Научная статья на тему 'MUHAMMAD SOLIH KASHFIY VA TERMIZ ADABIY MUHITI'

MUHAMMAD SOLIH KASHFIY VA TERMIZ ADABIY MUHITI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
82
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kashfiy / adabiy muhit / Termiz / madaniyat / ijtimoiy muhit / qadimgi Termiz / termiziylar / adabiy asarlar. / Discovery / literary environment / Termiz / culture / social environment / ancient Termiz / Termizites / literary works.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Abdullayev, R., Aliyev, Shokir Jo‘Raqulovich

Maqolada Termizning bezavol qal’alari bo‘lgan buyuk namoyandalari haqida so‘z yuritilib, shu bilan birgalikda Termiz madaniy muhiti, tarixi, adabiy muhitining vakillari, turli yunalishlarda ijod qilgan mutafakkirlar hayoti, termizlik va termiziy nisbasi bilan ilmiy-adabiy faoliyat olib borgan zotlar nomi haqida ma’lumot beriladi. Shu bilan birgalikda Termiz tarixi va adabiy muhiti borasida olib borlgan tadqiqotlar sanab o‘tiladi, termiziyshunos olimlarning asarlari qisqacha tahlil etiladi. Jumladan Termiziy nisbasi bilan ijod qilgan, asli Termiz sayyidlaridan bo‘lgan Muhammad Solih Kashfiy Termiziy hayoti va merosi borasida ilmiy mulohazalar yuritiladi. Kashfiy Termiziydek shoir voyaga yetishishida Termiz adabiy muhitining vakillari ta’siri ilmiy asosda ko‘rsatib beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MUHAMMAD SALIH DISCOVERY AND TERMIZ LITERARY ENVIRONMENT

The article talks about the great representatives of Termiz with beautiful castles, along with the cultural environment, history, representatives of the literary environment of Termiz, the lives of thinkers who created in different directions, the names of those who carried out scientific and literary activities with Termizism and Termizism ratio. Along with this, the researches conducted on the history and literary environment of Termiz are listed, and the works of Termizologists are briefly analyzed. In particular, scientific comments are made about the life and legacy of Muhammad Salih Kashfi Termizi, who was originally from the Sayyids of Termizi, who created with the influence of Termizi. The influence of the representatives of Termiz's literary environment on the growth of a poet like Kashfiy Termizi is shown on a scientific basis.

Текст научной работы на тему «MUHAMMAD SOLIH KASHFIY VA TERMIZ ADABIY MUHITI»

MUHAMMAD SOLIH KASHFIY VA TERMIZ ADABIY MUHITI

ABDULLAYEV R.

Termiz davlat universiteti Tojikfilologiyasi va sharq tillari kafedra mudiri- dots.

ALIYEV Shokir Jo'raqulovich

Termiz davlat universiteti ikkinchi bosqich tayanch doktoranti

d

https://doi.org/10.24412/2181-2993-2023-2-52-64

Maqolada Termizning bezavol qal'alari bo'lgan buyuk namoyandalari haqida so'z yuritilib, shu bilan birgalikda Termiz madaniy muhiti, tarixi, adabiy muhitining vakillari, turli yunalishlarda ijod qilgan mutafakkirlar hayoti, termizlik va termiziy nisbasi bilan ilmiy-adabiy faoliyat olib borgan zotlar nomi haqida ma'lumot beriladi.

ANNOTATSIYA Shu bilan birgalikda Termiz tarixi va adabiy muhiti borasida olib borlgan tadqiqotlar sanab o'tiladi, termiziyshunos olimlarning asarlari qisqacha tahlil etiladi. Jumladan Termiziy nisbasi bilan ijod qilgan, asli Termiz sayyidlaridan bo'lgan Muhammad Solih Kashfiy Termiziy hayoti va merosi borasida ilmiy mulohazalar yuritiladi. Kashfiy Termiziydek shoir voyaga yetishishida Termiz adabiy muhitining vakillari ta'siri ilmiy asosda ko'rsatib beriladi.

Kalit so'zlar: Kashfiy, adabiy muhit, Termiz, madaniyat, ijtimoiy muhit, qadimgi Termiz, termiziylar, adabiy asarlar.

The article talks about the great representatives of Termiz with beautiful castles, along with the cultural environment, history, representatives of the literary environment of Termiz, the lives of thinkers who created in different directions, the names of those who carried out scientific and literary activities with Termizism and Termizism ratio. Along with this, the researches conducted on the history and literary environment of Termiz are listed, and the works of Termizologists are briefly analyzed. In particular, scientific comments are made about the life and legacy of Muhammad Salih Kashfi Termizi, who was originally from the Sayyids of Termizi, who created with the influence of Termizi. The influence of the representatives of Termiz's literary environment on the growth of a poet like Kashfiy Termizi is shown on a scientific basis.

ABSTRACT

Key words: Discovery, literary environment, Termiz, culture, social environment, ancient Termiz, Termizites, literary works.

В статье рассказывается о великих представителях Термеза с АННОТАЦИЯ прекрасными замками, наряду с культурной средой, историей, представителями литературной среды Термеза, жизнью

52

14 www.birunijournal .uz

мыслителен, творивших в разных направлениях, именами тех, кто осуществлял научную и литературную деятельность с отношением термизм и термизм. Наряду с этим перечислены исследования, проведенные в области истории и литературной среды Термеза, и кратко проанализированы работы термезологов. В частности, сделаны научные комментарии о жизни и наследии Мухаммада Салиха Кашфи Термизи, который был родом из сайидов Термизи, творивших под влиянием Термизи. На научной основе показано влияние представителей термезской литературной среды на становление такого поэта, как Кашфий Термизи.

