Научная статья на тему 'MUHAMMAD YUSUF SHE’RIYATIDA METONIMIYA'

MUHAMMAD YUSUF SHE’RIYATIDA METONIMIYA Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
825
55
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Muhammad Yusuf / she’riyat / qiyoslash / shoir

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Rushana Misliddinova, Nazokat Jiyanova

Yurtimiz azaldan donishmandlar va buyuk shaxslarni yetishtirgan zamindir. Bu zaminda har bir davrda bir-birini takrorlamas buyuk shaxslar, bir-biriga qiyoslab boʻlmas iste’dodlar oʻtishdi. Ularni sanayversak, nihoyasiga yetolmaymiz. Mana shunday iste’dod egalaridan biri bu Muhammad Yusufdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUHAMMAD YUSUF SHE’RIYATIDA METONIMIYA»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

MUHAMMAD YUSUF SHE'RIYATIDA METONIMIYA

Rushana Misliddinova

O'zDJTU, Tarjimonlik fakulteti, 2111-guruh talabasi

Ilmiy rahbar: Nazokat Jiyanova

ANNOTATSIYA

Yurtimiz azaldan donishmandlar va buyuk shaxslarni yetishtirgan zamindir. Bu zaminda har bir davrda bir-birini takrorlamas buyuk shaxslar, bir-biriga qiyoslab bo'lmas iste'dodlar o'tishdi. Ularni sanayversak, nihoyasiga yetolmaymiz. Mana shunday iste'dod egalaridan biri bu Muhammad Yusufdir.

Kalit so'zlar: Muhammad Yusuf, she'riyat, qiyoslash, shoir

Shoir o'z she'rlarida ona yurt madhi, sevgi, vafo, do'stlik, oila va shunga o'xshash bir necha mavzularni tarannum etadi. Bu she'rlarni o'qib yuraklarimiz junbushga keladi, go'yo. Muhammad Yusuf she'rlari tilining soddaligi va ravonligi bilan barcha yoshdagi o'quvchilar qalbidan allaqachon joy olib ulgurgan. Hattoki, ko'plab xonandalarimiz ularni kuyga solib, qo'shiq bastalaganlar. Muhammad Yusuf she'rlari bir qarashda oddiydek ko'rinadi. Lekin hamma shoir ham bunday ravon tilda shoh baytlarsiz yoza olmaydi.

Shoir o'z ijodida bir qancha badiiy san'atlar va turli ma'no ko'chish turlaridan foydalangan. Chunki ko'chimlar badiiylikni oshiruvchi vosita hisoblanadi. Bunday vositalardan Muhammad Yusuf ham o'rinli va unumli foydalana olgan. Biz esa ushbu maqolada ijodkor she'rlarida qo'llagan metonimiya hodisasi va uning uslubiy vazifalari xususida fikr yuritamiz.

Metonimiya - Ikki tushuncha o'rtasidagi yaqinlikka asoslangan o'xshashsiz ko'chim. Metonimiyada biror narsa yoki voqea-hodisaning nomi boshqasiga ko'chiriladi, biroq bu nomlash narsalar o'rtasidagi o'xshashlikka emas, balki ular o'rtasidagi yaqinlikka, aloqadorlikka, bog'liqlikka asoslanadi. Buni bir necha misollar orqali ko'rsatib, izohlab beramiz. Masalan:

...Mana u jilmayib cho'kar yoningga, Hamdaming, malhaming bo'lib joningga. Chayib yuzlarini Zarafshoningga Fayzullong qaytmoqda, Fayzullojoning...

Bu she'riy parchada Zarafshon va Fayzullo nomlari metonimiyaga uchragan. Aslida, Zarafshon daryosi va Fayzulla Xo'jayev haqida fikr yuritilgan. Bunda shoir metonimiya usuludan o'rinli foydalangan. Yana bir she'rida:

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

...Ko'z ochganda kezib yetti bahri ummon, Yetti tilda gaplashgan biz tili biyron. Vatanida Tojimahallar tiklar sulton Boburlari, Behzodlari, ilm istang...

