Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARI TARBIYALANUVCHILARINING EKOLOGIK SAVODXONLIGINI OSHIRISHDA JONLI TABIAT BURCHAKLARINING O’RNI'

MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARI TARBIYALANUVCHILARINING EKOLOGIK SAVODXONLIGINI OSHIRISHDA JONLI TABIAT BURCHAKLARINING O’RNI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
113
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Research Focus
Ключевые слова
maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari / ekologik savodxonlik / tabiat burchaklari / o’simlik va hayvonot dunyosi / ekologik madaniyat / tabiatni asrash / ekologik muammolar / atrof-muhit. / воспитанники дошкольных образовательных учреждений / экологическая грамотность / уголки природы / растительный и животный мир / экологическая культура / охрана природы / экологические проблемы / окружающая среда.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Qoriyev Mirzohid Rustamjonovich, Ubaydullayeva Muhlisa Ma’Murjon Qizi, Abdulxaqova Shodiyona Kamoliddin Qizi

Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining ekologik savodxonligini oshirishda tabiat burchaklarining o’rni va ahamiyati xususida olib borilgan tadqiqot natijalari bayon etilgan. Shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalarida jonli tabiat burchaklarini tashkil etish bo’yicha taklif va tavsiyalar keltirib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

РОЛЬ УГОЛКОВ ЖИВОЙ ПРИРОДЫ В ПОВЫШЕНИИ ЭКОЛОГИЧЕСКОЙ ГРАМОТНОСТИ ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЙ

В данной статье описаны результаты исследования роли и значения уголков природы в повышении экологической грамотности детей дошкольных образовательных учреждений. Также были даны предложения и рекомендации по организации уголков живой природы в дошкольных образовательных учреждениях.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARI TARBIYALANUVCHILARINING EKOLOGIK SAVODXONLIGINI OSHIRISHDA JONLI TABIAT BURCHAKLARINING O’RNI»

MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASALARI TARBIYALANUVCHILARINING EKOLOGIK SAVODXONLIGINI OSHIRISHDA JONLI TABIAT BURCHAKLARINING O'RNI Qoriyev Mirzohid Rustamjonovich

NamDU Ekologiya kafedrasi katta o'qituvchisi, g.f.f.d. (PhD) E-mail: qoriyevmirzohid@mail.ru Ubaydullayeva Muhlisa Ma'murjon qizi NamDU, Biologiya yo'nalishi talabasi E-mail: ubaydullayevamuhlisa@mail.ru Abdulxaqova Shodiyona Kamoliddin qizi NamDU, Biologiya yo'nalishi talabasi E-mail: sh.abdulxaqova@mail.ru https://doi.org/10.5281/zenodo. 7622274 Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining ekologik savodxonligini oshirishda tabiat burchaklarining o'rni va ahamiyati xususida olib borilgan tadqiqot natijalari bayon etilgan. Shuningdek, maktabgacha ta'lim muassasalarida jonli tabiat burchaklarini tashkil etish bo'yicha taklif va tavsiyalar keltirib o'tilgan.

Kalit so'zlar: maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilari, ekologik savodxonlik, tabiat burchaklari, o'simlik va hayvonot dunyosi, ekologik madaniyat, tabiatni asrash, ekologik muammolar, atrof-muhit.

РОЛЬ УГОЛКОВ ЖИВОЙ ПРИРОДЫ В ПОВЫШЕНИИ ЭКОЛОГИЧЕСКОЙ ГРАМОТНОСТИ ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЙ Аннотация. В данной статье описаны результаты исследования роли и значения уголков природы в повышении экологической грамотности детей дошкольных образовательных учреждений. Также были даны предложения и рекомендации по организации уголков живой природы в дошкольных образовательных учреждениях.

Ключевые слова: воспитанники дошкольных образовательных учреждений, экологическая грамотность, уголки природы, растительный и животный мир, экологическая культура, охрана природы, экологические проблемы, окружающая среда.

THE ROLE OF LIVELY NATURE CORNERS IN IMPROVING THE ENVIRONMENTAL LITERACY OF PRESCHOOL EDUCATIONAL INSTITUTIONS

Annotation. This article describes the results of the research on the role and importance of nature corners in increasing the environmental literacy of children of preschool educational institutions. Also, suggestions and recommendations on the organization of living nature corners in pre-school educational institutions were given.

Key words: pupils of preschool educational institutions, ecological literacy, corners of nature, flora and fauna, ecological culture, nature conservation, ecological problems, environment. KIRISH.