Ключевые слова: Открытие, литературная среда, Термез, культура, социальная среда, древний Термез, термизиты, литературные произведения.

KIRISH (Introduction)

Termiz shahri azaldan "madinat ar-rijol" nomi bilan jahonga tanilgan. Bu zaminda ko'plab mutasavvuf ulamolar yetishib chiqqani ilmiy-tarixiy manbalarda keltiriladi. Raziyn Termiziy, Ja'far ibn Aliy Termiziy, Abu Sahl Termiziy, Yusuf Xayyot Termiziy, Hakim Termiziy, Varroq Termiziy, Sayyid Burhonidddin Muhaqqiq Termiziy, So'fi Allohyor, Mavlaviy Jununiy va boshqa tasavvuf ahli ulamolarni misol keltirish mumkin. Sharq olamida e'tirof etilgan zabardast olimlardan Hakim Termiziy o'zining katta boy ilmiy merosi bilan hakimiya tariqatiga asos solgan. Imom Abu Iso Termiziy esa hadis ilmida dunyoning mashhur muhaddislari qatorida joy olgani ham e'tiborga molik. Termiziy va termiziylar deyilganda albatta birinchi ko'z oldimizga Imom Termiziy va Hakim Termiziy kabi buyuk zotlar gavdalanadi. Termiz shahri qadimdan mana shunday buyuk zotlarni tarbiyalashga zamin bo'lganligining ba'zi sabablarini sanab o'tsak to'g'ri bo'ladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Tarixiy kitoblarda keltirilishcha Termiz Sharqdagi shaharlarining qadimiy shaharlaridan biri bo'lgan. Buyuk ipak yo'lining muhim bir tarmog'i ham qadimgi Termiz shahri orqali o'tgan. Qadimdan Parfiya, Sug'diyona, Xorazm, Marg'iyona davlatlari bilan savdo-sotiq aloqalarini yo'lgan qo'ygan. Hidndiston kabi yirik savdo markazi davlatlari bilan keng aloqa o'rnatgan. Miloddan avvalgi III-IV asrlarda odamlar bu yerda yashab kelgan. III-II asrlarga kelib Termiz Baqtriya davlatining siyosiy, iqtisodiy va madaniy jihatidan taraqqiy topgan shaharlaridan biriga aylangan. Kushonlar davlati hukmronligi davrida Termiz shahri obod maskanga aylanib, Shimoliy Baqtiriyaning yirik shaharlari qatoridan joy oladi. Savdo-sotiq va madaniyat markazi bo'lgan Termiz shahri Buyuk ipak yo'liga tutashganligi uchun qadimdan shahar madaniyati kirib keladi. Bu borada "Hududu-l-olam" [8,109]

53

www.birunijournal .uz

asarida Termiz "Jayhun bo'yidagi ko'rkam va obod shahardir. Qal'asi daryo bo'yida, ulkan bozori dunyoga mashhur, Xuttalon va Chag'oniyon ahli shu yerda savdo qiladi"[8,109], - deb yuqori baho bergani fikrimizni dalillaydi.

Demak bundan ma'lum bo'ladiki, Termiz X asrga kelib ko'rkam, obod, bozori dunyoga mashhur shaharga aylanib bo'lgan ekan. Darhaqiqat mana shunday markazlarda boshqa sohalar qatori hunarmandchilik, tijorat va yirik binolar barpo etilishi yo'lga qo'yilgan edi. Qadimgi binolarning qoldiqlari bugungi kunga qadar Eski shahar qismida saqlanib qolganligi ham buning yorqin natijasidir.

Termiz ijtimoiy-iqtisodiy islohotlari qatori siyosiy islohotlarda ham faol bo'lgan. G'aznaviylar, Qoraxoniylar, Qoraxitoiylar Saljuqiylar, Xorazmlar davlatlari tarkibiga kirgan. Qadimgi Termiz shahrining birinchi xarobaga aylanishi mug'ullar bosqini davriga to'g'ri keladi. Termiz mug'ullar isyoniga katta qarshilik ko'rsatgan. Amir Temur davriga kelib Termiz Temuriylar davlati tarkibi kiradi. Amir o'zining oqilona siyosati bilan Termiz shahrini obod qiladi. Jumladan Termiziy sayyidlarga alohida ehtirom ko'rsatadi. 1407 yil Xalil Sulton farmoni bilan daryo sohilidagi Termiz qal'asi qayta tiklandi. Ko'p o'tmay, o'z tangalarini zarb etadigan katta shaharga aylandi[4,6],

Ta'kidlash joizki, Temuriylar davrida ilm-fan adabiyot va san'at boshqa davrlardan ko'ra ancha rivojlanadi, turli sohalarda ko'plab olimlar yetishib chiqadi. Termiz shahri ham Samarqand Buxoro va Nasaf shaharlari kabi obod va qutlug' maskan bo'lib dunyoga taniladi. XIV asrning birinchi yarmidan boshlab tarixiy bitiklar Termizda zarb qilingan tangalarda shahar nomiga uning tavsifini bayon etish maqsadida "Madanat ar-rijol" (Mardlar shahri) qo'shib ishlatila boshlaydi. Ya'ni bu tavsif shuni ko'rsatadiki, xalqi qo'rqmas, jasoratli, donishmand bo'lib dushmandan doimo vatanining himoya qilib kelgan.

