INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_
KASBIY VA AKMEOLOGIK KOMPITENTLIKKA EGA BO'LISHDA O'Z USTIDA ISHLASH, O'Z-O'ZINI RIVOJLANTIRISHNING AHAMIYATI
Gulnozaxon Muminova
T.N.Qori Niyoziy nomidagi O'zbPFITI tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.10011457
Insonni har tomonlama tarbiyalash insoniyatning azaliy orzusi bo'lib, ajdodlarimiz ma'rifat, ma'naviyat va madaniyatni qanday qilib yosh avlodga o'rgatish, ularni komillikka yetaklash yo'llarini, qonun qoidalarini izlaganlar. Ustoz-murabbiy tushunchasi o'sib kelayotgan avlodda hosil qilgan bilimlar asosida aqliy komolot- dunyoqarashini insoniy e'tiqod, burch va ma'suliyatni, jamiyatimiz kishilariga xos bo'lgan axloqiy fazilatlarni yaratishdagi maqsadni ifodalaydi. Ustoz yosh avlodimizni xalqimizning munosib farzandi etib tayyorlashdek muhim, faxrli ish bilan birga ma'suliyatlilikni ham ifodalaydi. Pedagogning siyosiy yetukligi o'quvchilarni tarbiyalashi hamda jamiyat oldidagi o'z ma'suliyatini anglashga oid bo'lgan vazifalariga ijodiy yondashishi, o'z mahoratini doimo oshirib borishi kasbiy o'sishiga yordam beradi.
Ta'lim jarayonlarini turli yangicha yondashuvlar asosida tashkil qilish maqsadga muvofiq sanaladi. Muxtaram prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev "Yoshlarimiz mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma'naviy salohiyatga ega bo'lib, dunyo miqiyosida o'z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo'sh kelmaydigan insonlar bo'lib kamol topishi, baxtli bo'lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz" [1], degan fikrlari ham mustaqil O'zbekistonimiz yoshlarini erkin fikrlashni tarkib toptirishga qaratilayotgani ham e'tibordan holi emas. Shunday ekan biz o'qituvchilar hozirgi yangi davr talabi asosida darslarni zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil qilishimiz oldimizdagi yuksak vazifalardan biridir.
Shuning uchun ham Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev maktab ta'limini rivojlantirish masalalari yuzasidan o'tkazgan videoselektor murojaatnomasida: "Mamlakatimizda ilm-fanni yanada ravnaq toptirish, yoshlarimizni chuqur bilim, yuksak ma'naviyat va madaniyat egasi etib tarbiyalash bizning eng oliy maqsadimiz. Ta'lim-tarbiya -bu bizning kelajagimiz, hayot-mamot masalasi. Shu bois bu sohadagi islohotlarni kechiktirishga haqqimiz yo'q. Har bir rahbar o'z ish uslubini o'zgartirsa, maktabda, qishloqda, mahallada o'zgarish bo'lsa, davlat ham rivojlanadi",-deb ta'kidlaganlar. [2] Jamiyat va davlatga faol ijodiy bilimni, ta'limni, rivojlanishni davom ettirishga qodir mutaxassislar zarur. Ular marakkab hayotiy va kasbiy muammolarni amaliy hal qilish salohiyatiga ega bo'lishlari lozim. Bu esa olingan bilimlar, malakalar va mahorat bilan birga, qo'shimcha sifatlarga bog'liqki, ularni ifodalash uchun "kompetensiya" va "kompitentlik" tushunchalari qo'llaniladi.