Bunda Tojimahal obidasi, Zahiriddin Muhammad Bobur va Kamoliddin Behzod nomlarini umumlashtirish orqali metonimiyadan ustalik bilan foydalanilgan. Keyingi misolga diqqat qaratamiz:

Qalbga taskin so'rasang, Turg'un cholni so'ragin. "Tanovar" ni tinglasang, Sel bo'ladi yuraging...

Hammamizga ma'lumki, "Tanovar" o'zbek milliy mumtoz navolaridan biri bo'lib, eshitganda yuraklarimizda ajoyib hislar tug'yon qiladi. Ushbu to'rtlikda "Tanovar" kuyi deya kengaytirmasdan, qisqagina qilib "Tanovar" deyilgan va metonimiya yuzaga kelgan.

Qatorda yomoning bo'lmay iloyo, Sening nazaringdan qolmay iloyo. Kiyik bolasidek nochor jovdirab To'rt tomon yugurib yelmay iloyo...

Shoir "Qatorda yomoning bo'lmay iloyo" deya el orasida yomon otliq bo'lishdan o'zing asragin demoqchi. Ushbu satrlarda metonimiyadan oqilona foydalanilgan. Zarbingdan qalqisin kulayotganlar, Yumshoq o'rnidan bir turib qo'ysinlar. "O'zbekning ishi" ni o'ylab topganlar O'zbekning mushtini ko'rib qo'ysinlar...

Bu to'rtlik Muhammadqodir she'ridan parcha bo'lib, XX asr o'rtalarida bo'lib o'tgan "O'zbeklar ishi" nomli voqea haqida fikr yuritilgan. Ijodkor "O'zbeklar ishi" voqeasini qisqagina qilib "O'zbekning ishi" deydi. Kulayotganlar deb hokimiyatda turgan "Katta"larni, o'zbekning mushti deb o'zbek xalqini lo'nda tilda yoritib bergan. Samarqandga borsam men agar, Ulug'bekni ko'rmay kelmayman. U qon yig'lab turar har safar Men dardimni kimga aytaman....

"Men dardimni kimga aytaman" she'ridan olingan ushbu to'rtlik juda ham ta'sirli va mazmunga boy. She'rda buyuk munajjim bobomiz Mirzo Ulug'bek hayoti haqida so'z ketadi. Shoir Samarqand shahriga boraman demasdan, qisqagina Samarqand deb qo'ya qoladi. Toki bo'lmasa Mirzo Ulug'bek bobom demasdan, Ulug'bekni ko'rmay

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

qaytmayman deydi. So'zlarni bunday o'z o'rnida qo'llash she'mi yanada chiroyli va jozibador qilib ko'rsatadi. Shoir she'rlarini tahlil qilaversak, uning ich-ichiga kirib boraveramiz. Sher'ni oddiy tilda bunchalar chiroyli qilib yozish har kimning ham ishi emas. Bunday yetuk mahorat uchun shoirga tasannolar aytmay ilojimiz yo'q.

Xulosa o'rnida, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bir guruh yozuvchi, shoir, ziyolilar bilan o'tkazgan uchrashuvida adabiyotga e'tibor qaratilayotgani haqida gapirib, "Adabiyot xalqning yuragi, elning ma'naviyatini ko'rsatadi. Bugungi murakkab zamonda odamlarning qalbiga yo'l topish, ularni ezgu maqsadlarga ilhomlantirishda adabiyotning ta'sirchan kuchidan foydalanish kerak", - degan edilar. Maqsadimiz, Vatanni Muhammad Yusufdek "Iddaolar qilmay" sevishni o'rgatishdan, ona tilimizni Muhammad Yusufdek gard yuqtirmay ardoqlashni o'rganishdan, beqiyos milliy qadriyatlarimizni uningdek anglashni o'rgatishdan iborat bo'lishiga erishmog'imiz lozim.

REFERENCES

1. Э. ^иличев, Б. ^иличев. Узбек тили стилистикаси. Бухоро, 2004 йил.

2. Мухдммад Юсуф. Сайланма. Тошкент, 2004.

3. N. Jiyanova. O'zbek tilining amaliy uslubiyati. Toshkent, 2018-yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.