Научная статья на тему 'MTTDA SAHNALASHTIRISH FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNINGNING AXLOQIY-ESTETIK SIFATLARI'

MTTDA SAHNALASHTIRISH FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNINGNING AXLOQIY-ESTETIK SIFATLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
18
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ijodiy tarbiya / ijodiy faoliyat / axloqiy-estetik sifatlar / sahnalashtirilgan o’yinlar / badiiy asarlar / tasavvur / sahnaviy asarlar. / creative education / creative activity / moral and aesthetic qualities / staged games / works of art / imagination / stage works.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Eshova D.Sh.

Ushbu maqolada maktabgacha taʼlim tashkilotlarida maktabgacha yoshdagi bolalarning ijodiy faoliyatini shakllantirishning axloqiyestetik sifatlarini tashkil etish masalalalari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ETHICAL AND AESTHETIC QUALITIES OF THE ORGANIZATION OF STAGE ACTIVITIES MTT

This article examines the issues of organizing the moral and aesthetic qualities of creative activity of preschool children in preschool educational organizations.

Текст научной работы на тему «MTTDA SAHNALASHTIRISH FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNINGNING AXLOQIY-ESTETIK SIFATLARI»

Eshova D.Sh.

BuxDPIMaktabgacha ta'lim kafedrasi katta o'qituvchisi

MTTDA SAHNALASHTIRISH FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNINGNING AXLOQIY-ESTETIK SIFATLARI

Annotatsiya. Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlarida maktabgacha yoshdagi bolalarning ijodiy faoliyatini shakllantirishning axloqiy-estetik sifatlarini tashkil etish masalalalari yoritilgan.

Tayanch iboralar: ijodiy tarbiya, ijodiy faoliyat, axloqiy-estetik sifatlar, sahnalashtirilgan o'yinlar, badiiy asarlar, tasavvur, sahnaviy asarlar.

Eshova D.Sh.

BukhSPI Preschool Education senior lecturer of the department

ETHICAL AND AESTHETIC QUALITIES OF THE ORGANIZATION

OF STAGE ACTIVITIES MTT

Аnnotation. This article examines the issues of organizing the moral and aesthetic qualities of creative activity of preschool children in preschool educational organizations.

Key words: creative education, creative activity, moral and aesthetic qualities, staged games, works of art, imagination, stage works.

Bugungi kunda soha mutaxassislari tarbiyachi pedagoglaming ilmiy pedagogik va psixologik tayyorgarliklari, yangi innovatsion faoliyat yurita olishlari juda katta ehtimoliy zaruriyatga aylanib bormoqda. Shunday ekan, maktabgacha ta'lim tizimi tarbiyachi - pedagoglarning zamonaviy kadrlarni ijtimoiy jamiyatga mos ravishda yetkazib berishda oliy ta'lim muassasalarining pedagogik ma'suliyati har qachongidan ham murakkablashib boraveradi.

Bo'lajak pedagoglar yosh avlodni chin dildan mehr-muhabbat bilan seva olishi, uning kelajagiga ishonch bilan qaray olishi, eng avvalo, birinchi navbatdagi vazifadir. Undagi professionallik va vatanparvarlik tuyg'ulari kasbiy-shaxsiy faoliyatlarida tarkib toptirilishi zarur. Pedagog-tarbiyachilar doimo intellektual jihatidan tarbiyalanuvchilarning talab va qiziqishlariga o'z vaqtida javob beradigan, ularning psixologik va fiziologik jarayonlarini iqtidori bilan aniq tahlil qila oladigan, muayyan tashxislaydigan mutaxassis darajasiga ega bo'lmog'i lozim. Ayniqsa, bolalarning ijodiy dunyoqarashini anglaydigan, bilim va mustaqil faoliyatida o'zining intuitsiyasi, yuksak optimal darajasi bilan hal eta olishi darkor.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida sahnalashtirish faoliyatining ahamiyati katta. Sahnalashtirish faoliyati jarayonida bolaga ijodiy tarbiya, ijodiy faoliyat va bu faoliyatlarni o'yin jarayonida tashkil etish shakllantiriladi. Ijodiy malakalarni

shakllantiruvchi omillar, ish jarayonini loyihalash, innovatsion texnologiya usullaridan foydalanish, ijodiy natijalarini namoyish etish va baholash bolalarni ijodiy faoliyatga o'rgatuvchi ish turlari o'z o'ziga xizmat, maishiy xo'jalik ishlari, tabiatda ishlash, qo'l ijodiyoti, o'quv ijodiyoti kabi masalalarni qamrab oladi.

