Научная статья на тему 'MAKTABGACHA YOSH BOLALARDA EKOLOGIK MADANIYAT ASOSLARINI SHAKLLANTIRISH'

MAKTABGACHA YOSH BOLALARDA EKOLOGIK MADANIYAT ASOSLARINI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
axloq / maktabgacha yosh / maktabgacha ta'lim / ekologik tarbiya / ekologik madaniyat / tabiat / tarbiyachi / ota-ona.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Rahmonova Zarnigor Abduqahhorovna

Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda ekologik madaniyat asoslarini shakllantirish, ta'lim jarayonlarini integratsiyalashgan yondoshuvlarni qo'llash, ekologik madaniyatni shakllantirishda MTT va oila hamkorligini tashkil etish bo'yicha ma'lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA YOSH BOLALARDA EKOLOGIK MADANIYAT ASOSLARINI SHAKLLANTIRISH»

MAKTABGACHA YOSH BOLALARDA EKOLOGIK MADANIYAT ASOSLARINI SHAKLLANTIRISH

Rahmonova Zarnigor Abduqahhorovna

Andijon viloyati, Oltinko'l tumani 33-sonli DMTT direktori https://doi.org/10.5281/zenodo.11287921

Annotatsiya. Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda ekologik madaniyat asoslarini shakllantirish, ta'lim jarayonlarini integratsiyalashgan yondoshuvlarni qo'llash, ekologik madaniyatni shakllantirishda MTT va oila hamkorligini tashkil etish bo'yicha ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: axloq, maktabgacha yosh, maktabgacha ta'lim, ekologik tarbiya, ekologik madaniyat, tabiat, tarbiyachi, ota-ona.

Maktabgacha yoshdagi bolalarga ekologik ta'lim berish bu pedagogikada zamonaviy urf emas, balki bolalarda atrof olamni yaxshi ko'rish hissi va unga bo'lgan ehtiyotkorona munosabatni shakllanttirishdir. Bolalarni tabiat bilan tanishtirganda ularda estetik, vatanparvarlik, axloqiy tarbiya olish imkoniyatlari ochiladi. Tabiat bilan muloqotda bo'lish insonning ruhiy olamini o'zgartiradi, ijobiy axloqiy sifatlarini shakllantiradi. Ekologik tarbiyani bola shaxsi rivojlanayotgan ilk yoshda boshlash kelajak uchun mustahkam poydevor bo'ladi.

Tarbiyachining bolalar bilan ishlashda asosiy urg'u beradigan jihatlariga ta'lim berishda integratsiyalashgan yondoshuv kiradi, ta'lim berishning bu usuli nafaqat ekologik tarbiyani balki har tomonlama barkamol shaxs tarbiyalashga xizmat qiladi. Mashg'ulotlar, suhbatlar, sayrlar, kuzatuvlar bolaning anglash izlanish faoliyatini oshiradi. Ba'zi tabiat hodisalari sodir bo'lganda pedagoglar boshchiligida kuzatishlar amalga oshirilib, ularning tabiatda paydo bo'lish omillari haqida ma'lumotlar olishlari tasavvurlarini yanada kengaytiradi. Anglash izlanish faoliyatining natijasi o'laroq bolaning mustaqil bilim olish faolligi oshiriladi. Bolalarda jonli va jonsiz tabiatni tashqi belgilari va yashash muhitiga qarab tizimlashtirish va guruhlarga ajratish imkoni mavjud. Ob'ektlarning o'zgarishi, bir holatdan ikkinchi holatga o'tishi bolalarda alohida qiziqish uyg'otadi.

Amaliyotda ekologik aksiyalarni o'tkazish ta'lim tarbiya jarayonining yana bir qiziqarli yo'nalishi hisoblanadi. Tabiat muhofazasi bo'yicha o'tkaziladigan aksiyalar kompleks tadbir hisoblanib, bolalar bilan birga kattalarni ham tabiatni muhofaza qilish jarayoniga jalb qiladi, jarayon davomida bolalarda tabiatni kelgusi avlodlarga asrashga qaratilgan ekologik anglash va istak paydo bo'ladi. Shuningdek, ekologik aksiyalar mavzusini aniqlash maqsadida ota-onalar bilan hamkorlikda pochtalar tashkil qilish mumkin. Olingan takliflar natijasida "Qishda qushlarni oziqlantiramiz", "Bizning yashil bog'chamiz", "Mehnat askarlari", "Qushlar uchib keldilar", "Yaxshilik yo'llari", "Ozor berma" kabi bir necha yo'nalishlarda ekologik aksiyalar tashkil etish mumkin.

Har qanday pedagogik jarayonda ota-onalar bilan hamkorlikda ishlash yuqori samara beradi. MTTda ota-onalar bilan birgalikda ekologik bayramlar, "Ekologik ertaklar", "Go'zal archa-yoqar barchaga", "Jajji ekologlar", "Hayvonot olami", "Ona sayyora" kabi bolalar va kattalar ijodiy ko'rgazmalarini tashkil etish ham bolalarda atrof-muhit muhofazasi bo'yicha bilimlarini oshishiga xizmat qiladi.

