Научная статья на тему 'MTTDA BOLALARGA EKOLOGIK TARBIYA BERISHNING NAZARIY ASOSLARI'

MTTDA BOLALARGA EKOLOGIK TARBIYA BERISHNING NAZARIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bola / maktabgacha yosh / madaniyat / munosabat / tabiat / ekologiya / suv / o'simlik / shakllantirish.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Soliyeva Gulhayo Shokirjon Qizi, Joʻrayeva Farangiz Xusnitdinova

Maqolada MTTda ekologik ta'lim-tarbiya berishning nazariy jihatlari, bolalarda ekologik madaniyatni shakllantirish masalalariga e'tibor qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MTTDA BOLALARGA EKOLOGIK TARBIYA BERISHNING NAZARIY ASOSLARI»

«MAKTABGACHA TALIM TIZIMI XODIMLARINI RIVOJLANTIRISH: AMALIYOT VA XORIJIY TAJRIBA»

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 2024 YIL 23-24 MAY

MTTDA BOLALARGA EKOLOGIK TARBIYA BERISHNING

NAZARIY ASOSLARI

1Soliyeva Gulhayo Shokirjon qizi, 2Jo'rayeva Farangiz Xusnitdinova

1Qo'shtepa tumani 12-sonli DMTT direktori, 2Oqdaryo tumani 13- DMTT direktori https://doi.org/10.5281/zenodo.11288319

Annotatsiya, Maqolada MTTda ekologik ta'lim-tarbiya berishning nazariy jihatlari, bolalarda ekologik madaniyatni shakllantirish masalalariga e'tibor qaratilgan.

Kalit so'zlar: bola, maktabgacha yosh, madaniyat, munosabat, tabiat, ekologiya, suv, o'simlik, shakllantirish.

Аннотация. В статье рассмотрены теоритические аспекты экологического воспитания в ДОО, вопросы формирования экологической культуры у детей.

Ключевые слова: ребенок, дошкольный возраст, культура, отношение, природа, экология, вода, растение, образование.

Abstract. The article discusses the theoretical aspects of environmental education in preschool educational institutions, issues of developing an environmental culture in children.

Keywords: child, preschool age, culture, attitude, nature, ecology, water, plant, education.

Bugungi kunda insoniyatni xavfga solayotgan muammolardan biri yer kurrasidagi ekologik vaziyat hisoblanadi. Jamiyatning atrof-muhit bilan o'zaro buzilgan aloqasi keng jamoatchilik o'rtasida katta tashvish uyg'otmoqda.

Insonning tabiiy boyliklardan haddan tashqari oshiqcha foydalanishi oqibatida sayyoramizning qiyofasi o'zgarib bormoqda. Yashil o'rmonlar siyraklashib, o'simlik va hayvonot turlari kamaymoqda, foydali qazilma boyliklari tugab bormoqda. Suv havzalari va atmosfera havosining ifloslanishi, chiqindi moddalarning ortib borishi natijasida aholini oziq-ovqat bilan ta'minlash, energiya va chuchuk suv muammolari borgan sari murakkablashmoqda. Oqibatda, million-million yillar davomida turg'un bo'lgan tabiiy holatga putur yetmoqda.

Maktabgacha yosh ekologik madaniyatni shakllantirishda eng ma'qul davr hisoblanadi. Bu yoshda bolaning dunyoqarashi va ongi, odob-axloq me'yorlari rivojlanayotgan bo'ladi. Bu yoshda inson, bola go'zallikka, jonli va jonsiz tabiat bilan hamohang bo'lishga, jamoaviy va do'stona munosabatlarga tayyorlik, ruhiy yuksalish va o'zini anglashga, olamni chegaralarsiz qabul qilishga, yuksak axloqiy sifatlarga intiladi. Bola o'zgalarning qayg'usini his qiladi, o'zning va boshqalarning adolatsizligini og'ir qabul qiladilar, kattalarning yaxshi ishlariga va sifatlariga taqlid qiladilar. Bolaning beg'ubor qalbi moddiy va ruhiy olamni o'zida birlashtiradi. Mana shu birlashuvsiz bolada ekologik dunyoqarash va ongni shakllantirish imkonsiz.

