekistonda ta'lim, sog'liqni saqlash, kommunal xo'jalik, energetika, transport, axborot kommu-nikatsiya texnologiyalari kabi sohalarni rivojlantirish dolzarb bo'lib turgan ayni vaqtda davlat-xususiy sheriklik munosabatlari, ijtimoiy muhim infratuzilma loyihalarini amalga oshirishda xususiy sektor mablag'laridan foydalanish borasidagi islohotlarga qaramasdan, sohaga xususiy sektor mablag'larini yo'naltirish darajasi pastligicha qolmoqda.

Mamlakatimizda 2026-yilgacha xorijiy va mahal-liy investitsiyalarni jalb etish strategiyasini amalga oshirish va bunda davlat-xususiy sheriklik asosida energetika, transport, sog'liqni saqlash, ta'lim, ekologiya, kommunal xizmatlar, suv xo'jaligi va boshqa sohalarga 14 milliard AQSh dollarga teng investitsiya jalb etish [1], hamda, davlat va biznesn-ing hamkorligini zamonaviy shakllarda tashkil etish, loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlarini aniqlash, ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan vazifalarni o'zaro manfaatli sharoitlarda tezkorlik bilan hal etish, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik tizimini sama-

rali boshqarish va muvofiqlashtirishni talab etmo-qda. Bu esa davlat va xususiy sheriklik amaliyotida moliyaviy munosabatlarni takomillashtirish bo'yicha ilmiy-tadqiqotlarni keng amalga oshirish zaruriyatini belgilaydi.

Ilmiy muammolarni qo'yilishi.

Davlat va xususiy sheriklik (DXSh) - "xususiy sherik va davlat o'rtasida davlat mulki yoki xiz-matlarini taqdim etish bo'yicha uzoq muddatli shartnoma bo'lib, bunda xususiy tomon muhim ish haqi to'lovi, faoliyat natijasi bilan bog'liq risk va boshqaruv mas'uliyatini o'z zimmasiga oladi" deb ta'riflanadi. [2] (Jahon banki, 2019 yil). DXSh-ning ildizlarini Leybenshteyn (1966) bilan bog'lash mumkin, u «X-samaradorlik» tushunchasini kiritdi, davlat va xususiy firmalar o'rtasidagi unumdorlik-dagi farqlarni mehnatni boshqarish munosabatlari, tashkiliy tuzilmalar, rag'batlantirish kabi nomoddiy «X-omillar» bilan bog'liq holda bunday amaliyot-ning samaradorligini o'rgangan. Leybenshteynning [3] takliflariga muvofiq, DXSH hukumatlar va xususiy korxonalar uchun ularning faoliyatida yuzaga kel-adigan samarasizlikni kamaytirish uchun zarur bo'lishi mumkin.

Darhaqiqat, davlat-xususiy sheriklik loyihalari infratuzilma investitsiyalari uchun kapital miq-dorini va xususiy sektor tajribasidan foydalanish orqali faoliyat samaradorligini oshirishi mumkin, ammo bunday jarayonlar har doim ham har bir DXSH loyihasi uchun avtomatik ravishda amalga oshirilmaydi. Davlat investitsiyalarining klassik shak-lida infratuzilma loyihalari mamlakatlarning soliq va davlat qarzi vositalari tomonidan moliyalashtiriladi va infratuzilma aktiviga to'liq egalik qiladi. [4] Huku-mat nafaqat infratuzilma ob'ektini quradi, balki u o'zi yoki ba'zi pudratchilar yordamida aholiga xizmatlar ko'rsatadi.

Biroq, Davlat investitsiyalari jarayonida muqo-bil usullardan foydalanish mumkin. Ya'ni infratuzilma loyihasini qurish xususiy pudratchi tomonidan amalga oshirilishi mumkin. [5] Mamlakatda davlat investitsiyalarining, klassik shaklida, qurilishdan to ekspluatatsiya qilishgacha bo'lgan loyihalarn-ing to'liq tavakkalchiligini o'z zimmalariga olishsa, DXSH munosabatlarida daromad olishni maqsad qilgan xususiy investor risklarning katta qismini o'z zimmasiga oladi [6, 7, 8].

ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2023, 4 (164)

Tahlillar shuni ko'rsatadiki, iqtisodiy va infratuz-ilmaga bo'lgan talabning oshib borishi davlatning DXSh munosabatlarini kengayishiga ta'sir qiluvchi eng muhim omil hisoblanadi. Davlat qarzi darajasi va infratuzilmaga bo'lgan talab DXShni kengayishiga eng ko'p ta'sir qiluvchi omillar hisoblanadi. DSXHlarning potentsial iqtisodiy foydalari ko'p hol-larda ularni asoslash uchun keltirilgan eng muhim sabablardan biri hisoblanadi [9].

Keltirilgan tadqiqotlarga suyangan holda etirof etish mumkinki, iqtisodiy rivojlanishiga to'sqinlik qil-ishi mumkin bo'lgan asosiy omillardan biri sifatida infratuzilma tarmoqlarining rivojlanishiga moliyaviy resurslarning yetishmasligi hisoblanadi. Shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlarida infratuzilma ob'ektlarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish bo'yicha zarur investitsion loyihalarni amalga oshirish uchun xususiy investitsiyalarning salmog'ining yetarli dara-jada emasligi va zamonaviy texnologiyalarni jalb etish darajasining pastligi asosiy muammolardan hisoblanganligi mazkur yo'nalishdagi tadqoqitlarni amalga oshirish lozimligini taqozo etadi va muhim ilmiy ahamiyat kasb etadi.

Tadqiqot metodologiyasi.

Mazkur tadqiqotlarni amalga oshirishda ilmiy abstraksiyalash, tasviriy statistika, ekspert bahol-ash guruhlashtirish, dinamik tahlil usullaridan foy-dalanilgan. Tahlil jarayonida statistik ma'lumotlarni to'plash, jadval grafiklar, bundan tashqari tasviriy statistika ko'rsatkichlari va o'rtacha miqdorlardan foydalanilgan. Maqolada davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini moliyalashtirishda xususiy inves-torlarni ishtiroki tahlil qilingan shu bilan birga mual-lif tomonidan xulosa va takliflar keltirib o'tilgan.

Tahlil va natijalar.

Xalqaro moliya institutlari ko'pincha kam daro-madli mamlakatlarda DXSH-ni amalga oshirishni qo'llab-quvvatlaydi. Masalan, soliq tushumlari cheklangan milliy hukumatlar infratuzilmaga sar-moya kiritish uchun boshqa muqobil manbaga ega bo'lmasligi mumkin. (Osiyo taraqqiyot banki, 2008; Xalqaro moliya korporatsiyasi, 2009; Davlat-xususiy infratuzilma bo'yicha maslahat fondi, 2013; Birlash-gan Millatlar Tashkiloti, 2009). Fikrimizcha, bunday sharoitlarda infratuzilmani moliyalashtirishning eng maqbul variantlaridan biri bu davlat xususiy sheriklik munosabatlari hisoblanadi.

Rivojlanayotgan mamlakatlarda byudjet mablag'larini yetishmasligi, davlat qarzining bal-andligi, yetarli mablag'larning mavjud bo'lmasligi rivojlanayotgan mamlakatlarda infratuzilmalarni moliyalashtirishda muqobil manbalardan foydalan-ishga ehtiyojni yuzaga keltiradi. Past daromadli va rivojlanayotgan mamlakatlarda bunday muqobil moliyalashtirish manbalari orasida Davlat-xususiy sheriklik orqali infratuzlmaga investitsiylar jalb etish va moliyalashtirish amaliyoti juda keng tar-qalmoqda. Biroq, xususiy biznes iqtisodiy-moliyaviy va siyosiy risklar yuqori bo'lgan muhitda, davlat-xususiy sheriklik munosabatlarida ishtirok etishi uchun yetarli darajada rag'batlarga ega bo'lmasa, bunday munosabatlarga qiziqishi yuqori bo'lmaydi. Aynan shuning davlat-xususiy sheriklikda yuzaga keladigan moliyaviy munosabatlarni tadqiq etish dolzarb hisoblanadi.

