PPSUTLSC-2024
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
TASHKENT, e-s MAY 2024
www.in-academy.uz
MUHAMMAD YUSUFNING "ULUG'IMSAN, VATANIM" SHE'RIDA
TARIXIY SHAXSLAR TALQINI
Ravshanova Gulruh Yaxshiboy qizi
Toshkent amaliy fanlar universiteti, Gavhar ko'chasi 1-uy, Tashkent 100149, O 'zbekiston
gulruhravshanova2023@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.13302369 Annotatsiya: Mazkur maqolada Muhammad Yusufning poetikasiga nazar tashlandi. "Ulug'imsan, Vatanim" to'plami va unga jamlangan she'rlari, xususan, "Ulug'imsan,Vatanim" she'ri ham atroflicha o'rganildi. Muhammad Yusuf bu asari orqali butun o'zbek xalqining ming asrlik tarixini bir nuqtaga jamlab, bu orqali o'z ijodining sarhadi juda keng va albatta kuchli so'z sohibi ekanligini yana bir bor isbotlab berdi desak mubolag'a qilmagan bo'lamiz. Shoir yaratgan asarlari jamiyki ijod olami orqali, xalqini birdamlik, hurfikrlililik kabi oliy tuyg'ularni anglashga undadi. Aynan, "Ulug'imsan, Vatanim" she'ri orqali Vatan uchun kamarbasta bo'lib, o'z jonini qurbon qilganlar, olim-u fozillar: Shiroq, Muqanna, Jaloliddin, Bobur, Navoiy, Temur Maliklarning obrazlari mohiyatiga alohida e'tibor qaratadi. Qolaversa, yurt sha'ni, xalqining qadr-qimmati, erki va faravon yashashi yo'lida qurbon bo'lgan adiblarimiz: Abdulla Qodiriy, Fitrat, Usmon Nosir, Cho'lponlarning achchiq qismati yoritilgan ushbu asarni qarashlarimiz ila atroflicha o'rganib, tahlilga tortishga urindik.
Kalit so'zlar: Vatan, yurt, hoqon, zamin, tuproq, quduq, chinor, tumor.
KIRISH
Adabiyot vakili so'zning sehrini, quvvati va qiymatini bilishi va so'z orqali san'at asarini yarata olishi kerak degan qonuniyat ostida yashab, ijod qiladi. Har bir ijodkorning o'rni, mavqeyi adabiyotga nechta yangi so'z olib kirishi bilan emas, balki iste'dodi orqali ijodkor, fikr va tuyg'ularini, aql va ehtirosining manzarasini barchaga tanish so'zlar orqali chizib berishi orqali baholanadi. Shu asnoda adabiyotning sahnasiga ko'tariladi va u olamdan o'tganda esa ana shu asarlari orqali o'zining ikkinchi hayotini davom ettiradi. O'zbek xalqining benazir shoiri Muhammad Yusuf asarlarida shunday chizgilarni ko'p uchratamiz. Adabiyotshunos olim B.Karimov shoirlar haqida so'z qotar ekan "Shoir ahli yil fasllariga qarab so'z libosini o'zgartirishga haqqi yo'q. Chunki uning yuragida hamma vaqt to'rt fasl bir pallada yashaydi. Beshinchi faslda hodisalari ro'y beradi. Shoir bir lahzada olamning olti tarafini kezadi", [Bahodir Karim. Istiqlol adabiyoti: nazm va nasr 7-b] deya juda chiroyli ta'riflaydilar. Barcha ijobiy xususiyatlari mavjud bo'lgan, ona diyor va istiqlol kuychisi Muhammad Yusuf shunday benazir iste'dod egasi, mehribon, sofdil inson, yuragida muhabbat, tomirlarida oqayotgan qonning jo'shqinligi uning she'rlarida yaqqol namoyon bo'ladi.
