Научная статья на тему 'PEDAGOGIK KOMPETENTLIK – SHAXSGA TA’LIM-TARBIYA BERISHNING MUHIM SHARTI'

PEDAGOGIK KOMPETENTLIK – SHAXSGA TA’LIM-TARBIYA BERISHNING MUHIM SHARTI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
492
30
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
pedagogika

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Zuxra Radjapova

Shaxsni har tomonlama rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiya tizimini nazariy-metodologik jihatdan qurollantirish-bugungi kunda pedagogika fanining bosh maqsadi sifatida belgilangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PEDAGOGIK KOMPETENTLIK – SHAXSGA TA’LIM-TARBIYA BERISHNING MUHIM SHARTI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

PEDAGOGIK KOMPETENTLIK - SHAXSGA TA'LIM-TARBIYA BERISHNING

MUHIM SHARTI Zuxra Radjapova

Nizomiy nomidagi TDPU, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent https://doi.org/10.5281/zenodo.10014335

Shaxsni har tomonlama rivojlantirishga yo'naltirilgan ta'lim-tarbiya tizimini nazariy-metodologik jihatdan qurollantirish-bugungi kunda pedagogika fanining bosh maqsadi sifatida belgilangan.

Yuqorida bayon etilgan yuksak, ammo, sharafli vazifalarni muvaffaqiyatli uddalash har bir pedagogik xodimdan yuksak kasbiy mahorat kasbiy malaka, bilimdonlik va keng dunyoqarashni talab etadi. Bularning barchasiga esa kasbiy kompetentlik natijasida erishiladi. Kompetentlik tushunchasi haqida so'z yuritishdan oldin, uning mazmun va mohiyati bilan tanishib chiqish lozim.

Pedagogik kompetentlik fan sohasiga kompetensiya tushunchasi negizida kelib chiqqan. Kompetensiya tushunchasi esa, psixologik izlanishlar natijasida psixologiya fanida qo'llanila boshlandi. "Kompetensiya" deganda (lotincha compete- erishaman, muvofiqman, mos kelaman) kishi egallagan muayyan bilim, ko'nikma, malakalar majmui tushuniladi. Kompetensiya, shuningdek, muayyan vazifani bajarish uchun biror shaxs yoki tashkilotga berilgan vakolat va huquq ma'nosida ham qo'llaniladi. Mazmunan, u yoki bu sohadagi bilimlar, qadriyatlar, tajriba va shaxsiy dunyoqarashlar majmuasidir. Va shaxsning individual qobiliyati hamdir. Kompetentlilik va kompetensiya so'zlari bir-biri bilan bog'liq va biri ikkinchisini taqozo etadigan tushunchalar sanaladi. Shunga ko'ra kasbiy kompetensiya o'zida bir qator kompetentlik va kompetensiyalarni mujassamlashtiradi. Zero, yetarli darajada kasbiy kompetensiyasi rivojlanmagan va keng doiradagi kompetensiyaga ega bo'lmagan mutaxassis o'z lavozim vazifalarini muvaffaqiyatli bajara olmaydi. Kompetentli deb muayyan bir sohaga oid ma'lumotga ega bo'lgan va shu sohaga xos kompetensiyalarni egallagan kishiga aytiladi.[2;44-b]

Kompetentlik - har bir soha mutaxassisi uchun zarur bo'lgan atama sifatida qo'llaniladi. Mutaxassis o'z kasbiga oid bilim, turli xildagi fikrlar, nazariyalar, ilmiy yangiliklar, faoliyati sohasidagi o'zining shaxsiy tajribalarini to'playdi. Ulardan eng yaxshisi va eng sarasini kasbiy faoliyatida qo'llaydi va jamiyatga targ'ib etadi. Kompetentlik tushunchasi umumiy ma'nodagi tushuncha hisoblanadi. U ham o'z navbatida turli xildagi kompetensiyalarga turkumlanadi. Kasbiy kompetentlik ham ana shu umumiy kompetentlik tushunchasini to'ldirib turuvchi xususiy bir qismidir.

