Научная статья на тему 'MUHAMMAD SODIQ QOSHG’ARIYNING PEDAGOGIK QARASHLARI'

MUHAMMAD SODIQ QOSHG’ARIYNING PEDAGOGIK QARASHLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
828
37
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
tarbiya / pedagogika / tarixiy pedagogika / “Odob as-solihin” / Beruniy / Farobiy / “Mashoixi tariqat qoddasa-l-lohu taolo arvahahum suhbatlarining odob zohirlari bayoni “ “Odob ma’naviy bayoni ” / “Ahli suhbatga lozim nimarsalar bayoni” / “Ba’zi atvor va axvol zikri”

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Mayram Bekpo’lat Qizi Bekmamatova

Ushbu maqolada tarixan shakllanib kelgan pedagogika, Mahmud Qoshg’ariyning pedagogik qarashlari yoritib beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUHAMMAD SODIQ QOSHG’ARIYNING PEDAGOGIK QARASHLARI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

MUHAMMAD SODIQ QOSHG'ARIYNING PEDAGOGIK QARASHLARI

Mayram Bekpo'lat qizi Bekmamatova

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi

ANAOTATSIYA

Ushbu maqolada tarixan shakllanib kelgan pedagogika, Mahmud Qoshg'ariyning pedagogik qarashlari yoritib beriladi.

Tayanch so'zlar: tarbiya, pedagogika, tarixiy pedagogika, "Odob as-solihin", Beruniy, Farobiy, "Mashoixi tariqat qoddasa-l-lohu taolo arvahahum suhbatlarining odob zohirlari bayoni " "Odob ma'naviy bayoni ", "Ahli suhbatga lozim nimarsalar bayoni", "Ba'zi atvor va axvol zikri"

Jamiyat, undagi odamlar hayoti, turmush tarzi bularning hammasi tarbiyaga bog'liq bo'lib inson tarbiyani atrofdagilardan va yana juda katta qismini maktabdan oladi. Bugungi rivojlangan XXI asrda maktabga bormaydigan bolalar dunyo miqyosida juda kamchilikni tashkil etadi, shunday ekan ertangi kelajagimiz bugungi pedagogikamizning tarbiya qilayotgan"mahsulot" lariga bog'liq. Pedagogika tarixi uzoq o'tmishga borib taqaladi. Xususan, Sharq uyg'onish davridagi pedagogik qarashlardan quyida bir nechtasi bilan tanishib chiqamiz Abu Nasr Farobiy birinchilardan bo'lib ta'lim va tarbiyaga ta'rif bergan olimdir: Ta'lim - so'z va o'rganish amalaga oshiriladi. Tarbiya- esa amaliyot, ish-tajriba bilan amalga oshiriladi.

Abu Rayhon Beruniyning ilmiy bilimni egallash yo'llari, usullari haqidagi fikrlari hozirgi davr uchun ham juda dolzarb va ahamiyatli:

❖ O'quvchilarni zeriktirmaslik

❖ Bilim berishda bir xil narsani yoki bir xil fanni o'rgatavermaslik

❖ Uzviylik va izchillik

❖ Yangi mavzularni qiziqarli, asosan, ko'rgazma;li bayon qilish va hokozolarga e'tibor berish kerak ekanligini uqtiradi.

Shuningdek, Mahmud Qoshg'ariyning juda ko'plab ma'lumotlarni o'zida jamlagan "Devoni lug'atit turk" asarida pedagogik qarashlar maqollar asosida berilgan.

"Odamning olasi ichida- yilqiniki tashqida"

"Ho'kizning ortin oyog'i bo'lguncha buzoqning boshi bo'lgan yaxshiroq"

"Tirishqoqning labi yog'liq, erinchoqning boshi qoblik"

"Ko'kka suzssa yuzga tushun"

"Erdamizsizdan qurt chertilur"

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

Bundan tashqari Mahmud Qoshg'ariyning "Odob as-solihiyn" asari kundalik turmush tarzimizda har kuni har daqiqada bilish zarur bo'lgan turmush odobiga oid xulq-odob qoidalarining majmuidir. Asar turkiy tilda yozilgan bo'lib, amuqaddima, asosiy bob va xotimadan iborat.

Asarning muqaddimasida maqsadi sifatida insonga yaxshi xulq egallashi zarurligi ta'kidlaanadi va u odob qoidalarini egallab olmasa va yaxshi xulq bilan odobli va toza bo'lmasa, nafaqat o'ziga, balki butun dunyoga yomonlik tarqatadi, deydi va quyidagi masnaviyni keltiradi:

Adabsiz na o'zi uchun yomonlik qiladi, Balki butun dunyoga o't qo'yadi.