Biz "Ulug'imsan, Vatanim" she'rining mazmuniga va obrazlarning poetik ifodasiga e'tibor qaratishdan avval shu nom ostida chop etilgan to 'plam va unga yig'ilgan she'rlarning mavzu-ko'lamiga e'tibor qaratamiz. "Ulug'imsan, Vatanim" asarida shoir muhabbati o'laroq yaralgan, Vatanni ulug'lash va ko'klarga ko'tarishga xizmat qiluvchi sara she'rlari va dostonlari turkumlar ostida yig'ilganini ko'rish mumkin. Bizdan ozod Vatan qoladi turkumida, Vatan madhini kuylovchi: "Vatan", "Izhori dil", "Inshoolloh", "O'zbekiston", "Turkiston madhiyasi", "Vatan yagonasan" she'rlari joylangan. Yurtim madhi turkumida: "Toshkent", "Mingtepa", "Yurtim",
"Andijon"; Yaqin va olis moziydan sado turkumida: "Ulug'imsan, Vatanim", "Amir Temur", "Bobur nidosi", "Usmon Nosir", "Cho'lpon", "Fayzulla bobo", "Yurtim" kabi she'rlari va "Ey dil", "Qora quyosh", "Osmonning oxiri", "Ko'hna quduq", "Temirlar nidosi" kabi jami 5 ta dostonlari jamlangan.
Muhammad Yusuf o'z ijodiy faoliyati davomida ko'plab tarixiy va real shaxslar obrazini yoritdi. "Ulug'imsan, Vatanim" she'rida ko'tarilgan mavzu ham to'plamning mazmun-mohiyatini yanada ochishga xizmat qilgan. Asarda jamlangan barcha she'rlar Vatanni ulug'lashga safarbar qilingan. Jamlanmada tarix, o'tmish, oila, yurt, farzandlik burchi kabi muqaddas inju tuyg'ular ham o'z ahamiyatini topgan.
2 TADQIQOT METODOLOGIYASI
Muhammad Yusuf Vatan haqidagi ko'plab she'rlarida xalqining yutuqlaridan, shodon kunlaridan sevinadi. Uning yo'llariga gul-u maysalar tutadi. Opa-singil kabi ko'ngli xira vaqtlarda hamdard-u hamroh bo'ladi. Shoir oddiy oddiy hayotiy voqealar asosida ajoyib o'xshatishlar va teran falsafiy mushohadaga ega bo'lgan misralar yaratgan. [Erkin Rahimov "Muhammad Yusuf asarlarida Vatan tasviri" 2023]
Muhammad Yusufning bu she'ri asosida yaratilgan qoshiqni eshitmagan, uni xonandaga jor bo lib birga aytmagan yurtdoshimiz kam topiladi. Bastakor she'r matniga — mazmun-mohiyatiga shunchalar mos, ohangdosh musiqa topganki, go'yo shoir oldindan shu musiqani xirgoyi qilib ash'or bitganday. She'rdagi mazmun va ohang rivoji (dinamizmi) musiqada ikkinchi umrini boshlaydi, xonanda ovozi goh kuchayib, goh pasayib ozbekning tarixiy ko tarilish va tanazzul bosqichlarini ifoda etadi. [O rinov Odilbek Laziz o'g'li "Muhammad Yusuf she'rlarida Vatan madhi, yoshlarda Vatanparvarlik tuyg'usini shakillantirish" 2023]
PPSUTLSC-2024
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
tashkent, o-8 MAv 2004 www.in~academy.uz
3 MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Istiqlol tufayli adabiyot maydoni yangi gulzorlarga aylandi. Ijod ahli uchun ham yangicha tafakkur va yangicha talqindagi asarlar yaratilishiga, imkoniyatini berdi. O'zlikni anglash, milliy qadriyatlarni e'zozlash kabi milliy ruhni beradigan yangi ko'lamdagi Vatan ozodligiva mustaqillik nashidalarini tarannum etuvchi asarlar yarala boshlandi..
Vatan haqida qay ijodkor, qay usulda yozmasin uning jannatmonand ekanligini, boshqa yurtlarga o'xshamasligini, onadek mukarram zot ekanligini botbot yozsa-da, uning qiyosini topolmagandek, bo'laveradi. Vatan haqida ta'riflar ko'p ammo bu ta'riflarni Muhammad Yusuf ijodida turli ranglar bilan ochilganini uchratamiz.
4 TAHLIL VA NATIJALAR
Muhammad Yusuf she'riyati o'zgacha bir
xususiyati bilan insonni o'ziga tortadi, ularni miriqib tinglash bilan birga beixtiyor kuyga ham solish mumkin. Mutolaa jarayoni o'quvchilarga hech qanday qiyin vaziyatni tug'dirmay, aksincha, insonga zavq va rohat baxsh etadi. Haqiqatdan ham Muhammad Yusuf she'rlari ohangdorligi, jarangdorligi bilan ajralib turadi. Bazan hazin, bazan sho'x kuylar silsilasida so'zlarning shukuhi, salmog'i, zalvori asta anglashib boriladi. Asarning so'zlarida nafaqat muhabbat, qolaversa kuchli iztirob, alam, o'kinch va ko'plab his-tuyg'ular ifodalangan bo'lib, bu tuyg'ular tariximiz va unda o'tgan yurt fidoyilari timsolida aks ettirilgan. Men dunyoni nima qildim, O'zing yorug' jahonim. O'zim hoqon, O'zim sulton, Sen taxti Sulaymonim. Yolg'izim, Yagonam deymi, Topingan koshonam deymi, O'zing mening ulug'lardan Ulug'imsan Vatnanim.