Shuningdek, ota-onalar bilan dialog tarzida davra suhbatlari, fakulbtativ mashg'ulotlar, savol va javoblar kechalari, seminar praktikumlar tashkil etish mumkin.

Ekologik tarbiyani o'zlashtirishni yengillashtirish maqsadida mashg'ulotni rejalashtirishda 4 ta o'zaro bog'liq bo'limlar ishlash mumkin:

> Kognitiv tadbirlar.

> O'quv ishlari.

> Amaliy tadbirlar.

> Ko'ngilochar tadbirlar.

Kognitiv dunyo o'z ichiga inson va jamiyat kabi mavzularni oladi. Inson-uy, ko'cha, shahar. Inson tabiatga qanday ta'sir ko'rsatadi, tabiatni kelgusi avlodga saqlash uchun nimalar qilishi kerak. Bo'lim shuningdek, o'simliklar va hayvonlar, jonli va jonsiz tabiat haqida aniq bilimlar beruvchi tadbirlarni o'z ichiga oladi.

O'quv ishlari - "tabiat va qish guldastasi fantaziyasi", ekologiya suratlarda, ekologik plakatlar seriyasi va h.k. ko'rgazmalar tashkil etishni o'z ichiga oladi. O'qish, she'rlarni yodlash, hikoyalar aytish, tabiat belgilari haqida topishmoqlar aytish. Bolalarning mustaqil ertaklar, hikoyalar to'qishi.

Amaliy tadbirlar - tabiiy materiallar uchun oziq tayyorlash, qo'l ishlari, ko'rgazmali materiallar tayyorlash, o'simliklar ekish, markazlarda ishlash, rasmlar, plakatlar chizish.

Ko'ngilochar tadbirlar - turli sayrlar, ekskursiyalar, viktorinalar, ertaliklar.

Tabiatda harakatlanish qoidalari:

- O'simliklar bilan ehtiyotkorona munosabatda bo'lish, daraxtlarning shoxlarini sindirmaslik, gullayotgan o'simliklarni ildizi bilan sug'urib olmaslik, o'simliklarni gullarini uzmaslik, faqat tushib qolgan barglarni yig'ish.

- Daraxtlarning po'stlog'ini yulish, pichoq bilan tilmaslik, kesmaslik lozim.

- O'rmonda, park va bog'larda axlat qoldirmaslik, axlat natijasida o'simliklar zarar ko'rishi, atrofdagi suv, daraxtlar va muhit zarar ko'radi.

- Dalada gullar, mevalar tergan paytda ularning urug'ini ko'payishi, qushlar va hayvonlarga ozuqa uchun qoldirish kerakligini yoddan chiqarmaslik kerak. Ochilmagan gullarni, yetilmagan mevalarni daraxtlardan uzib olish mumkin emas.

Bolalarni yoshligidan ona Vatanga, atrof muhitga muhabbat ruhida tarbiyalash maktabgacha ta'lim pedagogikasi oldida turgan muhim vazifalardan hisoblanadi. Shu bois, maktabgacha yoshdagi bolalarda ekologik madaniyatni oshirishda ta'lim-tarbiya jarayonini amaliyot bilan bog'lab tashkil etish yuqori samara beradi. Bolalarga ekologik tarbiya berishda o'zi yashaydigan muhitni ko'kalamzorlashtirish, mevali va manzarali daraxtlar ekish, xonaki o'simliklar parvarishlash, uy hayvonlariga ozor bermaslik, ko'cha va xiyobonlarda, bog' va dam olish hududlarida ozodalikka rioya qilish qoidalariga amal qilishga o'rgatish muhim ahamiyatga ega. Ekologik madaniyat avvalo oiladan, ta'lim-tarbiya maskanidan boshlanadi. Ekologik dunyoqarashni shakllantirishning negizi oiladagi tarbiyaga bevosita bog'liqdir. Maktabgacha yoshdagi bolalarda ekologik madaniyatni shakllantirishda oila bilan hamkorlik faoliyati pedagoglar kutgan natijani to'laqonli ravishda oqlaydi.

Xulosa o'rnida shuni aytish lozimki, bolalarda ekologik madaniyatni oshirish orqali biz kelgusi avlodlar uchun ona sayyoramizni asrab qolamiz.

REFERENCES

1. "Ilk qadam" Maktabgacha ta'lim tashkilotining Davlat o'quv dasturi

2. Аксенова П. В заповедном лесу : экологическое воспитание дошкольников // Дошкольное воспитание. - 2009. - N 7. - С. 62-65.

3. Ашиков В. Семицветик - программа культурно-экологического образования дошкольников // Дошкольное воспитание. - 1998. - N 2. - С. 34-39.

4. Виноградова Н. Ф. Дети, взрослые и мир вокруг / Виноградова Н. Ф. - М. : Просвещение, 1993. - 128 с. СОУНБ; ЕФ; Шифр 74.102.1; Авторский знак В493; Инв. номер 2181601-ЕФ СОУНБ; ЕФ; Инв. номер 2181125-ЕФ

5. Детский сад - эталон экологической культуры // Вестник экологического образования. - 2004. - N 2. - С. 4.

6. Иванова Г. Об организации работы по экологическому воспитанию // Дошкольное воспитание. - 2004. - N 7. - С. 10-14.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.