Научная статья на тему 'O'ZBEKISTONDA XUSUSIY MULKCHILIKNING SHAKLLANISHI'

O'ZBEKISTONDA XUSUSIY MULKCHILIKNING SHAKLLANISHI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
4237
313
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Iqtisodiyot / liberallashtirish / xususiy mulkchilik / mulk shakllari. / Economy / liberalization / private ownership / property forms.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Abduraxmonov A.S.

Mazkur maqolada bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish imkoniyatlari, liberlashtirishning o’ziga xos xususiyatlari to’g’risida muallif tomonidan fikr mulohazalar keltirilgan. Qolaversa, mamlakatimizda xususiy mulkchilikni shakllanishi va rivojlani bo’yicha bog’liq masalalarga alohida e’tibor qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In this article, the author's comments are presented about the possibilities of developing the economy of our country today, and the specific features of liberalization. In addition, special attention is paid to issues related to the formation and development of private ownership in our country.

Текст научной работы на тему «O'ZBEKISTONDA XUSUSIY MULKCHILIKNING SHAKLLANISHI»

O'ZBEKISTONDA XUSUSIY MULKCHILIKNING SHAKLLANISHI

Abduraxmonov A.S.

SamISI "Bank ishi" kafedrasi assistenti

Annotatsiya: Mazkur maqolada bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish imkoniyatlari, liberlashtirishning o'ziga xos xususiyatlari to'g'risida muallif tomonidan fikr mulohazalar keltirilgan. Qolaversa, mamlakatimizda xususiy mulkchilikni shakllanishi va rivojlani bo'yicha bog'liq masalalarga alohida e'tibor qaratilgan.

Kalit so'zlar. Iqtisodiyot, liberallashtirish, xususiy mulkchilik, mulk shakllari.

Annotation: In this article, the author's comments are presented about the possibilities of developing the economy of our country today, and the specific features of liberalization. In addition, special attention is paid to issues related to the formation and development of private ownership in our country.

Key words. Economy, liberalization, private ownership, property forms.

Bozor munosabatlariga o'tishning asosiy shartlaridan biri sifatida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish amalga oshirish. Bu bilan davlat monopoliyasi tugatilib, ma'muriy buyruqbozlik buzildi va bozor iqtisodiyotiga asos solindi, mulkdorlar sinfi shakllandi, xorijiy sarmoyadan foydalanib, ishlab chiqarish samaradorligi oshdi.

Mulkni xususiylashtirish va ko'p ukladli iqtisodni shakllantirish O'zbekistonda ikki bosqichda amalga oshirildi. Birinchi bosqich 1992-1993 yillari amalga oshirildi. Bu davrda asosan maishiy xizmat, savdo korxonalari, transport va qurilishning kichik korxonalari, qayta ishlash korxonalari mulk shakli o'zgartirilib, mulkning ijara, jamoa, aksiadorlik shakllari vujudga keldi. Uy-joylar xususiylashtirildi.

Ikkinchi bosqich O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 21 yanvardagi «Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori asosida olib borildi. Bu davrda ochiq aksiadorlik jamiyatlari tashqil etilib,, korxonalar aksialarini chiqardilar, auksion savdosi orqali davlat mulkini shaxslarga sotish, xususiylashtirishni yoppasiga olib borish ko'zda tutildi.

O'zbekistonda mashinasozlik sanoatini, ayniqsa, avtomobilsozlik sanoatini rivojlandi. O'zbekiston bilan Janubiy Koreya o'rtasida «UZ-DAEWOO» avto ko'shma korxonasi qurilib, yengil avtomobillar ishlab chiqarila boshlandi. 1993 yili GFR bilan O'zbekiston o'rtasida shartnoma imzolanib, «Mersedes-Bens AT» korporasiyasi Xorazmda «Do'stlik» avtomobil zavodida ish boshladi. 1994 yildan boshlab yuk avtomobillarini ishlab chiqardi. 1995 yili «O'zavtosanoat» uyushmasi bilan Turkiyaning «Kochxolding» kompaniyasi o'rtasida shartnoma imzolanib, 1999 yildan Samarqandning So'g'diyona mavzeida avtobus zavodi qurilib, faoliyat yurita boshladi.