Taniqli termiziyshunos olim Mirzo Kenjabek "Buyuk Termiziylar" asarida Termizni quyidagicha tavsiflaydi: "Azim Jayhun sohilidagi ko'hna Termiz xarobalariga nazar tashlasak, qadimiy qal'a devorlarini ham ko'ramiz. Darhaqiqat, inson qo'li bilan bunyod etilgan imorat borki, bezavol qolgan emas. Har qanday qasr, qo'rg'on, saroy, maqbara asta-sekin yemiriladi, cho'kadi, nuraydi, ta'mirga yoki qayta tiklanishga muhtoj bo'ladi. Tarixning beshafqat vayronalik qahqahasi hech bir qal'ani chetlab o'tgan emas... Ammo ulug' tarixiy shaharlarning asl bezavol qal'alari - ulug' siymolar, ular qoldirgan o'lmas ma'naviy meroslar, valiy zotlar, allomalar, nodir shaxsiyatlardir.... Qadimiy Termizning shon-shavkati, e'tibor va sharafi ham mangu Termiziylar bilandir. Termizning abadiy bezavol qal'alari ulug' Termiziylar sanaladi. [3,6],

54

www.birunijournal .uz

Bu kabi ulug' siymolami tarbiya qilgan Termiz madaniy muhiti X va XI asrning o'zida boshqa ilm-fan maktablari qatorida adabiyot va san'atga ham o'zining adabiy maktabi bilan nom qozondi. Jumladan Adib Sobir Termiziy (1078-1147), Farruxiy (1039-vaf), Amir Muizziy (1072-1127), Munjik Termiziy (988-vaf) kabi nomdor shoirlar kuhna Termiz va Chag'oniyon adabiy muhitidan yetishib chiqqani barchamizga sir emas. Bundan tashqari Chag'oniyon adabiy muhitida Abu Ali Husayn ibn Ahmad as-Sallomiy, Abumansur Muhammad ibn Ahmad Daqiqiy, Abulqosim Ali ibn Muhammad Iskofiy, Tohir Chag'oniy singari shoir va yozuvchilar ijod qilgani ham muhim ahamiyatga molik. Chag'oniyon - Amudaryoning yuqori qismida joylashgan hudud nomi bo'lib, uning eng muhim va obod shahri Termiz edi. Shu nuqtai nazardan bir qator termiziy olimlar va shoirlar yetishib chiqishga sabab

Biz e'tiborimizni qaratayotgan mavzu Termiz adabiy muhitining namoyandalari bilan bog'liq. Davr adabiy muhitini o'rganilishida tarixiy-adabiy va ilmiy manbalarning o'rni beqiyos. Bugungi kunga qadar Termiz va Chag'oniyon tarixi, ilmiy-adabiy muhiti va uning namoyandalari borasida bir qancha asarlar yozildi. Haligacha tadqiq etilmagan va o'z tadqiqotchilarini kutayotgan ko'plab dolzarb mavzular bor. Termiz tarixi va madaniy muhiti borasida dastlabki tarixiy va ilmiy ahamiyatga molik tadqiqotlar arab va fors olimlari tomonidan amalga oshirilgan. E'tiborli jihati shundaki bu kabi tadqiqotlar o'rta asrlarda amalga oshirilgan.

Ibn al-Fariqun tomonidan yozilgan "Hududu-l-olam minal-mashriqi ilal-mag'rib" asari boshqa dunyoning mashhur shaharlari qatori Termiz shahri tarixi, madaniy muhiti borasida qimmatli manba sanaladi. Asarda muallif Termizni "ko'rkam va obod shahar" deb ta'riflashi bejiz emas. "Hududu-l-olam" asarida Termiz shahrini quyidagicha tavsiflayd:

(Mazmuni: Termiz chiroyli bir shahar bo'lib, Jayhun daryosi yon atrofida joylashgan, uning bir qal'asi bor, bozori dunyoga mashhur Xatlon va Chag'oniyon ahli shu yerga kelib savdo qiladi).

Ma'lum bo'lishicha Termiz nafaqat madaniyat markazi bo'lgan, balki savdo va tijorat sohasida ham o'z davrining yirik markazlaridan sanalgan.

O'z davrining muhim adabiy va tarixiy manabalaridan biri "Safinai Tirmiz" tazikrasi muhim ahamiyatga ega. Bu asarni VIII hijriy-qamariy asrda Muhammad ibn Yag'mur tomonidan yozilgan. Unda 115 shoir adabiy merosi va hayoti haqida so'z yuritiladi. Kitob Termizda yozilganligi hamda Temiziy namoyandalar hayoti va

bo'ldi.

55

www.birunijournal .uz

merosi joy olganligi sababli "Safina-e Tirmiz" [11,513], nomini oladi. Asarning ahamiyatli jihati shundaki, ko'plab mo'tabar tazkiralarda kelmagan shoirlar hayoti va faoliyati bu kitobda mavjud. Asar 1396/2017 yili eronlik fors olimlari Umid Sururiy va Sayyid Boqir Abtahiy tomonidan tadqiq etilib nashrga tayorlangan.

Yana bir manba - eronlik fors olimi Mehdiy Bayoniy tomonidan 6 - jildlik nashrga tayyorlangan "Ahvol va osori xo'shnavison" [6,885], asari 1345/1966 yili Tehronda nashr etilgan. Asarning qimmatli jihati shundan iborat, ki muallif turli fan sohasida o'z zamonasida xizmat qilgan namoyandalar hayoti va faoliyatini misol keltiradi, qisqacha tarjimai holi bilan o'quvchini tanishtiradi. Boburiylar hukmronligi davrida termiziy sayyidlardan Kashfiy Termiziy, Sayid Nizomiddin Muhammad Ma'sum Termiziy, Fathiy Termizy, Sayid Ali Termiziy kabi zotlarning ota-bobolari Hindiston va Pokiston o'lkalariga ko'chib borishganini ishora qilib o'tadi.