Kompetentlik tushunchasi zamonaviy ta'lim-tarbiya tizimida yangi atama sifatida vujudga kelgan bo'lsada, qadimda ham uning ma'no-mazmun aks etganligini ko'rishimiz mumkin. Tarbiyachi-muallimlarning shaxsiy, kasbiy va ijtimoiy sifatlariga azaldan e'tibor qaratib kelingan va har bir zamon talabidan kelib chiqib, pedagogga qo'yiladigan talablar takomillashib, murakkablashib boravergan. Chunonchi, Zardushtiylik ta'limotida Zardushtning oliy tangri Ahuramazda bilan muloqotida ham yaxshi va yomon ustozlar haqida: "Noshud, yomon muallim o'quvchi qalbidan hunarmandchilikni yuqotar ekan, ey yazdon, yomon ustozdan o'zing asra" deyilgan. [1;145-b.] Taniqli rus pedagogi A.S.Makarenko o'z asarlarida pedagogning kasbiy sifatlariga alohida urg'u bergan. Pedagog olim o'qituvchi-muallimning hech bir kasbga o'xshamaydigan kasbiy faoliyatini yuksak baholab, "Tarbiyachi tashkil etishni, yurishni, hazillashishni, quvnoq yoki jahldor bo'lishni bilishi lozim, u o'zini shunday tutishi kerakki, uning har bir harakati, yurish-turishi, kiyinishi bolalarni tarbiyalasin"-deb yozgan edi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

Kasbiy kompetentlik-mutaxassis tomonidan kasbiy vazifalarning samarali yechimini topishga xizmat qiluvchi bilim, ko'nikma, malaka va qadriyatlarning egallanishi va ularni amaliy faoliyatda yuqori darajada qo'llay olishdir. Kasbiy kompetentlik mutaxassis tomonidan har bir mustaqil yo'nalish bo'yicha integrativ bilimlar va kompetentsiyalarni o'zlashtirilishni nazarda tutadi. Qaysi soha vakili yoki vakilasi bo'lishidan qat'iy nazar kasbiy kompetentlik mutaxassis kasbiy faoliyatining ajralmas tarkibiy qismiga aylanishi lozim.

Kasbiy kompetentlik integral, ya'ni boshqa vaziyatlar bilan chambarchas bog'langan xususiyatga egadir. U kasbiy faoliyat jarayonida namoyon bo'ladigan vaziyatlarda kasbiy muammolar, kasbiy konfliktlar va kasbiy topshiriqlarni hal eta olish qobiliyati va tayyorlik darajasi hisoblanib, bilim, ko'nikma, malaka, kasbiy va hayotiy tajribani, qadriyatlar va madaniyatni ishga solishni nazarda tutadi. "Qobiliyat" bu jarayonda asosiy o'rinni egallaydi va "moyillik", "ko'nikma" ma'nosida tushuniladi. Boshqa bir umumiy tushuncha sifatida olganda qobiliyat-muayyan faoliyat sohasini muvaffaqiyatli o'zlashtirish va bajarishda asqotadigan shaxsiy sifat bo'lib hisoblanadi. "Tayyorlik" atamasi dastavval, mustaqil faoliyatga va kerak bo'lganda, ijodiy faoliyatga faol tarzda psixologik jihatdan tayyorlik ma'nosida qo'llanilgan.