Shirkat xo'jaligining o'ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:

• Shirkat a'zolariga ixtiyoriy ravishda kirish va chiqish;

• Shirkatning ish faoliyatida a'zolarning o'z mehnati bilan ishtirok etishining shart ekanligi;

• Ichki xo'jalik munosabatlarini shartnomalar tuzish yo'li bilan, tenglik tamoyiliga amal qilib, oila pudrati asosida tashqil etish;

• Shirkat a'zolari bilan hisob-kitob qilishda amalda bajarilgan ishlarning hajmi va sifatiga chek usulida haq to'lashni tashqil etish;

• Yakuniy daromadni shirkat a'zolari o'rtasida ularning mulkiy paylariga muvofiq taqsimlash;

• Yer uchastkalaridan qat'iy belgilangan maqsadda foydalanish, yerlarni muhofaza qilinishi va tuproq unumdorligining oshirilishini ta'minlash;

• Shirkatning bir a'zosi bir ovozga ega;

• Shirkat xo'jaligining ish faoliyati ustidan shirkat a'zolari tomonidan shirkat nizomida nazarda tutilgan tartibda nazorat qilish.

2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy inqirozi Amerika Qo'shma Shtatlarida ipotekali kreditlash tizimida ro'y bergan tanglik holatidan boshlandi. So'ngra bu jarayonning miqyosi kengayib, yirik banklar va moliyaviy tuzilmalarning likvidlik, ya'ni to'lov qobiliyati zaiflashib, moliyaviy inqirozga aylanib ketdi. Dunyoning yetakchi fond bozorlarida eng yirik kompaniyalar indekslari va aksiyalarning bozor qiymati halokatli darajada tushib ketishiga olib keldi. Bularning barchasi, o'z navbatida, ko'plab mamlakatlarda ishlab chiqarish va iqtisodiy o'sish sur'atlarining keskin pasayib ketishi bilan bog'liq ishsizlik va boshqa salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi. Shu o'rinda O'zbekistonda moliyaviy-iqtisodiy, byudjet, bank-kredit tizimi, shuningdek, iqtisodiyotning real sektori korxonalari va tarmoqlarining barqaror hamda uzluksiz ishlashini ta'minlash uchun yetarli darajada mustahkam zaxiralar yaratilganini va zarur resurslar bazasi mavjud ekanini ta'kidlash joiz.

Yuzaga kelgan barcha muammo va qiyinchiliklarga qaramay 2008 yilda iqtisodiyotning nafaqat barqaror faoliyat ko'rsatishiga, balki uning yuqori o'sish sur'atlarini izchil ta'minlashga erishildi. O'zbekiston iqtisodiyotiga kiritilayotgan xorijiy investitsiyalar hajmi izchil va barqaror o'sib bordi. 2008 yilda 1 milliard 700 million AQSH dollari miqdoridagi xorijiy investitsiyalar o'zlashtirildi. Bu 2007 yildagiga nisbatan 46 foiz ko'p.

Eng muhimi, xorijiy investitsiyalarning 74 foizini to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar tashkil etdi. Jahon inqirozi davom etayotganiga qaramasdan, 2009 yilda iqtisodiyotga jalb etiladigan xorijiy investitsiyalar hajmi 1 milliard 800 million dollarga ko'payadi, buning to'rtdan uch qismi to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalardir. Iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish va uni modernizatsiya qilish borasida strategik muhim rol o'ynaydigan loyihalarni amalga oshirish, birinchi navbatda, ishlab chiqarish infratuzilmasini shakllantirishda 2006 yilda tashkil etilgan, bugungi kunda 3 milliard 200 million AQSH dollaridan ortiq nizom jamg'armasiga ega bo'lgan O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot fondi faoliyatiga katta ahamiyat berildi.

Yaqin istiqbolda ushbu Fond aktivlarini 5 milliard dollarga yetkazish ko'zda tutildi. O'tgan ikki yil mobaynida o'nlab yirik sanoat va infratuzilma inshootlarini moliyalashtirish va hamkorlikda moliyalashtirish uchun Fond tomonidan 550 million AQSH dollaridan ziyod miqdorda kreditlar ajratildi.