Maktabgacha katta yoshdagi bolalarni axloqiy-estetik tarbiyalashda sahnalashtirish faoliyatidan samarali foydalanish - bolalarning iqtidori, ob'ektiv borliq haqidagi tasavvuri, dunyoqarashini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitni yaratishi bilan yanada ahamiyatlidir.

Axloqiy-estetik sifatlar bolalarda go'zallik haqidagi bilimlar, hayot voqeligi, buyumlar, ularning rang-barangligi, turlarini, o'zini tuta bilishni, muloqotga kirishuvchanlik, yaxshi-yomonni farqlash, o'z-o'ziga baho berish kabilarni tarbiyalash masalasini o'z ichiga oladi

Sahnalashtirish o'yinlari, bu bolalarning mustaqil ijodiy o'yin turi bo'lib, unda badiiy asar va hikoyalar bolalar tomonidan rollarga bo'lib ijro etiladi. Bu o'yinlar bolalarda iroda, intizom va o'z xatti-harakatlarini boshqara olish, boshqalarning harakatlari bilan hisoblashish kabi ijobiy ma'naviy xislatlarni shakllantiradi.

Sahnalashtirish o'yinlarida bolalar o'yin jarayoniga kirib boradilar, voqea va ertak qahramonlarining ichki hayotiga bevosita aloqador bo'lgan qahramonlik, jasurlik, mehribonlik, jonbozlik, jonkuyarlik kabi ijobiy fazilatlarni o'zlarida yaqqol namoyon qiladilar. Bu jarayonda bolalarning nutq faolligi, lug'at boyligi, dunyoqarashi kengayib boradi.

Sahnalashtirish uchun badiiy asar, ertaklar tanlash katta yoshdagilardan bolalarning yosh xususiyatlari, qiziqishlari, istaklarini hisobga olishni talab etadi.

Adabiy asarlarni tanlashda quyidagi talablar qo'yiladi:

a) Mazmunining g'oyaviy-ma'naviy barkamolligi.

b) Badiiy jihatdan mazmundorligi.

c) Asardagi qatnashchi va rollarning soni (qancha ko'p bo'lsa, asar shuncha ahamiyatlidir).

g) Mazmuni yaxshi bo'lishi bilan birga, unda harakat turlarining ham ko'p

bo'lishi.

d) Ifodali o'qishga mos bo'lishi.

e) Mazmuni qiziqarli, hayot bilan bog'langan bo'lmo g'i zarur.

Bolalar xalq ertaklarini sahnalashtirishni yaxshi ko'radilar. Masalan, «Sholg'om», «Zumrad va Qimmat», «Bo'g'irsoq» va boshqalar. Bolalar boshqa xalq ertaklarini ham turli usullarda (qo'g'irchoq, soya, stol teatri orqali) sahnalashtirishga ehtiyoj sezadilar. Badiiy asarni eslab qolishlari uchun uni qayta o'qib berish, sahnada ko'rsatish, rasmlar namoyish etish, didaktik o'yinlardan foydalaniladi.

Sahnalashtirish o'yinlari qiziqarli o'tishi va uzoq vaqt davom etishi uchun kerakli jihozlar tayyorlanishi va unga to'g'ri rahbarlik qilinishi lozim. Kattalar o'yin rejissyori rolini amalga oshira borib, bolalarning xatti-harakatlari, qobiliyatlari, intilishlarini hisobga olib boradilar. O'yinda faol ishtirok etgan

bolalarni alohida rag'batlantirilib, kelgusida qaysi asarlarni sahnalashtirish kerakligini aniqlaydilar. Nashriyotlarda bolalarbop badiiy asarlarni, sahnalashtirish uchun xalq ertaklariga siluetlar, teatr-kitoblar, panorama-kitoblar kabi turli ko'rinishdagi ko'rgazmali qo'llanmalarni chop ettirishda katta ahamiyat berilmoqda.

Sahnalashtirilgan o'yinlar ijodiy o'yinlar sarasiga kiradi. Unga ijodiy o'yinning quyidagi asosiy: niyatning mavjudligi, roli va mavjud harakatlar, hayol qilingan vaziyatning va boshqa elementlarning uyg'unligi, bolalarning mustaqillik va o'z-o'zini uyushtira olish jihatlari xos. Sahnalashtirilgan o'yin badiiy asar asosida ko'riladi: o'yin syujeti, rollar, qahramonlarning xatti-harakatlari, ularning nutqi asar matniga ko'ra belgilanadi.