Kasbiy kompetentlik tushunchasiga nisbatan ilmiy doirada turli munosabatlar ilgari suriladi. U mehnat sub'ektiga nisbatan aniq faoliyat talablari yoki aynan, sub'ektning aniq faoliyatning o'ziga xos jihatlariga nisbatan munosabatini tavsiflovchi xususiyat sifatida qo'llaniladi. Masalan, tadqiqotchi olim E.F.Zeer kasbiy kompetentlikning funksional taraqqiyotini tadqiq qilish kasbiy kamolotga erishish chog'ida kompetentlikning turli ko'rinishlari integrasiyalashib borishini va ularning kasbiy muhim shaxs sifatlari bilan aloqasi kuchayib borishini ko'rsatdi.[2;135-b] Xususan, kasbiy kompetentlikning asosiy darajalariga kasbiy tayyorgarlik va tajriba, o'zini o'zi anglash, o'z kuchiga ishonish, o'zga insonlar tomonidan ko'rsatilgan kamchiliklarni to'g'ri qabul qilish va shu kabi boshqa kasbiy kamolotni belgilab beruvchi shaxs xususiyatlarini kiritadi. Yuqorida qayd etilgan fikrlarni tahlili pedagogning kasbiy kompetentligini ijtimoiy, ekstremal, texnologik, shaxsiy va maxsus kompetentlik kabi qator o'ziga xos xususiyatlar majmuasi sifatida to'liq izohlanishiga imkon beradi.

Ijtimoiy kompetentlik-jamiyatda sodir bo'layotgan ijtimoiy munosabatlarga faol tarzda o'z ta'sirini o'tkaza olish. Kasbiy faoliyatda muloqot olib borishning bilim, ko'nikma va malakalariga ega bo'lish.

Ekstremal kompetentlik-kutilmagan vaziyatlar, masalan: tabiiy ofatlar, texnik nosozliklar yuzaga kelganda o'zini yuqotib qo'ymasdan chora ko'rish, pedagogik jamoa orasida konfliktli vaziyatlar vujudga kelganda, oqilona qaror qabul qila olish malakasiga ega bo'lish.

Texnologik kompetentlik-kasbiy faoliyatda qo'llaniladigan zamonaviy va ilg'or texnologiyalarni o'zlashtirib, zarur materiallar bilan boyitib, ulardan o'z kasbiy faoliyatida foydalana olish malakasiga ega bo'lishda o'z aksini topadi.

Shaxsiy kompetentlik-shaxsning ijtimoiy dunyoqarashi, ilmiy va intelektual salohiyati, kreativligi, shaxslararo muloqot munosabatlariga faol kirisha olishi, konfliktlarni hal etishga taktik yondashuvi, kasbiy faoliyat talablariga muvofiq shaxsiy va kasbiy sifatlarining shakllanganlik darajasi, faol hayotiy va fuqarolik pozitsiyasining qaror topganligi kabi mezonlar bilan belgilanadi.

Maxsus kompetentlik kasbiy-pedagogik faoliyatni samarali tashkil etishga tayyorgarlik ko'rish, kasbiy-pedagogik vazifalarni oqilona hal eta olish, o'z faoliyati natijalarini tahlil qilib, xolisona baholash, BKMni izchil rivojlantirib borish hisoblanadi. Maxsus kompetentlik asosini

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

psixologik, kommunikativ, metodik, kreativ, informatsion, innovatsion kompetentlik tashkil etdi. Ularning mazmun mohiyati quyidagicha:

1. Psixologik kompetentlik-pedagogik jarayonda sog'lom psixologik muhitni yarata olish, o'quvchilar va ta'lim jarayonining boshqa ishtirokchilari bilan ijobiy muloqotni tashkil etish, turli salbiy psixologik ziddiyatlarni o'z vaqtida anglay olish va bartaraf eta olish;

2. Kommunikativ kompetentlik-ta'lim jarayonining barcha ishtirokchilari, jumladan, o'quvchilar bilan samimiy muloqotda bo'lish, ularni tinglay bilish, ularga ijobiy ta'sir ko'rsata olish.