"Osob as-solihiyn" asarida bayon etilgan botiiny va zohiriiy qoidalar:

1. Salomlashish va ruxsat so'rash odobi

2. Muloqot odobi

3. Uxlash va yo'l yurish odobi

4. Suhbatlashish odobi

5. Er-xotin odobi

6. Tozalik qoidalari

7. Mehmon kutish odobi

8. Ziyofat va ovqatlanish odobi

9. Safar qoidalari

Asarning uchinchi bobi bevosta pedagogika bilan bog'liq bo'lib bu bob "Ahli suhbatning odobi va sharoiti bayonida" deb nomlanadi, quyidagi fasllardan iborat: "Mashoixi tariqat qoddasa-l-lohu taolo arvahahum suhbatlarining odob zohirlari bayoni " "Odob ma'naviy bayoni ", "Ahli suhbatga lozim nimarsalar bayoni" hamda "Ba'zi atvor va axvol zikri"

Mazkur bobda pir va murshid odoblariga alohida e'tibor bilan yondashilganini asardagi emg ko'p qoida yoritilgan bob ekanligidan ham anglash mumkin.

"Mashoixi tariqat qoddasa-l-lohu taolo arvahahum suhbatlarining odob zohirlari bayoni "fasida ham murid shayxning suhbatida o'zini qanday tutishi kerakligi shayxga xizmatida amal qilishi lozim bo'lgan qoidalar keltirilgan. "Yo'l yurmoqning odoblari" faslining "Uyidin bir ishga yuzlanib chiqorda bu duoni o'qig'ay "Bismillahi tavakkaltu 'alalloh va la havla va la quvvata illa billah" qoidasi Abu Hurayradan rivoyat qilingan hadisda quyidagicha keltiriladi: "Nabiy (s.a.v.) uylaridan chiqaetganlarida:

"Bismillah, Allohning o'ziga tavakkul qildim, Allohdan boshqada kuch va quvvat yo'q", - der edilar"94 Yo'lda yurganda: - "Ikki oeg'iga kavsh kiygay e ikkalasi yalang bo'lg'ay, be uzr bir kavsh, bir mahsi e bir muza birla yurmagayki, bu hislatlar makruhdur" qoidasi Abu Hurayra (r.a.)ning birortangiz bir poy oeq kiyimda yurmang,

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

ikkalasini kiying eki ikkalasini yechib yuring mazmunidagi hadisda ifodalangan. "Sunan Termiziy"ning sharhi Tuhfatul Ahfaziyda Oisha (r.a.)dan rivoyat qilingan hadisda "Nabiy (s.a.v.)ning ba'zan bir poy oeq kiymda yurganlar", deyilgan. Mazkur hadisning sharhida aytilishicha, bu hadisdagi holat zarurat yuzasidan eki Payg'ambarning qaytariqlari xarom darajasida emasligiga ishoratdir" deyiladi

"Ahli suhbatga lozim nimarsalar baeni" faslidagi "Majlisda ikki kishini o'rtasig'a berizo borib o'lturmag'ay" qoida Abdulloh ibn Amrdan rivoyat qilingan: "Nabiy s.a.v.: "Hech kimga ikki kishining orasini ajratish halol emas. Illo, ikkisining izni ila", -dedilar"97 mazmunidagi hadis asosida belgilangan.

Majlisda kimdir aksirsa "Atsadan so'ng hamd etgayki "Alhamdulillahi Robbil olamin" deb. Afzal uldurki "Alhamdulillahi ala kuli hol" degay." Va "Atsani hamdini eshitguchi kishi "yarhamukumulloh" e "yarhamukalloh" degay" qoidasiga Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisga muvofiqdir. Unda aytilishicha: "Kim aksa ursa, "Alhamdulillahi Robbil olamin" desin. Buni eshitganlar "Yarhamukalloh" desinlar. Aksa urgan kishi buning javobiga "Yag'firullohu li va lakum (Alloh meni ham, sizlarni ham mag'firat qilsin)" deyilgan. Muhammad Sodiq Qoshg'ariyning "Odob as-solihin" asari matnida odoblarni baen etishda Hoja Ahrorning so'zlari keltirilganligi, "Mashoyixii tariqat suhbatlarining odobi zohirlar baeni" bobidagi odoblarini aynan Naqshbandiylik tariqati doirasidagi axloq-odob qoidalardir.

