Научная статья на тему 'IMOM AL-BUXORIYNING PEDAGOGIK G`OYALARI'

IMOM AL-BUXORIYNING PEDAGOGIK G`OYALARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
10310
745
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Pedagogika / pedagogik g’oya / tarbiya / barkamol avlod / hadis / sahih / nosahih / farzand tarbiyasi / ta’lim.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Dilshoda Ulkannazarova

Biz ushbu maqolada Imom al-Buxoriyning pedagogik qarashlari va g’oyalari, uning bugungi kun uchun ahamiyati haqida fikr yuritamiz. Pedagogika tarixi fanidaallomalarimizning pedagogik g’oyalarining o’rnini yoritib beramiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IMOM AL-BUXORIYNING PEDAGOGIK G`OYALARI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

IMOM AL-BUXORIYNING PEDAGOGIK GOYALARI

Dilshoda Ulkannazarova

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat Ozbek tili va adabiyoti universiteti 3-kurs

talabasi

ANNOTATSIYA

Biz ushbu maqolada Imom al-Buxoriyning pedagogik qarashlari va g'oyalari, uning bugungi kun uchun ahamiyati haqida fikr yuritamiz. Pedagogika tarixi fanidaallomalarimizning pedagogik g'oyalarining o'rnini yoritib beramiz.

Kalit so'z. Pedagogika, pedagogik g'oya, tarbiya, barkamol avlod, hadis, sahih, nosahih, farzand tarbiyasi, ta'lim.

Insoniyat madaniyati xazinasida shunday noyob kimsalar, nodir siymolar borki,hamma zamin-u zamonlarda barcha avlodlar ulardan o zlari uchun ham ruhiy, ham ma'naviy ozuqa oladilar. ularning yogMularidan muttasil istifoda etib yuradilar. Shun day olamshumul siymolar qatoridan sharafli o'rin olgan yurtdoshimiz Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriydir.

Imom Buxoriy Makka, Madina, Damashq, Qaysariya, Xoms, Bag'dod, Kufa, Vosit, Balx, Nishopur, Asqalon, Marv kabi shaharlarda bir necha yil yashab, hadislar to'plash, yozish va ko'plab toliblarga ilm o'rgatish bilan shug'ullanadi. Yigirma yoshidan boshlab kitob ta'lif eta boshladi. Ul zot qalamiga mansub bo'lgan «Al-Jome' as-Saxix», «Al-alab al-mufrad». <<At-tarix al-kabir.. .At-tarix-us-sag'ir», «Al-Qiroatu xalfa-l-imom .Raful-yadayni fi-s-saloti kabi asarlar hozirda respublikamiz kitob xazinalarida saqlanmoqda. Imom Buxoriy Nishopurdan asl vatani - Buxoroga qayt gach, birmuncha vaqt tolibi ilmlarga hadis ilmidan dars berdi.

Imom Buxoriy Qur'oni Karimdan keyingi ikkinchi diniy manba deb e'tirof etilgan «Al-Jome' as-Sahih kitobidan keyin yaratgan «Al-adab al-mufrad» («Adab durdonalari) asarida axloqiy qadriyatlarni bayon etadi.

Imom Buxoriy ushbu asarida axloq, odob haqida so'z yuritar ekan, odamlarni ota-onaga hurmatda bo'lishga, onani e'zozlashga, mehr-oqibatli, pok va iymonli bo'lishga da'vat etadi, yaxshilik qilish insonning muqaddas burchi ekanini ta'kidlaydi. <<Al-adab al-mufrad asarida shunday rivoyat qilinadi. Odam uchun eng og'ir gunoh, bu Allohga shirk keltirish, farzandning ota-onaga oq bo'lishidir. Imom Buxoriy bu haqda shunday rivoyat qiladi: «Xalifa Abu Bakr Siddiq aytadilar: «Rasululloh sahobalardan: «Men sizlarga gunohlarning eng kattasini aytib beraymi?» - deb uch marta so'radilar. Ular: «Ey Rasululloh, aytib bering, - deyishdi. Shunda Rasululloh:

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

«U - Allohga shirk keltirish va ota-onaga oq bo'lish , - deb javob berdilar.

