Научная статья на тему 'MTTDA INNOVATSION FAOLIYATNI TASHKIL ETISHNING PEDAGOGUK SHARTLARI'

MTTDA INNOVATSION FAOLIYATNI TASHKIL ETISHNING PEDAGOGUK SHARTLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
3
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
boshqarish / ta'lim / tarbiya / faoliyat / jarayon / innovatsiya / mahorat / yondoshuv / samaradorlik / salohiyat / takomillashtirish / rivojlantirish / tarbiyachi / tarbiyalanuvchi

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sharipova Gulruxsor Nurkabilovna, Yangiboyeva Shoira Berdiyarovna

Mazkur maqolada MTTlarida innovatsion faoliyatni tashkil etish omillari, tarbiyachilarni kasbiy rivojlantirish, ilmiy pedagogik faoliyatga tayyorlash, ta'lim-tarbiya samaradorligini oshirish masalalariga e'tibor qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MTTDA INNOVATSION FAOLIYATNI TASHKIL ETISHNING PEDAGOGUK SHARTLARI»

MTTDA INNOVATSION FAOLIYATNI TASHKIL ETISHNING

PEDAGOGUK SHARTLARI

1Sharipova Gulruxsor Nurkabilovna, 2Yangiboyeva Shoira Berdiyarovna

!mTTDMQTMOI Maktabgacha ta'lim menejmenti kafedrasi dotsenti, p.f.f.d.(PhD) 2Yangihayot tumani 119 MTT tarbiyachisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11256661

Annotatsiya. Mazkur maqolada MTTlarida innovatsion faoliyatni tashkil etish omillari, tarbiyachilarni kasbiy rivojlantirish, ilmiy pedagogik faoliyatga tayyorlash, ta'lim-tarbiya samaradorligini oshirish masalalariga e'tibor qaratilgan.

Kalit so'zlar: boshqarish, ta'lim, tarbiya, faoliyat, jarayon, innovatsiya, mahorat, yondoshuv, samaradorlik, salohiyat, takomillashtirish, rivojlantirish, tarbiyachi, tarbiyalanuvchi.

Аннотация. В данной статье основное внимание уделяется факторам организации инновационной деятельности в ДОО, профессионального развития педагогов, подготовки к научной и педагогической деятельности, повышения эффевтивности образования.

Ключевые слова: управление, образование, обучение, деятельность, процесс, инновация, умение, подход, эффективность, потенциал, совершенствование, развитие, педагог, воспитанник.

Abstract. This article focuses on the factors of organizing innovative activities in preschool educational institutions, professional development og teachers, preparation for scientific and pedagogical activities, and increasing the effectiveness of education.

Keywords: management, education, training, activity, process, innovation, skill, approach, efficiency, potential, improvement, development, teacher.

Zamonaviy MTTda bugungi kunda МТТ tarbiyachilari uzluksiz innovatsion izlanishda bo'lishi, fikrlashi, psixologik munosabatlarini o'zgartirishi, shuningdek, tarbiyachilar faoliyatga alohida tayyorgarlik ko'rishi kerak bo'lib, bu o'z navbatida MTT rahbarlarining asosiy funksiyalaridan biri bo'lgan ta'limni rivojlantirishning uzoq muddatli strategik rejalarini tuzishda asosiy e'tiborni tarbiyachilarning u yoki bu asosda ijodiy faoliyat yuritishlari uchun tushuntirish ishlariga qaratishi lozim. Bu o'z navbatida tarbiyachilarning kasbiy qiziqishlari ko'lamini kengaytirishga, ya'ni ularning metodik adabiyotlarni o'qib o'rganishda, nazariy psixologik-pedagogik va fundamental tadqiqotlar olib borishiga ham imkoniyatlar yaratadi. Yaxshi ilmiy-pedagogik tayyorgarlik innovatsion faoliyatning samaradorligini ta'minlaydi. Innovatsion jarayonlarda faol ishtirok etuvchi tarbiyachilar muntazam ravishda o'zini-o'zi rivojlantirishi va ta'lim-tarbiya tizimini takomillashtirishining katalizatoriga aylanadi, ya'ni mazkur jarayonlarning tezlashishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Bunday pedagoglar bilan ishlash, ya'ni jamoani o'ziga ergashtira oladigan xodimlarni boshqarish va ularning faoliyatini tashkil etish o'ziga xos xususiyatlarga ega. Shuning uchun MTT rahbarlari yangilik yaratish va ularni tadbiq etish, ixtirochilar salohiyatidan samarali foydalanish, ularning tajribasini targ'ibot qilish, ommalashtirish, innovatsion faoliyatlarining natijalarini baholash bo'yicha MTT va pedagogik jamoa darajasida zaruriy bilim, ko'nikma va malakalarga ega bo'lishi zarur bo'lib bu ularning integrativ mahoratlarini belgilaydi.

Integrativ mahorat - bu umumlashtirilgan mahorat bo'lib, MTT rahbarlari boshqaruv faoliyatida ijobiy natijalarga erishish, ta'lim-tarbiya jarayoniii rivojlantirishga yo'naltirilgan MTT ichki boshqaruvining maqsadini tizimli rejalashtirish va amalga oshirishida zarur hisoblanadi.

Mazkur ko'nikmaga ega bo'lmasdan maqsadga erishishning yo'llari, vositalari va erishish muddatini aniq belgilash mushkul. Pedagogika fanining va oldingi tajribalaming integrativ asosdagi xulosalari va tavsiyalari yangi g'oyalarning manbasi hisoblanadi, ular o'z navbatida innovatsion jarayonlarni boshqarish samaradorligiga o'z ta'sirini ko'rsatadi.