Kompetent yondashuv oliy ta'limni modernizatsiyalash nuqtayi nazaridan yangi pedagogik voqelik hisoblanadi. Mazkur yondashuv doirasida amaliy faoliyat tajribasi, kompetensiya va kompetentlikni didaktik birliklar sifatida ko'rib chiqish hamda ta'limning an'anaviy uch elementi (triada) - "bilim - ko'nikma - malaka"ni oltita birlik (sekstet) - "bilim -ko'nikma - malaka - amaliy faoliyat tajribasi - kompetensiya - kompetentlik" tarzida tahlil qilish talab etiladi. Dastlab "kompetensiya" tushunchasining mohiyatini aniqlashtirib olish zarur. Kompetensiya (lotincha so'z bo'lib, erishaman, to'g'ri kelaman ma'nolarini bildiradi) -sub'yektning maqsadni qo'yish hamda unga erishish uchun tashqi va ichki zaxiralarni samarali amalga oshirishga tayyorgarligi, boshqacha qilib aytganda, bu subyektning muayyan faoliyat obyekti bilan bog'liq muammolarni muvaffaqiyatli hal etishga doir shaxsiy qobiliyatidir.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_
"Kompetentlik" tushunchasi ta'lim sohasiga psixologik izlanishlar natijasida kirib kelgan. Shu sababli kompetentlik "noan'anaviy vaziyatlar, kutilmagan hollarda mutaxassisning o'zini qanday tutishi, muloqotga kirishishi, raqiblar bilan o'zaro munosabatlarda yangi yo'l tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to'la ma'lumotlardan foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalik" ni anglatadi.
L.M.Mitina pedagogik kompetentlik - deganda predmet haqidagi bilimlar, o'qitish metodikasi va didaktikasi, pedagogik muloqot ko'nikma va malakasi, shuningdek o'z-o'zini rivojlantirish, o'z-o'zini takomillashtirish, o'zo'zini amalga oshirish usullari va vositalarining uyg'un birlashishini tushungan [3]. U pedagogik kompetentlik tuzilmasida quyidagi uchta tashkil etuvchini ajratgan: faoliyatli, kommunikativ va shaxsiy. L.M.Mitina tomonidan taklif etilgan pedagogik kompetentlikni tuzilmalashtirishdan kelib chiqqan holda, biz bo'lajak mutaxassislar uchun egallanish darajasi pedagogik kompetentlikning rivojlanish darajasini aniqlaydigan quyidagi kompetensiyalar majmuasi yetarli va zarur deb hisoblaymiz: - faoliyatli yoki maxsus kompetensiya (bilim, ko'nikma, malaka va pedagogik faoliyatni amalga oshirishning individual usullari); - shaxsiy yoki kasbiy kompetensiya (kasbiy o'z-o'zini takomillashtirish va o'zo'zini amalga oshirishga oid bilim, ko'nikma va malakalar); - kommunikativ kompetensiya (pedagogik faoliyatni ijodiy amalga oshirishga oid bilim, ko'nikma va malaka).
Professionallik va kompetentlik tushunchalari umumiy xususiyatlarga ega. Kompetentlikning bir necha turlari mavjud:
Kasbiy kompetentlik - mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo'llay olinishidir.
Ijtimoiy kompetentlik - ijtimoiy munosabatlarda faollik ko'rsatish ko'nikma, malakalariga egalik, kasbiy faoliyatda sub'ektlar bilan muloqotga kirisha olish.
Maxsus kompetentlik - kasbiy-pedagogik faoliyatni tashkil etishga tayyorlanish, kasbiy-pedagogik vazifalarni oqilona hal qilish, faoliyati natijalarini real baholash, BKM ni izchil rivojlantirib boorish bo'lib, ushbu kompetentlik negizida psixologik, metodik, information, kreativ, innovatsion va kommunikativ kompetentlik ko'zga tashlanadi. Ular o'zi quyidagi mazmunni ifodalaydi.
Psixologik kompetentlik - pedagogik jarayonda sog'lom psixologik muhitni yarata olish, ta'lim oluvchilar va ta'lim jarayoning boshqa ishtirokchilari bilan ijobiy muloqotni tashkil etish, turli salbiy psixologik ziddiyatlarni o'z vaqtida anglay olish va bartaraf eta olish.