Bugungi kunda fan va texnikaning jadallik bilan rivojlanib borishi natijasida insonning atrof-muhitga bo'lgan ta'siri ham kuchayib bormoqda. Insonlarning tobora ortib borayotgan extiyojlarini qondirish maqsadida tabiat boyliklarini o'zlashtirish miqyosi kun sayin ortmoqda. Tabiiy resurslardan betartib va ehtiyojlardan ortiq miqdorlarda foydalanish, ularni isrof qilish oqibatida ming yillar davomida barqaror bo'lib kelgan ekologik muvozanat buzilib, tabiiy ekosistemalar falokat yoqasiga kelib qolmoqda. Ko'plab ekologik muammolar insonlarning sog'lom va farovon hayotiga jiddiy tahdid solmoqda. Shular jumlasiga tuproq sho'rlanishi [8],

qishloq xo'jaligi yerlarining zichlanib borishi [14], atmosfera havosining ifloslanib borishi [15], suv resurslarining ifloslanib borishi va chuchuk suv tanqisligi kabi ko'plab ekologik muammolarni keltirish mumkin [7]. Ayniqsa, O'zbekistonda suv tanqisligi muammosi keyingi yillarda juda keskinlashdi. Shu bois, ushbu muammoni yumshatish maqsadida mamlakatimiz olimlari tomonidan juda ko'plab tadqiqotlar o'tkazilmoqda. Shular jumlasiga, qishloq xo'jaligida suvni tejash va suvtejamkor agrotexnologiyalardan samarali foydalanish kabilarni misol qilish mumkin [1, 3, 5, 10, 11, 12, 13].

Bundan tashqari, mamlakatimizda yer osti boyliklaridan tejamkorlik bilan foydalanish va asosan, amalda tugamaydigan muqobil energiya (quyosh, shamol, geothermal va b.) resurslaridan samarali foydalanishga yuqori urg'u berilmoqda [4].

Ta'kidlash joizki, ekologik muammolarning asosiy sabablaridan biri - bu aholining ekologik madaniyatini pastlab borayotganligi hamda o'sib kelayotgan yosh avlodga ekologik ta'lim va tarbiya berishda bee'tibor bo'linayotganligidir. Jaxon miqyosida yuzaga kelgan ekologik tang vaziyat aholining tobora unutilib ketayotgan sof ekologik madaniyatni esga solishni, o'sib kelayotgan yosh avlodni tabiatga bo'lgan chuqur muhabbatini uyg'otishni har qachongidanda ko'proq talab etmoqda.

Shaxsning ekologik madaniyati - bu tabiatni muhofaza qilish, uning boyliklaridan oqilona foydalanish, ekologik hissiyot, ehtiroslarning shakllanishi, faol hayotiy nuqtai nazarda turish, ekologik bilimga ega bo'lishdan iboratdir. Shuningdek, Ekologik madaniyat deganda tabiat haqidagi bilim, ong, idrok, savodxonlik, intellektual salohiyat va uni amalda qo'llay bilish faoliyati, atrof-muhitga nisbatan faoliyatning yuksak ko'rsatkichi, ongli va ma'suliyatli yondashuvlaridir [6, 9]. Ana shu hislatlarga inson, faqat, tabiat bilan to'g'ri va ijobiy munosabatga kirishgandagina ega bo'ladi. Tabiatning ahamiyatiga har qancha baho berilsa ham ortiqcha bo'lmas. Tabiat bilan yaqin munosabatta bo'lish insonga ijobiy ta'sir qiladi, uni sofdilroq, muloyimroq qilib, ko'nglida eng yaxshi his-tuyg'ularni uyg'otadi. Bolalar tarbiyasida tabiatning o'rni ayniqsa katta, shu bilan birga ekologik tarbiya ham juda muhimdir.

Maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining ekologik savodxonligini oshirish maqsadida bolalarni tabiat bilan tanishtirish zarur. Hosil qilingan bilimlar asosida yosh bolalarda tabiat hodisalarini aniq tushina bilish, qiziquvchan bo'lish, kuzata bilish, mantiqan fikr yurita bilish, tirik narsaga zavq-shavq bilan qarash kabi fazilatlar shakllanib boradi. Bu esa bolalarda tabiatga muhabbat, tabiat boyliklarini ardoqlash kabi yaxshi fazilatlar shakllanishiga imkon beradi. Zero, tabiatni asrab avaylash, unga ziyon yetkazmaslik, atrof muhitga nisbatan e'tiborli bo'lish va qo'pol munosabatda bo'lishni oldini olish uchun ta'lim va tarbiyaning ilk bosqichlaridan boshlab ekologik madaniyatni rivojlantirishga kirishish kerakligi bir qator tadqiqotlarda ta'kidlab o'tilgan [2].

ASOSIY QISM.