Umumiy holda, ta'lim muassasalarida innovatsion faoliyatni tashkil etishga obyektiv va subyektiv omillar sabab bo'ladi. Obyektiv omillarga davlatning yangi ta'lim siyosati, ta'lim sohasidagi fundamental va amaliy tadqiqotlar, MTTning innovatsion faoliyat yo'nalishidagi tajribalarini kiritishimiz mumkin.

Subyektiv omillarga ijtimoiy-hududiy ehtiyoj, o'quv yurtining ta'lim-tarbiyaviy faoliyatining rivojlanish jarayoni, pedagoglarning ilmiy-metodik bilim, ko'nikma va malakalari, ilmiy salohiyatining rnvojlanishi, o'quv yurti salohiyatining o'sishi, boshqaruv xususiyatlarining o'zgarishi misol bo'ladi.

Maktabgacha ta'limga yangicha yondashuvlarni joriy etish, birinchi navbatda, ta'lim mazmunini yangilash, ilg'or pedagogik texnologiyalar va o'qitishning zamonaviy metodlarinn tadbiq etish, ta'lim jarayonini ilmiy asosda tashkil etish va uni boshqarishni zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarnnng talablariga mos o'zgartirish, pedagogik xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ilmiy-pedagogik asoslarini yaratish va takomillashtirish hamda innovatsion ta'lim tashkilotlarining barcha turlariga xos innovatsion faoliyatning strukturaviy komponentlariga asoslanishga bog'liq.

MTT innovatsion faoliyati jarayonini tashkil etishning pedagogik shartlari sifatida quyidagilar belgilanadi:

1.Innovatsion faoliyatning o'ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi nazariy-pedagogik qoidalar majmuasini ishlab chiqish. Nazariy-pedagogik qoidalar majmuasi innovatsion faoliyatning asoslari bilan belgilanib, innovatsion faoliyatning maqsadi, vazifasi, mazmuni hamda uni tashkil etish tamoyillarini o'z ichiga oladi. MTTni innovatsion faoliyatga jalb etuvchi omillar innovatsion faoliyatni motivlashtirishga sabab bo'ladi. Innovatsion faoliyatni tashkil etish nshlari asosiy maqsadga erishishga yo'naltirilgan bo'ladi va shu munosabat bilan MTTda asosiy o'zgarishlar vujudga keladi Mazkur maqsadlarga erishishda qator vazifalarni bajarish zarur:

- jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlariga mos, bilimli va qobiliyatli tarbiyalanuvchilar modelini amalga oshirishga asoslanish (ta'lim mazmunini yangilash);

- birinchidan, ta'lim mazmunini turli mafkuralardan tozalash, raqobatni vujudga keltiruvchi fikrlar bilan to'ldirish;

• ikkinchidan, davlat ta'lim standartlariga mos ravishda, harakatdagi dasturlarga yangi rivojlantiruvchi ayrim o'zgartirishlarni kiritish:

- yangilangan texnologik va dasturiy-metodologik mahsulotlarni yaratish nazariy ishlab chiqilgan uzluksiz ta'lim g'oyalarini amalga oshirishning dolzarb ehtiyojlarini ifodalaydi. Mazkur g'oya ta'lim va tarbiyaning zamonaviy texnologiyalarini izlash muammolarini vujudga keltiradi va bular subyekt-obyekt, tarbiyalanuvchi va tarbiyachi munosabatlariga asoslanadi, bu munosabatlar shaxsning qiziqishlari, qobiliyatlari va sifatlarini anglashga yo'naltirilgan umumiy rivojlanish shartlarini belgilovchi asoslar hisoblanadi; ko'proq samarali hisoblangan o'qitish vositalarini tanlash.

2.MTT ilmiy-tadqiqot salohiyatini shakllantirish. MTT sharoitida innovatsion faoliyatni tashkil etishning muhim asoslari MTT ilmiy-tadqiqot salohiyatini shakllantirish hisoblanadi hamda u tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning hamkorligi asosida rivojlanadi.

3.Innovatsion faoliyatni tashkil etishni ta'minlashning asosiy shartlari alohida boshqaruv jihatlari, ya'ni mazkur faoliyatni tashkil etishga yo'naltirilgan, yangilangan boshqaruv strukturasini shakllantirish hisoblanadi. Innovatsion faoliyatni ilmiy asosda tashkil etish munosabati bilan ta'lim jarayoniga innovatsiyalarni kiritishda barqarorlik vujudga keladi. Bunda eng muhimi, pedagogik jamoaning innovatsion faoliyatga tayyorgarligi va ehtiyojlarini inobatga olib yangiliklarni tanlash hisoblanadi.

Ta'lim tizimining rivojlanishini tizimli boshqarish MTTning me'yoriy funksiyalarini bajarish bilan alohida innovatsion loyihalarni birlashtiruvchi yagona maqsadga qaratilgan dasturlar doirasida pedagogik jamoa a'zolarini birlashtirishga yo'naltiriladi.

REFERENCES

1. Fatxuddinov R.A. «Innovatsionniy menedjment: klassifikatsiya, strukturi i otlichitelniHe cherti innovatsionnix organizatsiy; Ekonomicheskie zoni, zakoni organizatsii, nauchnie podxodi i printsipi i dr.»: Uchebnik dlya vuzov. Izd.5-e, ispr., dop. «Piter», 2007.

2. Yo'ldoshev N.Q. Strategik menejment. Darslik. - T.: TDIU, 2012.

3. Taraxtiyeva G.K. Innovatsion menejment. O'quv qo'llanma. -Т.: «Fan va texnologiya», 2013.

4. Djurayev R.H., Turg'unov S.T. Ta'lim menejmenti Qo'llanma. -T.: "Voris nashriyot", 2006y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.