Metodik kompetentlik - pedagogik jarayonni metodik jihatdan oqilona tashkil etish, tarbiyaviy faoliyat shakllarini to'g'ri belgilash, metod va vositalarni maqsadga mos tanlash, metodlarni samarali qo'llay olish, vositalarni muvoffaqiyatli qo'llash.
Kreativ kompetentlik - pedagogik faoliyatga tanqidiy, ijodiy yondashish, o'zining ijodkorlik malakalariga namoyish eta olish.
Innovatsion kompetentlik - pedagogik jarayonni takomillashtirish, ta'lim sifatini yaxshilash, tarbiya jarayoning samaradorligini oshirishga doir yangi g'oyalarni ilgari surish, ularni amaliyotga samarali tatbiq etish.
Kommunikativ kompetetntlik - ta'lim jarayonining barcha ishtirokchilari, jumladan ta'lim oluvchilar bilan samimiy muloqotda bo'lish, ularni tinglay bilish, ularga ijobiy ta'sir ko'rsata olish[4].
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_
Kompetensiyaning har bir turi ko'nikmalar, bilimlar, ko'nikmalar to'plamini o'z ichiga oladi. Pedagoglarda ular turli darajalarda namoyon bo'ladi. Xizmat vazifalarini bajarishda uning xatti-harakatlari ko'rsatkichlariga e'tibor berib, u yoki boshqa kompetensiyalar qanday rivojlanganligini aniqlash mumkin. Kompetentlik qanday shakllanadi? O'qituvchining kompetentligini shakllantirish uchun asosiy narsa bu maxsus kasbiy ta'limdir. Kelajakda amaliyotda olingan bilim va ko'nikmalar boshlang'ich kompetensiya darajasini to'ldiradi.
Kasbiy va akmeologik kompetentlikka ega bo'lishda o'z ustida ishlash, o'z-o'zini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. O'z-o'zini rivojlantirish vazifalari o'zini -o'zi tahlil qilish va o'zini o'zi baholash orqali aniqlanadi. O'z ustida ishlash - pedagogning izchil ravishda o'zining kasbiy BKM va shaxsiy sifatlarini rivojlantirib borish yo'lida amaliy harakatlarni tashkil etishi.
O'z ustida ishlash quyidagilarda ko'rinadi:
> Faoliyatga ij odiy va tanqidiy yondashish;
> Kasbiy va ijodiy hamkorlikka erishish;
> Ishchanlik qobiliyatini rivojlantirish;
> Salbiy odatlarni bartaraf etib boorish;
> Ijobiy sifatlarni o'zlashtirish;
Pedagog mutaxassis sifatida:
> Aniq maqsad intilish asosida pedagogik jarayonni takomillashtirish;
> Pedagogik jarayon samaradorligini, o'zining ishchanlik faolligini oshirish;
> Izchil ravishda yangilanib borayotgan pedagogik bilimlarni o'zlashtirish;
> Ilg'or texnologiya, metod hamda vositalardan xabardor bo'lish;
> Faoliyatga fan-texnikaning so'nggi yangiliklarini samarali tatbiq etish;
> Kasbiy malakalarni takomillashtirish;
> Ko'nikma salbiy pedagogik nizolarning oldini olish, bartaraf etish choralarini izlash, uning o'z ustida ishlashini ifodalaydi.
REFERENCES
1. Shavkat Mirziyoyev. Xalq ta'limi tizimini rivojlantirish pedagogning malakasini va jamiyatda nufuzini oshirish, yosh-avlod ma'naviyatini yuksaltirish masalalariga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishidagi nutqidan. 2022-yil 8-yanvar.
2. Jabborova Onahon Mannopovna, Jumanova Fatima Uralovna, & Mahkamova Shohida Rahmatullayevna. (2020). Formation of Artistic Perception of Future Teachers. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(4), 4087-4095.
3. Митина Л.М. (2004). Психология труда и профессионального развития учителя. - М.: Академия. - 320 с.
4. "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 October 2021 / Volume 2 Issue 10 www.openscience.uz 339