3. Metodik kompetentlik-o'quv-tarbiya va boshqaruv jarayonlarini samarali tashkil etishning shakl, metod va vositalarini bilish, o'zlashtirish, amalda qo'llash, kasbiy faoliyat natijalarini kvalimetrik tahlil eta olish, ilg'or pedagogik va xalqaro tajribalarni o'rganish, o'quv-tarbiya jarayonini loyihalashtirish, muvaffaqiyatli amalga oshirish ko'nikmalari bilan tavsiflanadi.

4. Kreativ kompetentlik (inglizcha "create"- yaratuvchanlik, ijodkorlik)-yangilik yaratish, ijodkorlik, tashkilotchilik kabi ko'nikmalarga ega bo'lishdir. Kreativ kompetentlik faqat yangi g'oyalarni yaratish uchungina emas, balki shaxsning hayot tarzi yoki ichki dunyosining rivojlanishida muhim o'rin tutadi.

5. Informasion kompetentlik- zamonaviy axborot kommunikasiya texnologiyalari vositasida shaxsiy va kasbiy faoliyati bilan bog'liq ma'lumot, axborotlarni mustaqil izlash, tahlil qilish, tanlash, qayta ishlash va zaruriy axborotlarni uzatish ko'nikmalarining shakllanganlik darajasidir.

6. Innovatsion kompetentlik-ta'limdagi innovatsion jarayonlar mohiyatidan xabardorlik, kasbiy faoliyat sohasi va tegishli ta'lim yo'nalishidagi innovasiyalarni o'zlashtirish, amaliyotga faol tatbiq etish, zamonaviy pedagogik, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi savodxonlik, chet tillarni o'zlashtirish, novatorlik faoliyatida ko'rinadi. Mazkur jarayonlarda pedagog shaxsining kasbiy faoliyat sohasiga yo'nalganligi, shaxsiy imkoniyatlari, kasbiy bilim, malaka, ko'nikmalari, kasbiy sifatlar va mehnat tajribasi o'rtasidagi uyg'unlik va innovatsion jarayonlarning faoliyat sohasiga nisbatan integrasiyalashuvini ta'minlanishi innovatsion kompetentlikni rivojlantirishdagi yetakchi omill sifatida baholanadi. [4; 122-b]

Maktabgacha ta'lim tashkiloti xodimlari kasbiy kompetentligi tarbiyalanuvchilar ta'lim-tarbiyasida aks etadi. Bo'lajak tarbiyachilar kasbiy kompetentlikka uzluksiz ravishda bilim olish, shaxsiy va kasbiy sifatlarini takomillashtirish, axborot texnologiyalarini va yangi innovatsiyalarni amaliyotda qo'llay olish, konfliktli vaziyatlarda oqilona qaror qabul qila olish, maqsadlarini aniq qo'yish va amalga oshirish, belgilangan amaliyot jarayonlarini to'laqonli ado etish orqali erishishi mumkin. Hozirgi kundagi eng dolzarb muammolardan biri ham har sohada erkin mushohada yurita oladigan, o'z kasbiga mehr berib, uni rivojlanishiga hissa qo'shadigan, bolalarni sevib ardoqlaydigan tarbiyachilar tayyorlashdir. Kasbini sevgan inson bu yutuqlarga, o'z ustida tinimsiz ishlashi natijasida erishadi.Pedagogik kompetentlikni shakllanishiga orttirilgan pedagogik tajriba katta ahamiyat kasb etadi.

REFERENCES

1. Avesto. Tarixiy-adabiy yodgorlik/Asqar Mahkam tarjimasi.- T.: Sharq NMAK, 2001. -

400 b.

2. Крaeвский В.В., Хуторский А.В. OcHoBbi o6y4eHra. Дидaктикa и мeтoдикa.- М., 2007.-352c

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

3. Mamurov B.B., Davronov I.E. Pedagogik kompetentlik. Buxoro.: "Durdona" nashriyoti.- 2021.- 231 b.

4.Muslimov N.A. Bo'lajak kasb ta'limi o'qituvchilarini kasbiy shakllantirish: Monografiya-T., 2006.-357 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.