MOVAROUNNAHR FIQH MANBALARI ASOSIDA AYOL KISHINING QIMMATBAHO TOSHLARDAN FOYDALANISH HUKMLARIGA DOIR
HADISLAR TAHLILI
TO'XTASINOV R.
Mir Arab oliy madrasasi katta o 'qituvchisi [email protected]
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada Imom Buxoriy, imom Termiziy, imom Dorimiy hamda boshqa muhaddislarning hadis bo'yicha yozilgan asarlarida zikr qilingan ayollarning qimmatbaho toshlardan foydalanishiga doir hadislarning hanafiy mazhabi asosidagi hukmlari o'rganilgan va mazhablar o'rtasi qiyosiy tahlil qilingan. Shuningdek, Movarounnahrfiqh manbalarida zikr etilgan hukmlarga alohida e 'tibor qaratilgan.
Kalit so'zlar: Imom Buxoriy, imom Termiziy, sihohi sitta, Movarounnahr fiqh manbalari, qimmatbaho toshlardan foydalanish hukmlari, ayollar ziynati.
ABSTRACT
In this article, the rulings based on the Hanafi madhhab of hadiths regarding the use ofprecious stones by women mentioned in the works of Imam Bukhari, Imam Tirmidhi, Imam Dorimi and other muhaddiths on the hadith were studied and a comparative analysis was made between the madhabs. Also, special attention is paid to the rulings mentioned in Movarounnahr fiqh sources.
Key words: Imam Bukhari, Imam Tirmidhi, sihahi sitta, Movarounnahr fiqh sources, rulings on the use ofprecious stones, women's jewelry.
АННОТАЦИЯ
В данной статье изучены постановления, основанные на ханафитском мазхабе хадисов относительно использования драгоценных камней женщинами, упомянутые в произведениях Имама Бухари, Имама Тирмизи, Имама Дорими и других мухаддисах по хадисам, и проведен сравнительный анализ. между мадхабами. Также особое внимание уделяется постановлениям, упомянутым в источниках фикха Моваруннахр.
Ключевые слова: Имам Бухари, Имам Тирмизи, Сихахи Ситта, источники фикха Моваруннахр, правила использования драгоценных камней, женские украшения.
47
www.birunijournal .uz
KIRISH
Islom shariati ayollami ziynatlanish, o'z mahramlariga chiroyli suratda ko'rinish tabiati bor ekanini e'tiborga olgan. Shunga ko'ra yer yuzida ular uchun bezanish, ziynatlanish uchun vositalar bisyor. Lekin bu ziynatning shariat chegarasida bo'lishini talab etadi. Isrofgarchilikka yo'l qo'ymagan, haddidan oshmagan bo'lsa, bo'lgani. Ayollar uchun ziynatlanishdagi chegara albatta islom huquqi, xususan Movarounnahr fiqh manbalarida batafsil bayon etilgan. Quyida ana shu manbalarga suyangan holda ayollar foydalanishi muboh - ixtiyoriy, manhiy - taqiqlangan holatlarni fiqhiy mazhablar ixtilofiga ko'ra bayon qilinadi. Shuning uchun masalani ikki qismga - ayollar foydalanishi muboh bo'lgan va ular foydalanishi mumkin bo'lmagan taqinchoqlar mavzusiga ajratib bayon qilinadi.
Tillo va kumush taqinchoqlardan foydalanish hukmlari
Movarounnahr fiqh manbalaridan "Hidoya", "Badoeus sanoe", "Muhit" va boshqa bir qancha manbalarda ayol kishining tillo va kumushdan taqinchoq sifatida foydalanishi joiz ekaniga ittifoq qilingani zikr qilinadi. Balki, ayrimlar bunga ijmo bog'langanini ham aytib o'tganlar. [1; 5/346] Shunga ko'ra, bu borada to'rt mazhab orasida ixtilof yo'q ekani tushuniladi. Ammo mutaaxxir (keyinroq yashab o'tgan) ayrim faqihlar halqali tillo ayollarga harom bo'ladi degan gapni aytganlar. Ular halqali deganda: "Uzuk, bilaguzuk, braslet, marjon, sirg'a va boshqa taqinchoqlar kabi halqa shaklida yasalgan tillo mahsulotlarni" nazarda tutganlar.