Bank ishini yanada takomillashtirish, aholi va xo'jalik yurituvchi sub'yektlarning bo'sh mablag'larini tijorat banklari depozitlariga jalb qilishni rag'batlantirish ishlari ham 2009 yilda ustuvor vazifa bo'lib qoldi Birinchi navbatda banklar, ularning muassislari kapitallashuv darajasini oshirish bo'yicha boshlangan ishlarni oxiriga yetkazishi, o'z nizom jamg'armasi miqdorini belgilangan ko'rsatkichlarga olib chiqishi lozim bo'ldi. Banklar zimmasiga investitsiya faoliyatini kengaytirish vazifalari yuklangani sababli ularning ishini tubdan qayta tashkil etishga erishildi. Inqirozga qarshi choralar dasturida ko'zda tutilgan tadbirlarni izchillik bilan amalga oshirish jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining tahdid va xatarlariga munosib qarshi turish, uning iqtisodiyotimizga salbiy ta'sirining oldini olish imkonini berdi. O'zbekiston iqtisodiyotining yanada kuchli, barqaror va mutanosib rivojlangan holda maydonga chiqishi, jahon bozorlarida o'zimizning mustahkam o'rnimizni egallash, shular asosida izchil iqtisodiy o'sishni ta'minlash, xalqimizning hayot darajasi va farovonligini yanada oshirish bo'yicha oldimizda turgan ustuvor vazifalarni muvaffaqiyatli hal etish uchun ishonchli zamin yaratildi.

Xususiy mulk - ayrim kishilar yoki xonadonlar ixtiyoridagi mulk; bozor iqtisodiyotidagi xilmaxil mulklar orasida yetakchi mulk shakli. Xususiy mulkning ob'yekti moddiy va moliyaviy boyliklar, ish kuchi, intellektual mehnat mahsuli, yer, suv, yer osti boyliklari, korxonalar, xo'jaliklar, aksiya va obligatsiyalar, pul mablag'lari, transport vositalari, turar joy, iste'mol tovarlari, mehnat qobiliyati, ishbilarmonlik mahorati, ilmiy kashfiyotlar, texnikaviy ixtirolar, san'at va adabiyot asarlari va boshqalar bo'lishi mumkin. Xususiy mulk sub'yekti unga egalik qiluvchi kishilar, ayrim shaxslar va xonadon axli xisoblanadi.

Xususiy mulk mulkchilikning eng ko'hna shakli, bundan bir necha ming yillar oldin qabila, urug'aymoklarning jamoa mulkidan o'sib chiqqan jamoa mulki ayrim kishilar qo'liga o'tib Xususiy mulkga aylangan. Xususiy mulk an'anaviy va bozor tizimida asosiy mulk hisoblangan. Rejali iqgisodiy tizim xususiy mulkni yo'qotib davlat mulkini o'rnatgan, iste'molga xizmat qiluvchi mulkni, jumladan uyro'zgor buyumlari va tomorqa xo'jaligini shaxsiy mulk, deb e'lon qilgan. Rejali tizimdan bozor iqgisodiyotiga qaytilgach, Xususiy mulk yangidan tiklanadi. Bunga quyidagi yo'l bilan erishiladi: 1) davlat mulki Xususiy mulkga aylantiriladi; 2) uz mablaga xisobidan xususiy mulkni yaratishga ruxsat beriladi; 3) jamoa (kolxoz) mulkidan xususiy mulk ajralib chiqadi; 4) shaxsiy mulk xisoblangan tomorka va xonadon molmulkiga Xususiy mulk maqomi beriladi; 5) Xususiy mulk chet eldan kirib keladi, mavjud mulkchilik tizimiga qo'shiladi.

Bozor iqtisodiyotiga xos mulkiy poliformizmni Xususiy mulk transformatsiyasi yuzaga keltiradi. Xususiy mulk o'z sohiblari ixtiyori bilan birlashganda jamoa mulki hosil bo'ladi. Xususiy mulk milliylashtirilganda u davlat mulkiga aylanadi.