Sulaymon uchun taxti qanday mo 'jizaviy va qadrli bo'lsa, inson uchun ham Vatani shunday azizdir. Har bir payg'ambar vatanni sevmoq, uni ardoqlamoq, e'zozlamoq yo'lida doim harakatda bo'lishgan. Hatto katta mo'jiza ko'rsatishga qodir bo'lgan payg'ambarlar ham o'zi tug'ilib o'sgan yurtini, xalqini doim e'zozlashga, hidoyatga, saodatga yetaklashga urinishgan. Inson uchun eng qadrli tuyg'u - Vatanni sevish, uni his qilish, uning bir qismi, bo'lagi ekanligidan faxr tuyg'usini tuyish. "Ulug'imsan, Vatanim" she'ridagi asosiy mohiyat ham shunda. Muhammad Yusuf shu yurtning yo'lboshchilari, sarkardalari borasida fikr yuritib, ularni ikki xil tasniflashga harakat qiladi. Biri olim-u ziyolilar bo'lsa, ikkinchisi mard va jasur sarkardalar. Ikkalasi ham bir millat vakili, bir millat o'g'loni sifatida o'z yurtini ardoqlagan, xalqini turli tahlikalar, oshkor va yashirin dushmanlardan asrashga harakat qilgan insonlar hisoblanadi.
Shodon kunim, gul otgan sen, Chechak otgan izimga, Nolon kunim yupatgan sen, Yuzing bosib yuzimga. Singlim deymi, Onam deymi,
Hamdard-u hamxonam deymi, Oftobdan ham o'zing mehri Ilig'imsan, Vatanim. Xalqimizda yaxshi kuningda ham yomon kuningda ham yoningda turadiga yagona inson - ona deyiladi. Shoir bu ta'rif o'laroq,Vataniga shod kunimda gul tutqazib, yomon kunimda yuzimga yuzini bosib, issiq tafti ila yupatadigan onam kabisan deyayotgendek, go'yo. Haqiqatdan ham Vatanni onadek muqaddas bir zot desak bo'ladi. U doim yonimizda, boshimizni oftob kabi isitib, kezi kelsa singlimiz kabi mehribon va yupakdosh ham bo'la oladi.
She'r o'zi ifoda qilayotgan voqelikni shunchaki ifodalamaydi. Uning zamiridagi mavjud hodisalar inson qalbini titratib yuboradigan ichki mohiyatni yashirin, esda qolarli va hayotiy obrazlar orqali aks ettiradi. Quyidagi keltirilgan misralarda ham xuddi shunday hayotiy detallar o'rinli qo'llanib, she'rning ta'sirchanligiga nihoyatda katta xizmat qilgan. O'zbek millatiga mansub Vatani uchun jonini fido qilibgina qolmay qiyin davrlarda xalqiga sobitqadam, yurti uchun mayoq va maslak bo'lib yashagan jasur fidoyilarimiz va ularning nurli hayot sahifalari, shonli o'tmishlari ba'zi zulmatga cho' mgan umr yo' llari ham parallel tarzda tasvirlanadi. Sen Mashrabsan, Xalqda tumor, Balxda dorga osilgan. Navoiysan, shoh yonida Faqirni duo qilgan, Ming bir yog'i ochilmagan Qo'rig'imsan, Vatanim... Bu bandda shoir ilohiy va majoziy ishqni kuylash orqali millatini, uning kelajagini, tinchini o'ylagan ikki qalam sohiblari Navoiy va Husayn Boyqaro o'rtasidagi do'stlik haqida ham ular o'rtasidagi saxovatpeshalik, insonparvarlik va bag'rikenglik kabi oliyjanob fazilatlarini ham yoritib o'tadi. She'rning keyingi bandlarida turkiy elatlar ichida tasavvufiy tariqat asoschisi, sodda va xalqchil, so'fiyona hikmatlari bilan mashhur bo'lgan Xo'ja Ahmad Yassaviy haqida fikr yuritiladi. Bu orqali kitobxonlarga shunday tarixiy, buyuk bobokalonlarimiz va ular yaratgan meros orqali, ezgulik, yaxshilik, ota-onaga hurmat, yaqinlarga mehr-oqibatlilik kabi qadriyatlarimizni uqtirmoqchi bo'ladi.