Albatta ikki tomon ham o'z mazhabini oyat hadislar bilan dalillagan. Ushbu dalillarni o'qish orqali qaysi mazhabning qarashi ustunroq ekanini mulohaza qilish mumkin. Jumhur ulamolar o'zlarining gaplariga dalil sifatida quyidagilarni keltiradilar: Abu Muso r.a. rivoyat qilinadi: "Rosululloh s.a.v.: "Ummatimning ayollariga tillo va ipak halol qilindi. Erkaklariga esa, haromdir", dedilar" [2; 3\132.]. Bu hadisning ko'p turuqlari bo'lib, ayrim ulamolar bu hadisni mutavotir ham deyishgan [3; B.298].
Halqali tilloni harom degan ulamolarning ham keltirgan dalillari bo'lib ular quyidagilardan iboratdir: Rosululloh s.a.v.: "Ey ayollar jamoasi! Sizlar nimadan yasalgan taqinchoqni taqyapsiz. Ogoh bo'ling ayol kishi tillo taqib uni oshkor qilar ekan. (Qiyomat kuni) aynan o'sha (taqinchoq) bilan azoblanadi" [5; 8\15]. Nabiy s.a.v.ning tillo taqqan ayolni qattiq ogohlantirishlari, azobga girifdor bo'lishi haqida ta'kidlashlari bu taqinchoqning harom ekaniga dalil bo'ladi.
48
www.birunijournal .uz
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Ushbu dalillarni sinchiklab o'rganib chiqqandan so'ng ularning ichida sahihlari ham, zaiflari bor ekani guvoh bo'lish mumkin. Shuning uchun jumhur ulamolar bu hadislarga quyidagicha javob qaytarishadi:
Birinchidan, ayollarning tillo taqinchoqdan foydalanishi harom ekaniga dalolat qilayotgan hadislar islomning avvalgi davriga tegishli bo'lib, keyinchalik nasx qilingan.
Ikkinchidan, tilloni haromligi haqida kelgan hadislar erkak va ayolga umumiydir. Ammo ayollarga tilloni mubohligini ifoda etadigan hadislar xos bo'lib, umumiy hadislarning bir qismini xoslaydi. Shuning uchun imom Nasoiy o'z kitobida tilloning erkaklarga haromligi borasidagi hadislar bilan ayollarga ziynatni (begonalarga) ko'rsatish makruhligi to'g'risidagi hadislarni alohida-alohida bobga jamlaganini ko'rish mumkin.
Uchinchidan, Nabiy s.a.v. tillo uzuk taqishdan qaytargan sahobiyya ayollar Oisha, Fotima, Ummu Salama (roziyallohu anhum)larning hadislari boshqa sahih hadislarga muoriz (zid) emas. Chunki ular Nabiy s.a.v.ning oila a'zolari bo'lib, ularga nisbatan bunday bemalol (boylarcha) yashashga ruxsat bermaganlar.
Undan tashqari tillo buyumlarni ayollar turli islom diyorlarida, turli zamonlarda, to hozirgi kungacha muboh sifatida foylanib kelayotgani ma'lum. Bu esa, uning harom emasligiga ochiq-oydin dalildir. Chunki bu ummat zalolatga birlashmaydi. Shuningdek ayollarga tillodan foydalanishni muboh qiluvchi dalillar maqsadga aniq ravshan dalolat qilgan sahih hadislardir. Harom deb aytuvchilarning dalillari esa, ta'nadan holi emas. Shuning uchun bu o'rinda jumhurning dalillarini rojih (quvvatli) deyish mumkin bo'ladi.
Yoqut, zabarjad, marjon, va boshqa qimmatbaho toshlardan yasalgan taqinchoqlardan foydalanish hukmlari
Ma'lumki, taqinchoqlar, zeb-ziynat buyumlari faqatgina tillo va kumushdan yasalmaydi. Undan tashqari qimmatbaho toshlar ham bisyorki, ulardan bejirim, nafis taqinchoqlar yasash mumkin. Shundan kelib chiqqan holda, Movarounnahr fiqh manbalarida ayol kishining tillo va kumushdan boshqa qimmatbaho toshlardan foydalanish hukmlari ham alohida bahs qilingan. Bu bo'yicha ham fiqhiy mavzul ar ikkiga ajratilgan. Yoqut, javojir, zabarjad kabi ma'danlardan yasalgan taqinchoqlarning hukmlari alohida, temir, mis, qo'rg'oshin kabi ma'danlardan yasalgan taqinchoqlarning hukmi alohida, bayon qilinadi. Bu taqsimotni "Fatavoyi Qozixon" asarida ham ko'rish mumkin. Asarda tillo va kumush mahsulotlari, temir, mis, qo'rg'oshin mahsulotlari alohida hamda boshqa qimmatbaho toshlardan tayyrolangan mahsulotlar hukmi alohida zikr qilingan [6; 2\234].
