YneHHH XXI BeKa • 2022 • № 4 (85)
BOLALAR OYINLARIDA TASVIRLASH VOSITALARI
X.S. Muhammadiyeva1, M.T. Raxmonova2
Maqolada bolalar o'yinlarida tasvirlash vositalari haqida ma'lumot berilgan.
Kalit so'zlar: o'yin, tarbiyachi, o'yinchoq, sahnalashtirilgan o'yin, ijodiy o'yin, badiiy asar, rolli o'yin.
Bolalarning o'ynashlari uchun ma'lum vositalar kerak. Rolli o'yinlarda bolalar har xil vositalardan foydalanadilar, ulardan asosiylari quyidagilar: bolalarning o'z harakatlari; o'yinchoq va boshqa materiallar; so'z. Bolalarning asosiy tasvirlovchi vositalari o'zlarining harakatidir, Masalan, bola ikki oyogMda sakrab quyonchaga taqlid qiladi. Ikki qo'lini qimirlatib, pishillab parovoz bo'ladi va h.k. Bolalarning ko'p harakatlari qurish, yasash bilan bog'liq bo'ladi, ular soatlab parovoz, paroxod, elektrovoz quradilar, ularni o'ziga o'xshatishga urinadilar. Ko'pincha qurish o'yinning boshlanishi bo'lib xizmat qiladi. Taqlid vositasiga o'yinchoq ham kiradi. O'yinchoq bola harakatini to'ldiradi, o'ylagan obrazi va fikrini amalga oshirishga yordam beradi. Kiyimlar va ularning qismlari ham bolaning olgan rolini yaxshiroq bajarishga va uni yanada aniqroq ijro etishga imkon tug'diradi. Bolalar o'yin jarayonida ba'zi bir narsalarni xohlagan narsalari nomi bilan atab ham xuddi o'sha xohlagan narsalarini faraz qilib juda yaxshi o'ynaydilar, masalan, taomni "konfet", qumni "shakar" stulni "mashina" deb atashlari mumkin.
So'z yordamida bolalar qanday o'yin o'ynashlarini kelishib oladilar. So'z yordamida bir-biri bilan muomalada bo'lib, o'z fikrlarini izhor etishadi. So'z har xil taassurotlarni ifodalash imkonini beradi. Bolalar hamma vositalardan ko'pincha bir vaqtda foydalanadilar. Aks ettiruvchi vosita qanchalik ko'p bo'lsa, o'yin mazmuni shunchalik boyroq bo'ladi hamda tevarak-atrofdagi voqealardan taassurot shunchalik tolaroq aks ettiriladi.
O'yin mazmunining rivojlanib borishi bilan murakkab jarayon bolgan bolalar jamoasi ham shakllana boshlaydi. O'yin bolalarning mustaqil faoliyati bo'lgani uchun uning syujetini bolalar o'zlari o'ylab topishadi va o'zlari tashkil etishadi. O'yinda bolalar o'zlarining kichkina jamiyatning a'zosi deb hisoblashadi, o'zaro kelishib harakat qilishga o'rganishadi. Ijtimoiy tarbiya olayotgan sharoitda har bir bola o'ynayotgan bolalar jamoasiga kira olishi, u yerda o'z o'rnini topa olishi va shu jamoada o'rnashib olishi lozim.
Tarbiyachi ilk yoshli bolalarda ularning narsalar bilan o'ynay olishi, diqqatini shunga to'play olish qobiliyatini tarkib toptiradi. Bu boshqa bolalar bilan yonma-yon tinch o'ynay olish malakasining shakllanishiga yordam beradi. Bolalar birgalikda o'ynashga o'tganlarida bir-birlari bilan ma'lum munosabat o'rnatishlari lozim bo'ladi. Xudda mana shu munosabat jamoatchilikni shakllantiradi. Bunga tarbiyachi bolalarni kelishib o'ynashga o'rgatish orqali erishadi.
Sahnalashtirilgan o'yinlar ijodiy o'yinlar sarasiga kiradi. Unga ijodiy o'yinning quyidagi asosiy: niyatning mavjudligi, roli va mavjud harakatlar, xayol qilingan vaziyatning va boshqa elementlarning uyg'unligi, bolalarning mustaqillik va o'z-o'zini uyushtira olish jihatari xos. Sahnalashtirilgan o'yin badiiy asar asosida quriladi: o'yin syujeti, rollar, qahramonlarning xatti- harakatlari, ularning nutqi asar matniga ko'ra belgilanadi. Sahnalashtirilgan o'yin bolalarning eshitgan asar yoki ertakdan olgan tasavvurlarini mustaqil ifodalash hamda mashq qilish imkonini beradi. Bu o'yinlar bolalarda iroda, intizom, o'z harakatlarini boshqalarning harakatiga muvofiq amalga oshirish kabi sifatlarni tarbiyalashda samarali vosita hisoblanadi. Sahnalashtirish bolalarni qayta so'zlashga o'rgatish usullaridan biridir. Ba'zi bir bolalarda badiiy asardan olingan parchani qayta so'zlab berishga xohish ham, qiziqish ham bolmaydi,
1 Muhammadiyeva Xolida Sufitdinovna - Shofirkon tuman 7-son davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti logoped o'qituvchisi (Buxoro, O'zbekiston).