Termiz adabiy muhiti va namoyanadalar hayotini o'rganishda muhim manbalardan biri mashhur fors olimi Ahmad Gulchin Ma'oniyning "Korvon-hind" 6,885], asarini zikr etmasdan iloji yo'q. Chunki asarda Akbarshoh saroyida ijod qilgan termiziyning yirik vakillari bor. Unda mashhur Xattot Judoiy Termiziy Mir Mansur Musavvir Termiziy, Sayyid Hoshim Termiziy kabi namoyandalar zikr etilgani diqqatga sazovor.

Qozi G'avsuddin Mustamand G'uriy tomonidan yozilgan "Torixi muxtasari G'o'r" asarida termizlik shoirlardan Vazir Termiziy hayoti va faoliyatiga alohida to'xtalib o'tadi. Vazir Abu Bakr Termiziyni Muhammad Avfii Buxoroiy "Lubobu-l-al-bob" asarida devoni sohibi bo'lganligi ta'kidlaydi. Bu kishi 586/1190 yillari atrofida hayot bo'lib, o'z devonini tartib bergan. [10,156].

Muhammad Hodi Rizoqulixon Hidoyatning "Riyozu-l-orifin" asari ham Termiz adabiy muhitini o'rganishda muhim manbalardan sanaladi. Tazkirada boshqa adabiy muhit vakillari bilan birgalikda Termizda ijod qilgan yoki asli termizlik bo'lgan ba'zi namoyandalar zikri keladi. Asarda termizlik tasavvuf namoyandalari Hakim Termiziy, Varroq Termiziy va shoirlardan Fathiy Termiziy hayoti va ijodidan namuna keltiradi. Adolat va donishmandlikda Fathiy Termiziyni o'z zamonasining peshvolaridan bo'lganligini, irfoniy ma'nolarga boy she'rlar yozilganini ta'kidlab o'tadi. U kishidan muallif ikki ruboiy misol kelitiradi:

56

www.birunijournal .uz

Mazmuni: Ilohiy muhabbat - ishq yo'lida taslim bo'lishlik haqiqiy hayotni topish bilan barobar. Latif ma'shuqni - Alloh taoloni qalbingdan riyosiz, sof ixlos bilan topishing mumkin. Agar sen haqiqiy muhabbatga vosil bo'moqchi bo'lsang, bu jismingni fano et. Bu fano qilishlik Uni topishga vasila bo'ladi.

O'z davrining salmoqli asarlaridan biri Shamsiddin Aflokiyning "Manoqibu-l-orifin" [9,168], asarida Jaloliddin Rumiyning mashhur ustozlaridan biri asli termizlik mutasavvuf olim va mufassir Sayyid Burhoniddin Muhaqqiq Termiziy hayoti faoliyati, Termiz madaniy va ilmiy muhiti haqida so'z yuritiladi.

Bularga qo'shimcha tarzda Xoja Abdulloh Ansorinyning "Tabaqotu-s-sufiya" asarini, Hujviriyning "Kashfu-l-mahjub" asarini, Sayyid Nizomiddin Sayyid Mir Safoiy Termiziyning "Torixi Ma'sumiy" asarini, Abdulhamid Eroniyning "Paydoishi xat va xattoton" asarini, Fariduddin Attorning "Tazkiratu-l-avliyo" asarini, Abdurrahmon Jomiyning "Nafahotu-l-uns" asarini, Davlatshoh Samrqandiyning "Tazkiratu-sh-shuaro", Husaynqulxon Azimobodiyning "Nashtari ishq", Xoja Hasan Nisoriyning "Muzakkiru-l-ahbob", asarlarini ham misol keltirish mumkin.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Termiz ilmiy-adabiy muhiti arablar fathidan keyin ilm-fan taraqqiyoti borasida jahonga o'rnak bo'lgan darajada rivojlandi. She'riyat rivojlanishidan oldin islomiy ilmlar ancha rivojlanib o'lgurgan edi. Termiz tarixi, madaniyati, namoyandalarininig ilmiy-ma'naviy merosi borasida xorijlik tadqiqotchilarning ilmiy tadqiqot ishlari tahsinga sazovor. Marokashlik arab olimi Xolid Zahriy ..., germaniyalik nemis olimi Berndt Rudolf Radtkning "Badv ush-sha'n" va "Siyrat ul-avliyo" asarlarini ingliz tilidagi tarjimasi va sharhi, "Siyrat ul-avliyo"ning B.Radtk tomonidan nashrga tayyorlangan tanqidiy matni (asliyatda, arab tilida) esa 1992 yil Bayrutda chop etilgani e'tiborga molik ishlardandir.

Mahalliy olimlarmiz tomonidan bugungi kunga qadar Termiz tarixi va ilmiy-adabiy muhiti vakillari borasida bir qancha ishlar amalga oshirilgan. Bu boradagi eng muhim izlanishlarni Sayyid Mahmud Taroziy, Abdulg'ani Abdullo, U. Uvatov, I. Usmonov, J. Hamroqulov, A. Abdullayev, J. Cho'tmatov, S. Tursunov, J. Mirzayev, S Azimov, B. Murtazoyev, R. Xoliqova, Q .Jo'rayev, J .Esanov, M. Ismoilov va boshqalar tomonidan bu hududdan yetishib chiqqan termiziy namoyandalar borasida ilmiy izlanishlar olib borilgan.

Termiziy namoyandalar va ularning bebeaho merosi haqida M. Kenjabekning "Termiz tazkira"si kitobi[3,528], diqqatga sazovor.