49
www.birunijournal .uz
Movarounnahr fiqh manbalari, xususan, "Hidoya", "Badoeus sanoe", "Muhit" asarlarida javohir, yoqut, zabarjad kabi ma'danlardan yasalgan qimmatbaho toshlardan foydalanish joiz ekani aytilgan [7; 6/519]. Ushbu fikrga boshqa mazhabboshilarni ham qo'shilgani manbalarda zikr qilinadi. Ushbu ma'danlardan yasalgan taqinchoqlarning iste'moli joiz ekaniga quyidagicha dalillar keltirilgan:
1. Baqara surasi 29-oyatida yer yuzidagi barcha narsalar insonlar uchun yaratilgani aytilgan: "U shunday zotki, sizlar uchun Yerdagi barcha narsalarni yaratgan" [8; B.5]. Ushbu oyatni imom Qurtubiy o'z tafsirida "Shuningdek, Alloh taolo javohir marjon va boshqa ma'danlarni ham insoniyat foydalanishi uchun yaratgandir", deya sharhlaydi [9; 10\86].
Shu va boshqa bir qator dalillarga asoslangan holda to'rt mazhab sohiblari ayol kishi yoqut, javohir va marjon kabi qimmatbaho toshlardan foydalanishi mumkin ekanini aytganlar.
Temir, mis, qo 'rg 'oshindan yasalgan taqinchoqlardan foydalanish hukmlari Ayol kishining temir, mis va qo'rg'oshindan yasalgan taqinchoqdan foydalanishi borasida esa Movarounnahr fiqh manbalarida ikki xil qarash bor ekani aytib o'tilgan. "Badoeus sanoe" va "Fatavoyi Qozixon"da zikr qilinishicha hanafiy mazhabi faqihlarining nazdida erkaklarga ham ayollarga ham temir, mis va qo'rg'oshindan tayyorlangan uzuk hamda boshqa taqinchoqlarni taqish joiz emas [6; 2\235]. Manbalarda hanbaliylarni ham shunday fikrda ekani kuzatiladi. Ayrim shofeiy mazhabi olimlari esa bunday taqinchoqlarning iste'moli joiz degan.
Hanafiylarning dalillari quyidagichadir: Burayda ibn Hasib r.a.dan rivoyat qilinadi: Bir kishi Nabiy s.a.v.ning huzuriga keldi. Uning qo'lida misdan yasalgan uzuk bor edi. U zot: "Men sendan sanamlarning hidini sezyapmanmi?", dedilar. Shunda haligi kishi uzugini tashlab yubordi va keyingi safar temirdan yasalgan tillo uzuk taqib keldi. Nabiys.a.v.: "Men senda do'zax ahlining taqinchog'ini ko'ryapmanmi?", dedilar. Kishi bu uzugini ham tashlab yuborib: "Yo Rosulallalloh, unda nimadan yasalgan uzukni taqay", deb so'radi. "Kumushdan (uzuk taqgin). Vazni bir misqolga yetmasin", deb javob berdilar [10; 3\90]. Mana bu hadisda tillo, temir, misdan tayyorlangan uzukni taqishdan qaytaryaptilar. Chunki temir do'zax ahlining libosidir. Misdan esa, o'sha vaqtlarda odatda sanamlar yasalgan. Shuning uchun ham hanafiy va hanbaliy mazhabi sohiblari mis, temirdan tayyorlangan uzukni taqish mumkin emas, deb aytganlar. Qo'rg'oshinni esa, ularga qiyosan joiz emas, deganlar. Bu cheklov faqat erkaklargagina tegishli emas, balki hadislar umumiy bo'lgani uchun ayollarga ham oid ekanini aytganlar [11; 9\518]. Ayollarga tillo taqinchoqlarning mubohligi esa alohida boshqa dalillar bilan sobit bo'lgan.