Ushbu tadqiqot ishimizda yalpi ichki mahsulot, aholi jon boshiga to'g'ri keladigan daromad, davlat byudjeti, davlat qarzi, inflyatsiya, pul massasi kabi ko'rsatkichlarini DXSh samaradorlik ko'rsatkichlari va infratuzilmaga xususiy investitsiyalar salmog'iga ta'sirni makroiqtisodiy jihatdan tahlil qilamiz. YaIMga nisbatan DXSh loyihalari soni va DXShga investitsiyalar salmog'i bunday munosabatlarda tadqiq etilishi lozim bo'lgan muhim ko'rsatkichlar sanaladi.

Dunyoda iqtisodiy-moliyaviy munosabatlarning globallashuvi, 2022-yilning butun dunyoda global siyosiy-moliyaviy keskinlashuvning kuchaygan-ligi, mamlakatlar markaziy banklarining pul-kredit siyosatidagi keskin choralari, byudjet taqchilligi va davlat qarzlarining oshishi, natijada mamlakatda infratuzilmaga ajratilishi rejalashtirilgan mablag'lar ko'lamining keskin kamayishi sabab bo'lmoqda. "Infratuzlmaga davlat investitsiyalari salmog'ining kamayishi mamlakat iqtisodiyotiga keskin salbiy ta'sir ko'rsatadi, bunday sharoitda, davlat xususiy sektor uchun infratuzilmaga qilgan investitsiyalar-dan oladigan moddiy rag'batini oshirish orqali xususiy investitsiylarni infratuzilmani moliyalashti-rishga jalb etishi lozim" [10]. Fikrimizcha, DXSh munosabatlarini mamlakatda rivojlantirish orqali bunga erishish mumkin bo'ladi.

Jahon miqyosida davlat-xususiy sheriklik loyi-halarining amalga oshirilishi yillar kesimida tahlil qilinganda 2011-2012 yillar oralig'ida eng ko'p loy-

ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2023, 4 (164)

1-rasm. 1991-2022 yillar oralig'ida jahon miqyosida amalga oshrilgan davlat-xususiy sheriklik loyihalari

soni [15]1.

ihalar amalga oshirilgan loyihalar uchun xususiy investitsiyalar salmog'i ham eng ko'p miqdorda amalga oshirilgan. 2020-yil Covid-19 pandemiyasi paytida loyihalar salmog'i va xususiy investitsiy-lar ko'lamida tushish qayd etilgan. Jahon banki tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlar bazasidan foydalangan holda, ushbu tadqiqot 1991 va 2022 yillar oralig'ida 136 ta kam daromadli va rivojlanay-otgan mamlakatlar o'rtasida infratuzilmada DXSh faoliyatini amalga oshiruvchi omillarni tahlil qilishga harakat qilinmoqda. Tahlillar ko'rsatadiki, DXSh loyihalar sonida ham, DXSh faoliyatida xususiy investitsiyalar miqdorida ham hal qiluvchi omil ekanligi aniqlandi.

Davlat va xususiy sheriklik (DXSh) - "xususiy sherik va davlat o'rtasida davlat mulki yoki xizmatla-rini taqdim etish bo'yicha uzoq muddatli shartnoma bo'lib, bunda xususiy tomon muhim ish haqi to'lovi natija bilan bog'liq risk va boshqaruv mas'uliyatini

1 The World Bank Private Participation Infrastructure Database - malumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi. https://ppi.worldbank.org/en/visualization#sector=&status= &ppi=&investment=&region=&ida=& income=&ppp=&md b=&year=&excel=false&map=&header=true