Yosh olimlardan J. Cho'tmatovning "Termizning bezavol qal'alari yoxud Termiz tarixi" [5,352], monografiyasida ilk bor arab va fors tilidagi asosiy manbalar asosida Termiziy namoyandalar haqida muhim ma'lumotlarni yaxlit tarzda

57

www.birunijournal .uz

umumlashtirib muhim tahlil va xuloslar bilan xalqga taqdim etdi. Termizlik shoirlar hayoti va adabiy maktabining yuzaga kelshi borasida adabiyotshunos olimlardan Taniqli adabiyotshunos olim, A. Abdulloyev tomonidan tayyorlanib, Eronning "Al -Huda" xalqaro nashriyotida bosilib chiqqan "Devon"i Adib Sobir Termiziy diqqatga sazovordir.

Taniqli adabiyotshunos olim Ramazon Abdullayev "Hayot va e^odiyoti Amirush-shuaro Muizzfl" va Munjik Termiziyning "Devoni ash'ori parokanda" [1,327], kabi ilmiy tadqiqot ishlari Termiz adabiy maktabining o'ziga xos xususiyatlarini yoritib berishga keng xizmat qiladi. Adabiyotshunosning ushbu tadqiqotlarida Chag'oniyon va Termiz adabiy muhitida yetishib chiqqan Amir Muizziy va Munjik Termiziy borasida so'z yurtilib monografik tarzda tadqiqot olib boradi. Eng muhimi birinchi marta Munjik Termiziy "Devoni"ni fors tilidan krill alifbosiga tabdil qilib, muqaddima, tahqiq va izohlar bilan to'ldirilgan holda keng kitobxon ommasiga taqdim etadi.

Termiz adabiy maktabi va uning vakillari hayoti va ilmiy merosini o'rganishda eronlik adabiyotshunos olimlari boshqa olimlardan ko'ra ishlar anchagina. Ehson Shavorib Muqaddam[14,93], Abbos Iqbolning "Devoni Amirush-shuaro Muizzfl" asarlarini tahqiq etib, Termiz Movarounnahrning ilm beshigi va olimlar yurti bo'lganini e'tirof etishadi.

Mutasavvif shoirlardan Mavlaviy Jununiy o'zining "Ma'danu-l-hol" asarida Hakim Termiziy va Varroq Termiziy kabi buyuk zotlarni bu zaminda voyaga yetib, davrining mashhur mashoyixi bo'lganini tavsiflab quyidagi baytlarni yozadi:

Azize bud, xo^a Bulhakim nom,

Payopay nysh kardfl, w'ai nom.

Binyshfl bodahoi ^omi labrez,

Muqimi shar'i din dar shahri Tirmiz [16,868].

(Mazmuni: Ilohiy sharobdan (ma 'rifat) doimo mast bo 'lgan Xoja Abulhakim degan bir aziz zot bor edi. Termiz shahrida Islom shariatiga sobitqadam zotlardan edi, uni ko 'rsang ilohiy sharobni simirib ichgandek bo 'lasan).

Yuqorida zikr qilingan asarlar, termizlik namoyandalarning merosi va ilmiy tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki Termizda qadimdan ilmiy adabiy maktab bo'lgan. Ilmiy maktab bo'lganligining yana bir isboti termiziyshunos olimlardan Mirzo Kenjabek va Jo'rabek Cho'tmatovlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda ularning ro'yxati yuzdan ortiq ekanligini ko'rishimiz mumkin. Ushbu vakillarning nomu nasabidan ma'lumki, aksari termizlik bo'lgan yoki Termizda ma'lum muddat ilmiy -adabiy faoliyat yuritgan. Quyida keladigan termiziy vakillar nomining ro'yxati bilan tanishamiz:

58

www.birunijournal .uz

Abu Abdurahmon Xolid ibn Ziyod ibn Jarv (yoki: Jurv) Azdiy Termiziy, Abdulaziz ibn Xolid ibn Ziyod Termiziy, Abu Ishoq Ibrohim ibn Abdulaziz ibn Xolid ibn Ziyod ibn Jarv Termiziy, Ismoil ibn Ziyod Termiziy, Abu Muhammad Hajjoj ibn Muhammad A'var Missiysiy Termiziy, Ahmad ibn Hajjoj Termiziy, Sufyon ibn Omir Termiziy, Muhammad ibn Ali ibn Ismoil ibn Sahl ibn Dallo Termiziy, Abulhasan Ali ibn Hakam ibn Zibyon Ansoriy Marvaziy Muazzin, G'olib ibn Hilol Termiziy, Abu Bishr Bakr ibn Bishr Termiziy, Ali ibn Ishoq Abulhasan, Bani Sulaymning mavlosi Marviy (=Marvaziy), Abu Bakr Muhammad ibn Sa'id Termiziy, Qosim ibn Muhammad Termiziy, Abu Ja'far Muhammad ibn Sa'iyd Termiziy, Solih ibn Muhammad ibn Sa'iyd Termiziy, Abu Abdulloh Solih ibn Abdulloh ibn Zakvon Bohiliy Termiziy, Abulhasan Ahmad ibn Hasan ibn Junaydib Termiziy, Abu Ismoil Muhammad ibn Ismoil ibn Yusuf Sulamiy Termiziy, Abu Ishoq Ibrohim ibn Abu Lays Nasr Termiziy, Ali ibn Sa'iyd Termiziy, Najiyd Termiziy, Bihar Termiziy, Muhammad ibn Hasan ibn Xolid Termiziy, Abu Ja'far Muhammad ibn Ahmad ibn Nasr Termiziy, Abu Amr Hafs ibn Amr ibn Ishoq Shayboniy Termiziy, Abu Abdurahmon Muhammad ibn Ahmad ibn Hasan ibn Madduvayh Qurashiy Termiziy, Abu Abdulloh Muhammad ibn Abbos ibn Muhammad Termiziy, Abu Dovud yoki Abu Mu'oz Jorud ibn Mu'oz Sulamiy Termiziy, Abu Amr Muhammad ibn Jorud ibn Mu'oz Termiziy, Maktum ibn Abbos Abulfazl Marvaziy Termiziy, Abu Imron Muso ibn Hizom Termiziy, Abu Abdulloh Huraym ibn Mis'ar Azdiy Termiziy, Abu Abdulloh Termiziy, Abu Ali Husayn ibn Muhammad Mezoniy Termiziy, Ahmad ibn Yusuf Termiziy, Ahmad ibn Mansur Termiziy, Abu Iso Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Muso ibn Zahhok Sulamiy Termiziy, Abu Zarr Muhammad ibn Ibrohim Termiziy, Muhammad ibn Xiyv ibn Homid ibn Dilluvayh Termiziy, Ali ibn Hasan ibn Bishr ibn Horun Termiziy, Ibrohim ibn Ali ibn Hasan Termiziy, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali ibn Hasan ibn Bishr Hakim Termiziy, Solih ibn Muhammad ibn Ali ibn Hasan Termiziy, Abu Bakr Muhammad ibn Abdurahmon (yoki: Abdurahim) Termiziy Muqri', Burhoniddin Muhammad ibn Muhammad Zayniy Husayniy, Solih ibn Sa'iyd Termiziy, Abulhasan Muhammad ibn Hasan ibn Ali ibn Sa'iyd Termiziy, Muhammad ibn Ali ibn Sa'iyd Termiziy, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn Sufyon Bazzor Termiziy, Ahmad ibn Nasr Termiziy, Abu Sufyon Muhammad ibn Ibrohim ibn Hafs Termiziy, Muhammad ibn Hotim ibn Yusuf ibn Hudayr Termiziy, Abu Umar Muhammad ibn Umar ibn Horis Termiziy, Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Homid ibn Muhammad ibn Ismoil ibn Xolid Termiziy, Ahmad ibn Muhammad ibn Isom Termiziy, Abu Ali Muhammad ibn Daysam Termiziy Daqqoq, Muhammad ibn Sayyor ibn Nasr Termiziy, Abu Ali Husayn ibn Muhammad ibn Ahmad Termiziy, Abu Usmon Sa'iyd ibn Xolid ibn Muhammad ibn Maxlad ibn