Asarda oilaning mustahkamligini ta'minlashda er va xotinning bir- birini tushunib, hamjihatlikda ish ko'rishiga bog'liqligi aniq baen etilgan. Oilaning ravnaqi, tinch totuv bo'lishida erkak kishining mas'uliyati, odobi haqida alohida to'xtalingan, shu bilan bir qatorda xotin kishining axloqiga ham e'tibor berilgan.

Qoshg'ariyning axloqshunoslikka oid asari Sharq, xususan, musulmon dunesida o'chmas iz qoldirdi. Qoshg'ariy asarlarida o'z aksini topgan axloqqa oid fikrdan zamonaviy axloqshunoslik nazariyasi asoslarini yanada mustahkamlashda samarali foydalanish, bugungi kunda mamlakatimizda har tomonlama barkamol avlodni shakllantirishga qaratilgan islohotlarning pirovard maqsadga to'liq mos keladi. Zero, qadimdan dolzarb hisoblangan komil insonni tarbiyalash masalasi Qoshg'ariy ijodida muhim o'rin egallagan. Alloma komillikka erishish yo'llarini inson ongi va aqli erdamida egallab bo'ladigan bilimlar tizimi sifatida talqin etdi.

"Odob as-solihin"da aks etgan axloq-odobga oid qoidalar bugungi kunda ham muhimdir. Chunonchi, axloq inson ma'naviyatining eng qadimiy elementlaridan biridir. Axloq, axloqiy normalarning paydo bo'lishi asta sekin shakllanib, taraqqiy etishi insonda insoniylikning shakllanishi uchun zamin yaratadi. Alohida olingan kishi faoliyatini, jamoa, jamiyat manfaatlarini tan olishga, unga bo'ysindirishga bo'lgan ijtimoiy ehtiej tufayli vujudga kelgan axloq ijtimoiy munosabatlarida nisbiy

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

barqarorlikni ta'minlashga xizmat qiladi. Hozirda ham mavjud axloqiy normalarning o'zlashtirilishi inson ijtimoiylashuvining muhim belgisi hisoblanadi.

REFERENCES

1. M.Qurbonov.Ijtimoiy pedagogika.-Toshkent, 2003,41-b

2. J.Hasanboyev.Pedagogika ,-"Noshir" Toshkent,2011,130-b

3. B.X. Xodjayev. Umumiy pedagogika nazaryasi va amalyoti. Toshkent,2017

4. I.Inoyatov, A.Musulmonov ,I.Ro'ziyeva , X. Usmonboyeva.Toshkent, 2016

5. Khaydarov, S. A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. In Conference Proceedings (pp. 41-43).

6. Davrenov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA XVI-XVIII ASRLARDA YAPONIYA DAVLATI TARIXINI AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

7. Narmatov, D., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA ISPANIYA XV-XVII ASRLARDAGI TARIXI. Scientific progress, 1(6).

8. Elguzarov, B. B. O. G. L., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA MITANNI DAVLATCHILIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6), 616-619.

9. Erkinov, A. S. O., & Haydarov, S. (2021). YUNON-BAQTRYA PODSHOLIGINING IJTIMOYI TUZIMI, XO'JALIGI VA MADANIYATI. Scientific progress, 1(6), 620-622.

10. Nematov, M. D. O., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI ORGANISHDA SHUMER-AKKAD DAVLATCHILIGINING ORNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

11. Ermatov, F., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA 1870-1914 YILLARDA ANGLIYANING O'RGANILISHI. Scientific progress, 1(6).

12. Do'Stmurodov, S., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA XVI-XVIII ASRLARDA HINDISTONNI O'RGANISH. Scientific progress, 1(6).

13. Mengboyev, S. N., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA URARTU PODISHOLIGINING O'RNI. Scientific progress, 1(6).

14. Asqarov, N. S. O., & Haydarov, S. (2021). ARAB XALIFALIGINING POYTAXTI BAG'DODNING TANAZZULGA YUZ TUTISHI. Scientific progress, 1(6).

15. Ro'Zmetov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA SOSONIYLAR DAVLATINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

16. Tulaboyev, D., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA MESOPATAMIYANING TARIXI VA DINI: O'RNI HAMDA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

17. Хдйдаров, С.А., (2022). Захриддин Мухдммад Бобур: бир кулда муйкалам-у, бир кулда тож. Scientific progress, 3(3).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.