Sen Xo'jandsan, Chingizlarga Darvozasin ochmagan, Temur Malik orqasidan Sirdaryoga sakragan. Muqannasan qorachig'i
"¿J PPSUTLSC-2024
. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 2IST CENTURY
TASHKENT. 0-8 MAY 2024
Olovlarga sachragan, Shiroqlarni ko'rgan cho'pon-Cho'lig'imsan Vatanim. Shoir tarixni xotirlar ekan uzoq va achchiq, qismatli o'tmishga nazar soladi. Ona yurtini ozod, o'zi mansub bo'lgan xalqni erkin ko'rish uchun hayotning ko'plab zarbalariga ro'baro kelgan, Vatan obodligi va mustaqilligi uchun jonini nisor qilgan qahramonlarimiz, g'urur va iftixor bilan yodga olinadi. Bosqinlarga taslim bo'lmay kurashgan Temur Malik, arablarga qarshi kurashib o'zini o'tga tashlagan Muqanna, shonli g'alabasi bilan bugun afsonaga aylangan Shiroqlarni tasvirlab, "Cho'lig'imsan Vatanim" - deya ta'kidlaydi. Shoir bu qahramonlarning timsolini keltirish orqali bugungi avlodlarga namuna sifatida ko'rsatishni maqsad qiladi.
XX asr boshidagi ba'zi holatlar tasviri ham aks ettirilib, erkinlik va ozodlik uchun kurashgan bir guruh ziyolilar yodga olinadi. Aynan shu yo'lda shahid ketgan Abdulla Qodiriyni alamli xotiralar bilan alohida ta'kidlab, yodga oladi. O'z xalqini sotgan nokaslar va o'sha mash'um kunlar nadomat ila xotirlanadi. Vatan haqida yozar ekan o'tmishni, erk va faravonlik istab nobud bo'lgan Qodiriydek, Behbudiydek, Usmon Nosirdek taqdirlar haqida so'zlamaslikni o'ziga ep ko'rmaydi. Shuningdek, ko'plab she'rlarida bu timsollarning nomlarini bot-bot keltirib o'tadi. Shu tarzda ularni bergan zaminga va sotgan kimsalarga ham murojaat qiladi. Qodiriyni qo'lini bog'lab, dilini otashlarda dog'lagan tarixni qoralaydi. Shunday mash'um davrda farzand dog'ini, uning azobini ko'rib turgan sho'rlik onalar ham "bolam" deb, uning azobini ko'ra turib "dod" deb chinqirolmaganiga, u davrdagi insonlarni kar, soqov va dudug' bo'lib qolganligidan o'kinib, "dudug'imsan Vatanim", deya afsus va nadomatlarini ifodalamoqchi bo'ladi.
O'tgan kuning o'tgan kundir, O'z boshinga yetgan kun, Qodiriyni bergan zamin, Qodiriyni sotgan kun. Qo'lin bog'lab, Dilin dog'lab, Yetaklashib ketgan kun, Voh bolam! deb aytolmagan Dudug'imsan Vatanim.
"Ilm yog'dusiga tashna, turkiy dunyoga chiroq tutgan, "Tilda, fikrda, ishda birlik" degan ezgu g'oya bilan maydonga chiqqan taraqqiyparvarlar xalqning ertasi va kelajagini o'ylab, jaholatdan olib chiquvchi yo'lni, ta'limda, maktablarda, teatr va kutubxonalarda ko'ra olgan jadid namoyondalari jamiyatni uyg'otish, milliy mafkurani tiklash yo'lida qudratli kuchga aylanib ulgurgan bir vaqtda ularni yakson qilishga qarshi kurashlar ham avj ola boshlaydi. Bu yillarda ziyolilar va oddiy xalq ham juda og'ir kunlarni boshidan o'tkazadi, millat yetakchilariga "millatchilar" tamg'amasi urilib, oq yuzlari qoralanadi. [Yangi O'zbekiston gazetasi 12/12/ 2023]
www.in-academy.uz
Ularning qo'llari bog'lanib, dillari dog'lansa-da o'zi boshlagan harakatlaridan ortga qaytishmay, o'z hayotlarini xalqini ziyoli va ma'rifatli qilishga safarbar etishdi. Yurt ravnaqi va ma'naviyati uchun uchun kurashgan, yurtning asl vatanparvar, fidoyi farzandlari, shu sadoqati o'laroq bugungi avlodlar qalbida, xotiralarida mangulikka muhrlandi. Tarixni varaqlab bugungi faravon, mustaqil hayot yana bir shoirimiz Iqbol Mirzo aytganlaridek, oydan tushmaganligiga, yerdan ham chiqmaganligiga yana bir bor amin bo'lamiz.