59

www.birunijournal .uz

Xolid Termiziy, Abu Muhammad Solih ibn Muhammad ibn Nasr ibn Muhammad ibn Iso ibn Muso ibn Abdulloh Termiziy, Abu Muhammad Solih ibn Muhammad ibn Dovud Termiziy Obid, Muhammad ibn Makkiy Termiziy, Solih ibn Muhammad Termiziy, Abu Abdulloh Muhammad ibn Solih ibn Sahl Termiziy, Muhammad ibn Solih ibn Yahyo Termiziy, Abu Sahl Muhammad ibn Muhammad ibn Hasan Termiziy, "Ibn Termiziy" nomi bilan tanilgan Umar ibn Muhammad ibn Abdulloh ibn Hotim Abulqosim Bazzor, Solih ibn Muhammad ibn Rumayh Termiziy, Sahl ibn Abbos Termiziy, Quraysh ibn Marzuq Termiziy, Sahl ibn Mattavayh Termiziy, Ahmad ibn Shaddod Termiziy, Abu Zarr Muhammad ibn Ahmad ibn Shaddod Termiziy, Muhammad ibn Jayhon Termiziy, Qosim ibn Abbod ibn Muhammad Termiziy, Abu Horun Muhammad ibn Nu'aym Termiziy, Abulhasan Ali Termiziy, Homid ibn Abdulloh Termiziy, Muhammad ibn Yusuf Termiziy, Yusuf ibn Ya'qub Termiziy, Ahmad ibn Ya'qub Termiziy, Abu Zarr Ahmad ibn Abdulloh ibn Molik ibn Ismoil Termiziy Andarobiy, Muhammad ibn Ya'qub Termiziy, Hasan ibn Muhammad Termiziy, Abu Ya'qub Ishoq ibn Ibrohim ibn Jabala Bojavayh Termiziy, Abu Sa'id Haysam ibn Kulayb ibn Shurayh ibn Ma'qil Shoshiy Binkatiy, Abu Ya'lo Hasan ibn Ismoil Termiziy, Jay'una ibn Muhammad Termiziy, Abu Samiyr Termiziy, Abulfazl Muhammad ibn Ahmad ibn Yahyo Termiziy, Abulfazl Muhammad ibn Amr ibn Mihron Xatib Termiziy, Muhammad ibn Muhammad Termiziy, Abu Bakr Ahmad ibn Ruh Termiziy, Abu Bakr Ahmad ibn Najm Termiziy, Abulmuzaffar Ahmad ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Habbol ibn Matt Termiziy, Sa'iyd ibn Abu Shayba Termiziy, Ibrohim ibn Ahmad ibn Sahl Termiziy, Hofiz Abulhasan Ali ibn Ishoq ibn Ahmad ibn Muhammad ibn Rayhon Termiziy, Shayx Muhammad ibn Ali ibn Muhammad Termiziy, Abu Muhammad Termiziy, Abu Ibrohim Termiziy, Abu Rizo Muvaffaq ibn Mansur ibn Ahmad ibn Abdulaziz ibn Ahmad Suhayliy, Abu Muhammad Abduljalil ibn Ahmad ibn Ali Termiziy, Abu Ali Hasan ibn Umar Termiziy, Abu Bakr Ahmad ibn Ali Varroq Termiziy, Bahouddin Termiziy, Abulabbos Ahmad Termiziy, Umar Termiziy, Shayx Nosiriddin Ahmad Termiziy, Husayn ibn Mu'iyniddin Mubiydiy Termiziy, Mushkinqalam Vasfiy, Nosiriddin Termiziy, Ja'far ibn Yahyo Termiziy, Nasr ibn Muhallab Sarminjoniy, Abu Muhammad Abdulvohid ibn Muhammad ibn Molik Termiziy, Nasravayh Xatib Sarminjiniy, Abu Nasr Ahmad ibn Ahyad Shayshaqiy, Abulhusayn Muhammad ibn Ishoq Karobiysiy Ruxshabuziy, Abulhasan Ali ibn Raziyn Termiziy yoki Haraviy, Abu Sahl Termiziy, Ja'far ibn Ali Termiziy, Abu Bakr Muhammad ibn Umar Hakim Varroq Termiziy Balxiy, Abu Bakr Muhammad ibn Homid ibn Muhammad ibn Ismoil ibn Xolid Termiziy, Abulmuzaffar Habbol ibn Ahmad Termiziy, Yusuf