50
www.birunijournal .uz
Shofeiy va ayrim hanbaliylar esa, bunday taqinchoqlarning muboh ekaniga quyidagi dalillarni keltiradi: Sahl ibn Sa'd r.a.dan rivoyat qilinadi: "Bir ayol Payg'ambarimiz s.a.v.ga o'zini ta'riz qildi. Shunda bir sahobiy: "(xohishingiz bo'lmasa) uni menga nikohlab bering", dedi. U zot: "(Uylanish uchun) nimang bor", dedilar. U esa, menda hech narsa yo'q, dedi. Nabiy s.a.v. "Bor, garchi temirdan bo'lsa ham uzuk topib kel", dedilar [12; 8\175]. Ushbu hadisda Nabiy s.a.v. uylanmoqchi bo'lgan kishiga kelinga mahr bo'lishi uchun temirdan yasalgan uzukni bo'lsa ham topib kelishga buyuryaptilar. Agar temir uzuk taqish makruh bo'lganda, u zot topib kelishga buyurmagan bo'lar edilar.
Movarounnahr fiqh manbalar xulosasiga ko'ra, to'rt mazhab faqihlarining nazdida tillo va kumushdan hamda yoqut, zabarjad kabi ayrim qimmatbaho toshlardan yasalgan taqinchoqlardan foydalanishi muboh ekan.
Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, hozirgi kunda amal qilish uchun hadisning sahih kitoblarda mavjud bo'lishining o'zi yetarli emas. Hanafiy manbalar asosida ularga qanday hukm berilganiga e'tibor qilish kerak bo'ladi. Chunki hadis sahih bo'lib, o'zidan keyin kelgan boshqa hadis bilan nasx qilingan bo'lishi, yoki o'zidan kuchliroq dalilga (oyat yoki hadisga) zid bo'lishi mumkin. Bunday masalalarning javobi esa fiqhiy manbalardan olinadi. Shuning uchun Movarounnahr olimlari ishni ikki tomoniga ham chuqur e'tibor qilib, sahih hadislarni alohida kitoblarda zikr qilib, uning hukmlarini alohida zikr qilganlar. Bundan maqsad har bir masala uchun uning ahliga murojaat qilinadi. Shunday ekan muhaddislarga hadislarning taxriji uchun murojaat qilinsa, faqihlarga hadislarning hukmini bilish uchun murojaat qilinadi.
FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. Burhoniddin Mahmud ibn Ahmad Buxoriy. Muhit. Bayrut: "Dorul kutubil ilmiyya", 2004.
2. Muhammad ibn Abdurahmon Muborakfuriy. Tuhfatul Ahfaziy. - Bayrut: "Dorul kutubul ilmiyya". 2008. 3\132.
3. Abul Fayz Kattoniy. Nazmul mutanosir minal hadisil mutavotir (Mutavotir hadislardan tuzilgan tarqoq (hadis)larning nazmi (shodasi)).. - Bayrut: "Dorul kutubul ilmiyya", 2010. - B. 298.
4. Mulla Jiyvon Siddiqiy. Nurul anvor. Pokiston: "Bushro", 2021. 1\189.
5. Jaloliddin Suyutiy. Sunani Nasoiy sharhi Suyutiy. Ziynat kitobi. Ayollar ziynatrarini ko'rsatmog'i makruhdir bobi. - Bayrut: "Dorul fikr", 2011.
6. Faxriddin Qozixon. Fatavoyi Qozixon. - Bayrut: "Dorul kutubil ilmiya", 2009.
XULOSA
51
www.birunijournal .uz
7. Alouddin Kosoniy. Badoeus sanoe. Misr: "Al-Jamoliya", 1328. 6/519.
8. A.Mansur. Qur'oni Karim: ma'nolarining tarjima va tafsiri. -T.: TIU, 2018. -
9. Muhammad ibn Ahmad Ansoriy Qurtubiy. Jamiu li ahkomil Qur'on. - Qohira: "Dorul kotib arabiy", 2006. - J. 1-24.
10. Sulaymon ibn Ash'as. Sunani Abu Dovud. Uzuk kitobi. Temir uzuk haqida vorid bo'lgan hadislar bobi. - Bayrut: "Dorul fikr", 2009.
11. Ibn Obidin. Raddul Muxtor. - Misr: "Mustafo Bobiy", 1966.
12. Ibn Hajar. Sahihi Buxoriy bisharhi Fathul boriy. Libos kitobi. Tillo uzuklar bobi. - Misr: "Maktabatus salafiya", 1390. 10-juz. - B. 317.
624 b.
52
www.birunijournal .uz