Imom Buxoriy bolalarning solih-qobil bo'lishlari Alloh taoloning tavfiqi bilan bo'lishini, ammo ularga odob-axloq o'rgatish otalarning vazifasi ekanligini ta'kidlaydi. Buxoriy qarindosh-urug'larga yaxshilik qilishni, ularga nisbatan rahm-shafqatli bo'lish va ular bilan muttasil bordi-keldi qilib turishni ta'kidlaydi. «Anas ibn Moliq (rozi yalloxu anxu) aytadilar: <<Rizqi keng va farovon bo'lishini va hayoti uzoqqa borishini yaxshi ko'radigan kishi qarindoshlari bilan o'zini uzmasin, dedilar. Imom Buxoriy rahm-shafqat xususida qilgan nasihatlarida, ayniqsa, bemorlar holidan xabar olishni, yetim bolalarga otasidek marhamatli bo'lishni. har bir O'z bolasiga qanday bo'lsa, qo'lidagi yetimga ham shunday qarash kerakligini uqtiradi. Mutafakkirning ta' kidlashicha, musulmon kishi o'z birodari bilan uch kundan ortiq arazlab, gina saqlab, gaplashmay va so'rashmay yurishi durust emasdur. Ulardan qay biri birinchi bo'lib salomlashsa, o'shanisi yaxshiroqdir. Ulug' mutafakkir mehr-shafqat haqidagi qarashlarida olamlarni ahillikka, o'zaro hurmat-ehtiromda bo'lishga undab, kimki Allohga va oxiratga iymoni bo'lsa, u zinhor qo'shnisiga ozor bermasligi, Allohga va oxiratga ishonchi bo'lsa, mehmonning hurmatini o'rniga qo'yishi, Allohga va oxirat kuniga ishonsa,faqat yaxshi gaplardan gapirib yoxud sukut saqlashi lozimligini aytadi.

Shuningdek, Imom Buxoriy kimki farovon hayot kechirib, yaxshi nom qoldiray desa, qarindosh-urug'lariga siylayi rahm qilishi, ularning hol-ahvollaridan xabardor bo'lib yurishi zarurligini ta'kidlaydi. Imom Buxoriy odamlarga til bilan, qo'l bilan ozor bermaslikni yuksak amal hisoblaydi. Ulug' olimning ta'kidlashicha, har bir odam komil inson bo'lish uchun o'zi yaxshi ko'radigan narsasini o'zgalarga ham ravo ko'radigan, go'zal axloqli bo'lishi kerak.

A'robiylar: <<E Rasulullox! Insonlarga berilgan fazilatlarning eng yaxshisi nima?» - deb so'rashadi. Rasululloh: <<Insonlarga berilgan fazilatning eng yaxshisi yaxshi axloqdir. - dedilar.

Imom Buxoriy xayoli bo'lishni juda ulug'laydi. Hayoni iymon belgisi deb biladi. Bu xususda shunday rivoyat keltiradi: <<Rasululloh o'z birodariga sharmu hayodan pand-u nasihat qilayotgan bir ansoriyning yonidan o'ta turib: «Hayo ham iymon belgilaridandur», - deb uning gapiga qo' shimcha qildilar.

