Научная статья на тему 'MTTDA INNOVATSION FAOLIYATNI TASHKIL ETISHNING PEDAGOGIK SHARTLARI'

MTTDA INNOVATSION FAOLIYATNI TASHKIL ETISHNING PEDAGOGIK SHARTLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
pedagog / tarbiyachi / mutaxassis / sifat / faoliyat / jarayon / xususiyat / motivatsiya / rivojlantirish / mehnat

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Xudjaniyazova Qunduz Karimboevna, Raximova Ravshanoy Turdalievna

Maqolada MTTlarida pedagoglar va mutaxassislarni rivojlantirish istiqbollari, mehnat samaradorligini oshirish yo'nalishlari haqida ma'lumotlar berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MTTDA INNOVATSION FAOLIYATNI TASHKIL ETISHNING PEDAGOGIK SHARTLARI»

MTTDA INNOVATSION FAOLIYATNI TASHKIL ETISHNING

PEDAGOGIK SHARTLARI

1Xudjaniyazova Qunduz Karimboevna, 2Raximova Ravshanoy Turdalievna

1Qoraqalpog'iston Respublikasi, Ellikqal'a tumani 7-son DMTT direktori 2Marg'ilon shahar 4-son DMTT direktori https://doi.org/10.5281/zenodo.11257247

Annotatsiya. Maqolada MTTlarida pedagoglar va mutaxassislarni rivojlantirish istiqbollari, mehnat samaradorligini oshirishyo'nalishlari haqida ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: pedagog, tarbiyachi, mutaxassis, sifat, faoliyat, jarayon, xususiyat, motivatsiya, rivojlantirish, mehnat.

Аннотация. В статье представлена информация о перспективах системы развития педагогов и специалистов ДОО, направлениях повышения эффективности труда.

Ключевые слова: педагог, воспитатель, специалист, качество, деятельность, процесс, характеристика, мотивация, развитие, труд.

Abstract. The article provides information about the systemic development of teachers and preschool specialists, and directions for increasing labor efficiency.

Keywords: teacher, educator, specialist, quality, activity, process, characteristics, motivation, development, work.

Zamonaviy MTTda bugungi kunda tarbiyachilar uzluksiz innovatsion izlanishda bo'lishi, fikrlashi, psixologik munosabatlarini o'zgartirishi, shuningdek, tarbiyachilar faoliyatga alohida tayyorgarlik ko'rishi kerak bo'lib, bu o'z navbatida MTT rahbarlarining asosiy funksiyalaridan biri bo'lgan ta'limni rivojlantirishning uzok muddatli strategik rejalarini tuzishda asosiy e'tiborni tarbiyachilarning u yoki bu asosda ijodiy faoliyat yuritishlari uchun tushuntirish ishlariga qaratishi lozim. Bu o'z navbatida tarbiyachilarning kasbiy qiziqishlari ko'lamini kengaytirishga, ya'ni ularning metodik adabiyotlarni o'qib o'rganishdai to nazariy psixologik-pedagogik va fundamental tadqiqotlar olib borishiga ham imkoniyatlar yaratadi. Yaxshi ilmiy-pedagogik tayyorgarlik innovatsion faoliyatning samaradorligini ta'minlaydi. Innovatsion jarayonlarda faol ishtirok etuvchi tarbiyachilar muntazam ravishda o'zini-o'zi rivojlantirishi va ta'lim-tarbiya tizimini takomillashtirishining katalizatoriga aylanadi. ya'ni mazkur jarayonlarning tezlashishida muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday pedagoglar bilan ishlash, ya'ni jamoani ichiga ergashtira oladigan xodimlarni boshkarish va ularning faoliyatini tashkil etish o'ziga xos xususiyatlarga ega. Shuning uchun MTT raxbarlari yangilik yaratish va ularni tadbiq etish, ixtirochilar salohiyatidan samarali foydalanish, ularning tajribasini targ'ibot kilish, ommalashtirish, innovatsion faoliyatlarining natijalarini baholash bo'yicha ayniksa bog'cha va pedagogik jamoa darajasida zaruriy bilim, ko'nikma va malakalarga ega bo'lishi zarur bo'lib bu ularning integrativ mahoratlarini belgilaydi.

Integrativ mahorat - bu umumlashtirilgan mahorat bo'lib, MTT rahbarlari boshqaruv faoliyatida ijobiy natijalarga erishish, ta'lim-tarbiya jarayoniii rivojlantirishga yo'naltirilgan MTT ichki boshqaruvining maqsadini tizimli rejalashtirish va amalga oshirishida zarur hisoblanadi. Mazkur ko'nikmaga ega bo'lmasdan maqsadga erishishning yo'llari, vositalari va erishish muddatini aniq belgilash mushkul. Pedagogika fanining va oldingi tajribalarning integrativ asosdagi xulosalari va tavsiyalari yangi g'oyalarning manbasi hisoblanadi, ular o'z navbatida innovatsion jarayonlarni boshqarish samaradorligiga o'z ta'sirini ko'rsatadi. Umumiy holda, o'quv yurtlarida innovatsion faoliyatni tashkil etishga ob'ektiv va sub'ektiv omillar sabab buladi. Ob'ektiv

omillarga davlatning yangi ta'lim siyosati, ta'lim sohasidagi fundamental va amaliy tadqiqotlar, MTTning innovatsion faoliyat yunalishidagi tajribalarini kiritishimiz mumkin. Sub'ektiv omillarga ijtimoiy-hududiy ehtiyoj, o'quv yurtining ta'lim-tarbiyaviy faoliyatining rivojlanish jarayoni, pedagoglarning ilmiy-metodik bilim, ko'nikma va malakalari, ilmiy salohiyatining rnvojlanishi, o'quv yurti salohiyatining o'sishi, boshqaruv xususiyatlarining o'zgarishi misol bo'ladi.