o'z zimmasiga oladi" [11] deb ta'riflanadi. Davlat-xususiy sheriklikda moliyaviy munosabatlar sama-radorligi bo'yicha davlatning va xususiy sherikligin-ing samaradorliklarini alohida taqqoslangan holda, xususiy sherik mehnatni boshqarish munosabatlari, tashkiliy tuzilmalar, rag'batlantirish tizimlari xodim-larni tanlash va boshqa ko'rsatkichlarda davlatdan ko'ra samarali faoliyat ko'rsatishi mumkin [12]. Bunda, DXSh davlatlar va xususiy sektor uchun ularning infratuzilmani boshqarishda tashkiliy tuz-ilmalarda yuzaga keladigan samarasizlikni kamayti-rish uchun zarur bo'lishi mumkin. Darhaqiqat, DXSh xususiy sektor tajribasini qo'llash orqali infratuzilma investitsiyalari uchun kapital miqdorini va faoliyat samaradorligini oshirishi mumkin. Ammo bu jaray-onlar har doim ham turli xil loyihalar uchun bir xilda samarali amalga oshirilavermaydi. Bunda loyiha xususiyati daromadliligi muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun davlat-xususiy sheriklikda infratuzl-maning turli xil sohalariga turlicha yondashuv zarur bo'ladi. "Iqtisodiy va ijtimoiy hayotning bir qancha sohalarida DXSh ning turli xil potentsial afzalliklari mavjud bo'lsa-da, yaxshi tashkil etilgan DXSh amali-

ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2023, 4 (164)

' ИНВЕСТИЦИЯЛАР ВА ИННОВАЦИЯЛАР / ИНВЕСТИЦИИ И ИННОВАЦИИ 59^

V_._/

2-rasm. Jahon miqyosida amalga oshirilgan davlat-xususiy sheriklik loyihalari soni va unga yo'naltirilgan xususiy investitsiyalar bog'liqlik darajasi[15]1.

180000 160000 140000 120000 100000 80000 60000 40000 20000 0

-20000

О

У = 232,04х-129 R2 = 0,630§^-

О о ' О

®о а О о о А

О оо^ О

о Р о

о° <Ъ С> О «0

О о

0 1( )0 2( )0 3< )0 4( )0 5( )0 6( )0 70

yoti tizimli va samarali moliyaviy munosabatlarda aks ettirilmasa, muvaffaqiyatsizlik ehtimoli muvaf-faqiyat ehtimolidan yuqori bo'lishi mumkin". [13] Shuningdek, davlat-xususiy sheriklikning muvaffaqi-yatli bo'lishida davlat moliyasining barqarorligi va bozor hajmi infratuzilmaga investitsiyalar ko'lamiga ijobiy ta'sir ko'rsatsa, soliq yukining baland bo'lishi hamda yuqori darajada inflyatsiya salbiy ta'sirini namoyon qiladi [14].

Milliy va global miqyosdagi beqaror iqtisodiy va siyosiy muhitni hisobga olgan holda, davlatlar va xususiy firmalar infratuzilmaga xususiy investitsi-yalari bo'yicha oqilona qarorlar qabul qilish uchun zamonaviy va dolzarb yondashuvlarga asoslanishi talab etiladi. Shu sababli, ushbu maqola keng qam-rovli makroiqtisodiy ma'lumotlar to'plamidan foy-dalangan holda DXSh mexanizmlariga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan omillarni o'rganish va tahlil qilish dolzarb hisoblanadi.

Infratuzilmani moliyalashtirishda davlat tashqi qarzi ulushini oshib borishi va ular hisobiga olin-gan moliyaviy resurslar malum bir darajada chega-ralanganligi evaziga, davlat-xususiy sheriklik orqali xususiy investorlarning mablag'larini infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish uchun yo'naltirish mam-

1 The World Bank Private Participation Infrastructure Data-

base - malumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi. https://ppi.worldbank.org/en/visualization#sector=&status= &ppi=&investment=&region=&ida=& income=&ppp=&md b=&year=&excel=false&map=&header=true

lakatda tashqi qarzga bo'lgan ehtiyojni malum bir darajada chegaralash imkonini beradi. 2022 yil davomida O'zbekiston davlat qarzi 2,9 milliard dol-larga ko'payib, 29,2 milliard dollarni yoki YalMga nisbatan 36,4 foizni tashkil etdi. Davlat qarzining 90 foizdan ortiq qismi xorijiy valyutada jalb qilingan. 2023 yilning 1 yanvar holatiga O'zbekistonning davlat qarzi 29,2 milliard dollarga etdi. Bu - mamlakat tarixidagi eng yuqori ko'rsatkichdir.