Atrof-muhitni qamrab oladigan har qanday ta'lim muayyan usullardan foydalanishni o'z ichiga oladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash va har tomonlama rivojlantirish turli yo'llar bilan amalga oshiriladi. Eng samarali usul bu bolalarni tabiat bilan tanishtirishdir.

Maktabgacha ta'lim muassasasidagi xona o'simliklari va ba'zi hayvonlar parvarishlab boqiladigan tabiat burchagini bo'lishi bolalarni tabiat bilan tanishtirishga, unga mehr-muhabbat uyg'otishga yordam beradi. Bunda tabiat burchagi uchun mo'ljallangan o'simlik va hayvonlar, bolalar bog'chasi ta'lim va tarbiya programmasi" ga muvofiq tanlab olinadi. Jonli tabiat burchaklaridagi o'simlik va hayvonlarning hammasi turli-tuman kuzatib borish uchun qiziqish uyg'otadigan, ularga qilinadigan parvarish ishlari maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar qo'lidan

keladigan bo'lishi kerak.

Tabiat burchagidagi o'simlik va hayvonlarni parvarish qilish natijasida bolalarda tabiatga bo'lgan mehr va muhabbat hissi yanada ortib boradi. Bu esa har bir bolani tabiatni asrashga, uning boyliklaridan oqilona foydalanishga undaydi.

Hozirgi kunda maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida ekologik bilim va ko'nikmalar qay darajada shakllanmoqda, bolalar tabiat haqida yetarli bilimga egami va maktabgacha ta'lim muassasalarida jonli tabiat burchagi qanday tashkil etilganligini aniqlash maqsadida Namangan viloyati Norin tumanining maktabgacha ta'lim bo'limi tasarrufidagi "Kamalak" nomidagi nodavlat oilaviy maktabgacha ta'lim tashkilotiga tashrif buyurgan holda o'rganishlar olib borildi.

Dastlab, maktabgacha ta'lim muassasasida jonli tabiat burchagi qanday tashkil etilganligi o'rganildi. Tashkil etilgan bog'chaning har bir xonasida turli xildagi manzarali xona o'simliklari parvarish qilinayotganligi kuzatildi. Tarbiyachi har kuni xona o'simliklarini qay tarzda parvarish qilish kerak ekanligini o'rgatib, hatto bolalar bilan o'simliklarni birgalikda parvarish qilinishi aniqlandi. Shuningdek, bog'cha hovlisida mevali bog' ham tashkil etilgan. Bolalar daraxtlarni qanday gullab meva tugishini yil davomida kuzatib borishadi. Ularda qanday jarayonlar kuzatilishi haqida tushunchaga ega bo'lishadi. Bu esa bolalarni tabiatga bo'lgan mehrini yanada oshiradi.

Shundan so'ng, bog'cha bolalarini ekologik savodxonligi qay darajada ekanligini aniqlash maqsadida ularga yosh xususiyatidan kelib chiqib, tabiat bilan bog'liq bo'lgan turli savollar berilib, kichik imtixon o'tkazildi. Ularga berilgan dastlabki savol "ona tabiat deganda nimani tushunasiz" degan savol edi. Bolalarning 80% dan oshiq qismi bu savolga "tabiat - bu o'simliklar, atrofdagi yashillik, bizni o'rab turgan barcha narsalar" deb javob berishdi. Qolgan qismi esa "ona tabiat bu - onamiz" degan qiziqarli javob berishdi.

Navbatdagi savol - "biz tabiatga ozor bermasligimiz uchun nimalar qilishimiz kerak" degan savol bo'ldi. Bolar ushbu savolga quyidagicha javob berishdi:

70% i - "biz tabiatga ozor bermasligimiz uchun gullarni uzmasligimiz, daraxtlarni shoxlarini sindirmasligimiz, balki ularni asrashimiz kerak";

30% i - "axlatlarni turli joylarga tashlash ham tabiatga beriladigan ozor hisoblanadi. Shuning uchun axlatlarni maxsus idishlarga solish kerak" deb javob berishdi.

Navbatdagi imtixon, bolalarni o'simlik va hayvonlar bilan qanchalik tanish ekanliklarini aniqlashdan iborat bo'ldi. Biz bolalarga turli hayvonlar va mevalar rasmlarini ko'rsatdik. Bolalarning 90% dan ortiq qismi rasmdagi hayvonlarni nafaqat to'g'ri topishdi, balki, ularni uy va yovvoyi hayvon turlariga ajratishdi. Shuningdek, ularni qayerlarda yashashini, nimalar bilan oziqlanishini, ular qanday ranglarda bo'lishini ham aytib berishdi. Bolalarning 90% dan ortiq qismi hayvonlar suratlarini ko'rib, "men bu hayvonlarni bilaman, men ularni multfilmda ko'rganman" deya shoshib, javob berishdi. Xattoki, o'sha multfilmdan olgan taassurotlarini ham aytib berishdi. Ular turli hayvonlarni ovozini ham o'xshatib berishdi.