60

www.birunijournal .uz

Xayyot Termiziy, Sayyid Burhonuddin Muhaqqiq Termiziy kabi Termiziylar bevosita Termiz ilmiy-adabiy muhiti bilan aloqasi bo'lgan namoyandalardir.

Tadqiqotchi olim va mohir tarjimon Mirzo Kenjabek tomonidan "Termiz tazkirasi" asarida asli Termizlik, yoki Termizda ijod qilgan 93 nafar olimlar, shoirlar, muhaddislar, mufassirlar, mutakallimlar va mutasavvuf zotlarni sanab o'tadi. Tazkiraning yettinchi bobini muallif "Shoir va adib Termiziylar hamda Chag'oniylar" nomi ostida Adib Sobir Termiziy, Munjik Termiziy, Mavlono Qudsiy Termiziy, Qatron ibn Mansur Termiziy, Abdulloh Termiziy, Muhammad Solih Termiziy, Abu Abdulloh Muhammad Fozil Sayyid at-Termiziy, Xonzoda Ali Termiziy, Abul-Hasan Ali al-Lahhom al-Harroniy, Abu Muhammad Hasan al-Matroniy, Javhariy Zargar Termiziy, Jamoluddin Abu Bakr Xol at-Termiziy, Mir Muhammad Taqi Termiziy, Tohir ibn Fazl Chag'oniy Makkaniy. Abul-Muzaffar Ahmad Chag'oniy, Burqa'iy Chag'oniy, Tahoriy, Ma'rufiy, Abul-Husayn Muhammad ibn Muhammad al-Murodiy Buxoriy, Daqiqiy, Bade'iy Balxiy, Farruxiy, Maseho Boysuniy, So'fiy Hisoriy, Muhammad Yusuf Ma'yusiy Xondizagiy tarjimai holi haqida ma'lumot berib o'tadi. Bu kitob boshqa o'zbek tilidagi tazkiralardan farqli o'laroq Muhammad Solih Kashfiy Termiziy haqida birinchi marta qisqacha ma'lumot berilgani bilan e'tiborlidir. Muallif asarda "Muhammad Solih Termiziy mohir xattotlardan bo'lib, Kashfiy taxallusi bilan she'rlar yozgan..." ligini ta'kidlab Hindistonda Boburiylar saroyida alohida hurmat ehtiromga sazovor bo'lganligini zikr etadi.

"Termizlik olimlar asarlarining jahon fondlaridagi qo'lyozmalari" [17,200], nomli katalogi asarida Termizlik mutafakkirlar va shoirlarning dunyo kutubxonalarida saqlanib kelayotgan minglab qo'lyozma nusxalari haqida ma'lumot beruvchi muhim manbalardan sanaladi. Ushbu kitobda tadqiqotimizning asosiy mavzusi bo'lgan Kashfiy Termiziy adabiy merosi borasida so'z yuritilgani diqqatga sazovor.

Termiziylarning ilmiy tafakkuri asarida Termiziy adabiy va ilmiy muhiti qadimdan rivojlangani, bu yerdan dunyoga tonga taratgan muhaddislar, mufassirlar, faqihlar, mashoyixlar, yetuk ulamolar, xattotlar va shoirlar yetishib chiqqanini alohida ta'kidlab o'tiladi. Asarning yettinchi bobi "Termiziylar" nomi bilan boshlanib Kushon Baqtiriyasidan yetishib chiqqan buddaviylik ta'limoti namoyandasi Gxoshaka boshlanib Xoja Hasan at-Termiziy bilan to'gaydi. Adabiyotshunos olim B. Murtazoyev 111 ta ko'pchilikka tanish bo'lmagan Termiziylar ro'yxatini tuzgani ilmiy etiborga molikdir. Muhammad Solih bin Amir Abdulloh Husayniy Termizy -Mir Abdullohning fazandi haqida qisqacha ma'lumot berib o'tilgan. [5,281]

Tadqiqotchi olim "Termizning bezavol qal'alari yoxud Termiz tarixi" asarida 130 Termiziy namoyandalar hayoti va faoliyati haqida ma'lumot berib o'tgan.

61

www.birunijournal .uz

Kashfiy Termiziy hayoti va faoliyati bo'yichi ushbu kitobda ma'lumot uchramaydi, biroq otasi Mushkinqalam Vasfiy Termiziy haqida quyidagi ma'lumotlarni keltiriladi: "Sayyid Abdulloh ibn Dehlaviy. Termiz sayyidlaridan. U Ne'matulloh Valiyning nevaralaridan. Laqabi "Mushkinqalam" taxallusi "Vasfiy" bo'lib 1625 yilda vafot etgan. Uning fors tilidagi she'riy devoni bor..."