Ulug' olim odamlarni to'gri so'zli bo'lishga, va'daga vafo qilishga da'vat etib, munofiq kishining uchta belgisi bo'lishligini ko'rsatib, ularga yolg'on gapirishdan, va'daga vafo qilmaslikdan va omonatga xiyonat qilishdan iboratligini aytadi. Imom Buxoriy musulmon kishini xaqorat qilishni gunoh, u bilan urishishni kofirlik deb biladi. Va yana shu fikrni davom ettirib, insonning kuch-qudrati jismonan paxlavonligida emas, balki jaxli chiqqan vaqtda o'zini tiya olishida deb hisoblaydi. U bu haqda shunday rivoyat qiladi: «Rasululloh sahobalaridan: «Sizlar paxlavon deb kimni

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

xisoblaysizlar? - deb so'radilar. Ular: «Kurashda xech kimdan yiqilmaydigan kishini biz paxlavon deb bilamiz», deyishadi. Rasululloh: «Unday emas, Paxlavon deb jahli chiqqan vaqtda o'z nafsiga ega bo'la oladigan kishini aytiladi», dedilar». Imom Buxoriyning fikricha, har bir odam birodaridagi biror kamchilikni tuzatishga harakat qilmog'i lozim. Shu ma' noda ular bir-birlari uchun ko'zgudirlar. Bu haqda asarda shunday rivoyat bayon etilgan: <<Abu Xurayra aytadilar: «Har bir mo'min banda o'z birodarining ko'zgusidir. U birodarida bir aybni ko'rsa, o'zida bo'lgan shunday aybni tuzatishga harakat qilishi kerak... Yana Rasululloh: «Har bir mo'min birodarining ko'zgusi, har bir mo'min ikkinchi mo'minning birodari - akasi yo ukasidir, uni zoye bo'lishdan saqlaydi va uni muhofaza qilib yuradi»,- dedilar. Imom Buxoriyning ta'lim-tarbiya xususidagi ta'limotida axloqiy qarashlar muhim o'rinda turadi. Uning uqtirishicha, baland tovush bilan o'rinsiz ko'p kulish boshqalar diliga ozor beruvchi xislat. Bu fikr quyidagi rivoyatda ta'kidlanadi: <<Abu Xurayra aytadilar: <<Rasululloh: «Tovush chiqarib kulishni kam qil. Chunki ko'p kulish dilni halok (vayron) qiladi, -deydilar.

Imom Buxoriy xalqqa yoqimli, doimo extiromli, uning muhabbatiga sazovor bo'lishni go'zal axloqlilik deb biladi. Bu haqda olim shunday rivoyat qiladi: «Muxammad ibn Abdullox ibn Amr ibn al-Os (raziyalloxu anxu) Rasulullohdan eshitdilar. Rasulullox: «Qiyomat kuni menga eng yaqin bo'luvchilaringiz kimligini aytib beraymi?» - deb so'raganlarida, sahoblar jim turishdi. Rasululloh, bu savollarini ikki yo uch marotaba qaytarganlaridan keyin, ular: <<E Rasululloh! Aytib bering!», -deyishdi. Rasululloh: <<Ular axloqda (xalqqa) yoqimliroq bo'lganlaringizdir», dedilar.

Buyuk olimning ta'kidlashicha, inson uchun eng katta boylik qalb saxovatidir. Bu haqdagi fikrni olim quyidagi rivoyatda ifodalaydi: «Abu Hurayra Rasulullohdan rivoyat qildilar: •Boylik molning ko'pligi bilan emas, balki (chin) boylik - nafsning boyligidir.?- dedilar.

Ulug' mutafakkir oilaviy muhitning barqaror, tinch, oila a'zolarining sog' -salomat, to'q bo'lishini istaydi. Shunday bo'lgan oila baxtiyordir.

Al-Buxoriyning zehni juda o'tkir bo'lgan. Uning yozishicha 100 ming saxix va 200 ming g'ayri saxix hadisni yod bilgan. U 1080 ta muhaddisdan hadis eshitgan, undan esa 90 ming qishi ishonarli hadislarni eshitgan.