Xususiy mulk bozor iqtisodiyotining tayanchi sifatida bir qator belgilar bilan tavsiflanadi: Xususiy mulk iqtisodiy resurslar, yaratilgan mahsulot va xizmatlarni, umuman boylikni yakka tartibda ayrim kishilar yoki oilalar tomonidan o'zlashtirilishini ta'minlaydi. Xususiy mulk sohiblari turli toifadagi kishilar, chunonchi tadbirkorlar, ishchilar, xizmatchilar, dehqonlar, yer egalari va rantyelar bo'lishi mumkin. Xususiy mulk o'z egasiga iqtisodiy hokimiyat beradi, ya'ni uni boshqarish funksiyasi bilan ta'minlaydi. Mulk ob'yektini mulqdorning o'zi yoki uning nomidan menejerlar boshqaradi. Xususiy mulk o'z soxibiga naf keltirishi shart. Xususiy mulk o'z soxibiga iqgasodiy mustaqillik beradi, ya'ni mulk soxibi uni uz bilganicha ishlatadi. Mulk egasi muqobil iktisodiy tanlov qoidasiga binoan, nima ish qilishini belgilab oladi, u mulkini biznesga qo'yadi, sotadi, garovga beradi yoki merosga qoldiradi.

Xususiy mulk iqtisodiy ro'yobga chiqishi — o'z egasiga mulkiy daromad keltirishi yoki uning iste'mol ehtiyojini qondirishi kerak. Davlat qabul qilgan qonunlar va yozilmagan qoidalar, ya'ni shakllangan an'analar va mulkiy udumlar Xususiy mulkga egalik qilishni, mulkiy huquqni ta'minlaydi. O'zbekistonda Xususiy mulk daxlsizligi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va mulk to'g'risidagi qonunlarda e'tirof etilgan.

O'zbekistonda Xususiy mulk davlat mulkini xususiylashtirish, uni hosil etishga ruxsat berilishi natijasida yuzaga keldi va xususiy korxonalar, fermer va dehqon xo'jaliklari, xususiy banklar, tomorqa, xonadondagi molmulk va pul jamg'armalari, qimmatli qog'ozlar Xususiy mulk ob'yektiga aylandi.

Xususiy mulk, uni iqtisodiy ro'yobga chiqarish usuli jihatidan 2 turga bo'linadi; 1) ayrim kishilarga qarashli bo'lgan tanho individual Xususiy mulk Bu mulkka egalik mulkdorning o'zining faoliyati orqali yuz beradi, yakka tartibda egasi tomonidan boshqariladi, u keltirgan daromad ulushlarga ajralmagan holda to'lato'kis egasiga tegadi; 2) korporativ, guruxiy Xususiy mulk Bu ulushbay, sherikchilikka asoslangan mulk bulib, aksiyadorlik jamiyatiga xos. Uning egalari aksiyadorlar hisoblanadi, ularning mulkiy ulushi qo'lidagi aksiyalar qiymati bilan o'lchanadi. Xususiy mulkning bu turida mulkning iqtisodiy ro'yobga chiqishi alohida emas, balki mulkdorlar guruhi doirasida yuz beradi. Bu mulkni aksiyadorlarning o'zlari emas, balki yollangan menejerlar boshqaradi, undan kelgan daromad aksiyadorlar urtasida ulushbaychilik qoidasiga binoan taqsimlanib dividend shakliga kiradi. Mayda Xususiy mulk individual bulsa, yirik Xususiy mulk korporativ Xususiy mulk tavsifiga ega.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Муртазаева Р.Х. Ва boshqalar. O'zbekiston tarixi. O'quv qo'llanma. -T.: Akademiya 2010.

2. Oblomurodov N., va boshqalar. O'zbekiston tarixi. O'quv qo'llanma. -T.: Yangi asr avlodi, 2011.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2018 yil 5 iyundagi "Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga

oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida" PQ-3775-sonli qarori.

4. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. - Toshkent: O'zbekiston, 2G17.

5. Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. T. 1. - Toshkent: O'zbekiston. 2G17.

6. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. - Toshkent: O'zbekiston. 2G17.

7. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mimyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 2G2G yil. 26 yanvar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.