She'r bandlarining so'nggida uzoq yurtlarda qolib, Vataniga qaytish ilinji bilan nobud bo'lgan Usmon Nosir taqdiriga ham alohida to'xtamlarni kuzatamiz. "Olislarda qurib qolgan qudug'imsan Vatanim" jumlalari orqali shoirning mudhish taqdiri qurib qolgan quduqga o'xshatiladi. Yosh, navqiron Usmon Nosir timsolida uning shaffof hayoti, tiniq ijodi uzoq yurtlarda qarovsiz qolib ketganligi bois qurib qolgan quduqqa mengzalyapti. Bu, albatta, shoirning badiiy topilmasi desak mubolag'a bo'lmaydi. Usmon Nosir uzoq yurtlarda qolgan bo'lsa-da bugun yosh-avlod, kitobxonlar uning zilol chashmasidan hamon tashna qalblarini to'yintirishda davom etib kelmoqda. Sen shoxlari osmonlarga Tegib turgan chinorim, Ota desam, Og'lim deb,
Bosh egib turgan chinorim. Ko'nglimdagi iftixorim, Qo'ynimdagi tumorim, O'zing mening ulug'lardan Ulug'imsan Vatanim. [Muhammad Yusuf. "Ulug'imsan, Vatanim". 75/77-b]
She'r so'nggida chinor, osmon kabi timsollar keladiki, ularga alohida e'tibor qaratishni lozim topdik. Chinor ming yil umr ko'radi. Bu daraxtning ildizlari mustahkam bo'lar ekan, osmon qadar bo'y cho'zadi. Chinordagi quvvat, chinordagi viqor, chinordagi adirlik inson tuyg'ulariga parallel keladi. Chinor yerda, tuproqda lekin uning bo'yi osmonga yetishi uchun shu mustahkam zamindan to'yinishi kerak bo'ladi. Buning uchun esa yurtning har bir fuqarosi, millatning har bir o'g'loni shu zaminga bo'lgan muhabbatini, mas'uliyatini his qilibgina qolmay, chinorlarni asrashi, bugun qo'lga kiritilgan baxtini, saodatini avaylashi, boy merosini, millatini hech qachon unutmasligi kerak bo'ladi. Shundagina bu Vatanning osmoni tiniq, xalqi esa farog'atni his qilib yashaydi.
XULOSA VA TAKLIFLAR Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, ijodkor she'rlarid: o'zbek, millat, Vatan, ozodlik, g'ururi, ulug' bobolarga vorislik, poklik kabi samimiy tuyg'ular ufurib turadi. Keltirilgan ifodalarni birgina "Ulug'imsan, Vatanim" she'rida jamlanganligi esa alohida e'tiborga loyiq. Asardagi ijodkorning qalb gavharidan otilib chiqayotgan so'zlarida kelajak avlodga Vatanni shu insonlar kabi asrab-avaylashni,
PPSUTLSC-2024
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
tashkent, o-8 may 2004 www.in~academy.uz
yurt ravnaqini, taqdirini o'z taqdiri bilib yashashga undashi kabi his-tuyg'ularni anglab olish mumkin.
ADABIYOTLAR:
1. Muhammad Yusuf. "Ulug'imsan, Vatanim". Toshkent: "O'zbekiston" 2012- 75/77-b
2. Bahodir Karim. Istiqlol adabiyoti: nazm va nasr Toshkent: "Firdavs-shoh", 2021-7-b.
3. Rahimov Erkin "Muhammad Yusuf asarlarida Vatan tasviri" maqolasi. 2023
4. Orinov Odilbek Laziz o'g'li "Muhammad Yusuf she'rlarida Vatan madhi, yoshlarda Vatanparvarlik tuyg'usini shakillantirish" 2023-03.
5. Yangi O'zbekiston gazetasi 2023-12/12
6. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005)
7. http://www. wikipedia.org
8. http:// www.Google.ru