Sahnalashtirilgan o'yin bolalarning eshitgan asar yoki ertagidan olgan tasavvurlarini mustaqil ifodalash hamda mashq qilish imkonini beradi. Bu o'yinlar bolalarda iroda, intizom, o'z harakatlarini boshqalarning harakatiga muvofiq amalga oshirish kabi sifatlarni tarbiyalashda samarali vosita hisoblanadi. Sahnalashtirish bolalarni qayta so'zlashga o'rgatish usullaridan biridir. Ba'zi bir bolalarda badiiy asardan olingan parchani qayta so'zlab berishga xohish ham qiziqish ham bo'lmaydi, ammo unga o'yin usuli kiritilishi bilan bola asardagi rolga kirib, o'sha asar mazmunini juda yaxshi aytib berishga harakat qiladi.

Bolalar biror ertak yoki hikoya syujeti asosida ma'lum bir rolni bajarishiga, o'yin jarayonidagi personajlarning aytadigan so'zlarining yod olinishiga asoslangan bo'lib, bolalarda iroda, intizom, o'z harakatlarini boshqalarning harakatiga muvofiq amalga oshirish kabi sifatlarni tarbiyalashda samarali vosita sanaladi. Ertak va hikoyalarni bolalar ko'pincha o'zlarining ijodiy rolli o'yinlarida sahnalashtiradilar, bu o'yinlarda tulki, sichqon, xo'roz, quyon kabi personajlarni o'yinlarda aks ettiradilar. Yozuvchilarning badiiy asarlarini ham bolalar sevib sahnalashtiradilar. Bolalar bilan suhbatlasha turib, tarbiyachi hikoya yoki ertak qahramonlarining o'ziga xos xususiyatlarini aniqlashga harakat qiladi. Har xil she'r, ertak qahramonlarining o'ziga xos xususiyatlari mana shunday o'rganiladi.

Guruhda shu yoshli bolalarga xos bo'lgan ertaklar, hikoyalar ularga tanish bo'lib qolgandan keyingina sahnalashtirish boshlanadi. "Oltin tarvuz", "Bo'g'irsoq", "Zumrad va Qimmat" kabi ertaklar sahnalashtiriladi. Tayyorlov guruhida bu ish davom ettiriladi. Sahnalashtirish uchun ertaklargina olinmasdan, badiiy asarlar, xususan, she'rlar ham olinadi. Masalan, tarbiyachi o'rta guruh uchun asosan harakatni aks ettiruvchi asarlar tanlaydi, katta guruh bolalari uchun esa asar qahramonlarining ancha murakkab munosabatlari, ularning kechinmalari, qayg'ulari aks ettirilgan asarlar tanlanadi. Tarbiyachi bajarilgan ishning hisobini olib boradi. Bolalarga qaysi asar yoqqanini, ular ko'proq qanday asarni sahnalashtirishni yoqtirishlarini, qaysi bola topshirilgan rolni yaxshi ijro eta olganini, rollarni ijro etishda bolalarda qanday qiyinchiliklar vujudga kelganini yozib boradi. Mana shu asosda bo'lg'usi sahnalashtiriladigan o'yinlar jonlantiriladi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarni yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda sahnaga tayyorlash, oddiydan murakkabga qarab yo'naltirib, ularning axloqiy-estetik tarbiyalash asosiy maqsad qilib qo'yilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Эшова, Дилбар Шоназарова, and Шахло Хусеновна Ибрагимова. "Методология внедрения инновационной педагогической технологии в систему дошкольного обучения." Проблемы педагогики 1 (46) (2020).

2. Эшова Д. Ш. Методы развития творческих способностей у детей дошкольного возраста //Academy. - 2020. - №. 12 (63).

3. Эшова Д. Ш. Обучение дошкольников восприятию и пониманию окружающего их мира //Вестник магистратуры. - 2019. - №. 11-2. - С. 78.

4. Sodiqova Sh.A. Maktabgacha pedagogika. T.: Tafakkur bo'stoni 2013 y. -293 b.

5. Asqarova D.Q. Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o'rgatish.(o'quv qo'llanma). Namangan, 2018y. -92b.

6. Teshabayeva Z.S. Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o'rgatish.(o'quv qo'llanma). Toshkent, 2020y. -114b.

7. N.Kayumova. Maktabgacha pedagogika. T.: TDPU 2019.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.