2Raxmonova Ma'rifat To'ra qizi - Shofirkon tuman 7-son davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti psixologi (Buxoro, O'zbekiston).
Ученый XXI века • 2022 • № 4 (85)
ammo unga o'yin usuli kirtilishi bilan bola asardagi rolga kirib, o'sha asar mazmunini juda yaxshi aytib berishga harakat qiladi. Bunday o'yinda bola o'zini o'sha asardagi qahramon o'rnida his etib; uning sezgi, kechinmalari dunyosiga chuqurroq kirib boradi. Badiiy asarlarni qahramonlar tilida so'zlab berish boladagi xayolni rivojlantirishga yordam beradi va asar qahramonida mavjud bolgan ijodiy sifatlarni egallashga intiladi. Sahnalashtirilgan o'yinda badiiy asarning g'oyaviy mazmuni bolalar tomonidan chuqurroq anglab olinadi.
Ertak yoki hikoyadagi mazmun bolalarga yaqin, ularning yoshi va qiziqishiga mos, tushunarli bo'lib, bola unga kirishib ketgan taqdirdagina asardagi obraz va harakatlar to'g'ri aks ettiriladi. Shuning uchun u yoki bu badiiy asar bo'yicha sahnalashtirilgan o'yin o'tkazishdan oldin tarbiyachi asarning mazmunini aks ettirishga yordam beradigan tayyorgarlik ishini o'tkazishi kerak. Ertak va hikoyalarni bolalar ko'pincha o'zlarining ijodiy rolli o'yinlarida sahnalashtiradilar, bu o'yinlarda tulki, sichqon, xo'roz, quyon kabi personajlarni o'yinlarda aks ettiradilar. Yozuvchilarning badiiy asarlarini ham bolalar sevib sahnalashtiradilar. Bolalar bilan suhbatlasha turib, tarbiyachi hikoya yoki ertak qahramonlarining o'ziga xos xususiyatlarini aniqlashga harakat qiladi. Har xil she'r, ertak qahramonlarining o'ziga xos xususiyatlari mana shunday o'rganiladi.
Qurilish o'yinlari ham ijodiy o'yinlar sirasiga kiradi. Ularda bolalar atrof-muhitdagi buyumli dunyo haqidagi taassurotlarini aks ettiradilar, mustaqil tarzda turli narsalar yasaydilar, bunyod etadilar. Qurish-yasash o'yinlarida bir xil buyumlarning boshqalari bilan almashinishi yuz beradi. Kichik va o'rta guruh yoshidagi bolalarda qurilish o'yinlari rolli o'yinlar bilan bog'lanib ketadi. Qurilish o'yinlari samarali faoliyat hisoblanib, bolalarda bunyod etilgan inshootni mavjud buyum va narsalar, inshootning qurilishiga asos bo'lib xizmat qilgan tasavvur bilan qiyoslash, taqqoslash ko'nikmalarini shakllantirishga imkon beradi. U bolalarda kuzatuvchanlikni rivojlantirishga yordam beradi.
Qurilish materiallari turli xildagi geometrik shakllardan iborat. Bolalar har bir shaklning o'ziga xos xususiyatlarini yaxshi bilib olishlari lozim, aks holda hech qanday qurilishni amalga oshirib bo'lmaydi. Bolalar qurgan narsalar amaliy jihatdan yaroqli bo'lishi va ulardan o'yinda foydalanish uchun konstruktorlik malakasiga ega bo'lish kerak. Bundan bolalarga qurishning asosiy usullarini o'rgatish zarurligi kelib chiqadi. Qurilish materiallari bilan o'ynaladigan o'yinlarda bolalarning texnikaga qiziqishi ortadi, kuzatuvchanligi rivojlanadi, ular geometrik jismlarning eng oddiy xususiyatlari bilan tanishadilar. Bolalarni qurilish materiallari bilan o'ynashga qiziqtirish uchun tarbiyachi ular bilan birgalikda o'ynaydi va bu materiallardan hamma bolalar foydalanishlarini kuzatib turadi. Yirik qurilish materiallari bilan guruh xonasidagi gilam ustida, yozda esa bog'cha hovlisida qurish mumkin.
MTT maydonchasida yozda qum va suv bilan, qishda qor bilan o'ynash katta o'rin egallaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Hasanboyeva O., Tadjieva М., Toshpulatova Sh. va boshq. Maktabgacha ta'lim pedagogikasi. Т.: Ilm-ziyo, 2012.
2. Имомова Ш.М., Норова Ф.Ф. УЧЕБНЫЕ МЕТОДЫ ОРГАНИЗАЦИИ СПОРТИВНО-ОЗДОРОВИТЕЛЬНЫХ МЕРОПРИЯТИЙ В ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЯХ// Вестник науки и образования, 2021. № 9 (112). Часть 2. С.38.
© X.S. Muhammadiyeva, M.T. Raxmonova, 2022.