Sinov jarayonida, mevalar rasmi ko'rsatilganda ham bolalarning 90% dan ortig'i ikkilanishlarsiz ularning ham nomlarini topa olishdi.

XULOSA.

O'tkazilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, o'rganilgan maktabgacha ta'lim muassasasida jonli tabiat burchagidan o'simlik dunyosi vakillari yaxshi tashkil etilgan, ammo, hayvonot dunyosi vakillaridan (baliqlar, qushlar, quyonlar va b.) iborat jonli burchak tashkillanmaganligi aniqlandi. Shunga qaramay bolalarning hayvonot dunyosiga doir berilgan savollarga to'g'ri javoblarida multfilmlarning o'rni yuqori bo'lganligi aniqlandi. Shunday bo'lsada, hayvonot dunyosi

vakillaridan iborat jonli burchakni tashkil etish juda muhimdir. Bu yosh bolalarning hayvonot dunyosiga bo'lgan mehrni uyg'otishga katta turtki bo'ladi.

O'tkazilgan imtixondan olingan ijobiy natijalari shundan darak beradiki, mazkur maktabgacha ta'lim muassasasida ekologik ta'lim va tarbiya jarayoni yaxshi yo'lga qo'yilgan. Tarbiyachilar o'z ishlariga mas'uliyat bilan yondoshishgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Asamovich, K. B., & Rustamjonovich, K. M. (2018). Organization of gardens without irrigation on the adyrs of the northeastern part of the fergana valley. European science review, 1(11-12), 710.

2. Ergasheva T. Maktabgacha Ta'lim muassasalarida qiziqarli o'yinlar yordamida ekologik ta'lim samaradorligini oshirish imkoniyatlari //Экономика. - С. 84-87.

3. Kamalov, B. A., Abdurakhmanov, S. T., & Koriev, M. R. (2015). Possibility of crop in arid conditions without irrigation. European applied sciences, 10, 13-17.

4. Koriyev, M. R., & Abdujabborov, A. A. (2022). Alternative energy resources of Uzbekistan and possibilities of their effective use. Dera Natung Government College Research Journal, 7, 20-31.

5. Koriev, M. R. (2019). Assessment of the opportunities of the organization of dry horticulture on the adyr zones by mulching. ZENITH International Journal of Multidisciplinary Research, 9(8), 27-33.

6. Qoriyev Mirzohid, Ubaydullayeva Muhlisa. Maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilariga ekologik ta'lim va tarbiyani kuchaytirishning zarurati xususida. Iqtidorli talabalar ilmiy axborotnomasi. - Namangan, 2021. - №3. - 304-309 b.

7. Rustamjonovich K. M. Geoecological issues of horticulture development in the foothills of the Namangan region of the Republic of Uzbekistan //Indonesian Journal of Innovation Studies. -2019. - Т. 5.

8. Rustamjonovich K. M. Salinization of soils of adyr as a result of irrigation farming in the possibility of its elimination //Indonesian Journal of Innovation Studies. - 2019. - Т. 7.

9. Vassiyev Elyor. Ekologik madaniyatni shakllantirish. www.ipb.uz. http://www.ipb.uz/post/ gj fyukyujufyumyu

10. Chathuranika, I., Khaniya, B., Neupane, K., Rustamjonovich, K. M., & Rathnayake, U. (2022). Implementation of water-saving agro-technologies and irrigation methods in agriculture of Uzbekistan on a large scale as an urgent issue. Sustainable Water Resources Management, 8(5), 155.

11. Камалов, Б. А., Абдурахманов, С. Т., & Кориев, М. (2015). О вожможности развития растениеводства в аридных условиях без ирригации. Europaische Fachhochschule, (11), 1317.

12. Камалов, Б. А., Абдурахманов, С. Т., & Кориев, М. Р. (2015). Результаты опытов выращивания овощных культур и садоводства в предгорной зоне Ферганской долины без орошения. Устойчивое развитие горных территорий, 7(1), 46-52.

13. Кориев, М. Р. (2019). Мульчирование как самая важная водосберегающая агротехнология в орошаемом земледелии засушливых регионов. Экономика и социум, (11), 326-331.

14. Кориев М. Р. Адир тупрокларининг зичлашиб бориши ва унинг олдини олиш чора-тадбирлари //Журнал Биологии и Экологии. - 2019. - №. 2.

15. Кориев М. Р. и др. Namangan viloyati atmosfera havosining ifloslanishi //География: Природа и Общество. - 2021. - Т. 2. - №. 1.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.