Maktabgacha ta'limga yangicha yondashuvlarni joriy etish, birinchi navbatda, ta'lim mazmunini yangilash, ilg'or pedagogik texnologiyalar va o'qitishning zamonaviy metodlarinn tadbik etish, ta'lim jarayonini ilmiy asosda tashkil etish va uni boshqarishni zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarnnng talablariga mos o'zgartirish, pedagogik xodimlarnn kayta tayyorlash va malakasini oshirishning ilmiy-pedagogik asoslarini yaratish va takomillashtirish hamda innovatsion ta'lim tashkilotlarining barcha turlariga xos innovatsion faoliyatning sgrukturaviy komponentlariga asoslanishga bog'liq.

MTT innovatsion faoliyati jarayonini tashkil etishning pedagogik shartlari sifatida quyidagilar belgilanadi:

1.Innovatsion faoliyatning o'ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi nazariy-pedagogik qoidalar majmuasinn ishlab chiqish. Nazariy-pedagogik koidalar majmuasi innovatsion faoliyatning asoslari bilan belgilanib, innovatsion faoliyatning maqsadi, vazifasi, mazmuni hamda uni tashkil etish tamoyillarini o'z ichiga oladi. MTTni innovatsion faoliyatga jalb etuvchi omillar innovatsion faoliyatni motivlashtirnshga sabab buladi. Innovatsion faoliyatni tashkil etish nshlari asosiy maqsadga erishishga yo'naltirilgan bo'ladi va shu munosabat bilan MTTda asosiy o'zgarishlar vujudga keladi Mazkur maqsadlarga erishishda qator vazifalarni bajarish zarur:

- jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlariga mos, bilimli va qobiliyatli bitiruvchilar modelini amalga oshirishga asoslanish (ta'lim mazmunini yaigilash);

- birinchidan, ta'lim mazmunini turli mafkuralardan tozalash, raqobatni vujudga keltiruvchi fikrlar bilan to'ldirish;

• - ikkinchidan, davlat ta'lim standartlariga mos ravishda, harakatdagi dasturlarga yangi rivojlantiruvchi ayrim o'zgartirishlarni kiritish:

• - yangilangan texnologik va dasturiy-metodologik maxsulotlarni yaratish nazariy ishlab chiqilgan uzluksiz ta'lim g'oyalarini amalga oshirishning dolzarb ehtiyojlarini ifodalaydi. Mazkur g'oya ta'lim va tarbiyaning zamonaviy texnologiyalarini izlash muammolarini vujudga keltiradi va bular sub'ekt-ob'ekt, tarbiyalanuvchi va tarbiyachi munosabatlariga asoslanadi, bu munosabatlar shaxsning qiziqishlari, qobiliyatlari va sifatlarini anglashga yo'naltirilgan umumiy rivojlanish shartlarini belgilovchi asoslar hisoblanadi; ko'proq samarali hisoblangan o'qitish vositalarini tanlash.

2.MTT ilmiy-tadqiqot salohiyatini shakllantirish. MTT sharoitida innovatsion faoliyatni tashkil etishning muhim asoslari MTT ilmiy-tadqiqot salohiyatini shakllantirish hisoblanadi hamda u Tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning hamkorligi asosida rivojlanadi.

3.Innovatsion faoliyatni tashkil etishni ta'minlashning asosiy shartlari alohida boshqaruv jihatlari, ya'ni mazkur faoliyatni tashkil etishga yo'naltirilgan, yangilangan boshqaruv strukturasiii shakllantirish hisoblanadi. Innovatsion faoliyatni ilmiy asosda tashkil etish munosabati bilan ta'lim jarayoniga innovatsiyalarni kiritishda barqarorlik vujudga keladi. Bunda eng muhimi, pedagogik jamoaning innovatsion faoliyatga tayyorgarligi va ehtiyojlarini inobatga olib yangiliklarni tanlash hisoblanadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining « Maktabgacha ta'lim-tarbiya to'g'risida»gi Qonuni. 2019 y.

2. O'zbekiston Respublikasi VMning "Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash tog;risida"gi 802-son qarori. 2020y.

3. Po'latov SH. "Ta'lim menejmenti, yoxud ta'lim muassasasini ilmiy-metodik boshqarish texnologiyasi". O'quv qo'llanma. "Adabiyot uchqunlari" T.2017y.

4. Kalmuratov T.N. Issues of Improving the Management of Family Non-Governmental Preschool Education Organizations. International Journal of Social Science Research and Review, http://ijssrr.com editor@ijssrr.com Volume 4, Issue 4 November, 2021 Pages: 135139.5 bet

5. Valiyeva F.R. To Develop Professional Training of Professional Education Specialists by Ensuring //International Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD) Special Issue on International Research Development and Scientific Excellence in Academic Life Available Online: www.ijtsrd.com e-ISSN: 2456 - 6470 2021

6. Olimov Q.T, Li D.Ye, Mavlonov N.Sh, Technology of creation electronic textbooks on special disciplines for vocational education, J: Xalqaro ilmiy jurnal "Vestnik nauki" 2020-yil 23-fevral № 2 (23)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.