Termiz adabiy muhiti borasida ko'plab ilmiy tadqiqot ishlar amalga oshirilganiga qaramay bugungi kunga qadar Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi xodimlari tomonidan Termizdan yetishib chiqqan Termiziylar hayoti faoliyati borasida ham keng samarali ishlar amalga oshirilmoqda. 2021 yil Markaz jamosi ilmiy xodimlari tomonidan "Buyuk Termiziylar" rukni ostida 10 ta Termiziy olimlaru shoirlar hayotiga daxldor xalqchil risolalar nashrdan chiqdi.

XULOSA (Conclusion)

Termiz adabiy maktabining eng yetuk namoyandalari Adib Sobir Termiziy bilan Munjik Termiziydir. Bu ikki zotning izdoshlari Abu Sayid Termiziy, Abu Bakr Umar at-Termiziy, Adib Ismoil Termiziy (Adib Sobir Termiziyning otasi), Qatron ibn Mansur Ajaliy Termiziy, Ali ibn Adib Sobir ibn Adib Ismoil Termiziy — Adib Sobirning farzandi, Jamoliddin Abu Bakr Xol at-Termiziy, Najibuddin Abu Bakr at-Termiziy al-Xattot, Anboriy Termiziy, Hakim Jalol Termiziy, Sirojiy Termiziy, Fathiy Termiziy, Javhariy Termiziy, Muhammad ibn Mo'min at-Termiziy, Saxboni Soniy Ali Xakim Termiziy, Amir Sayyid Ali Akbar Termiziy, Amir Sayyid Abdulloh Termiziy, Mir Abdullox; Termiziy, Muhammad Solih bin Amir Abdullo Husayniy Termiziy, Mir Muxammadmumin al-Husayniy al-Arshiy ibn Mir Abdulloh Mushkinqalam Termiziy, Mir Musavvir Termiziy, Mir Sayid Ali Termiziy, Xoja Samandar Termiziy, Mavlono Qudsiy Termiziy Majzub, Xonzoda Ali Termiziy, Abu Abdullo Muhammadfozil binni Sayyid at-Termiziy al-Akbarobodiy, Mir Muxammad Ma'sum bin Sayyid Safoy Husayniy at-Termiziy Bakariy, Mir Muhammad Taqiy Termiziy, Abu Sayyid Termiziy, Muhammad ibn Ahmad Termiziy kabi zotlar yashab o'tgani yoki Termiziy nisbasi bilan Afg'oniston, Eron, Pokiston va Hindistonga borib ijod qilgan. Mana shu dalillar Termiz adabiy maktabining rivojlangani qolaversa dunyo adabiyotiga ta'sir ko'rsatganidan dalolat beradi. Shuning uchun Kashfiy Termiziy kabi yetuk shoir, mohir xattot va olimni Termiz o'lkasi yetishtirib har tomonlama tarbiyalashga qodir edi. Albata bir olim, yoki bir shoir yetishib chiqish uchun ushbu zaminda shunday muhit bo'lish shart. Har bir natijaning boshi bo'lgani kabi Kashfiy Termiziydek yuzlab Termiziy va Chag'oniylar yetishib chiqishiga bosh sabab ma'naviy muhit va uning namoyandalari roli katta.

Kashfiy Termiziy o'z devonida garchi Termiz adabiy muhitiga ishora qilmagan bo'lsa, ona yurti mehri, adabiy vakillarining ta'siri, ustozlari manoqibi, vatanga

62

www.birunijournal .uz

bo'lgan alohida ehtiromi va shu kabi holatlami tilga oladi. Biroq shoir ona vatanidan uzoqda yashaganini ham she'rlarining ba'zi o'rinlarida zikr etib, o'zini "murg'i az chaman judo" (chamandan ayrilgan qush" deb biladi:

Mazmuni: Ey Kashfiy chamandagi barcha qushlar o'z maskanidan ayrilgan, ey Robbim, bu ayriliqning yo'zi jahonda qora bo'lsin.

Baytning siyoqida "murg'oni chaman", "ro'i siyah" kabi iboralar borki, Kashfiyning bevosita g'ariblikda hayot kechirgani va o'z yurtini sog'inganidan tilga ko'chgan.

REFERENCES

1. Abdullayev R. Hayot va e^odiyoti Amiru-sh-shuaro Muizzfl. - Dushanbe: .... - S. 15-30.; Mun^ik Tirmizn. Devoni ash'ori parokanda/Tahiyakunandai chop, muallif peshguftor va tavzehoti doxili matn: R. Abdullayev. - Toshkent: Yangi nashr, 2016.

2. Jamahmatov K. Adib Sobir Termiziy. - Toshkent: Shamsuddin Boboxonov, 2021. - S. 14.

3. Mirzo Kenjabek. Termiz tazkirasi. - Toshkent: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2017. - B. 6.

4. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi, 8-jild. - T., 2004. 387-388-betlar.

5. Cho'tmatov J. Termizning bezavol qal'alari yoxud Termiz tarixi. -Toshkent: Yangi nashr, 2017. - 352 b.

6. .885 - .1369 jli^i ^IjlAül ;jlJ^J - .^iA .^jt**

^j^jJ AJ AiLk ü^^. ylcjx AAA 1 lj ü'3^- AJ^ ^jj AJ ^j b

S. 3-27.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

63

www.birunijournal .uz

333 — .1345 :jlj$j — .jl^j j^i j Jlj^.1 ^^

15. Mavlavfl ^ununa. Kulliyoti Ma'danu-l-hol. - Dushanbe: Safvat, 2009. - S. 868.

16. Cho'tmatov J. va boshq. Termizlik allomalar asarlarining qo'lyozmalari katalogi. - Toshkent: Munis design group, 2015. - 220 b.

64

www.birunijournal .uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.