Davlat qarzi 2022 yil 3-choragiga nisbatan 3,1 milliard dollarga ko'paygan, YalMga nisbatan ulushi ham 2,3 foizga oshib 34,1 foizdan 36,4 foizga yet-gan. Taqqoslash uchun, 2022 yilning 1 oktyabr holatiga davlat qarzi 26,2 milliard dollarni tashkil etgan.

Davlat qarzining umumiy miqdori yildan yilga oshayotgan bo'lsa-da, uning yalpi ichki mahsu-lotga nisbatan ulushi 2020 yildan keyingi davrda kamaygan. Jahon banki (JB) prognozlariga ko'ra, O'zbekiston hukumati o'zining qarz olish chek-lovlariga rioya qilishda davom etishi kutilmoqda. Davlat qarzi va umumiy tashqi qarz 2024 yil oxiriga kelib YalMning mos ravishda 32 va 55 foizigacha bosqichma-bosqich kamayishi mumkin.

Birinchidan, O'zbekiston kabi rivojlanayotgan mamlakatlarda infratuzilma loyihalarini amalga oshirish ko'lami doimo o'sib boruvchi xarakterga ega. Bu kabi vazifalarni amalga oshirish uchun davlatda 2 ta muqobil yechim mavjud: soliqlarni oshirish yoki tashqi qarz va investitsiya mablag'larini jalb qilish. Soliqlarni oshirish istiqbolda iqtisodiyotni

ИК.ТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2023, 4 (164)

3-rasm. O'zbekiston davlat qarzi o'zgarish dinamikasi (milliard dollarda).

rivojlantirish rag'batlariga putur yetkazishi hisobga olinsa, ko'plab rivojlangan davlatlar ikkinchi yo'lni tanlashni afzal ko'rishadi.

Ikkinchidan, kovid va postkovid davri dunyon-ing ko'plab mamlakatlarida tashqi qarz o'sishiga olib keldi. Xususan, ushbu omillar ta'sirida 2020 yilda qarz jalb qilish miqdori keskin oshganini (17,8 milliard dollardan 23,4 milliard dollarga) ko'rish mumkin.

Uchinchidan, davlat byudjeti taqchilligining oshib borayotgani. 2022 yilda ushbu ko'rsatkich YalMning 3,9 foizini yoki qariyb 35 trln. so'm tash-kil etdi.

2023 yilda O'zbekiston nomidan va kafolati ostida tashqi qarzlarni jalb qilish bo'yicha yillik imzolanadigan bitimlarning umumiy qiymati 4,5 milliard dollarni tashkil qilishi, shundan davlat byud-jetini qo'llab-quvvatlash, byudjet taqchilligi uchun 2 milliard (bu o'tgan yilga nisbatan 500 milliard dollarga kam), investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun esa 2,5 milliard dollar (bu o'tgan yilga nisbatan 500 mln. dollar ko'p) jalb qilinishi belgilangan.

Xulosa.

Mamlakat aholisining tez suratlarda o'sishi va infratuzilmaga bo'lgan talabning keskin oshishi davlat xizmatlari va infratuzilmani yangilash uchun katta xarajatlarni talab etadi. Fikrimizcha, bunday sharoitlarda davlat tashqi qarzga katta e'tibor qarat-masdan, davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy

investorlarni kengroq jalb etishi, xususiy inves-torlarni infratuzilmani moliyalashtirishdan oladi-gan manfaatdorligini oshirish orqali xususiy sherik mablag'larini yo'naltirishi maqsadga muvofiqdir.

Shuningdek, iqtisodiyotining bugungi sharoitida davlat-xususiy sheriklik asosidagi infratuzilma loyi-halari uchun xususiy investitsiyalarni yo'naltirish va xorijiy investorlar uchun qulay sharoitlar va imkoni-yatlar yaratish hamda ustuvor yo'nalishlarni bel-gilash, ijtimoiy loyihalarga xususiy investitsiyalarni jalb etishning optimal mexanizmlarini joriy etish yo'llarini ilmiy tadqiq etishga e'tiborni kuchaytirish talab etiladi.