Hadislarda ta'lim - tarbiya, odob - axloq haqidagi fikrlar juda ko'plab uchraydi. Arablar bosib olganidan keyin Movarounnahrda ham arablardagi kabi machitlar barpo etildi, machitlar huzurida esa maktablar ochildi. Bu maktablarda o'g'il bolalarga Qur'oni Karimni o'qishni o'rgatishga farmon berildi. Machit imomi bolalarni o'qitardi. maktablarda arab tili muhim fan sifatida o'qitilgan. Ma'lumotlarga ko'ra O'zbekiston hududida ham VIII-IX asrlardan boshlab maktab va madrasalar paydo

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

bo'la borgan. Bu yerda beriladigan ta'limning manbai Qur'on asoslari, hadislar va ulamolarning kitoblari hisoblangan. Ta'lim va tarbiyada haqiqiy insoniy hislatlar targ'ib qilingan. Farzandlarning halol, pok, mehnatsevar, kattalarga hurmat ruhida tarbiyalashga e'tibor berilgan, shu bilan birga dunyoviy bilimlar, hisob, adabiyot, tarix, geografiy ilmlari ham o'rgatilgan.

Mana o'n ikki asrdirki, "Al-jome as-sahih" asari millionlab insonlar qalbini iymon nuri bilan munavvar etib, haq va ezgulik yo'liga chorlab ketmoqda. Yaratganga shukrlar bo'lsinki, ozodligimiz sharofati bilan al-Buxoriydek ulug' ajdodlarimiz el-yurti bag'riga qaytmoqda. Allomaning o'lmas merosi har bir yurtdoshimiz xonadoniga kirib, ong-u tafakkurimizni ravshan etmoqda, qalbimizni iymon nuri va mehr-oqibat tuyg'ulari bilan musaffo etmoqda.

REFERENCES

1. A.Zununov. Pedagogika tarixi.Toshkent- 2004

2. M. Qurbonov. Ijtimoiy pedagigika. - Toshkent,2003,41-b.

3. J.Hasanboyev. Pedagogika, -" Noshir" Toshkent,2011, 130-b.

4. B.X.Xodjayev. Umumiy pedagogika nazaryasi va amaliyoti. Toshkent, 2017.

5. Khaydarov, S. A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. In Conference Proceedings (pp. 41-43).

6. Davrenov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA XVI-XVIII ASRLARDA YAPONIYA DAVLATI TARIXINI AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

7. Narmatov, D., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA ISPANIYA XV-XVIIASRLARDAGI TARIXI. Scientific progress, 1(6).

8. Elguzarov, B. B. O. G. L., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA MITANNI DAVLATCHILIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6), 616-619.

9. Erkinov, A. S. O., & Haydarov, S. (2021). YUNON-BAQTRYA PODSHOLIGINING IJTIMOYI TUZIMI, XO'JALIGI VA MADANIYATI. Scientific progress, 1(6), 620-622.

10. Nematov, M. D. O., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI ORGANISHDA SHUMER-AKKAD DAVLATCHILIGINING ORNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

11. Ermatov, F., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA 1870-1914 YILLARDA ANGLIYANING O'RGANILISHI. Scientific progress, 1(6).

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

12. Do'Stmurodov, S., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA XVI-XVIII ASRLARDA HINDISTONNI O'RGANISH. Scientific progress, 7(6).

13. Mengboyev, S. N., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA URARTU PODISHOLIGINING O'RNI. Scientific progress, 1(6).

14. Asqarov, N. S. O., & Haydarov, S. (2021). ARAB XALIFALIGINING POYTAXTI BAG'DODNING TANAZZULGA YUZ TUTISHI. Scientific progress, 1(6).

15. Ro'Zmetov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA SOSONIYLAR DAVLATINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

16. Tulaboyev, D., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA MESOPATAMIYANING TARIXI VA DINI: O'RNI HAMDA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

17. Хдйдаров, С.А., (2022). Захриддин Мухаммад Бобур: бир кулда муйкалам-у, бир кулда тож. Scientific progress, 3(3).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.