Zaminimizdagi tabiiy manbalarni asrab-avaylashning eng muhim vositalaridan biri o'sib kelayotgan yosh avlodni tabiatni asrashga oid ekologik bilimlardan xabardor qilish, ularga ekologik tarbiya berish hisoblanadi. Tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo'lish, uning boyliklaridan unumli foydalanish, tevarak-atrofdagi muhitni yaxshilash, uning buzilishi, ifloslanishiga yo'l qo'ymaslik, tabiatga nisbatan axloqiy qiymatdagi xatti-harakatlarni amalga oshirish malaka va ko'nikmalari esa bolalikdan rivojlantirilsagina maqsadga erishish mumkin. Ayni maqsadlar insonning butun hayoti davomida mafkura, siyosat, san'at, adabiyot, ilmiy bilimlar, ishlab chiqarish amaliyoti, ta'lim-tarbiya, tashviqot orqali amalga oshirilishi mumkin. Bu ishlarning dastlabki shakllari maktabgacha ta'lim yoshidan boshlanishi zarur. Bolaning

«MAKTABGACHA TALIM TIZIMI XODIMLARINI RIVOJLANTIRISH: AMALIYOT VA XORIJIY TAJRIBA»

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 2024 YIL 23-24 MAY

maktabgacha ta'lim yoshi davrida tevarak-atrofdagi borlikka nisbatan ongli ravishda tabiatga ijobiy munosabati tarkib topa boshlaydi va u ona tabiatga bo'lgan g'amxo'rligini orttira boradi.

Bolalardagi atrof-muhitga bo'lgan qiziqishni qo'llab-quvvatlash bilan bir vaqtda, ularni tabiatni asrab-avaylash ruhida tarbiyalash kerakligini esdan chiqarmaslik kerak. Ekologik tarbiya maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarni ma'naviy-ma'rifiy tarbiyalash, tabiat go'zalliklarini ko'ra bilishlarida katta yordam beradi.

Ekologik ta'lim-tarbiya maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalar orasida bebaho insonparvarlik munosabatini rivojlantiradi: tabiatning barcha ob'ektlariga nisbatan qiziqishini uyg'otadi, atrof-muhitning shart-sharoitini o'rganish, unga g'amxo'rlik qilish malakalarini rivojlantiradi.

Tabiatda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lishni tarbiyalash maktabgacha ta'lim tashkilotlarining eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirish jarayonida tabiatga nisbatan ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lishni tarkib toptirishga katta e'tibor beriladi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning ekologik tarbiyasi muhim ahamiyatga ega bo'lib, xuddi mana shu yoshda bolada ma'naviy madaniyatning bir qismi hisoblangan shaxsiy ekologik madaniyatning poydevori shakllanadi.

REFERENCES

1. "Ilk kadam" Maktabgacha talim tashkilotining Davlat o'quv dasturi

2. Аксенова П. В заповедном лесу : экологическое воспитание дошкольников // Дошкольное воспитание. - 2009. - N 7.

3. Ашиков В. Семицветик - программа культурно-экологического образования дошкольников // Дошкольное воспитание. - 1998. - N 2.

4. Виноградова Н. Ф. Дети, взрослые и мир вокруг / Виноградова Н. Ф. - М. : Просвещение, 1993. - 128 с. СОУНБ; ЕФ; Шифр 74.102.1; Авторский знак В493; Инв. номер 2181601-ЕФ СОУНБ; ЕФ; Инв. номер 2181125-ЕФ

5. Детский сад - эталон экологической культуры // Вестник экологического образования. - 2004. - N 2.

6. Kalmuratov T.N. Issues of Improving the Management of Family Non-Governmental Preschool Education Organizations. International Journal of Social Science Research and Review, http://ijssrr.com editor@ijssrr.com Volume 4, Issue 4 November, 2021 Pages: 135139.5 bet

7. Valiyeva F.R. To Develop Professional Training of Professional Education Specialists by Ensuring //International Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD) Special Issue on International Research Development and Scientific Excellence in Academic Life Available Online: www.ijtsrd.com e-ISSN: 2456 - 6470 2021

8. Olimov Q.T, Li D.Ye, Mavlonov N.Sh, Technology of creation electronic textbooks on special disciplines for vocational education, J: Xalqaro ilmiy jurnal "Vestnik nauki" 2020-yil 23-fevral № 2 (23)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.