Davlat-xususiy sherikligini faqatgina ijtimoiy-madaniy soha hamda infratuzilmani rivojlantirish darajasini belgilovchi omil sifatida emas, balki, mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishining yangi bosqichga olib chiqadigan alohida dastaklardan biri sifatida e'tirof etish lozimdir. Yaqin kelajakda davlat-xususiy sherikligini amalga oshirish bo'yicha loyihalar bazasini yaratish va ochiq, real ma'lumotlar bilan shakllantirib borish va muntazam tahlil etib borish, davlat-xususiy sheriklik loyihalari uchun muntazam malaka oshirib borish tizimini yaratish, infratuzilmani va ijtimoiy sohani qo'shimcha rivojlantirish borasida izchil ishlarni belgilash, eng muhimi, xususiy sherikni tanlashda shaffof va adolatli tizim ishlab chiqish lozimdir.

ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2023, 4 (164)

Adabiyot ro'yxati:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.01.2022 yildagi "2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-son, https:// lex.uz/uz/docs/-5841063

2. The World Bank. (2019). What are public private partnerships?. https://ppp.worldbank.org/ public-private-partnership/overview/what-are-publicprivate-partnerships.

3. Leibenstein, H. (1966). Allocative efficiency vs. X-efficiency. The American Economic Review, 56(3), 392e415.

4. De Bettignies, J.-E., & Ross, T. W. (2004). The economics of public-private partnerships. Canadian Public Policy/Analyse de Politiques, 30(2), 135e154.

5. Iossa, E., & Martimort, D. (2015). The simple microeconomics of publicprivate partnerships. Journal of Public Economic Theory, 17(1), 4e48.

6. Alfen, H. W., Kalidindi, S. N., Ogunlana, S., Wang, S., Abednego, M. P., Jungbecker, A. F., Jan, Y. A., Ke, Y., Liu, Y., Singh, B., & Zhao, G. (2009).

7. Ismail, S. (2013). Critical success factors of public private partnership (PPP) implementation in Malaysia. Asia-Pacific Journal of Business Administration, 5(1), 6e19.

8. Wang, Q., Li, J. J., Ross, W. T., & Craighead, C. W. (2013). The interplay of drivers and deterrents of opportunism in buyeresupplier relationships. Journal of the Academy of Marketing Science, 41(1), 111e131.

9. Delmon, J. (2011). Public-private partnerships in infrastructure: An essential guide for policymakers. New York, NY: Cambridge University Press

10. Yurdakul, Hakan, Rifat Kama§ak, and Tülay Yazar Oztürk. "Macroeconomic drivers of Public Private Partnership (PPP) projects in low income and developing countries: A panel data analysis." Borsa Istanbul Review 22.1 (2022): 37-46.

11. The World Bank. (2019). What are public private partnerships?. https://ppp. worldbank. org/public-private-partnership/overview/what-are-publicprivate-partnerships.

12. Leibenstein, H. (1966). Allocative efficiency vs. X-efficiency. The American Economic Review, 56(3), 392e415.

13. Ahwireng-Obeng, F., & Mokgohlwa, J. P. (2002). Entrepreneurial risk allocation in public-private infrastructure provision in South Africa. South African Journal of Business Management, 33(4), 29e39.

14. Hammami, M., Ruhashyankiko, J.-F., & Yehoue, E. B. (2006). Determinants of public private partnership in infrastructure. IMF working paper, WP/06/ 99.

15. The World Bank Private Participation Infrastructure Database. https://ppi.worldbank.org/ en/visualization#sector=&status=&ppi=&investment=&region=&ida=&ncome=&ppp=&mdb =&year=&excel=false&map=&header=true

16. Муминов Н.Г., Хамраев О.Я. Концепция "нового государственного управления" и зарубежный опыт в сфере социального партнерства // Актуальные научные исследования в современном мире (Украина). №6 (38), часть 4. 2018. С. 119-123.

ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2023, 4 (164)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.